9 daqiqada öqiladi

1 106 marta körilgan

Adabiyot bu – söz sanʼati

Uluğbek Hamdam

Mir Alişer Navoiy. “lison ut-tayr”

Bugun bu asar yangitdan öqilişi va uqilişi lozim, deb öylayman. Umuman, mumtoz asarlar hamma davrlarda öqiladi. Ular hamma davrlarga xizmat qiladi. Şuning uçun ham mumtozdir. Şu maʼnoda, dostonda kötarilgan muammo bugun ham insoniyat qarşisida köndalang bölib turibdi. U ham bölsa, quşlar örinlarining çalkaşib ketganligidir. Yaxşi bilasizki, adabiyot majoz-u obrazlar vositasida söz aytadi. “Lison ut-tayr”da ham uluğ Navoiy allegorik obrazlar orqali aytarini aytib ötgan. Ruxsat bersangiz, asarni quyidagi şeʼriy maşq bilan şarhlaşga urinib körsam:

Hasratimni tuşunsa, navoiy tuşungusi…

Haqiqiy uruş yöq,

Tinçlik ham yöq haqiqiy,

Yiğilar soxta durur, yasamadir kulgular.

Gar samimiy bir inson körib qolsam, men uni

Muqaddas Kaʼba yangliğ tavof aylagim kelar.

 

Ikki tomon uruşsa, ikki yomon deymiz biz,

Aslida, öyinidir uçinçi bir tomonni.

Oh, bunça çaplaşmasa bu dunyoning ranglari:

Ajratib bölmay qoldi yaxşi bilan yomonni.

 

Sanʼat maqomin oldi tagi teşik köp bitik,

Çiqindiga taşlandi ne-ne gözal sanʼatlar.

Tulkining ayyorligi fazilatga sanalib,

Nuqsondir deyilmoqda arslonga xos jurʼatlar.

 

Joyi poygakda bölgan töriga çiqib olgan,

Qölga suv quyib turar törilarning egasi.

Bir safarim bor mening “Lison ut-tayr” tomon,

Hasratimni tuşunsa, Navoiy tuşungusi…

Frans KAFKA. “Evriliş”

Jahon adabiyotşunosligida “Dunyo adabiyoti tarixi ikkiga: Kafkagaça va Kafkadan keyingi davrga bölinadi” degan qaraş mavjud. Bu fikrda mubolağa bor, albatta. Lekin mazkur eʼtirof bejiz Kafkaga nisbatan aytilayotgani yöq: zero, aynan kafkalardan keyin jahon adabiyotida keskin buriliş sodir bölgan. Ha, Frans Kafka çindan ham jahon adabiyoti ravişiga jiddiy taʼsir körsatgan, mumtoz maqomga ega ulkan yozuvçidir.

“Evriliş” hikoyasi Kafkaning şaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizliklari qarşisidagi öziga xos qörquvdan töragan-yaralgan, deyiş mumkin. U badiiy asar sifatida ğoyat ğayritabiiy syujetga ega. “Evriliş”ni qissa ham, novella ham, hikoya ham deyişadi. Umuman olganda esa, Kafkaning hikoya, novella janridagi asarlari ham mazmunan romanlarga tortadi. Jumladan, “Evriliş” ham. Hikoya bugungi kun uçun ham ğoyat ahamiyatli. Uning yaşovçanligini taʼminlagan kuç hikoya mazmunining realistik tasvirdan ramziy tasvirga köçirilişida va bunday metamorfozalar mohiyati köpgina davrlar (insonlar)ga xos bölgan muştarak fojiani oçib bera olişida, deb öylayman. Şuning uçun ham asar haligaça öquvçilar qölidan tuşmay keladi.

Xöş, nima uçun evriliş deyilyapti? Kim yoki nima evrilyapti?..

Hikoya qahramoni Gregor Zamza bir şirkatda işlab, otasi, onasi va singlisini moddiy jihatdan taʼminlab keladi. Bu – tabiiy hol, albatta. Jahon böylab millionlab, balki, milliardlab oilalardagi manzara taxminan şunday. Heç kim, heç bir millat yoki din vakili buni eşitib yoki öqib hayron bölmaydi. Oilada ota, u qarisa yo ölsa, öğil oila taşvişlarini öz zimmasiga oladi. Lekin kutilmaganda öşa boquvçi öğil kasal bölib yotib qolsa, yoki Gregor Zamzaga öxşab ajoyib kunlarning birida, ertalab haşarotga aylanib uyğonsa nima böladi?

Ğalatimi?

Ğalati bölganda qandoq!..

Hayotda bölişi mumkin bölmagan evriliş. Töğrimi?.. Lekin adabiyot bu – söz sanʼati. Sanʼat esa badiiy şartlilikka rioya qilgan köyi öz manziliga qarab intiladi. Tabiiyki, adabiyotdan jindek bölsin xabari bor insonki bor, Gregor Zamzaning qirq oyoqli haşarotga aylanib qolişini qiziqiş bilan qarşi oladi. “Xöş, yozuvçi bundan qanday badiiy muddaoni közlagan ekan?” deya asarni öqişda davom etadi.

Kuzatişlar şuni körsatadiki, inson boşqa bir insonga yordami tegib turgan paytdagina qadrlidir, aks holda, u heç kim, hatto keraksiz matoh sanaladi. Keraksizmi, demak, uni öz hayotlaridan supurib taşlaşlari mumkin, hatto şart!.. Eʼtibor bering, bunday öylayotganlar, şunday qilayotganlar yetti yot begona emas, balki Gregorning tuğişganlari, jon-jigarlari: otasi, onasi, singlisi… Mana sizga Kafka közgusiga solingan jamiyat aksi! Nahotki, şunday bölsa? Nahotki, sizning, mening, uning ham yaqinlari şunday yöl tutişga qodir bölişsa?!.. Özimiz-çi, özimiz?! Nahotki, biz ham – begonani qöyib turaylik, sevganlarimizga, agar ular keraksiz bölib qolsa, şunday munosabatda bölsak?!.. U holda savol tuğiladi: kim bor bizning içimizda özi – insonmi yoki har qanday maʼnaviyat-u ruhoniyatdan mahrum yovuz maxluq?!..

Ana, katta yozuvçi deganimiz öquvçini ana şunday muşohada-yu mulohazalar girdobiga otib yuboradi. Darvoqe, Gregor Zamza evriliş oqibatida haşarotga aylanib qolgandi va u insonlar jamiyati uçun, hatto öz oilasi uçun ham çiqitga çiqqandi. Natijada undan voz keçiladi. Men esa, asarni öqigan öquvçilarning biri sifatida öylayman: hozirda dunyo jamiyatlarida buning teskarisi yuz bermayaptimi, yaʼni insonlar bir-birlari uçun ana şunday keraksiz, hatto bir-birlariga zararli (“inson insonga böri”) mavjudodlarga aylanib bormayaptimi?.. Yangi dunyo, hamma narsa “foyda-zarar” sxemasi asosida barpo etilgan kapitalistik olam munosabatlari insonni ana şunday haşarotlar iniga otib yubormayaptimi?.. Şundan kelib çiqadigan bölsak, aslida, haşarotga aylangan Gregor emas, balki uning otasi-yu onasi, singlisi, boşliği, qolaversa, unga şunday munosabatda bölgan, bölayotgan jamiyatdir.

Jan Dominik Bobi.

“Skafandr va kapalak”

Odatda, Ğarb madaniyati, sanʼati va adabiyoti haqida gap ketganda, bir huşyor tortib olamiz. Dunyoqaraşimiz, mentalitetimiz va tarbiyamizga tajovuz qiladigan nimadir yöqmikan, degan hadik bilan kutib olamiz xabarlarni. Lekin “Skafandr va kapalak”ni öqib tamomila özga xulosalarga kelasiz: inson Ğarbda ham, Şarqda ham baribir inson ekaniga, uni bir nuqtaga olib keladigan muştarak jihatlari köpligiga iymon keltirasiz. Buning uçun esa şakllar tuzoğidan eson-omon ötib, insonlik mohiyatiga intilmoq talab qilinadi, xolos. Fransuz dramaturgi Jan Dominik Bobining “Skafandr va kapalak” nomli asari, avvalo, çöng bir iztirob, söngra esa xuddi şunday umidga yöğrilganligi bilan eʼtibor tortadi. Ayni kuçga tölgan, hayot va ijodda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan 44 yoşli dramaturg kutilmaganda insultga çalinadi-da, töşakka mixlanib qoladi. Lekin u taslim bölmaydi. Soğlom miya va bittagina köz yordamida hayot uçun kuraşadi. Çunki qolgan hamma aʼzolar falaj holda: na qimir etadi, na gapiradi va na ovqat yeya oladi. Işga yaroqli bittagina közi bilan logoped yordamida dunyo bilan muloqotga kirişadi. Buning uçun alifbodan foydalaniladi. Logoped bir çekkadan harflarni öqib çiqadi, falaj dramaturg kerakli harfga kelganda yagona soğ közini yumadi va şu tarzda bir neça daqiqada birgina söz yoziladi. Bemor şu tarzda asar yozmoqqa ham bel boğlaydi. Nihoyat, maşaqqatlar, jasoratlar evaziga asar dunyoga keladi. Bitigini “Skafandr va kapalak” deb nomlaydi. Skafandr bu – suv ostiga tuşiş uçun kiyiladigan maxsus kiyim, lekin bu yerda ramziy maʼno kasb etib, inson tanasini, kapalak esa ruhni anglatadi. Dramaturg uzoq yaşamaydi – öladi. Lekin odamlarga umid qoldirib ketişni uddalab öladi. Yozilişi inson jasorati va matonatining oliy körinişi bölgan asarda bugungi kun zamondoş insoni uçun suv va havodek zarur bölgan nekbinlik, yoruğlik va umidbaxşlik mujassam.

Asarni özbek tiliga Nilufar Usmonova tarjima qilgan.

Xerman Xesse. “Siddxartxa”

“Siddxartxa” romanini öqib, uning qahramoni Siddxartxada özimga nihoyatda taniş bölgan qahramonni kördim. Garçi uning irqi, dini, tili, urf-odatlari tamomila boşqaça bölsa ham. Şu maʼnoda bugun tilla baliqça böliş juda zararli, ham xavfli. Men Rumiy va Oripov öz asarlarida aks ettirgan şörlik tilla baliqça qismatini nazarda tutayotirman. Bir millat, bir madaniyat, bir eʼtiqod, bir urf-odat uyurmasida katta bölgan inson bilan dunyoning turli-tuman madaniyatlari-yu urf-odatlaridan, diniy eʼtiqodi-yu qaraşlaridan boxabar bölib yetişgan insonning kayfiyati-yu dunyoqaraşida, hayotga munosabatida, tolerantlik darajasida yer bilan kök qadar farq böladi. Hamda bu farq ularni tamomila boşqa-boşqa odamlarga aylantiradi. Birinçisida yetişgan inson faqat öziga öxşagan odamlarnigina tuşunadi, özgaçaroqlarini esa begonasiraydi, ikkinçisida ösib kamolga yetgan kişi bölsa, özgaça qaraşlilarni ham bemalol anglay oladi, natijada ularga insondek munosabatda böladi. Bu, yaʼni ikkinçi hol juda muhim uşbu kunda.

Özgani tuşuniş, avvalo, öşa xalq hayoti, dunyoqaraşi, urf-odatlari aks etgan jiddiy asarlarni öqiş va uqişdan boşlanadi. Xerman Xessening “Siddxartxa” romani, nazarimda, ana şunday asarlardan biridir.

Romanda Budda obrazi bor. Buddaviylik diniga eʼtiqod qiluvçilar, braxmanlar, samanlar hayoti ham aks ettirilgan. Lekin asar Buddizm dinining, umuman, dinning tarğibi haqida emas, balki Budda yetişgan öşa Oliy Haqiqatga boşqa yöl bilan ham, körinişidan unikiga ziddek tuyuladigan söqmoq bilan ham yetişiş mumkinligi töğrisidadir. Zidlik, Rumiy hazratlari aytmoqçi, faqat körinişda, şaklda zuhur topadi. Tag-zaminda esa asar qahramoni Siddxartxa tanlagan yöl Buddaning, umuman, olamning yakka-yu yagona ildiz – asosga borib boğlanişini anglaş darajasiga yetgan har qanday boşqa taʼlimotning mazmun-mohiyati bilan birdir. Ayrim tadqiqotçilar Siddxartxa obrazi Buddaning oddiy hayotini aks ettiradi, deyişadi. Siddxartxa bu – Budda tuğilganda unga qöyilgan ism.

Romanda yana boşqa motivlar ham mavjud. Lekin asardagi eng muhim ğoya, nazarimda, haqiqatga olib boruvçi yöllarning turfaligini hamda ularning ham yaşaşga haqli ekanligini badiiy aks ettirişdir. Yöqsa, nega Siddxartxa uluğ Budda etagini tutmadi?.. Axir, Siddxartxa ham bunday ustozga ergaşişga tap-tayyor edi-ku! Buddaning yölidan minglab, millionlab izdoşlari yurişdi. Ana, Siddxartxaning dösti Govinda ham öşa yöldan ketdi. Lekin Siddxartxa emas. Nega, nima uçun?!.. Çunki u öz yölini topişni istadi va topdi. Uning yöli ziddiyatlar yöli edi. Siddxartxa ziddiyatlarni bosib ötdi va nihoyatida Budda yetişgan uluğ maqomga erişdi. Buni Govinda uning peşonasidan öpganda Siddxartxa siymosida butun olamning, ötmiş, bugun, kelajakning, borliq maxluqotning tizilişib paydo bölişidan bilsa bölardi. Xuddi şu hol Siddxartxaning eng yuksak darajaga yetganidan dalolat edi. Demak, Yaratgan bir manzil bölsa, Unga boşlovçi yöllar xilma- xildir.

Asarni özbek tiliga Oygul Asilbek qizi ögirgan.

Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”

Doston XX asrning birinçi yarmida yaşab ötgan otaşqalb hind şoiri Nazrul Islomning hayotiga bağişlanadi. Unda Hindistonni ingliz mustamlakasidan ozod körişni istagan va şu muqaddas kuraşga nafaqat ijodini, balki öz erki va hayotini ham baxşida etgan otaşqalb şoirning tutqunlikdagi aççiq qismati, qismatidan-da aççiqroq öy-xayollari birin-sirin hikoya qilinar ekan, Erkin Vohidov vaqti-vaqti bilan öquvçi nigohini insoniyat tarixida yulduzdek porlagan turli-tuman ajoyib rivoyatlarga qaratadi. Xöş, nega? Nega şoir öz badiiy muddaosini Nazrul Islomning hayoti va ijodi orqaligina bayon etib qöya qolmadi? Nega u öquvçini özi yangliğ qiynagisi, uni ötdan olib ötlarga solgisi, zulm, istibdod, jaholat kabi sirtmoqlarda osgisi keldi?.. Çunki muddao Nazrul Islom emas, bu – bir bahona. Asl muddao – başariyat tabiatining ikki tarafiga eʼtiborni qaratiş: oq va qora, yoruğlik va zulmat, maʼrifat va jaholat, istibdod va ozodlik…

Nazrul Islom va uning alamli qismati bir durbinkim, şoir mazkur usturlobning bir uçini öquvçi köziga tutib, ikkinçi oğzini insoniyatning xatolarga liq töla keçmişi va buguniga qaratadi. Natijada öquvçi Nazrul Islom keçmişi orqali özi va odamzodning botiniga nazar taşlaş imkoniga ega böladi, inson tabiatidagi özak masalalarga bir nuqtadan qaraş va uni kuzatiş maydonini qölga kiritadi. Bu maydonning ismi Nazrul Islom hayoti aks ettirilgan “Ruhlar isyoni” dostonidir! Yoşi va davridan qatʼi nazar, öquvçiki bor, endi şu maydonga tuşsa, albatta, istibdod va ozodlikdan, jaholat va maʼrifatdan, olomon va xalqdan… saboq oladi. “Ruhlar isyoni”ning davrlar çiğiriğiga doş berib kelayotganining sababi – şu. Bu esa dostonni şaraflagan unsurlardan tağin biridir.

 

Uluğbek HAMDAM,

professor

 

1968-yilda tuğilgan.

Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Filologiya fakultetini tamomlagan.

Ijodkorning “Tangriga eltguvçi isyon”, “Atirgul”, “Seni kutdim” kabi şeʼriy hamda “Yolğizlik”, “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar”, “Uzoqdagi Dilnura”, “Na’matak”, “Ota” kabi nasriy asarlari naşr etilgan.

 

2023/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)