Erkin Vohidov hikmatlaridan
Şeʼr şoir qalbida tuğilgan hayotiy tuyğularni ifoda qiladi va şu bilan öquvçi yuragini rom qiladi. Şoir özi yonmasa, boşqalarni yondirolmaydi, qalb hislarida otaş bölmasa, boşqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli otaşsiz har qanday şeʼriy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yöq.
* * *
Isteʼdod bu – avvalo did, yaxşi did egasi böliş qobiliyati, deguvçilar ham bor. Isteʼdod – bepoyon tuşunça. U taʼrifga siqqanda edi, uni maʼlum xususiyatlar doirasida çegaralaş mumkin bölganda edi, odamlar yöq isteʼdodni tarbiyalab bor qilgan bölardilar. Gorkiy isteʼdodning 99 foizi mehnat deganini tuğma isteʼdodi bölmagan odam mehnat bilan çinakam şoir yoki bastakor bölişi mumkin deb tuşunmaslik kerak. Har qalay, 99 degani yuz emas. Suv normal şaroitda yuz gradusda qaynaydi. 99 gradus isigan suv – qaynagan suv emas. Fors tilida qaynaşni “jöşidan” deydi. Yaʼni jöşmoq. Şeʼriyat ham jöşmoqdir. Jöşmoq uçun esa 99 foizdan taşqari öşa kamtarin bir foiz, yaʼni tuğma isteʼdod kerak.
* * *
Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, ötgan kunidan qoniqib yaşaşi kerak. Vijdoniga xilof iş qilmay yaşasa – bundan uluğ baxt yöq. Har bir aytgan sözing, işing özingning xohişingga muvofiq bölsa – eng katta baxt şu. Aksinça, insonning öz içki intilişlari, qalbi, eʼtiqodi, sözi bilan işi örtasida ziddiyat paydo bölsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu – inson uçun juda katta baxtsizlikdir.
* * *
Biz özbeklarda istihola kuçli. Özni namoyon qilişdan tortinamiz… Endi öşa istiholani yiğiştirib, xalq bilan muloqotning hamma şakllaridan foydalanişimiz lozim. Bu zamon oldidagi, Vatan oldidagi burçimizdir.
* * *
Mumtoz adabiyotimiz namunalari orasida şunday baytlar, misralar borki, ularni mutolaa qilgan inson qalbi va ruhiyatida ajib bir özgariş, poklaniş sodir bölganini his etadi. Bu ğazallar oddiy ilhom lahzalarida emas, ilohiy ilhom tölqinlaridan tuğilgan bölsa ajabmas. Bolalarimiz mana şu bebaho va beqiyos maʼvolardan bebahra qolmasligi kerak.
* * *
Bizning savodxon asrimizda, ayniqsa, adabiyotda isteʼdod bilan havaskorlikni ajratiş muşkul bölib qoldi.
* * *
Raqobatli dunyoda kitobning qudratli, sehrgar raqiblari köp.
* * *
Adabiyotga sadoqat va eʼtiqod masalasi avvalo söz sanʼatining kelajagi töğrisida qayğurişdan boşlanadi.
* * *
Şoirlikning “qora işi”ni köz oldiga keltirmay, bu nomning öziga, obrö va şuhratiga qiziqib şeʼriyat maydoniga intilganlar xato qiladilar. Köpinça bunday xato juda qimmatga tuşadi. Xato qilgan odam uçun ham, şeʼriyat uçun ham. Şu sababli “yoşlarga ğamxörlik” deganda faqat ularni qöllab-quvvatlaş, yöğini bor qilib körsatiş emas, balki ularga rost gapni aytiş, yanglişişdan qaytariş ham tuşuniladi.
* * *
Bu olamda yöqotişlar içidagi eng oğir yöqotiş insonning özligini yöqotişidir. Odamzod tafakkur va ehtiros, ruhiyat va imon dunyosida yaşaydi. U yuragidagi eʼtiqod bilan, işonç bilan tirik va butun. Özlikni yöqotmoq ana şu olamdan judo bölmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning – ustunlarning sinmoğidir.
* * *
Şoir, yozuvçilar töyga yurmaydilar, televizorda çiqişdan manfaatlari yöq, oynayi jahondan özlarini tortib yuradilar. Bu töğri emas, albatta. Elga körinib turiş, el içida böliş odamlarda adabiyotga, kitobga mehr uyğotiş uçun kerak. Axir, mehr közda, degan gap bekorga aytilmagan.
* * *
Öquvçi uçun avtorning yoşu qarisi, unvonli-unvonsizi yöq. U hamişa yozilgan satrlarga qarab muallifga öz munosabatini bildiradi: yo qalbiga jo qiladi, yo unutadi, yöqlikka mahkum etadi.
* * *
Adabiyot hamişa maʼnaviyatning oldingi qatorida borgan va şunday bölişi kerak.
* * *
Biz endilikda şöroça mafkuradan, adabiy mezonlardan butunlay qutuldik. Adabiyotimizni, xususan, mumtoz adabiyotimizni butun böy-basti bilan körsatadigan vaqtlar keldi.
* * *
Har bir millatning kelajagi, istaymizmi-yöqmi, öqituvçilar saviyasiga boğliq. Bu haqiqatni heç qaçon esdan çiqarmasligimiz lozim.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


