Katta bir firmaning xöjayini Enriko Rokko sevib qoldi. Yurak qurğur iztirobda yonavergaç, axiyri, dil izhorini maktub orqali bildirişga qaror qildi. Xonasiga qamalib, ğurur va uyalişni bir çekkaga surib qöyib, yozişga kirişdi.
“Hurmatli va qadrli sinyorina, – deb boşladi u, şu sözlarni tez orada öşa qiz öqişini xayoliga keltirarkan, hayajondan entikib ketdi. – Azizim Ornella, qalbim mening, nuridiydam, dilimni örtagan gulim, sevgim mening… ”
Xonaga kotib Ermete kirdi.
– Keçirasiz, sinyor Rokko, qabulxonada sizni kutişayapti, – kotib taşrif qoğoziga bir qarab oldi. – Familiyasi Manfredini ekan.
– Manfredini? Birinçi marta eşitib turibman!
– U tikuvçi bölsa kerak. Ölçab olgani keldim, deyapti.
– Ha-a… Manfredinimi, böldi, esimga tuşdi. Ayt, ertaga kela qolsin.
– Xöp, lekin u kişi “Özlari çaqirtirgan edi”, deyapti.
– Ha, töğri, – u çuqur xörsinib qöydi. – Mayli, kirsin, faqat aytib qöy, vaqtim nihoyatda tiğiz.
Tikuvçi Manfredini tayyor kostyum kötarib kirdi. Rokko kostyumni kiyib kördi, tikuvçi şoşa-pişa ölçamlarni belgilab oldi.
– Sinyor Manfredini, uzr, judayam muhim işim bor edi…
Enriko Rokko yana joyiga ötirib, yozişda davom etdi: “Mahbubam mening, qaydasan hozir? Nimalar qilayapsan? Senga muhabbatim şu qadar kuçliki, şaharning qaysi burçida bölmagin, qalbim faqat senga talpinadi”.
Tösatdan telefon jiringlab qoldi. Enrikoning yuragiga tiğ sançilganday böldi, çuqur “uf” tortib, göşakni oldi.
– Eşitaman.
– Salom, – nomaʼlum ayolning mayin, işvali ovozi keldi. – Bunça qörssan. Töğrisini ayt, bemavrid könğiroq qildimmi?
– Kim bu? – söradi Rokko.
– Aytmadimmi, bu kişining kayfiyati yöq bugun. Bilasanmi…
– Kim gapirayapti özi?
– Namunça şoşasan, hozir…
U “taq” etib göşakni qöydi.
“Sevgilim, – deb yoza boşladi yana, – hozir taşqarini tuman qoplagan, boz ustiga, benzin hidi anqiyapti, lekin, işonsang, men mana şu tumanga ay…”
Yana telefon jiringladi. Enrikoning jon-poni çiqib ketdi.
– Allo!
– Menga qara, Enriko, – şivirladi yana öşa ovoz. – Men atay sen bilan uçraşgani keluvdim, sen bölsang…
U birov muşt tuşirganday çayqalib ketdi. Qarindoşi, sarviqomat, latofatli Franka qönğiroq qilayotgandi. U köpdan beri özini unga qayliq sanab yuradi, buyniga osilgudek yopişib olgan. Hamma ayollar romantik sevgini orzu qiladi, ammo hozir Frankani şartta orqaga, qişloqqa jönatib yuborib bölmaydi. Bosiqroq bölişga töğri keladi…
Butun fikru xayoli maktubdagi maʼşuqasida edi. Balki, qiz uning izhorlarini öqib mayin jilmayib qöyar, ehtiros ila bitilgan bu maktub keyin qizning nafis buyumlari – lab buyoği, atir-upasi, bejirim römolçalari qatorida turar. Mana endi Franka hammasini rasvo qiladi.
– Enriko, istaysanmi, hozir oldingga boraman? – deya erkalanib söradi Franka.
– Yöq-yöq, meni keçirgin-u, hozir juda bandman.
– O, uzr söraşing şartmas. Agar seni zeriktiradigan bölsam, hozir suhbat qurmadik, deb hisoblayver.
– Darrov xafa bölasan-a. Tuşungin, işlarim tiqilib yotibdi… Mayli, kel, faqat keyinroq.
– Qaçon?
– Xö-öş… ikki soatdan keyin.
Enriko göşakni qöydi. Şunça qimmatli vaqt bekor ketganday tuyuldi. Maktubni tuşgaça jönatiş kerak, bölmasa, Ornellaga ertaga yetib boradi.
“…langan bölardim. Çunki tuman şu topda sen yaşayotgan uyni ham qurşab olgan, agar uning közi bölsa (kim bilsin, balki bordir), derazadan senga töyib-töyib boqqan bölardi. Keyin biror tirqişça topib, xonangga kirişga intilmaydi, deysanmi? Tumanning bunga qurbi yetgani kabi, mening muhabbatim uçun ham uzoq ma… ”
Eşik asta oçilib, kotib Ermete kirdi.
– Keçirasiz.
– Aytdim-ku, işim köp, heç kimni qabul qilmayman, deb. Keçga yaqin kelişsin.
– Lekin…
– Yana nima?
– Pastda maşinada sizni kommendatore Invernitssi kutayapti.
Jin ursin, bu Invernitssi degani bilan yaqinda öt ketgan omborxonani borib körişi, ekspertlar bilan uçraşişi kerak edi-ku! Butkul yodidan kötarilibdi. Yöq, bunga çidaş qiyin. Hamma narsa şu paytga kelib taqalayapti. Xuddi birov atay qilayotganday.
U rosa qiyin ahvolda qolgandi. Lekin… “Kasalman”, deb bahona qilsa-çi? Yöq, bölmaydi. Yo maktubni çala holida jönataversamikan? Ammo hali yana köp narsalar haqida yozmoqçi edi-da. Ikkilana-ikkilana, xatni ğaladonga taşladi-da, paltosini kiyib, pastga yugurdi. Nima bölgandayam, tezroq borib-keliş kerak. Yarim soatda ulguramanmi, deb öylagandi, biroq tuşga yaqin qaytib keldi. Qabulxonada uni tört kişi kutib ötirişiga qaramay, şaxd bilan xonasiga kirib, eşikni içkaridan qulflab oldi. Çuqur nafas olib, ğaladonni oçdi. Maktub yöq! Yuragi muzlab ketay dedi. Kimdir jurʼat qilib, uning stolini titkilaganga öxşaydi. Yöq, balki adaşayotgandir.
Xayriyat, şunçaki adaşib boşqa ğaladonni oçibdi. Faqat, endi maktubni tuşgaça jönatolmaydi. Poçtaga “şoşilinç” deb topşirgan taqdirda ham, Ornella uni yarim tunga yaqin olişi mumkin.
“…sofalarni bosib ötiş, kerak bölsa, Xitoy de…”
Jiring-jiring! Yana telefon. U ruçkani qoğozdan uzmay turib, ikkinçi qöli bilan göşakni oldi.
– Allo?
– Siz bilan Janobi oliylarining kotibi Takki gaplaşayapti.
– Eşitaman.
– Men tros masalasida qönğiroq qilayapman.
Oşiq Rokko boşini çangalladi. Gap mömaygina daromad keltiradigan öta muhim iş haqida bormoqda edi. Tros oldi-sotdisi bilan boğliq suhbat rosa yigirma daqiqa çözildi.
“…voridan uçib ötiş heç gap emas. Oh…”
Yana kotib Ermete. Enriko beixtiyor qiçqirib yubordi.
– Heç kimni qabul qilmayman, tuşundingmi?
– Lekin moli…
– Heç kimni, dedim-ku, eşitmayapsanmi?
– Lekin moliyaviy inspektor özingiz bugunga çaqirganingizni aytayapti.
Şörlik Rokko holsizlanib qoldi. Moliyaviy inspektorni qaytarib yuboriş ğirt axmoqlik, mavqe-mansabga nuqta qöyiş, özini özi öldiriş bilan baravar. Inspektorni noiloj qabul qildi.
Soat birdan öttiz beş daqiqa ötdi. Qabulxonada çamasi bir soatdan buyon qarindoşi Franka kutayotgan bölsa kerak. Yana Jenevadan u bilan uçraşgani kelgan injener Ştolts ham bor. Yana elektr asboblarini sotiş masalasida advokati Messumiçi va, nihoyat, har kuni uni ukol qilib ketadigan hamşira qiz ham kutib turgandir.
“… azizim, Ornella!”
Telefon jiringladi.
– Siz bilan savdo vazirligidan kommendatore Stalsi gaplaşayapti…
Yana telefon.
– Konsorsiumlar uyuşmasi kotibi gapirayapti…
“… Mening tengi yöq gözalim, Ornella! Agar bil…”
Ermete vitse-prefektadoktor kelganini maʼlum qildi.
“…ganingda edi, seni qan…”
Telefon.
– Boş ştab boşliği gapirayapti…
Jiring-jiring.
– Hazrati oliylari arxiyepiskopning kotibi…
“…çalik sev…”
Jiring-jiring.
– Kassatsion sud boşliği gapirayapti.
– Allo!
– Men Oliy kengaş aʼzosi senator Kormerakoman.
– Eşitaman.
– Siz bilan imperator janobi oliylarining adyutanti gaplaşayapti.
– Eşitaman, ha, ha, quloğim sizda. Ha, rahmat. Janobi oliylari, bağoyat minnatdorman!.. Albatta, janob general, hoziroq çora köraman… Allo, allo! Albatta, janob adyutant! Janobi oliylariga mening alohida ehtiromimni yetkazib qöying.
Maktub bilan ruçka asta-sekin stol çekkasiga surila boşladi.
– Keling, marhamat! Qani, ötiring, bemalol ötiravering. Yaxşisi, bu yoqqa ötiraqoling. Siz bilan körişib turganimdan bahad xursandman!.. Söz topolmaysan kişi.. O, rahmat. Nima istaysiz? Qahva? Sigaret?
Enriko bu keldi-ketdilar, qönğiroqlar töfoni qança davom etganini bilmaydi. Nihoyat, yarim tunga yaqin yolğiz qoldi. Uyga ketişdan avval stol ustida qalaşib yotgan hujjatlarni tartibga solmoqçi böldi va maktubga közi tuşib qoldi. Qölda yozilgan, lekin imzo, sana qöyilmagan. Dastxatidan özi yozganini bildi. Qiziqib, öqib kördi. “Qanday bemaʼnilik! Qaçon yozdim buni?” – deb özini savolga tutarkan, boşini qaşlagança eslaşga urinardi. – Bunaqa bemaʼni maktubni qanday qilib yozdim-a? Bu Ornella degani kim edi özi?..”
Rus tilidan
Ğayrat SAYDULLAYEV tarjimasi.
Dino BUTSSATI
1906-yili Italiyaning Belluno viloyatida tuğilgan. “Toğli Barnabbo”, “Eski örmon siri”, “Tatar çöli”, “Muhabbat” romanlari, “Yiriklaştirilgan qiyofa”, “Ayiqlarning Sitsiliyaga ğaroyib bosqini” kabi qissalari, köplab hikoya va dramalari bilan şuhrat qozongan.
1972-yili Milanda vafot etgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

