muhabbat dueti yoxud bir sevgi dostoni
E işq, ğarib kimiyosen.
Alişer Navoiy
Odam yoşi ötgani sayin yoşligiga qaytaverar ekan…
Öşa paytlarda ommalaşgan yoşlik daftarlarini eslayman. Inçunun, ulardagi favqulodda sodda va samimiy şeʼrlarni. Köngillarni baloğatga yetkazar, tuyğularimizni pişitar edi bu satrlar. Yuraklarimiz sevgi ötida örtanib, behavolat bölganida öşa şeʼrlardan malham izlaganmiz, topganmiz ham. Afsuski, daftarlarda ularning mualliflari yozilmas, faqat şeʼrlargina varaqlar va xotiralarda muhrlanar edi.
Ehtimol, hozir ham yoşlar şeʼr öqişar, yoşlik daftarlari tutişar va ularga qalblarida ğalayon qilayotgan tuyğularning ifodasi bölmiş satrlarni bitarlar?.. Bu yozilmişlar şunday daftarlardan örin olsa, undan qay bir köngil malham topsa, kimnidir şeʼrga oşno qilsa – muallif nomi unutilişiga-da rozi.
Muallifdan
Yigit
Çaman – anvo, gullar anvoyi,
Sarin havo, quşlar havoyi.
Olov kabi köngil avzoyi
Yana gurlab yonmoqqa moyil.
Boğ içra yuz oçdiyu ğunça,
Gul uzatdi menga ilinib.
Şul sehrli saharda, hatto
Tuşunyapman bulbul tilini.
Qiz
Tuyib salqin ariq böyida
Hilvat hilvalarning böyini,
Şarqiragan suvlar kuyida
Avjdir jilvalarning öyini.
Dil şabnamdir, ğunçalar namrang,
Bunda tuyğu gullamiş çaman.
Şabnamlarda yuzini yuvgan
Gullar bilan suhbatlaşaman.
Yigit
Osoyişta hayotim içra
Bir ğalayon kirdiyu tuyqus,
Halovatim yöqoldi kunlar,
Tunlar közdan yöqoldi uyqu.
Qanday sokin edi bir paytlar,
Endi bunça tez urayotir –
Nega yurak köksimga siğmay,
Dukur-dukur yugurayotir?
Qiz
Bir toşqin bor köksimda manim,
Şunça şitob erirmikan qor?
Bir tongda köz oçdimu nogoh
Sezdim, bu gal özgaça bahor.
Hayodanmi yonar yuzlarim,
Qayga boşlar meni dil izni,
Qanday atay, hali bilmayman,
Yuragimda uyğongan hisni.
Yigit
Kezib sarxuş xayollar içra,
Men-da sezdim, özgaça bahor,
Goh nur yoğar keçalarida,
Kunduzida goh tiyralik bor.
Közlarimda çaqnaydi çaqin,
Köksimda bir şamol yeladi.
Tonglar turib töliqib, toshib,
Yomğirlarday yoğgim keladi.
Qiz
Şamol, qurğur, tinmaydi bunça,
Balki sirim oçmoq bölar u,
Soçim yulqib, xayollarimni
Yo öğirlab qoçmoq bölar u.
Öyinqaroq örtoğim edi,
Endi esa boşqaça tamom:
Tortqilaydi şamol yengimdan
Men bilmagan bir manzil tomon.
Yigit
Qalbga kirgan asov tuyğular
Nega heç böy bermaydi menga?
Nega sendan uzolmayman köz,
Nega doim intilgum senga?
Aqlim olgan nomsiz bu hisning
Sezgandayman nima ekanin,
Muhabbatdir balki bu kelgan,
Balki şuldir sevgi degani?
Qiz
Qalbimda bir intizorlik bor,
Ötarmanu yoningdan abas,
Senga bir bor köz taşlolmayman,
Nigohingni sezib turgum, bas.
Soğinarman seni jimgina,
Soğinarman seni hamişa.
Aytolmayman men buni faqat,
Yuragimda hokim andişa.
Yigit
Angladimki, hayotim özing,
Bu hayotda anglaganim şul:
Sen dilimda yuz oçgan ğunça,
Men qoşingda mahliyo bulbul.
Yöqdir sendan özga ilinjim,
Faqat bir bor körmoq tilagim.
Mendan oldin, mendan ham ildam
Sen tomonga çopar yuragim.
Qiz
Köksim içra potirlab qalbim,
Sen tomonga şoşgani-şoşgan.
Ğunçasini tars yorib gullar
Intilgani kabi quyoşga.
Suvratim gar sokin esa-da,
Bir öt içra jizğanak yurak.
Ğunça şunday sevar, ehtimol,
Gullar şunday sevsalar kerak.
Yigit
Kunimga zavq, tunimga yoğdu
Ulaşganda nurli xayoling,
Tortar meni ohanraboday
Yuzingdagi bir dona xoling.
Men köp narsa tilamasman, yöq,
Senga yetmoq havasdur menga.
Yillar baxtli yurişim uçun
Bir bor boqsang – şu basdur menga.
Qiz
Sevgim qanday etay eʼtirof,
Qanday oçay könglimning köşkin –
Axir, bulbul sevgan gulining
Nigohidan sezmasmi işqin?
Sevgi otli tuyğu dilimda
Ipak kabi qatlanar qat-qat.
Yuraklarim gupursa-da, lek
Nigohlarim yer çizar faqat.
Yigit
Seni sevsam ranjima, dilbar,
Yoş qalbingga bermagil ozor.
Bu dunyoda axir bir qatra
Mehrga ham taşnalar bisyor.
Sevdim desam ranjima aslo,
Azoblarga diling tölğama.
Jim va sobit sevarman seni
Va heç narsa qilmasman tama.
Qiz
Bir boqişing men uçun hayot,
Yuragimning naqşi-ganjisan.
Nahot buni anglamas bölsam,
Nahot sohir işqdan ranjisam.
Balki, lozim şukur aylamoq,
Uçraştirdi bizlarni taqdir.
“Sevdim” degan birgina sözing
Men uçun bir umrlik baxtdir.
Yigit
Sen borsanki, totlidir hayot,
Sen borsanki, gözaldir dunyo.
Sen borsanki, quvonç bor, gulim,
Sen borsanki, osmon musaffo.
Seni körsam közlarimda nur,
Seni körsam yayragay dilim.
Seni desam gulni deb yongan
Bulbul kabi sayraydi tilim.
Qiz
Sen – yuragim kuylagan qöşiq,
Sen – dilimda yangragan navo.
Sening öying bilan gözaldir
Borliğimni qurşagan maʼvo.
Xayolimda özingsan kunlar,
Tuşlarimda seni köraman.
Mehr töla sözlaringni men
Yuragimda olib yuraman.
Yigit
Asov qalbni olib tizginga,
Sokin dilga solgan ğalayon
Işq atalmiş ul sehrgarning
Endi menga sirlari ayon.
Qaqroq qalbda gul kökartirgan
Ne möjiza dunyo ekan işq.
Kuylagandek uluğ Navoiy:
Bir ğaroyib kimyo ekan işq…
Qiz
…Sönggi damlar qandaydir ğaşlik
Tinçim uzra solmoqda soya.
Buni hatto öylamoq qörqinç,
Topmasmikan şodlik nihoya?
Qörqamanki, nogoh ayriliq
Berar bölsa visolga barham,
Qutqarolmas bizlarni hatto
Işq atalmiş ul sehrgar ham…
Yigit
O, bu sözni sözlama zinhor,
Dilingdan ham ötkazmagil, bas.
Axir, gulgun bahor faslida
Qahratonga ne uçun havas?
Neçun şunday quvonçli damda
Yuragingni ezayotir ğam?
Qöy, örtanma, işqimiz kabi
Mangulikdir bizning visol ham.
Qiz
Kelganidek kun ortidan tun,
Gul ortidan xazon ham takror,
Garçi buni istamasak-da,
Visolning ham ayriliği bor.
Sevgi borki, hijron ham haqdir,
Hali töymay visolning iliq
Nafasiga, naçora, bizni
Quçoğiga olar ayriliq…
Yigit
Quvonç topgum sening yoningda,
Menga sening yoningdadir baxt.
Agar bir dam ayrilar bölsam,
Tamom, endi töxtab qolar vaqt.
Biz birgamiz – hayot ham totli,
Biz birgamiz – quyoş çaroğon.
Mayli, har ne şartingga köngum,
Ayrilmaylik faqat heç qaçon.
Qiz
Keçir meni, taqdir degani
Endi mening izmimda emas.
Örtasa-da hijron va lekin
Qalbim sendan özgani demas.
Sening sevging, sening xayoling
Qalbim şoyon, oşiyon etdi…
Ne qilurmiz, endi, xöp, xayr,
Ayrilmoqning fursati yetdi.
Yigit
Xöp, xayr, deysan, fursat ham yetdi,
Keldi hijron jomin içmoq payt.
Baxayrmi bu, bilmam va seni
Qayta topa olurmanmi, ayt?
Nahot şunça oniy bu fasl?
Nahot visol köklami ötib,
Qalbda ungan işq çeçagini
Qovjiratsa hijronning öti?
Qiz
Sen noumid bölmagil heç ham,
Mudom orzu bölsin senga yor.
Bizga surur bergan damlarning
Bahor kabi qaytişi ham bor.
Qalbimdadir, sen bilan keçgan
Şodon kunlar bölmagay unut.
Sen ham meni unutma zinhor
Va işonib xuş onlarni kut…
Yigit
…Qaylardasan, qalbim malagi,
Omon bölgin qayda bölsang ham.
Neça kunki, mana, men sensiz
Yaşayapman ozurda, purğam.
Ne qilarim bilmayman, illo,
Dilda nido, közlarimda nam…
…Qaylardasan, qalbim malagi,
Omon bölgin qayda bölsang ham.
Qiz
Sensiz kunlar, oylar ötmoqda,
Ulğaymoqda hijronning yoşi.
Bu kun ojiz qalbimni hatto
Qizdirolmas yozning quyoşi.
Muzlab borar yurak tobora,
Na oh tortar, na çekadi un.
Tuşunmasdan uning holiga,
Köz oldimda karaxtdir iyun.
Yigit
Örtamizda olis masofa.
Örtasa-da bizlarni hijron,
Öksinmasin yuraklar aslo,
Gul sevgimiz bilmasin xazon.
Kuzgi boğlar libosi kabi
Sarğaymasin umid yaproği.
Sevgimizni şunday imtihon
Qilar balki işqning firoği.
Qiz
Sinovlarga berurman bardoş,
Faqat dilda bitta ökinç bor:
Yöl bermadi menga andişa,
Etolmadim işqimni oşkor.
Aytolmadim senga sevgimni,
Izhorlarim heçdir, ehtimol,
Şu vaqtgaça erta deb edim,
Endi esa… keçdir, ehtimol.
Yigit
Seni har gal uçratganimda
Yuragingni tinglar edim men.
Aytolmagan dil iqroringni
Közlaringdan anglar edim men.
Bugun esa sendan uzoqda
Qalbim soğinç ötida yoqib,
Körsam deyman yana masʼum işq
Eʼtirofin közingga boqib.
Qiz
Bu ayriliq, bu ğamli kunlar
Çözilgandan-çözilib, hayhot,
Xivadagi Kaltaminorday
Nihoyasin topmaydi nahot?
Bilmas edim men buni, bunça
Qattiq ekan hijronning qahri.
Yuragimga uning tobora
Çuqur botib bormoqda zahri.
Yigit
Bir mahallar bir naqş singari,
Öygan kabi işqing yurakka,
Ikki harfni biri-biriga
Qöşib bitgan edim terakka.
Bugun adil terakka qarab,
Yana dilni ezayotir ğam,
Ayrilişib bormoqda unda
Ismimizning boş harflari ham.
Qiz
Bu dunyoda qiş va qahraton…
Bu dunyoda bir-biriga zor
Senu menu va örtamizda
Iz tuşmagan qor va hijron bor.
Bu dunyoda qiş va qahraton…
Sölmasmikan umid kurtagi?
Ayriliqda, bilmadim, qanday
Yakun topar bu işq ertagi?
Yigit
Bu dunyoda barça ertaklar
Ezgu yakun topgani misol,
Bizni kutib turar begumon
Işq qissasin söngida visol.
Tezroq kelsin deya öşal on,
Parvo qilmay közim yoşiga,
Yuragimda yongan alanga
Madad berar qiş quyoşiga.
Qiz
Men jaladan qoçgandek çopib,
Hijroningdan qoçib boraman.
Soçimdan to qadamimgaça
Suvday anduh soçib boraman.
Borayapman tunu kun tinsiz
Huzuringga – armonlarim möl,
Yuraklarim darddan şalabbo,
Usti-boşim ğamdan jiqqa höl.
Yigit
Işon, senga yeturman bir kun,
Garçi örtamizda tobora
Goh yillar, goh yöllar uzundir,
Topa olgum vaslingga çora.
Bizga albat bölgay muyassar
Oşiq, muştoq dillar matlabi.
Darak berar menga bahordan
Qoşlaring ham qaldirğoç kabi.
Qiz
Yana kelar biz kutgan visol,
Yana bahor şodlikka tölib.
Bu ayriliq, bu ğamli kunlar
Qolgay faqat xotira bölib.
Yana kelar biz kutgan visol,
Yana senga qalbim tutaman.
Işonaman öşa kunga va
Kutaman, kutaman, kutaman…
Yigit
Biz yetgaymiz visolga bir kun,
Bizni şodlik quçadi takror.
Çunki uzun tunlar ortidan
Keladigan oppoq tonglar bor.
Biz yetgaymiz visolga bir kun,
Topgaydirmiz unut izlarni,
Aylanmoqda zamin ham, illo,
Uçraştirmoq uçun bizlarni.
Ikrom ISKANDAR
1972-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
“Bir dasta gul”, “Bahorni izlayman”, “Bugungi naqllar”, “Yomğirli fasl”, “Yaşil xirgoyi”, “Fasllar ohangi”, “Şamol qöşiği” kabi kitoblari çop etildi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida