2 441 marta körilgan

Şu yurtga öğlon böl, öğlon böl, öğlon!

Şu yurtga öğlon böl, öğlon böl, öğlon!

* * *

Döstlarimni hayron qoldirar

Baʼzan işqiy şeʼrlar yozganim.

Hazilkaşlar qöymasdan sörar:

– Kuylaganing qaysi nozanin?

Yöq, dey desam, kulgi bölaman,

Aldamoqni heç körmayman ep.

Ne ham derdim, hazil qilaman,

Şoir hali izlanişda, deb…

Yoşlik

Yoşlik! Seni kuylamagan kim,

Ertaklaring söylamagan kim,

Qariganda öylamagan kim,

Öylab yana kuylamagan kim?

Bitmoq böldim men ham senga bayt,

Yoş yurakning haqqi bormi, ayt?

Yoşlik, asli mening özimsan,

Keng olamga boqqan közimsan.

Yozgan şeʼrim, aytgan sözimsan,

Keçam, ertam, uşbu rözimsan.

Bitmoq böldim sen uçun aşʼor,

Ammo özni kuylamoq duşvor.

Yoşlik – gulu gulğunça ekan,

Bu gul olam turgunça ekan,

Yoşlik – behad tuşunça ekan,

Poyoni yöq gardunça ekan.

Bitmoq böldim men unga doston,

Öylarimga topmadim poyon.

Yoşlik, dildan şavq ketgani yöq,

Yurak seni tark etgani yöq,

Yurak seni tark etgani yöq,

Demak, qadringga yetgani yöq.

Yoşlik, seni kuylab bilurman,

Ammo bugun yoşlik qilurman.

Yoşlik – işqu oşiqlik mayli,

Özi Majnun ham özi Layli,

Subhi olam uning tufayli.

Mayli, unga bitmasam mayli,

Na bir ğazal, na bir musaddas,

Uning özi şeʼrdan muqaddas.

Kimni etmas bu köngil şaydo

Dunyo ekan…

Işq degan savdo

Bormi faqat mening boşimda?!

Kimni etmas bu köngil şaydo,

Kim şeʼr yozmas mening yoşimda?!

Sevgi ilk bor tuşdi-yu qalbga,

Hayotimning böldi mazmuni.

U qölimga tutqazib qalam,

Közlarimdan oldi uyquni.

Oldi butun fikru xayolim,

Ketdi dildan orom, halovat.

Sevgi butun borimni olib,

Şeʼr zavqini qoldirdi faqat.

Borliq olam közimga ming-ming

Gözallikka tölib körindi.

Gullar menga oşiq bulbulning

Şeʼr daftari bölib körindi…

Ayb etmangiz,

Döstlar, bu savdo

Bormi faqat mening boşimda?

Kimni etmas bu köngil şaydo,

Kim şeʼr yozmas mening yoşimda?!

Yoş şoirga

Tilay ğayrat senga, yoş şoir ukam,

Fazlu hikmat senga, yoş şoir ukam.

Biz ham kuylab ötdik imkonlar qadar,

Endi navbat senga, yoş şoir ukam.

Mustaqil hur maʼvo seningdir, sening,

Ozod, emin sado seningdir, sening.

Biz şivirlab aytgan tuyğuni endi

Kuylaş oşkoro seningdir, sening.

Nafosat yurtiga posbon böl, öğlon,

Tili şamşir, köksi qalqon böl, öğlon.

Avvalo şoir böl, undan ham avval

Şu yurtga öğlon böl, öğlon böl, öğlon!

Ota tilagi

Taajjub, deyman-u, yoqa tutaman,

Murğak bola edim keça-ku özim.

Bugun qarabsizki, men ham otaman,

Mening ham öğlim bor – umid yulduzim.

Qalbim urmakda şu muştdek yurakda,

Yangidan ösmakda kiçkina jismim.

Demakki, hayotim davom etmakda,

Demakki, olamda qolmakda ismim.

Nima bor men uçun uningdek aziz?

Arzir bir söziga jon fido etsam.

Jahonda nimaki bölsa eng laziz,

Faqat uning uçun muhayyo etsam.

Kiprigiga zarra qönmasa qayğu,

Baxti komil bölsa, tolei bekam.

Körsa men körmagan şodliklarni u,

Yetsa men yetmagan niyatlarga ham.

Ammo u bir umr bölmay oşino

Tiriklik deganning zahmat, dardiga,

Bila olarmikin nadir bu dunyo,

Yeta olarmikin hayot qadriga?!

Öğlim, ey umidim boğida nihol,

Yoruğ peşonangni öpib silayman.

Şu aziz boşingga eng nurli xayol,

Qalbingga eng toza hislar tilayman.

Ulğayarsan, yigit bölarsan bir kun,

Ortda qolar yoşlik, öyin, ermaklar.

Olamni yelkada kötarmoq uçun

Dunyoga keladi, bilsang, erkaklar.

Ertangi kuningni öylab şu paytdan

Borliqni quvonçim bilan örayman.

Seni menga bergan bu tabiatdan

Sening yuragingga olov sörayman.

Mayli, muşkul bölsin sen tanlagan yöl,

Tole ham, mayliga, kelmasin oson.

Faqat odam qadrin bilar odam böl,

Böl inson dardini bilguvçi inson!..

* * *

Vatan, to tanda jonim bor,

Seningdirman, seningdirman,

Tanim xok ölsa ham sen yor,

Seningdirman, seningdirman.

Jahon kengdir, falak kengdir,

Yurak kengdir, çu sen borsan,

Seningsiz ikki dunyo tor,

Seningdirman, seningdirman.

Menga begona ellarda

Nasib gar ölsa yuz rohat,

Çekay bağringda ming ozor,

Seningdirman, seningdirman.

Agar şodliklaring ozdir,

Meningdirsan, meningdirsan,

Magarkim ğamlarim bisyor,

Seningdirman, seningdirman.

Bugun bor, erta yöq jismim,

Valek ruhim uçun mangu

Sening manguliging darkor,

Seningdirman, seningdirman.

Sening işqing bilan yondim,

Ketar jonimda bu otaş,

Seningdirman, yana takror,

Seningdirman, seningdirman.

Bir tomçi yoş

Çöqqidan bir kiçik toş yumalasa,

Toğni qulatgudek suron qiladi.

Közingdan bir tomçi yoş yumalasa,

Toğday yuragimni vayron qiladi.

Agar köksim uzra qulasa birdan,

Tutmoqqa qodirman toğlar toşini.

Hayhot, kötarolmam kipriklaringdan

Uzilgan bir qatra qayğu yoşini…

Armon

Keça kerak bölding,

Bolalik çoğim!

Senga qöl uzatdim,

Yöq,

Yetolmadim.

Oşkora ğirromlik qildi

Örtoğim,

Men: bor, öynamayman,

Deb ketolmadim…

Sadoqat

Keksa qayrağoçning

Ildizin oçib,

Tortdilar qöş arqon solib belidan.

Lekin u tuproqqa panjasin sançib,

Sira qözğalmasdi

Ungan yeridan…

Nihoyat gurs etib yerga quladi,

Butab, söng kötarib ketdilar, biroq –

U öz panjasida olib jönadi

Yaşagan yeridan

Bir siqim tuproq.

* * *

Siz mening osmonim, mohitobimsiz,

Mohitobim emas, oftobimsiz,

Işonçim, quvonçim, yupançim, yana

Soğinçim, ökinçim, iztirobimsiz.

Siz mening qalbimsiz, qalbimdagi şeʼr,

Bitmoq orzu qilgan boş kitobimsiz.

Sevgim, umrim, yana umrim davomi,

Baxtim, rohatimsiz va azobimsiz.

Sizdan şodlik körib közlarimda nur,

Alam çeksam mayli, şunga ham şukur,

Bu dardli dunyoda, yaxşiki, borsiz,

Borligingiz uçun sizga taşakkur.

Vatan qadri

Çaşma qoşida tiniq suv

Qadrini bilmas kişi,

Sayr etib gulşanda gulni

Köziga ilmas kişi.

Vah, bu ne ğaflatki, inson

Köksida tutmiş vatan,

Kim vatan içra vatanning

Şukrini qilmas kişi.

Yurt nedir, yurt doği nedir,

Yurtdan ayrilgan bilar,

Anglaguvçi yurt firoqin

Yurtda topilmas kişi.

Ey vatandoşim, eşit

Boburu Furqat nolasin,

Besabab anduh tiğida

Bağrini tilmas kişi.

Bilma, farzandim, vatan hajrini,

Lek qadrini bil –

Kim vatan qadrini bilmas,

Angla, komilmas kişi.

Yulduz

Sarlavhasin topmay gohida

Şeʼrim uzra qöyaman yulduz.

Posbon bölsin şeʼrim boşida

Öşa yulduz keçayu kunduz.

Zuhro kabi yaraqlab tursin

Tunlar özim yumganda közim.

Heç sönmasin, çaraqlab tursin,

Sönganda ham mening yulduzim.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.