***
Har qanday ijodkor uçun eng zör tarğibotçi – isteʼdod bilan yaratilgan asar.
***
Kitob öqib, kitob yozadigan ijodkorlar etikdözga öxşaydi.
Yaxşi şeʼrda yuk bölişi kerak, deydilar.
Lekin bu fikrni filday şeʼrda çumolining yuki bölişi kerak, deb tuşunmaslik lozim.
***
Közyoş – ğam bilan şodlik örtasidagi muvozanat köprigi.
***
Toğlarga havas qilib ösdingmi, unda toğday yuksal! Senga tepa yo dönglik böliş yaramaydi.
***
Arslon ovlamoqçi bölgan odam quyonning iniga boş tiqmaydi.
***
Yozsang yozaver: adabiyotning supurgisi pölatdan.
***
Beçora “faylasuf” kelib-kelib oşkoralik davrida gapini yöqotib qöydi.
***
Adabiyotning darvozasida qorovul yöq. Be-emalol… çiqib ketişing mumkin.
***
Isteʼdod işlatsang – tillo, işlatmasang – toş.
***
Nafasi qaytmagan odam suzişni örganolmaydi.
***
Yaxşilik mardning belboğiga öxşaydi. Uni taqiş hammaga ham nasib etavermaydi.
***
Sayoz asarlar ulkan imorat devorlariga qöyilgan mört ğiştlarga öxşaydi.
***
Paşşa qanotlari, tanasi va yuzini erinmay yuvdi-da, uçib borib axlatga qöndi.
***
Har qanday ötkinçi şamollar qarşisida titrayverma… Oldinda böronlar bölişi mumkin.
***
Haqiqiy şeʼr – yuragingda böron yasaydi.
***
Hayotda hamişa nasihat bozori gavjum. Faqat xaridor tanqis.
***
Fikri beqaror odam – varrakka öxşaydi.
***
Kamtarinlik – kiyim emaski, uni köz-köz qilib maqtansak.
***
Qölida toş uşlab yurganlardan emas, dilida toşi borlardan qörq.
***
Qari ot bilan haqiqiy çavandozni marraga yetkazib bölmaydi.
***
Hadeb kasalni muhokama qiliş bemorning dardini yengillaştirmaydi.
Sahifani Ozodbek Ravşanov tayyorladi.
2023/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


