Daryoning boşlaniş joyini geograflar manba deydilar, quyiliş joyi esa uning mansabi. Umuman olganda, ibtido va intiho degan tuşunçamizga töğri keladi bu atamalar. Hamma narsaning boşi va oxiri bor. Jumladan, kitoblarning ham. Ijod ahli yaratgan asarlar ana şu oraliq örtasidagi masofada, yaʼni ibtido bilan intiho oraliğida töğri yölni tanlaşimizga kömak beradi. Biz jahon adabiyotining durdonalari va badiiy tafakkur vositasida özimizni topamiz, özligimizni anglaymiz. Muxtasar aytganda, zavqu şavq va hayrat manbayi bölgan kitoblarda dunyoni idrok etişimizga yordam beradigan behad köp xislat va xususiyat mujassam. Faqat şart şuki, tanlab öqiş kerak. Özingizdan avval bu yöldan yurgan kişilar maslahatiga amal qiliş kerak. Şu kunlarda adabiyotşunos olim Şuhrat Rizayevning “Yoşlik” jurnalidagi tavsiyalarini öqib, xitoy yozuvçisi Mo Yan qalamiga mansub “Musallas mamlakati”ni izlaşga tuşdim.
Kitob tanlaş bobida uluğ yozuvçilarning fikrlari alohida ahamiyatga ega. Masalan, men Kafkani mutolaa qila turib şveysar yozuvçisi Avgust Strindbergni kaşf etdim. Herman Hesse asarlaridan norveg yozuvçisi, Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsunni topdim. Aytmoqçimanki, dunyo tan olgan buyuklarning asarlarini öqirkansiz, ularning tavsiyalarini eʼtiborsiz qoldirmang. Nemis faylasufi Immanuil Kant asarlari abstrakt fikrlaş mahsuli (bu usulni Gegel tanqid qilgan). Men bunday fikrlaşning badiiy adabiyotdagi namunasini izladim va fransuz yozuvçisi Marsel Prustga duç keldim. Bu ajoyib ijodkorning “Yöqotilgan vaqtni izlaş” deb nomlangan yetti tomli romanidan ayrim jildlarini (topganimça) mutolaa qildim. Şu örinda qiziq bir voqeani eslab ötmoqçiman (kitob jinnisining boşidan nimalar keçmaydi deysiz!). Prustni izlab kutubxonalardan va dökonlardan topolmaganimdan keyin Yangiobod bozoriga bordim. Bu yerda juda katta kitob savdosi böladi. Bozorni oralab yurib Prustni izladim. Hamma joyda Marsel Prustni emas, polyak yozuvçisi Boleslav Prustni röpara qilişdi. Faqat bitta dökondor menga ajablanib va qiziqib qarab qoldi va: “Şu yerda ön yetti yildan beri kitob sotaman, ön yil avval bir kişi Prustni sörab kelgan edi, mana, bugun ikkinçisini körib turibman”, dedi. Topib berişga vaʼda qildi va uçinçi marta borişimda “Yöqotilgan vaqtni izlaş”ning birinçi tomini, yaʼni “Svan tarafga yönaliş”ni (“Po napravleniyu k Svanu”) qölimga tutqazdi. Ha, yaxşi kitoblarni topiş uçun izlaniş ham kerak. Öz tajribamdan kelib çiqib maslahat beradigan bölsam, yuqorida tilga olingan yozuvçilarning asarlarini va jahon adabiyoti durdonalari hisoblangan boşqa kitoblarni behad zavq va hayajon bilan öqiyman, xususan, Borxesni qayta-qayta mutolaa qilaman va har safar “Lison ut-tayr”ga qaytaman.
Erkin Vohidov.
“Saylanma” şeʼrlar.
Özbek şeʼriyatiga qaysi nuqtadan qaramaylik, Erkin Vohidovni köramiz, aytamiz, sanaymiz. Şuning özi Erkin Vohidov fenomenini belgilab beradi. Şoir ötgan asrning oltmişinçi yillarida mudrab yotgan tafakkurni uyğotişni boşladi. Qariyb oltmiş yildirki, ana şu yölda sobit qadam böldi. Öz sözini aytdi, yozdi. Xalqimizning mehr-muhabbatini qozondi. Sözlari el-yurt köngliga singib, özidan keyingi adabiy avlodni baland bir çöqqiga boşlab ketdi. Bu çöqqini, heç şubhasiz, Erkin Vohidov çöqqisi deb ataş mumkin.
Şoir şeʼrlarini öqiganimda öz-özimga bir-ikki savolni takror-takror beraman. Xöş, “Erkin Vohidov nima haqida yozmagan? Erkin Vohidov ijodida qaysi şeʼriy sanʼat yöq?”. Hamma-hammasi şoir asarlarida mujassam. Şuning uçun ham Vohidov şeʼrlari kitobxonlar, ijodkorlar uçun qutluğ adabiy taʼlim maskani, şeʼriyat qörğoni bölib turibdi. Uning şeʼrlari öquvçiga köksini kerib ğoz yurişni, mağrur turişni örgatadi.
Şularni yozayapman-u, yana “Nega şunday ekan-a?” degan savol qarşisida qoldim. Javob izlamaslikning, uni aytmaslikning heç imkoni yöq. Çunki Erkin Vohidov körgan-keçirganlarini özidan ötkazib namoyon qila oldi. U Navoiydan, Fuzuliydan, Maşrabdan, Gyote va Yesenindan suv içdi va özi ham ulkan şoirlar safida turadigan ijodkorga aylandi.
Alişer Navoiy.
“Lison ut-tayr” dostoni.
Bu asar kitoblar olamining va olam kitoblarining eng uluğ möjizalaridan biri bölib, ilmiy, axloqiy va falsafiy asosga ega. Dostonni mutolaa qilişga kirişarkansiz, Hudhud yetakçiligida Haqni izlab yölga tuşgan quşlar galasiga qöşilib osmonga parvoz etgandek bölasiz. Har biri öziga xos qiyinçiliklar va manzaralarga ega yetti vodiydan olib ötadi Hudhud. Parvoz davomida baʼzi bir quşlar yöl azobiga doş berolmay puşaymon böladi va oldingi tinç hamda betaşviş hayotiga qaytiş istagini aytib norozilik bildiradi. Şunda quşlarning eng poki va donosi bölgan Hudhud har bir quşning hayoti, xulqu xarakteriga doir ibratli hikoyatlar sözlab, ularni dadil va irodali bölişga undaydi. Ana şunday çuqur falsafiy hikoyatlardan biri “Şayx Sanʼon” qissasidir.
Kaʼbada şayxlarning şayxi maqomida turgan bu uluğ inson (Şayx Sanʼon tarixiy şaxs) keksaygan çoğida bir tarso qizni sevib qolib, muhabbatning barça qiynoqlarini boşdan keçiradi. Tarso qiz şunday gözal bir şaklda, xuddi quyoş ayvonidagi Iso qizi kabi qasr ustida turardi. Bundan Şayx köngliga çaqmoq çaqilgandek bölib, uning joni şuʼla dengizida ğarq böldi. Xullas, Şayx qizning ostonasida tuproqlarga belanib yotadi, uning çöçqalarini boqişga ham könadi, mayxonaga kirib maqom tutadi. Oşiqqa köp jabru jafolar körguzgan tarso qiz oxir-oqibat gap nimadaligini tuşunadi, şayxning ortidan yölga tuşadi va bepoyon sahroda şayx Sanʼonning qölida jon beradi.
“Şayx Sanʼon”ni bir marta mutolaa qilgan kişi uni qayta-qayta qölga olişi va dunyodagi eng gözal sevgi qissasi sifatida boşqalarga ham tavsiya etişiga işonaman.
“Yapon mumtoz prozasi”.
XI–XIV asrlar.
Sizga tavsiya qilinayotgan bu kitobda Sey-Syonagon, Kamo no Tyomey hamda Kenko Xose asarlari jamlangan. Yaponlar tabiatga mehr-muhabbat va işonç bilan qaraydilar. Bu holat ularning asarlarida bevosita namoyon böladi. Ming yil avval yaşab ötgan Sey-Syonagon “Xayolga kelgan bitiklar” asarida şunday yozadi: “Bu kitobni xonamning tinç oğuşida köz oldimdan ötgan, qalbimni tölqinlantirgan barça narsalar töğrisida yozdim”. Muallif aytgan “barça narsalar” asosan tabiatga bölgan oşuftalik bilan qamrab olingan. Siz bu kitobda adabiyot olamida juda kamyob sanalgan dzuyxitsu janri bilan tanişasiz. Sözma-söz tarjima qilinganda, “qalam ortidan” yoki “möyqalamga ergaşib” degan maʼnoni beradi (yaponlar qadimda iyerogliflarni möyqalam bilan yozganini nazardan qoçirmaslik kerak). Özini majburlamasdan, çiranmasdan nima xayolga kelsa, şuni yengil bir kayfiyat bilan yoziş bu janrning asosiy xususiyatidir.
Yapon xalqining qalbini, tabiatdagi nozikliklar va har qanday özgarişlardan taʼsirlanişi hamda bundan ruhiy madad ola bilişini tuşunişga yordam beradi bu kitob.
Şarl Bodler.
“Sanʼat haqida”.
Agar kitob rastalaridan şu kitobni topsangiz, maşhur fransuz şoiri, adabiyotga qörqinçli tuşsimon şeʼriyatni olib kirgan bu ijodkorning suvratiga eʼtibor qiling. Borliqqa bölgan kuçli nafratni körasiz uning yuzida. Bu holat şoirning şeʼriyatida ham öz aksini topgan. Sizga tavsiya qilinayotgan uşbu kitobda Bodlerning sanʼat haqidagi şeʼrlari bilan bir qatorda öşa davr rassomlarining asarlari muhokama qilingan. Ularning ijodi proza yönalişida qalamga olingan hamda odilona baho berilgan. Xususan, “Gözallik, moda va baxt”, “Uruş yilnomasi”, “Dendi”, “Ayol” kabi nasriy traktatlarida aytilgan fikr-mulohazalar va xulosalar nafaqat bilimingizni boyitadi, balki tasavvur qiliş, gözallikka munosabat bilan boğliq holatlarni töğri idrok etişingizga kömakçi böladi. Adibning suvratiga kelsak, otasi va, xususan, onasining yaşaş tarzi bilan boğliq uning nafrati. Kitob sözboşisida va undagi boşqa bitiklarda berilgan maʼlumotlar Bodler va uning sanʼatga munosabati töğrisidagi bilimingizni boyitadi. “Inson umri Bodlerning bir satriga arzimaydi” deganda yapon yozuvçisi Akutagava nimalarni nazarda tutganligi beixtiyor xayolingizdan ötadi.
Vladimir Nabokov.
Tanlangan asarlar.
Gapning oçiğini aytsam, Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Ivan Turgenev kabi rus klassiklarini sevib öqiganim holda (Gorkiy ham bor), keyingi davr rus prozasiga nisbatan befarq edim. Nogoh bir tanişim bundan ikki-uç kun avval “Nabokovni öqiganmisiz?” deb sörab qoldi va men öz fikrimni aytdim. Tanişim eʼtiroz bildirdi-da, ertasi kuni tört tomlik “Tanlangan asarlar”ning oxirgi jildini olib keldi. Şuni öqişimni, agar maʼqul bölsa, qolgan tomlarini ham keltirişini aytdi. Mana, öşandan beri Nabokov bilan birgaman. Tanişim esa xuddi mening toqatimni sinab körmoqçidek izini qumga soldi.
Bu tomda Nabokovning “Ölim jazosiga taklif”, “Özga sohillar” hamda “Fealte bahori” asarlari jamlangan. Dehqonça qilib aytganda, zör yozuvçining asari dastlabki sahifalardanoq öz kuçini körsatadi. Undan ajralolmay qolasiz. Şu keça-kunduzda “Ölim jazosiga taklif”ni öqiyapman. Jiddiylik, bosiqlik va falsafaning oğir yuki ostida ziğir donasidekkina yumor ham borligi va yozuvçi hayotning aççiq saboqlari qatiga bunday kulguni naqadar ustalik bilan joylaştira olganidan zavqu şavqqa tölib yuribman.
Knut Hamsun.
“Oçlik” romani
Norvegiyalik söz sehrgari Knut Hamsunning “Oçlik”, “Misteriya”, “Pan” va “Viktoriya” romanlari bir jildga jamlanib, “Nobel mukofoti sovrindorlari” seriyasida naşr etilgan. Mazkur romanlarning qahramonlari qaysidir jihatlari bilan Frans Kafka va Alber Kamyu asarlariga xos absurd holatga tuşib qolgan kişilarga öxşab ketadi. “Oçlik” romanida özini ijodga bağişlagan inson hayoti qalamga olingan. Asar voqealari birinçi şaxs tilidan hikoya qilinadi. Biz va zamondoşlarimiz oçlikning naqadar dahşatli kuç ekanini tasavvur etolmaymiz, uni boşdan keçirmaganmiz. Asar qahramoni (u gohida özini Tangen deb taniştiradi) maqolalar, felyetonlar yozadi, tahririyatlar eşigi oldida umid va jurʼatsizlik bilan kutadi, ammo qançalik urinmasin, öz mehnati bilan loaqal qorin töydirişning ilojini qila olmaydi. Oxir-oqibat bir kema kapitani huzuriga borib, oddiy yunga bölib işga yollanadi…
Polyak tadqiqotçisi Yan Parandovskiyning “Söz kimyosi” asarida qadimgi dunyo şoiri Arxiloxdan tortib keyingi davr yozuvçilarigaça öz qalamining kuçi bilan qanday kun körgani töğrisida muxtasar xulosa bor (bu kitobni Şuhrat Rizayev yoşlarimizga juda töğri tavsiya qilgan). Knut Hamsunning “Oçlik” romani ham ana şu fikrning badiiy inʼikosi deyiş mumkin.
Xulio Kortasar.
“Özga osmon”, hikoyalar.
Kortasarning özi ham özga bir osmon. Bu yozuvçining “Avtobusda”, “Bosib olingan uy”, “Aksolotl” kabi asarlarini özbek tiliga tarjima qilganman. Sirasini aytganda, Kortasarning hikoyalari voqealarga unçalik boy emas. Ularda ruhiy holat ustunlik qiladi. “Özga osmon”dagi hikoyalarni öqirkansiz, qandaydir mavhum kuç tinimsiz ravişda şuuringizga taʼsir qilib turişini anglaysiz, ammo öşa mavhum kuçning özi qayerda? Yozuvçi uni kayerga yaşirib qöyganini va u qaysi puçmoqdan turib taʼsir körsatayotganini ilğaş qiyin. Şu bois uning hikoyalarini qayta-qayta öqiysiz va etingizni junjiktirib yuborayotgan mubham holat sababini topişga intilasiz, ammo buning imkonsizligidan hayratga tuşasiz. Xususan, “Avtobusda” hikoyasi ana şunday sirli asosda qurilgan. Buenos-Ayres köçasidan ketib borayotgan oddiy avtobus va oddiy yölovçi qiz Klara. Kamgap çiptaçi va boşqa yölovçilar… Şunga qaramay, heç qanday ğayritabiiy voqea röy bermagani holda, Klaraning sayohati qörqinçli tuşga aylanadi. Avtobus, uning saloni va butun borliq guyoki ulkan xavf-xatar girdobida.
Lotin Amerikasi yozuvçisi Xulio Kortasarning öziga xos bunday usulini tadqiqotçilar turliça şarhlaydilar va xilma-xil fikr bildiradilar. Xullas, uning hikoyalarini öqisangiz, yangi bir olamni va “özga osmon”ni kaşf etasiz.
Abu Aʼlo al-Maariy.
“Jannatdan maktublar”, nasr.
Siz şam bilan oşiqqa xos yetti xususiyatni tört qator şeʼrga siğdira olasizmi? “Jannatdan maktublar”da şoir al-Qosim ana şu masalada urinib, buni uddalay olmay turganida şayx al-Karix kelib qoladi va uning qölidan qalamini olib bir nafasda quyidagi törtlikni bitadi:
Men oşiqqa juda öxşar şam,
Ado bölib boramiz kam-kam.
Şam yonadi, yiğloqi, oriq,
Beun, bedor va rangi sariq.
Bu törtlikni rus tilidan ögirdim (arab şoiri va faylasufi Abu Aʼlo al-Maariy (979-yili tuğilgan) asarlarini özbek tilida körmadim, balki tarjima qilinmagandir). Şu yetti xususiyatni, yaʼni: oşiq ham şam kabi kam-kam ado bölib borişi, har ikkalasining ham yonişi, yiğloqiligi, oriqligi, beunligi, bedorligi va rangi sariqligini tört qatorga siğdirarkanman, ifodalarga boy tilimizning gözalligi va taʼsirçanligidan faxrlandim. Ammo hozir gap bu haqda emas. “Jannatdan maktublar”da donişmandlik, aççiq satira, nozik qoçirimlar nasriy satrlarda ham, şeʼriy parçalarda ham yaqqol közga taşlanadi. Şayx al-Karix asar muallifi, yaʼni al-Maariyning ğoyaviy duşmani. Kattagina hajmdagi bu asar ana şu ikki şaxsning aqli, donişmandligi, falsafiy va ilmiy-badiiy qaraşlari, til va tafakkur yuzasidan bölgan musohabalariga qorişiq holda keçadi.
Asar Şayx al-Karixning şoir al-Maariyga yöllagan zaharxanda maktubiga javob şaklida yozilgan. Öylaymanki, kitobda jamlangan “Olov uçqunlari”, “Luzumiyat” va “Jannatdan maktublar”ni öqib behad zavq olasiz.
Neʼmat ARSLON
1941-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
“Ayol suvratiga çizgilar”, “Oldinda yana tun bor” hikoyalar töplamlari hamda “Adam vodiysi”, “Mavhumot” romanlari muallifi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


