4 daqiqada öqiladi

366 marta körilgan

Quvnoq qardoşlar haqidagi kitob

Quvnoq qardoşlar haqidagi kitob

Turkiyaning bir muhiti bor: Qoradengiz. Atroflari yaşillik va dengiz. U yerlik odamlarning sevgan ovqati qora karam va makkajöxori. Sevgan baliqlari xamsi. Sevimli çolğu asboblari kamonça. Qayiqlari kiçkina yelkan. Ana şu  öziga xos xususiyatlarni bağirlarida olib yurgan insonlar – QORADENGIZLIKLAR.

Jonga jon döstdir ular. Jahli çiqib qizişib ketganlarida siz ularning yoniga borib: “Nima gap, uşoğim (bolam)?” desangiz böldi, yaqiniga aylanasiz,  mehmoni bölasiz, eng muhimi, “to ölgunça” himoyasida  bölajaksiz.

Nozik gap-sözlari, yirik burunlari va özlariga xos lahjalari bilan Qoradengizlilar “öziga xos bir maktab”dir.  “Qoradengizli” deyişingiz bilan “oqar suvlar ham töxtaydi” va ular qaysi işga qöl ursalar, “yuzlarining oqi” bilan, yaʼni uyaltirib qöymay ğolib bölib çiqadilar.

Qoradengizlilar juda qiziq böladi. Bulğoristonning Gabrovo odamlariga öxşagan sodda, ğalati, ammo mard.

“Qora dengiz fuqarolari”, yaʼni “Qoradengiz latifalari” nomli kitob aynan şu insonlar hayoti haqida bitilgan. Bu asar qiziqarli, nazokatli gaplarga boy.  Uning qahramonlari Tamal, Jamol, Ilyos degan uç oğayni va Fodima ismli bir qiz. Ular sevgan xamsi baliği – odamning körsatkiç barmoğidan sal kattaroq, mayda baliq turi bölib, Turkiyada “xamsi” degan sözning özidanoq odamlarning lablarida tabassum paydo böladi. Xamsi, köpinça, katta qozon yoki tovada qizargunça pişirib tanovul qilinadi. Şörvasi ham, qovurmasi ham ğoyat lazzatli böladi. Konservalari ham xaridorgir. Öşa Tamal, Jamol, Ilyos va Fodima degan qahramonlarimiz Qoradengiz böylarida yaşovçi xalq timsollari bölib, ular zukko va hozirjavobligi bilan ham ajralib turadilar.

Xullas, uşbu “Qora dengiz latifalari”dan ayrim namunalarni tarjima qilib, muhtaram jurnalxonlar hukmiga havola etişni lozim topdim.

Miraziz AʼZAM

SAYOZMI, ÇUQURMI?

Olis şaharlik bir kişi Qoradengiz viloyatining bir qişloğiga maşinada ketayotgan edi, bir daryo sohiliga çiqib qoldi. Daryo sayozday körinar, ammo örtasida suv tez oqardi. Bir payt u daraxt tagida kamonça çalib ötirgan yigitni körib qoldi.

Şaharlik: Menga qarang, inim! Ismingiz nima?

Yigit: Tamal.

Şaharlik: Tamaljon! Maşina bilan narigi qirğoqqa ötsa böladimi?

Tamal: Böladi!

Şaharlik maşinasi bilan daryoga qarab yurdi. Biroq salda suvga kömila boşladi. Zör berib tislangança zörğa sohilga çiqib oldi.

Şaharlik: (Tamalga qiçqiradi): Hoy yigit! Çuqur emas devding-ku! Bu qanaqasi?

Tamal: Manam hayronman, hamşahar. Sizdan oldin bir ördak narigi qirğoqqa bemalol ötib ketdi. Suv beligaça ham kelmagandi!

OLTIN ÇIQSA

Tamal, Jamol va Ilyos yelkanli qayiqda dengizga çiqqandilar. Qayiq suv ostidagi bir sandiqqa urildi. Uç oğayni sandiqni qayiqqa olib, qirğoqqa çiqdilar.

Tamal: Buning içida oltin bölsa, nima qilamiz, oğaynilar?

Jamol: Bölişib olamiz.

Ilyos: Qanday bölişamiz?

Jamol: Biri senga, biri Tamalga, ikkisi menga.

Tamal va Ilyos: Nega bizga bittadan-u, senga ikkisi?

Örtada janjal kötarildi. Tamal bilan Ilyos Jamolni urib dabdalasini çiqardi. Sohilda yurgan politsiyaçi Jamolni tutdi va uççovlarini tergov qildi.

Tergovçi: Nima böldi özi, Jamol, menga tuşuntir-çi!

Jamol: Sandiqdagi oltinning ikki hissasi menga, qolgan ikki hissasini ikkovinglar bölib olasiz, desam, meni ura ketişdi.

Tergovçi: Sandiqda oltin bormidi?

Jamol: Yöq. Yöq edi. Agar oltin bölsa, degandik-da.

KATTA ODAM TUĞILGANMI?

Bir sayohatçi ingliz ayol Qoradengiz viloyatining qişloqlaridan birida Fodimaga yaqinlaşdi.

Ingliz ayol: Men Angliyadan sayohatga kelganman. Ismim Jen, familiyam Stoun. Jurnalistman. Qişloğingiz haqida bir asar yozmoqçi edim. Menga baʼzi masalalarda yordam bersangiz.

Fodima: Mening ismim Fodima. Öqituvçiman. Bu yerda yonğoq teryapman. Ayting, sizga qanday yordam kerak?

Ingliz ayol: Qişloğingizda biron katta odam tuğilganmi?

Fodima (ingliz xotinni mixlab taşladi): Yöq, tuğilmagan. Bizda katta odam tuğilmaydi. Biz faqat çaqaloq tuğamiz. Siz tomonlarda katta odam tuğiş zarurati paydo bölgan bölsa, biz bunga yordam berolmaymiz.

BIR BÖSA KERAK

Tamal benihoya şöx yigit edi. Bekorçilikdan qizlarga gap otar va muvaffaqiyat qozonardi. Bir kuni köçadan bir gözal juvon ötib qoldi. Tamal unga ergaşdi. Juvon bir atelyega kirib ketdi. Tamal ham orqasidan kirdi. Juvon şu yerning boşliği ekan. Orqaga qaytişni öziga ep körmadi, tavakkal gap boşladi.

Tamal: Salomlar bölsin!

Juvon: Keling, keling. Sizga nima kerak?

Tamal: Menga bir bösa kerak.

Juvon: Bir bösa kerakmi?

Tamal: (boşini likillatib): Bir bösa…

Juvon: (bir xizmatçini çaqirdi): Oyşa xola, mana bu yigitçaga bir bösa kerak ekan, keling, bitta öptiring.

(Bir kampir lapanglab, Tamalga yaqinlaşdi)

Tamal: Yaxşi, yaxşi. Hozir şoşilinç işim bor. Boşqa bir payt kelib, söraganimni olarman.

IMTIYOZ QOĞOZI

Qoradengiz sohilida yaşab, umrida avtobusga çiqmagan Jamol, taqdir taqozosi bilan Istanbulga kelib avtobusga çiqdi. Yöl haqini tölaş uçun çöntagini kavlab, pul çiqarmoqçi bölib turgandi, qarasa, yonida ötirgan bir yigit, konduktor Tamalga bir qoğoz körsatib, “Imtiyoz” deb qöydi. Şunda Jamol ham yonidan nikoh guvohnomasini çiqazdi.

Jamol (konduktorga): Imtiyoz… (Ötirgan köyi guvohnomani konduktorga uzatib, teskari ögirildi).

Tamal (Jamolning yengidan tortib): Sen bu imtiyoz bilan faqat xotining Fodimaga tekin minasan, avtobusga emas. Qani, pulni çiqar…

SABABSIZ

Tamalning kenja öğli yomon iş qilib qöydi. Tamal oldin uni yaxşilab savaladi. Keyin…

Tamal (öğlidan söraydi): Nega urganimni tuşundingmi?

Kenja öğil (otasiga ters qarab): Sababini bilmas ekansiz, nega urasiz bölmasa?

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 3-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)