7 daqiqada öqiladi

227 marta körilgan

Bibi Robia SAIDOVAning “Kakku ovozi” hikoyasini öqib…

Suvon MELI,

adabiyotşunos:

– Bibi Robia Saidovaning hikoyasi haqida avvalo bir eslatmani aytib ötay. Bu hikoyani birinçi bor öqiganimda muallifga biroz qattiqroq gapirgandim. Çunki hikoyaning yeçimi munosib emas, taʼbir joiz bölsa, şafqatsiz va noinsoniy yeçim edi. Keyin bilsam, “Yoşlik” jurnali tahririyati ham yozuvçidan hikoyani  qayta işlab berişini söragan ekan. Yoş ijodkorlarni asarni qayta-qayta işlaşga örgatayotgani uçun “Yoşlik”dan xursand böldim va hikoyaning avvalgi va naşr etilayotgan nusxasi haqida yozişni maʼqul kördim. Negaki, maqsadim – yoş ijodkorning izlanişlarini körsatiş.

“Kakku ovozi” tugallanmagan yoki badiiy nomaqbul tugatilgan hikoya bölib tuyulgandi. Avval uning mazmuniga qisqaça töxtalib, söng fikrimizni davom ettirsak.

Kursdoş dugonalarining nikoh töyi va undan qaytiş haqidagi tasvirda sodda va samimiy qiz Hanifa asar va muallifning diqqat markazida ekani maʼlum böladi. Dasturxondan qözğalişdan oldin: “U mayingina tabassum qildi-da, qölini duoga oçdi:

– Omin, dugonamiz özi istagan gözal baxtga erişsin… – hayajonli bir xörsinib olib piçirladi, – Xudo bizni ham şunaqa kunlarga tezroq yetkazsin”.

Qizlarning “Ö-ö-ö-” qiyqirişidan sergaklangan Hanifa içimda aytdim, deb öylaganini eşitib qolişganidan duvva qizardi.

Baxtga taşna qiz özlari çiqqan maşina haydovçisining peşoyna orqali taşlagan bir nigohi orqali unga salkam oşiq böladi. “Salkam” dedik, çunki maşinadagi oniy lahzalar, undan otilib çiqar ekan, orqada kelayotgan “Matiz”ning çiyillaganiça burilib ötişi, haydovçining “Hoy, ehtiyot böling, singlim. Yaxşiyamki, sizga heç narsa qilmadi, Xudoning özi asradi”, – deya xavotir bilan aytgan sözlari sodda va samimiy Hanifani sevgi töriga tuşirgan, buni şaddod dugonalari ham payqaşgandi. Qitmir dugonalar uni kalaka qiliş uçun  ketma-ket sevgi izhoriga töla SMSlar jönatişadi. Yöq oşiq nomidan atirgul va şokoladlar sovğa qilişadi.

Bunday dil izhorlaridan Hanifa özgaradi, uning qalbiga seviliş degan baxt taşrif buyuradi. Lekin tasodifan sir oçiladi, SMSlarni dugonasi Mahliyo yuborayotganini qiz tuyqus bilib qoladi. Endi Hanifa aldangan, masxara qilingan tuyğulari uçun uni laqillatgan dugonalaridan öç olişni boşlaydi. Sevgi çaqiruvlari, gul va şirinliklar sovğa qilayotgan “poçça” haqiqatan mavjud ekanligini isbotlaş uçun qişloqdan ota-onasi jönatgan kontrakt pulini alam bilan sarflab yuboradi.

Töğri, maqolda aytilganidek, burgaga aççiq qilib körpani kuydirgan Hanifa tanqid qilinayotgan bölişi mumkin. Lekin, nazdimizda, hikoyaning toşi oğirroq bölişi lozim edi. Zero, Hanifa Mahliyo kabi dugonalaridan öç olaman deb aslida özidan öç oldi, öziga yomon qildi-ku. Ayni Mahliyo­lar könglidagi iş böldi-ku. Badiiy asarda yomonlikni ğoliblik şohsupasida qoldirib bölmaydi. Bu – aksilbadiiy yeçim.

Şu bois hikoyani boşqaça yakunlaş mumkin edi va lozim edi, degan öyga bordik. Aytilgan söz, yangragan, hatto öylangan fikr moddiy, amaliy kuçga ega – ezoterik ilmlar qatʼiy qilib şunday deydi va haqiqatan ham şunday. Demak, Hanifaga ketma-ket yuborilgan sevgi qönğiroqlari, hikoya boşlanişidagi haydovçi yigit yoki boşqa bir yigit ongiga yetib borib, ular çindan ham Hanifaga oşiq bölişlari, uning sevgan yigitiga aylanişlari, qiz kontrakt pulini işlatib emas, ularning sovğa-salomlari bilan yotoqdoşlarini hayronu lol qoldirişlari mumkin emasmidi? Şunda Mahliyo kabi berahm qizlar hikoyaning hozirgi yeçimida, “zap qildim” deb tantana qilsalar, biz aytgan yeçimda “laqqi” qizning baxtidan kuyib ölmas edilarmi!? Kontrakt puli “sovğa-salom”larga sarflab yuborilganda ham Hanifa azbaroyi öz toleiga fidoyi işonçi tufayli baxt­­ga munosib emasmi edi!?

Ehtimol, bunda hikoya butkul boşqa asarga aylanib ketar, lekin badiiy haqiqatda ezgulikning ğalabasi, maʼnaviy ğalabasi hamişa muhim. Hazrati Bobur aytganidek: “Yaxşi kişi körmagay yomonlik hargiz…”

Hikoyaning yeçimi haqidagi mulohazalarimiz bilan tanişgan yoş adiba asarga yana uç-uç yarim sahifa qöşib, uni boşqaça yakunladiki, bu haqda ozgina sözlaş joiz. Zero, bu yoş ijodkorlar uçun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bölsa ajabmas.

Asarga keyin qöşilgan qism: “– Dilqulova, dekan örinbosarining xonasiga kirar ekansiz” degan gap bilan boşlanadi. Öqişdan haydalib köçada qolgan qizning iztiroblari jonlantirilgan detallar orqali, aytaylik: “Oyoqlariga suykalib, uni şoşmaslikka, orqaga qaytişga undab kelayotgan sumkasi nihoyat uning qölidagi, yöq-yöq, butun vujudidagi quvvatni sörib oldi-da, bor oğirligini taşlab uni töxtaşga majbur qildi” yoki “…miyasining qaysidir qatida boşlangan oğriq boşini yorib çiqiş payida edi” kabi körimli va sezimli tasvirlaydi.

Söng hamqişloği Rohila yuborgan SMS bois tasvir uning xonadoniga köçadi. “ – Bir narsa desang-çi! Yo könglimda birov bor deb ayt…” degan gaplardan naf bölmagaç, Rohila Hanifaga aytmasdan unga oğiz solgan “nomaʼlum” yigitni uçraşuvga çaqiradi. Xotimani hikoyaning özidan öqib qöya qolaylik:

“U avval qizga, söng yigitga qaradi va… turgan joyida qotib qoldi…

– Yaxşimisiz? – dedi yigit. – Öşa kuni uyga yaxşi yetib bordingizmi?

“Hoy, ehtiyot böling, singlim. Yaxşiyamki, sizga heç narsa qilmadi, Xudoning özi asradi” – bir paytlar takrorlanaverganidan qöşiqday yod bölib ketgan öşa sözlarning sohibi!

Hanifaning javob qilişga tili aylanmas, közlarida yoş jilolanib turardi”.

Bu – közda tutganimiz, orzulaganimiz badiiy-mantiqiy yeçim. Badiiy mantiq şu darajada qatʼiy kuçki,  hamişa özini namoyon etadi. “Kakku ovozi” hikoyasi endi badiiy tugallik, badiiy insoniylik kasb etibdi, deya olamiz.

Maʼsuma AHMEDOVA,

yozuvçi:

– Hikoyani öqiy turib, quloğim ostida kakku ovozi yangraganday böldi. Olis-­olislardan sokin tabiat oğuşida, asta şovillagan qamişzorlar ortida betaşviş sayragan kakku ovozi, çindan ham, qalblarga kirib kelgan pokiza muhab­batdan darak berayotganday. Hikoyaga şunday nom tanlaşi bilan Bibi Robia özining katta adabiyotga daxldorligini ayon qilgan.

Bu hikoya hajman salmoqli bölişiga qaramasdan qiziqib öqiladi. Kamsuqum va kiçikköngil talaba qiz Hanifaning quvonçlari, dard va alamlari kişini befarq qoldirmaydi.

Yoş adiba Hanifaning hayoti bilan yaşaydi, öz qahramoni kabi kakku ovozini muntazir kutadi, bu sadoni yuragi hapriqib eşitadi. Bibi Robiadagi ana şu hayajon beixtiyor öquvçiga ham köçadi. Öquvçi dugonalari kamsitgan Hanifaga xayrixoh böladi. Zero, insonni xörlaş, kamsitiş huquqi heç kimga berilgan emas. Ana şu jihat Bibi Robia Saidovani hikoyanavis sifatida öquvçilarga tanitadi.

Muallif Hanifaning qalb keçinmalari, uning kundalik hayoti tafsilotlarini erinmay bayon qiladi. Bibi Robia ana şunday tafsilotlarga boy hikoyasi bilan XIX asr adibalari nasri – işqiy romanlarini yodga soladi. Xususan, ingliz adibasi Şarlotta Brontening “Jeyn Eyr” romani ham şunday tafsilotlarga boy edi. Mana, oradan ikki asr ötibdiki, Jeyn Eyr taqdiri hali heç bir kitobxonni befarq  qoldirgan emas.  Albatta, bu bilan men uni ingliz adibasi asariga taqlid qilgan demoqçi emasman. Agar şunday taqlid bölganida ham bu yoş hikoyanavis uçun ijobiy hol sanalar edi.

Nazarimda, hikoyada yutuqlari bilan bir qatorda baʼzi işlanmagan örinlar ham borday. 

Hikoya davomida tugun nihoyat yeçiladi – xabar muallifi kim ekanligi ayon böladi. Aslida öşa daqiqada Hanifa ruhiy iztirobga tuşişi, bu unga katta zarba bölişi kerak edi. Yöq, qahramonda bunday holat kuzatilmaydi. Bemalol keyingi voqealarga ötib ketilaveradi. 

Hanifa guyo yoridan katta-katta sovğalaru uç yuz bitta atirgul olib, uning ustidan mayna qilib kulgan takabbur, maʼnaviy puç, meşçan dugonalaridan öz intiqomini oladi. Şu örinda men hikoyada boşqaça yakunni tasavvur qildim. Har ijodkor öz asari bilan öquvçiga yozuvçilik xulosasini  havola etadi. Aslida dugonalari oldida oşkora mağlub bölgan Hanifa ruhan ğolib bölişi kerak edi. Hikoya poyonida yozuvçi nazarda tutgan qahramonining oşkora emas, haqiqiy maʼnaviy-ruhiy ğalabasi sezilmaydi. Menimça, Bibi Robi öz öquvçisiga ana şunday yakunni havola etganida edi, hikoya yutar edi. Yana muallif hikoya hajmi haqida öylab körsa, ustoz yozuvçimiz Said Ahmad aytganiday, “asari suvini qoçirsa”…

Albatta, bu tilaklarimizni Bibi Robia töğri qabul qiladi, deb işonamiz.

Abdukamol Abdujalilov,

tadqiqotçi:

– Bu hikoyani öqigan kitobxon Yaratganning öz bandalariga karami qançalar kengligini his etadi. Agar muallif xohlaganida edi, hikoyani muammolar qarşisida çorasiz qolgan Hanifa sahnasi bilan tugatgan bölardi. Biroq adabiyot bunday yöl tutmaydi.

Hikoya qahramoni Hanifa şaharga kelib öqiyotgan, ertangi baxtli kunlarga işongan, qalbida olamvor orzulari bor oddiygina qişloq qizlaridan. Yonidagilar qizning biroz töladan kelgani, jönroq aytganda, “polvon qiz”ligini nuqson deb bilişadi. Uning ustidan kulib, bepisandlik bilan qaraydilar. Qizning köngil tubiga yaşiringan samimiy, sof tuyğularini körişga ularda köngil közlari yöq. Hattoki Hanifaning hali muhabbat işğol etmagan pok qalbi borligi-da ular uçun eriş tuyuladi.

Hanifaning kursdoşidan alamini oliş maqsadida qilgan işi, otasi yuborgan pulni keraksiz narsalarga sarflab yuborişi, şubhasiz, töğri yöl emas. Lekin bu qadar toza qalb egasi bölgan qizning  arosatda qolmoği ham çiqiş yöli bölmasdi. Şu sababli ham hikoyaning oxiri umidbaxş yakun topadi.

Hikoyani öqiyotgan öquvçi muallifning maʼlum örinlarda jumboqning yeçilişini osonlaştiruvçi luqmalarni taşlab ketayotganini sezadi. Asar tarkibiga “Yölovçi çorlab çiroq lipillatayotgan”, “Maşina içi ğiybat aralaş suhbatga tölib, biroz­ginasi oçiq derazadan çiqib töyxonaga qaytib ham ketdi”, “Yigitning nigohidan tuşib qolgan bir parça çöğ uni borgan sari yondira boşladi”, “Nigohini qidiruvga yubordi”, “Hanifa şunça yillar davomida muhabbat tuyğusiga muhabbat qöygan esa-da, lekin hali unga muhabbat qöyişmagandi” kabi qayroqi jumlalar mohirlik bilan singdirib yuborilgan.

Biroq ayrim örinlarda kiçik kamçiliklar  ham mavjud. Jumladan, voqeaning biroz yugurikligidan muallifning özi ham hikoyani tezroq tugatişga intilgani kuzatiladi. Bu hikoya voqealarini yanada qisqa yozişning ham imkoni bor edi, nazarimda.

Qisqa qilib aytganda, asar kitobxonda yaxşi taassurotlar qoldiradi. Bibi Robiyani uşbu hikoyasi bilan tabriklab, ke­­yingi ijodiga zafarlar tilaymiz.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)