8 daqiqada öqiladi

103 marta körilgan

Bolalar şoirining oğir keçgan bolaligi

Boşdan ötgan hangoma

Texnologiya asrida yaşar ekanmiz, olam haqidagi dastlabki tasavvurlarimizning şakllanişida bolalar adabiyoti va şu yönalişda ijod qiladigan şoir-u yozuvçilarning hayot yöli katta ahamiyatga ega. Şu bois ularning ham biz yaşayotgan dunyoda yaşaganini, ularning ham hayotida muvaffaqiyat-u yöqotişlar, qiyin va şod damlar bölganini asarlaridan yoki ular haqidagi asarlardan bilib olişimiz mumkin. Aslini olganda, adiblarning bolaligi, hayot yöli haqidagi asarlar ijodkor şaxsiyatini, yaʼni ziyoli insonning ziddiyat va sarguzaştlarga boy keçgan umr yölini yoritib berişga xizmat qiladi.

Yozuvçi Orziqul Ergaşning “Yoşlik” jurnalining 2024-yil 7–8-sonida eʼlon qilingan “Tursunboyning sarguzaştlari” nomli qissasi sevimli bolalar yozuvçisi Tursunboy Adaşboyevning hayotiga bağişlangan. Qissada şoirning oğir keçgan bolalik yillaridan boşlab, öqiş uçun Toşkentga otlangan paytigaça bölgan hayoti hikoya qilinadi. Qissa biografik asarlar qatoriga kirsa ham, avtobiografik usul tanlanib, voqealar qahramon tilidan hikoya qilinadi. Bu esa asar tilini bolalar ruhiyatiga yaqinlaştiriş bilan birga, öquvçida syujet voqeliklariga bölgan işonçini oşiradi. Asar uçun xalqona til tanlangan. Şeva elementlari yaqqol közga taşlanadi. Masalan: “…Qiziq, şunaqa obröli odamdi nimaga Olim Hakka deyişarkan”. Yoki: “– Hö, Adaşvoy akamdi öğli, sen bolani bunaqa çopqirligingdi bilmas ekanman”.

Bizningça, asarning boşidan oxirigaça şunga öxşaş şeva elementlaridan foydalaniş bola ruhiyatini saqlab qoliş bilan birga asarga maʼlum bir joziba berişga ham xizmat qiladi. Asar mutolaasi davomida körinadiki, yoş Tursunboyning adabiyotga mehri ilk bor bobosi öqib bergan “Lison-ut tayr” dostoni orqali tuşadi. Bobosidan uşbu dostonning dastlab özini, söngra esa şarhlarini tinglagaç, Tursunboy bu olamdan çiqolmay qoladi. Navoiyning dostonidan boşlangan katta adabiy safar keyinçalik xalq dostonlari bilan boğlanadi. Qişloqdoşlariga “Ravşan” dostonini mutolaa qilib beradi. Olim baxşidan “Yozi Zebo” dostonining bir variantini yozib oladi. Qissaning kiriş qismida boş qahramon oila aʼzolarining birma-bir taniştirilişi, baʼzi örinlarda gap boşlab qöyilib, bu haqida keyinroq eslab ötamiz, degan jumlalarning keltirilişi esa xalq dostonlaridagi uslubni eslatadi.

1) “Xöş.. Otim Tursunboy. Otamdi oti Adaşboy, bobomdi oti Şokirboy attor bölgan… Yana aytabersam…”

2) “…U qayçida emas, maşinkada olarkan, deb eşitdik. Qisqasi, şu odam… Keling, yaxşisi bu hangomani keyinga qoldira turay…”

Asar arxitektonikasi bir neçta hiko­yalardan taşkil topgan. Hikoyalar xronologik tartibda joylaştirilgan. Garçi boşqa köplab biografik yoki avtobiografik asarlarga öxşab (“Dunyoning işlari”, “Bolaligim”, “Ötmişdan ertaklar”) hikoyalarning har biriga alohida sarlavha qöyilmagan bölsa-da, ularning har biri tugal xulosaga ega. Qolaversa, ularning har biri adib şaxsiyatining qaysidir jihatlarini oçib beradi.

Asar yutuqlaridan yana biri şuki, yozuvçi asar matni davomida uçraydigan deyarli har bir atamaga, xususan, joy, kişi nomlariga izoh berib, ularning tarixini, sababini qiziqarli usulda bayon etadi. Yaroqtepa, Qirğin maçit, Safed Bulon, Silliq toş kabi joy nomlariga hikoya içida hikoya usulida izoh berib ketiladi.

“Tepaning etagida maçit bor. Uniyam oti ğalati: Qirğin maçit. Aytişlariça, bir juma namozida, endi bu – qadimdi gapi – yeti yuz namozxonni kofirlar pisib kelib, qiliçdan ötkazibdi. Faqat birgina imom omon qopti. Mehrob yorilib, unga yöl oçibdi-da, qoçirib yuboripti. Öşa-öşa maçitti nomi Qirğin maçit böp qolgan”.

Asarning turli örinlarida boş qahramon tilidan aytilgan “Alqissa, maktabda öqigan-u eşitganlarim bir taraf-u, mulla bobomdan eşitganlarim, uqqanlarim bir taraf edi” jumlasi uç marotaba takrorlanadi. Buning sababi şuki, yoş Tursunboy otasidan erta yetim qolgaç, bobosi tarbiyasiga ötadi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Tursunboyni kitoblar olamiga olib kirgan, dostonlar bilan taniştirgan ham bobosi edi. Ayniqsa, hali juda yoş bölişiga qaramay nevarasiga Navoiyning falsafiy bir baytini (“Öz vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, özingdin istagil”) yodlatgan insonning şoir hayotida qanaqa katta rol öynaganini tasavvur qiliş qiyin emas.

Bobosining bir sandiq kitobini körgan, NKVD tekşiruv ötkazganda bu kitoblarni suvab taşlaş va yerga kömiş jarayonlarida bevosita iştirok etgan Tursunboy uçun bu voqealar hayotiy dars bölgan edi. Eng açinar­lisi, nam tortgan kitoblar oldida yoş boladay iç-içidan sitilib, sim-sim yiğlab ötirgan bobosini körganda, yoş Tursunboyning qalbida duşmanlarga nisbatan qasos bilan birga, kitoblarga bölgan çuqur muhabbat ham niş urgan edi. Qolaversa, turli-tuman joy nomlari­ning tarixi, qiziqarli maʼlumotlarni ham Tursunboy aynan bobosidan örganadi.

Asarda boş qahramon bobosidan faqat adabiyotga muhabbatnigina emas, turli-tuman kundalik yumuşlarni bajarişni ham örgangani aytib ötilgan. Bu esa maqsadga muvofiq kelib, boş qahramonning bolaligidan boşlab har tomonlama çiniqqanidan dalolat beradi. Sababi, agar bu örinda ham xalq dostonlaridagi Ravşanbek, Kuntuğmiş, Yozi, Alpomişlar bilan uşbu qissadagi Tursunboyni qiyoslaş joiz bölsa, boş qahramonlar ham maʼnan, ham jismonan baquvvat bölmoği kerak, degan tendensiya qissada ham amaliy tasdiğini topgan.

Eşakdan yiqilib tuşib, qölini sindirib olgan Tursunboyga nogiron bölib qolmaslik uçun turli uy yumuşlarini qiliş kerakligi buyuriladi. Şu sabab ham u bu borada ança pişadi.

Yozuvçi uşbu qissasida Tursunboyning hayotida, bolaligida bobosining örni beqiyos ekanini körsatib ötadi. Lekin boş qahramonning uşbu darajaga yetib kelişida uning atrofidagi boşqa odamlarning ham ança sezilarli taʼsiri borligini ham yoddan çiqarmagan holda, asarga quyidagi jumlalarni kiritadi. Bizningça esa, aynan şu satrlar qissaning kulminatsion nuqtasidir.

“Alqissa, maktabda öqigan-u eşitganla­rim bir taraf-u, mulla bobomdan eşitganim, uqqanlarim bir taraf edi. Lekin hayotdan olgan, hayotdan uqqan saboqlarim hammasidan ötib tuşdi…

…Gap şundaki, men va men tengilar bola bölib bola hayotida yaşamadik. Uni hatlab ötdik. Hatlab ötgan yerimizda – kattalardi beşafqat hayotida esa bola bölib qolişimiz mumkin emas edi. Tezroq ulğayişga majbur böldik. Tez ulğaydik”.

Tursunboyning hayotdan olgan saboqlariga keladigan bölsak, uning bolaligida bobosidan taşqari soddadil uç nafar adaş örtoqlari­ning, Avazxon toğasining, uning qobiliyatini vaqtida köra olgan rais Abdullajon Şa­yitovning, muallimlar Omonov hamda Lazokat opaning, Olim baxşining va nihoyat uning öqişga kirişiga sababçi bölgan maktab direktori Norqulovning ham roli katta edi. Umuman olganda, xulosa qiliş mumkinki, faqat adabiyot uçun bitta zabardast vakil yetiştirib beriş uçungina emas, jamiyatda bitta yaxşi şaxs tarbiyalaşning özi ham ikki-uç kişi amalga oşira oladigan iş emas. Buning uçun odamlar birlaşişi, har bir bolaning hayot tarzi, kelajagi uçun qarindoş-u begona birday jon kuydirmoği kerak.

Xöş, unda Tursunboyning tez ulğayişiga sabab nima edi? Qahramonimiz hali beş yoşligidayoq otasidan yetim qoldi. Yoş bölgani sabab kattalarning otang gul tergani ketgan, degan gaplariga işonib, otasini kutib yaşadi. (“Ota bölgandayam ota deguday edi-da… Otda kelaversa, köchani töldirib yuborardi öziyam… Köksim çim-çim açişadi. Iç-içimdan sitilib yuraman”). Asarda qahramonning otasi haqida gap ketganda, umumturkiy xalqlarga xos bir anʼana keltirib ötiladi. Bu esa Tursunboyni otasi sinab körişi voqeasi edi. Otasining tupugi yerga singgunça suv olib kela olgan beş yaşar Tursunboy sinovdan ötgan hamda otasining bu dunyodan bearmon ketişiga sababçi bölgan edi.

Qolaversa, Tursunboyning bolalik yillari uruş davriga töğri kelgan. Döstlarining ham uruşda halok bölgan otalari sabab köngli yarim edi. Uruşdan söng turli-tuman tintuv­lar, xonadonlarda kitob saqlaşning taqiqlanişi, odamlarning oğir turmuşi, Tursunboyning qand yutib oliş uçun garov öynab, sarimsoq yeyişi – barçasi qahramonning yuragida iztirobli xotiralar bölib qolib ketgan. Erta yoşidanoq pul topiş uçun meva-çevalar sotgani, NKVD va hamtovoqlaridan qasdini oliş uçun örtoqlari bilan birga öğirlik qilişga majbur bölgani, örtoqlari bilan baliq oviga borganda qattiqqöl öqituvçining bolalarni baliq bilan urib jazolagani – hamma-hammasi uni tez ulğaytirdi. Şu sabab ham ularda mavjud orzularning köpi maişiy hayot bilan boğliq edi… “Arçamozor tepasida sinfxonamiz sahniça keladigan Silliq toş bor. Muqaddas toş. Uni tavob qilib, nima tilak qilsang, tila­gingga yetasan ekan. Biz törtala Tursunboy ham har gal çiqqanimizda avval silliq toşni obdan tavob qilamiz. Biz yetimlar qaçon odam bölamiz, qaçon qornimiz töq, egnimiz but böladi, deb oz-ozdan yiğlab ham olamiz…” 

“Tursunboyning sarguzaştlari” qissasida boş qahramon erta ulğayganini ökinç bilan aytsa-da, uning qalbida baribir mitti Tursunboy yaşab qolgani aniq edi. Aks holda, Tursunboy Adaşboyevdan bolalar­ning sevimli şoiri çiqmagan bölardi. Şoir Salim Aşur “Kiçkintoylarning katta şoiri” maqolasida yozganidek, “Şoir sinçkov kuzatuvçi, bolalarni jondan sevuvçi ijodkor ham. Şu bois, quvnoq yumor, samimiy hazil möl şeʼrlarida bola tabiati közgudagidek körinadi”.

Qissa Tursunboyning katta hayot ostonasiga qadam qöyişi – öqiş uçun Toşkentga otlanişi sahnasi bilan tugaydi. Xotima sifatida esa “Muallifdan” sarlavhasi ostida Tursunboy Adaşboyevning keyingi faoliyati, ijodi, oilasi haqida qisqaça maʼlumot beriladi.

“Biografik yoki xotira kitoblar har qanday şaxsning qaysidir darajaga yetgunigacha bosib ötgan yölini, orttirgan tajribalarini körsatadi” (“Grace Brooks. Why we should all be reading more biographies?”). Tursunboy Adashboyevning ham bolalar uçun yozilgan şeʼrlaridagi real va kamyob tasvirlarining sababi, manşaʼyi uning bolaligi, hayot yöli, boşidan keçirganlari bilan boğliq. Şoir ijodi­ga turli rakurslardan baho beriş uçun, uning hayoti va ijodini baqamti örganiş biz uçun muhim. “Çunki biografik metod mohiyatida inson şaxsiyati yotadi. Ayni jihati bilan mazkur metod universallik kasb etadi” (Jöraqulov U. Hududsiz jilva. 2006, 14-bet).

Yozuvçi Orziqul Ergaş Tursunboy Adaşboyev haqidagi qissasi bilan şoirni kitobxonlarga yana bir karra yaqinlaştirdi. Şu paytga qadar Tursunboy Adaşboyevning faqat ijodi bilan taniş kitobxon endi
uning şaxsiyati bilan ham taniş böla oladi. Ayniqsa, sodda til va uslub tufayli uşbu qissa real sarguzaştlarga asoslangan asar sifatida bolalar adabiyoti durdonalari qatorida yoş kitobxonlarning qalbidan ham joy olişi şubhasiz.

 

Ferangiz YUSUPOVA

2005-yili Buxoro viloyati Jondor tumanida tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabi­yoti universiteti Özbek filologiyasi fakulteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2025).

 

“Yoşlik” / 7 / 2025

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)