Ötgan yili kinokissalarni obod qilgan “Otaşin sevgi” yoxud “BMQ”, yaʼni “Böribosar va bir muhabbat qissasi” filmining rejissyori Mastonqul Kökarboyevdan yangi film! “Otaşin sevgi” yoxud “BMQ”, yaʼni “Böribosar va bir muhabbat qissasi – 2”.
…Kinoteatr çiroqlari öçirilib, katta ekranda qiz bilan yigit körinadi. Qiz – şahardagi eng katta boylardan birining arzandasi. Yigit – uzoq qişloqlik kambağal odamning öğli. Ular şahardagi sevişganlar xiyobonining daraxtlari quyuq kunjagida uçraşyapti.
– Qoqigulim, tuşun, axir, seni bir kun körmasam, ölib qolaman, – deydi yigit nöxat yulgan kişining kaftidek qabarib ketgan qöli bilan qizning oq bilagidan uşlab.
– Aldamang, Mamatqul akajon! – deydi qiz qölçalarini göyo yigitning qölidan böşatişga uringandek ohista tortqilab. – Yoz böyi intizor kutdim, qorangizni körsatmadingiz-ku…
– Zato, sen har soniya qalbimda bölding, – yigit şu joyda bir şoir döstining luğat boyligidan şpargalka sifatida foydalandi. – Işonmasang, yuragimga quloğingni tut…
Qiz yigitning köksiga olov yuzini bosadi…
Anglaganingizdek, film işq-muhabbat mavzusida. Qoqigul obrazini yoş iqtidorli aktrisa Qurbonoy Qulniyozova talqin etgan.
– Qurbonoy bilan beş yildan beri işlaymiz, – dedi rejissyor Mastonqul Kökarboyev premyeradan oldin. – U şu davr mobaynida özining betakror iqtidor sohibasi ekanini bir neça bor isbotladi.
Qahramon yigit – Mamatqulni estrada yulduzi Dijey Damin ijro etgan.
– Muxlislarimga özimning yana bir yorqin qirramni körsatdim, – dedi u va tomoşabinlarga özini olqişlaşlari uçun uç soniya imkoniyat berdi. Taassufki, şusiz ham çapak çalaverib qöli tolgan muxlislar “sanʼatkor”ning şirin istaklarini payqaşmadimi, olqişni nasiya qilişdi. “Yulduz” davom etdi: – “Eʼtibor bergan bölsanglar, – “sanʼatkor” xalqni öziga yaqin oldi, sensiradi – aynan “bölsanglar” dedi, – filmda Qoqigul bilan istirohat boğlarida bir neça bor uçraşaman. Bilasizmi, sʼyomkalarning birida şunçalik qiziq bir voqea yuz berdiki…”
Dijey hikoya qilmoqçi bölgan “qiziq” voqeaning xalq uçun qiziği yöq ekan, şekilli, zalda birdan qarsaklar yangrab, “sanʼatkor” hikoyasini yutib yubordi…
Film original lavhalarga boy. Yigitdan qizga sovçi boradi. (Negadir, keyingi paytlarda filmlarimizda sovçilik sahnalarini umuman körsatişmayotgan edi!) Qizning otasi, yaʼni Boybuva sovçilarga ular özining tengi emasligini aytadi. Kunlarning birida Boybuvaning boşiga katta savdo tuşadi. Sevimli iti Böribosarni katta yölda bexosdan maşina turtib yuboradi. Tasodifan şu köçadan ötib borayotgan oşiq yigit Mamatqul bu hodisani körib qolib, jonivorni çaqqonlik bilan mol döxtir huzuriga yetkazadi. (Mamatqul veterinarning şu yaqin orada yaşaşini özining qahramonona intuitsiyasi bilan sezadi.) Sevimli Böribosarning joni omon qoladi. Mamatqul itni boyning darvozasiga yetaklab keladi. Itni kirgizadi-yu, özi hovliga kirişga unamaydi. Uyga kirib, Boybuvaning muborak qölidan bir piyola çoy içişni taklif qilgan xizmatkorlarga şunday deydi:
– Boybuvamning itlari soğ-omon bölsalar böldi. Men qişloğimga ketyapman…
Boy esa yigitning mardligiga qoyil qoladi.
Filmning aksariyat lavhalari homiylik qilgan kişilarning hovlilarida suratga olindi.
– Uşbu filmning tarbiyaviy ahamiyati bor, – deydi rejissyor, kinoni betarbiya odamlar körişi kerak, degan ohangda.
Taqdimotdan söng muxbirlardan biri rejissyordan: “Film Qoqigul va Mamatqulning töyi bilan yakunlandi. Ularning keyingi hayoti haqida ham kino oliş niyatingiz yöqmi?” deb söradi.
Bunga Kökarboyev qisqaça javob berdi:
– Hammasi filmning qança daromad keltirişiga boğliq.
Kinoteatrlar gavjum. Demak, Kökarboyevning “Otaşin sevgi” yoxud “BMQ”, yaʼni “Böribosar va bir muhabbat qissasi – 3”, “… – 4”, “… – 5”, “… – 6” filmlarini ham tomoşa qilib qolsak, ajab emas.
Elmurod NIŞONOV
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

