3 daqiqada öqiladi

542 marta körilgan

Kunlardan bir kuni…

Erkin Vohidov

Qanday tarqatasiz?

Erkin Vohidov: – Yetmişinçi yillarda şeʼriyat ham, otaxon şoirimiz Ğafur Ğulom nomi bilan atalgan naşriyot ham gurkiragan, lekin ana şu naşriyotning ayni şeʼriyat bölimida işlar paçava edi. Bölimda Mirtemir domla, Abdulla Orif va kamina işlardik. Domla şogirdlardan, Abdullajon muxlislardan, men şaxmatdan ortmas edik. Qölyozmalar vaqtida topşirilmagan, korrekturalar öqilmagan, plan bajarilmagan, hamma iş ölda-jölda. Naşriyot direktori bir majlisda zarda bilan, şeʼriyat bölimini yopiş, tarqatiş kerak, degan. Öşanda zör javob aytilgan edi: “Tarqatiş uçun avval yiğiş kerak. Uç xodimni töplab bölmasa, qanday tarqatasiz?”

Erkin Vohidov

Bulbul

Şoir Akmal Pölat katta idoralardan birida rahbar edi. Kunlardan bir kuni  Erkin Vohidov uning huzuriga iş bilan boradi. Şoir eşikdan kirsa, Akmal aka stolga engaşib, bir nimalar yozayotgan ekan. Erkin aka odob saqlab, indamay kutib turaveradi. Nihoyat, rahbar boş kötarib maşhur şoirga közi tuşadi.

– E-e, bu qandoq böldi, axir, bir oğiz biz keldik deya yötalib qöysangiz bölardi-ku, Erkinjon!

– Endi, ilhomga xalaqit bergim kelmadi-da, Akmal aka, – deydi Şoir.

– Oh, oh, oh, bulbul tilini bulbul biladi-da, bulbul! – deydi Akmal aka “kamtarlik” bilan.

Şoir köçasi

Erkin aka bir kuni keçki ziyofatdan uyiga qaytayotib taksiga çiqdi. Yöl-yölakay “Öngga yuring, endi çapga buriling”, deya haydovçiga yöl körsatib bordi. Nihoyat, özi yaşaydigan Huvaydo mahallasiga borganida haydovçining ensasi qotib, yonidagi yölovçiga iddao qildi:

– E-e, şunçalik boşimni qotirmay, Erkin Vohidovning köçasida turaman desangiz bölmaydimi?!

Erkin aka jilmaygança boş irğab, noiloj “ayb”ini böyniga oladi.

Döstlik

Erkin Vohidov Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyotda direktor bölgan kezlar edi. Bir davrada viloyatda yaşab, ijod qilayotgan şoir qadah kötarib, şunday dedi:

– Biz Erkin aka bilan qalin döstmiz!

– Töğri, biz siz bilan döstmiz, – deya javob qildi Erkin aka kulimsirab, – çunki siz bizga şeʼr olib kelmaysiz-da.

Eng yaxşi ijroçi

Xalqimizning suyukli farzandi Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Abdulla Oripov  adabiyotimizga yonib, dovruq solib kirib kelayotgan kezlar edi. Kunlardan bir kuni öşa paytdagi Respublika “Bilimlar uyi”da şeʼriyat keçasi böladi. Keçada muxlislar ham özlariga maʼqul şoirlar şeʼrlaridan öqişardi. Köpçilik Abdulla akaning şeʼrlaridan öqib berar, ammo şoirning öziday taʼsirçan yetkaza olmas, şu bois bunday çiqişlardan qanoat hosil qiliş qiyin edi. Buni keçani olib borayotgan Erkin Vohidov yaxşi ilğab turardi. U hammaning dilidagi gapni şunday çiroyli lutf bilan izhor qildi:

– Endi söz Abdulla Oripov şeʼrlarining eng yaxşi ijroçisi – şoir Abdulla Oripovga!

Şodmon Otabek

Yöli topildi

Erkin Vohidov universitetni endi bitirgan paytidayoq taniqli şoir edi. Özingiz bilasiz, oliy öquv yurtini bitirgan odam oldida uylaniş muammosi köndalang böladi. Şu masala yuzasidan Erkin aka Said Ahmad akaga maslahat solibdi.

– Oqsoqol, – debdi, – xabaringiz bor, bir-ikkita kitobim çiqdi. Uç ming sömça pulim ham bor. Lekin qaysi biriga yetkazişni bilmayapman: maşina olaymi, uy solaymi, xotin olaymi? Maşina olsam, uy sololmayman, uy solsam, uylanolmayman, uylansam maşinaga pul qolmaydi… Nima qilay?

 Said Ahmad aka peşonasini Raşid Abzining garmoniday tiriştirib çuqur va uzoq öyga tolibdi. Oxiri çehrasi yorişib, bunday debdi:

– Bolam, men xöp öyladim. Hisoblab körsam, uç ming söm puling hammasiga yetarkan. Maslahat şuki, sen avtobus sotib olgin! Avtobus – maşina degani. Rulini qayoqqa bursang ketaveradi. Bu – birinçidan. Avtobusning içi keng-möl böladi. Köç-köroningni olib kirsang, tayyor uy böladi. Bu – ikkinçidan. Uçinçidan, avtobus bölganidan keyin içida konduktori ham böladi. Öşa konduktorni xotin qilib qöya qolasan! Kördingmi, okaginang aylansin, man sanga heç qaçon notöğri maslahat bermayman…

Ötkir Hoşimov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (16)