198 marta körilgan

Qalbda taniş hislar uyğondi

Şavkat Jörabek

Kuz va bahor oraliğida

Yurak işqdan tağin quvondi,

Kuygan edi avval doğida.

Qalbda taniş hislar uyğondi

Kuz va bahor oraliğida.

Şabbodalar behadik yeldi,

Özni toblab oftob tiğida.

Oq orzular qopladi yerni

Kuz va bahor oraliğida.

Zulmat yodi uyğonmas, karaxt,

Oymomoning pora dilida…

Kurtak otdi barg tökkan daraxt

Kuz va bahor oraliğida.

Armon özin oşkor etgandi

Xotiralar qoraçiğida.

Qalbda qorlar erib ketgandi

Kuz va bahor oraliğida.

Soğinç ezar maʼyus köngilni,

Qöşiq boşlab quşlar tilida.

Körganmisiz gullagan gulni

Kuz va bahor oraliğida?..

Uçraşuv

Etagin qoqqanda yovvoyi şamol,

Mayin şitirlaydi kamgap yaproqlar.

Yuragi zardobga tölib bemajol,

Hayot qöşiğini kuylaydi boğlar.

Olisdan yelganda hammol sabolar,

Rayhonning atrini eltar dimoqqa.

Nafasin içiga yutgan havolar

Boşin egib ketar yiroq-yiroqqa.

Boş ustimda mahzun jilmayganda kuz,

Savobday ulğayar sarğiş gunohim.

Mening yuragimda yaşaydi hanuz

Şamol – senga yetib bormagan ohim…

* * *

Şamol daraxtlarning yaproğin silar,

Çayqaladi şoxlar öngu söl tomon.

Quyoş nuri tekkan barglar qaltirar,

Osmon jismi içra jimirlaydi jon.

Çaqmoqlar qamçilar bulut galasin,

Qaroğidan yerga tökilar közyoş.

Junbuşga kelolmay mudragan, hazin

Kölmaklar yoşini aritar quyoş.

Kök uzra saf tortar turnalar qator,

Ösma tortgan qizning qoşiday yoli.

Quyoş ham çökadi pastga beqaror,

Qizaradi ufq tandir misoli.

Sut emgan gödakdek töyinar dala,

Şodon çuğurlaşar nağmagar quşlar.

Allalaydi oqşom kun botgan palla,

Yer uyquda körar samoviy tuşlar…

Işq haqida yozmay qöyganman

Sovuq kundan bahor söramang,

Qaro tundan nahor söramang,

Köngil sörang, aşʼor söramang,

Işq haqida yozmay qöyganman.

Dilda ne bor, tökay borini,

Tinglang qalbim ohu zorini,

Yozayin deb dil xumorini,

Işq haqida yozmay qöyganman.

Subhidamdan saboni sörang,

Şamollardan sadoni sörang,

Gunohlardan jazoni sörang,

Işq haqida yozmay qöyganman.

Ayriliqqa könmagay köngil,

Biryon edim zulmidan – bedil,

Yurak sindi hajrida çil-çil,

Işq haqida yozmay qöyganman.

Yuragimni öyganman ezib,

Söng qoğozga qöyganman yozib.

Sevişimni qolmang deb sezib,

Işq haqida yozmay qöyganman.

Sadoqat

Sadoqat – quvonçdir!

Titragan dil, lab,

Mehr-muhabbatga erişmoq, visol.

Sadoqat şundayki, milliard yillab

Qorni quçib turgan çöqqilar misol.

Sadoqat – işonçdir!

Yöqlamas kinni,

Hayotning rang-barang nafasi, taʼmi.

Sadoqat şundayki, Ona zaminni

Örab avaylagan ozon qatlami.

Sadoqat – bahordir!

Gullar erta-keç,

Insonning beğubor bolaligiday.

Sadoqat köngildan ayrilmaydi heç,

Et bilan tirnoqning oraliğiday.

Sadoqat – Quyoşdir!

Samo gulxani,

Nuridan ungan yer tuproği, toşi.

Sadoqat – göyoki tölgan oy kabi,

Tugab borayotgan yerning bardoşi…

Deraza va qiz

Deraza yonida qizaloq,

Köylagi şohidan, menimça.

Soçlari zangori, qönğiroq,

Belida belboği tugunça.

Deraza yonida qizaloq,

Oy nuri şuʼlasi aksida.

Taralar yanada mayinroq,

Bu nurlar qizçaning yuziga.

Deraza yonida qizaloq,

Yo jajji farişta, yo oqquş.

Xuşsurat, köngilga yaqinroq,

Körganim öngmidi yoki tuş?

Deraza yonida qizaloq,

Kimningdir qaroği, gavhari.

Menga ne işq berding, ey Olloh,

Bu kimning eng buyuk asari?

Deraza yonida qizaloq…

Şavkat Jörabek

1983-yili tuğilgan. “Ikkimizdan qolgan xotira”

kitobi çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.