Yozuvçi Raxşona Axmedovaga maktub
Tong soğinçi bilan qorişgan salom ila Rahşona opaga!
Hozirgina “Tongotar” romaningizni öqib tugatdim. Tugatdim-u, içimdan toshib kelayotgan savollarni, muşohada-yu mulohazalarni sizga yöllamasam bölmasligini angladim, aks holda, mutolaa olamidagi endi köradigan “tonglarim” menga tatimaydi.
Avvalo, asarda umuminsoniy mavzu: ayol qismati, dardi, ayollik azobining turfa körinişlari turfa taqdirlar misolida qalamga olingan, lekin uşbu kitobni öqişdan oldin kitobxon özini tuşkun ruhiyatga tayyorlaşi lozim. Tayyorlab, şunga könsagina, mutolaada davom eta oladi. Ayol erki, ayollarga nisbatan zöravonlik hamda ularning huquqlari toptalişi masalasi har davrda dolzarb bölib kelganki, bugungi davr ham bundan mustasno emas. Şunga monand asar qahramonlari ham, asosan, ayollar. Ayol bölganda ham erki zulm gurzisi ostida ezilgan, ojiza, zaifa ayollar.
“Ayol qismati onadan qizga ötadigan toşga öxşaydi. Böyningga osilgan, yeçib bölmaydigan toş”, – deydi muallif. Ha, bu şunday toşki, ayol tursa ham, yursa ham, uyquda-yu, öngda ham uni böyniga boğlab, sudrab yurişga majbur. Ammo bu toş juda ayyor. Mabodo, ayol hammasidan töyib ketib, hayotiga nuqta qöymoqçi bölsa-yu, özini anhorga taşlasa, uni çuqurlik domiga tortiş örniga havo töldirilgan şar kabi suv yuzasiga tortqilaydi. Maqsadi – ölim bilan bu azoblarda qutulib ketişga yöl qöymaslik, çunki ölim heç qanday muammoning yeçimi bölolmaydi.
Kitobingizni öqir ekanman, qahramonlar keçmişi kitob sahifalari uzra qalbimga köçib ötdi. Asar qahramonlari bilan qöşilib siqildim, azoblandim, yiğladim, ammo ular bilan birga quvonolmadim, çunki asarda ular sevingan kunning özi yöq, faqat azob, xörlik, muhtojlik… Qahramonlar tutgan “Nima bölganda ham çidaş kerak” tutumi esa syujet rivojida sabrning mukofotini beriş örniga ularni battar xörlik çangaliga tortaveradi. Bu holat zanjir misol Fotima, uning qizi Faroğat va Faroğatning qizlari, şuningdek, asosiy syujetga tutaş obrazlarning ham hayotini çirmab taşlagan, ular esa bu çangaldan qutulmoq istagida yöl axtaradilar. Faroğatning hayotidan bir misol: Eri har gal urişga bir bahona topardi. Bir gal “Sen dözaxiysan, sening u dunyoying kuyib ketgan, men rozi bölmas ekanman, sen jannatga kirolmaysan,” dedi. Aksinça, jannat onaning poyida emasmi, ayolning özi jannat emasmi? Yurak-yuragingizgaça kirib boradigan jumlalar. Haqiqatan ham, bugun şunday kaltaklarni har kuni körayotgan ayollar, zulm-zöravonlik qurboni bölgan xotin-qizlar oramizda talaygina. Faridaga öxşab, yeçimni ölimdan kutganlar ham, afsuski, bisyor topiladi. Ularning heç biri begona emas, biri opamiz, biri singlimiz, biri dugonamiz… Asaringiz ana şunday ayollar uçun “tong” umidini bera oladi, degan umiddaman.
Uşbu asar hayot taşvişlaridan çalğiy deya qöliga kitob oladigan kitobxonlar uçun möljallanmagan. Yuqorida aytganimday, uni öqiş alohida tayyorgarlik talab qiladi. Qolaversa, kitob salmoğini qölida çoğlab ölçaguvçi kitobxonlar “Tongotar”ni salmoqlab körib, “Tezda öqib qöyaman”, deb öylasa, yanglişadi, çunki kitob vazn jihatidan yengil bölişi mumkin, lekin uning zalvori oğir. Öqigan sari sezadigan oğriqlarimiz, asar mavzusi-yu mazmun-mohiyati oğir toş bosadi, bosganda ham öqiguvçini şunday bosib qöyadiki, mutolaa davomida u özini savollar bilan köp urintirişiga töğri keladi. Ehtimol, atay qilganmisiz yoki boşqami, kitobda yoritilmagan “ğira-şiralik”lar qolib ketgan. Men asar oxirida bu tugunlarning hammasi öz yeçimini topadi, deb kutdim, ammo kutganlarim qolib, kutilmagan yakun asarni tugatib berdi. Balki oçiq qoldirilgan masalalarni yozilajak keyingi asaringizga olib qöygan çiqarsiz, şunday bölgan taqdirda ham, biroz “uçini çiqarib” buni öquvçiga bildirib qöysangiz, nur ustiga nur bölar edi. Masalan, Farida obrazining taqdiri ana şunday javob kutgan savollarimdan biri böldi. Uşbu obrazning asarga kiritilişidan maqsad nima edi, nega u safarning oxirlarida asarga kirib keldi-yu, keyingi taqdiri nima bölişi mavhumligiça syujetdan çiqib ketdi. Uni şunçaki qaynona va erining qilmişlaridan töyib, avval uyiga öt qöygan-u, ikki bolasi bilan özini kanalga taşlagan ayolning boşidan ötganlarini hikoya qiliş uçun asarga olib kirmagansiz-ku, töğrimi? Faroğat-çi? Uning öz qizini köçaga taşlab ketganidan keyingi hayoti qanday keçdi? Javdat uni topmoqçi edi, topdimi? Topgan bölsa, Faroğat nega bunçalik xarob ahvolga tuşdi? Özi umuman Faroğatday kuçli, eri va qaynonasi tomonidan qilingan haqsizliklarda ham, öz onasini tuproqqa qöyganida ham tişini tişiga qöyib çidagan ayol syujet rivojida nega bunçalik kuçsiz va zaif ayolga aylandi? Qizlari-çi, ularning taqdiri nima böldi? Uning köçaga taşlab ketilgan kenja qizining ayançli qismati-çi? Axir, Faroğat uçun öz dilbandini, öz vujudidan bino bölgan jigarporasini begona ostonaga taşlab ketiş oson bölmadi, uning içidan ötganlari, qilgan bu işi uçun umr böyi tortadigan puşmon-u afsuslari, nahotki, begunoh bir qiz umrining hali ğunçaligidayoq xazon qilinişi uçun bölsa? Nahotki, u kun kelib qizi hali gödakligidayoq bir iymonsiz kimsaning nafsi qurboni bölişi, ön gulidan bir guli oçilmay, hayotga töymay ölib ketişi uçun şu azoblarni tortgan bölsa?! Özi umuman bir farzandning onasi çaqaloğini qarovsiz holda köçaga taşlab ketib turib, uning keyingi hayotidan umid qilişi qançalik töğri?! Öz böynidagi kişandan qizini ozod etişni istagan ona uni köçaga emas, işonçli qöllarga topşirmaydimi?!
Bu hayot, aslida, çidamoq uçun yaratilgan. Asli jannat ahli bölgan odamzod har turli sinovlarga çidamoq uçun yerga tuşirilgan. Çidamini sinovdan ötkaziş uçun yerga yuborilgan. Aslida, Tangri har bir bandasiga “çidam” degan tuyğuni berar ekan, maqsadi oliy – jannatga loyiq yoki aksinça, nazardan ötkaziş bölgan. Yaʼnikim, tasdiq uçun, keyinçalik isyon kötarmasliklari uçun nomayi aʼmoli özlariga körsatiladi. Lekin “Odamzod loyin qorgan özi. Tabiatin tanlagan özi, ming bitta sinovlarni yuborgan ham özi, söngida tomoşasin körgan ham özi. Bilib turib, bilmaslikka olişda ne maʼno bor?” Munira gohi şunaqa bemaʼni öylar tuzoğiga ilinadi-yu, tonggaça mijja qoqmay çiqadi… Bunday savollar asar davomida boşqa qahramonlarning ham xayolidan ötadi. Agar asar yakunida ular qalbidagi bu isyonning ham javobini topganida, yana bir oçiq savol bizni qiynamagan bölardi.
Asar qahramonlari bugun oramizda yaşayotgan odamlar, ehtimol ertaga ham yaşar ular. Qahramonlar keçmişlarining qaysidir nuqtalarida öz keçinmalarimga öxşaşlarini uçrata olganim esa voqealarni çinakam böy-basti bilan, hayotiy yorita olganingiz mahsulidir. Kitobxon qaçon asarni öziga yaqin oladi? Qaçonki, unda öz keçinmalariga yaqin keçinmani undan topsagina. Har qanday kitob bölsin, uni mutolaa qiliş jarayonida öquvçi öziga taniş dardni topgan joyida, muallif unga yanada yaqin içki tasvirlar bermasdan, syujet bayoniga ötib ketib qolsa, öqiguvçi dardni his qiliş, öqiganini hazm qiliş kerak bölgan joyida yozuvçining izidan ergaşişiga töğri kelib qoladi. “Tongotar”da ham şunday örinlar uçraydiki, syujet “poyezdi” jadallab ketişi oqibatida öquvçi voqea ortidangina ergaşişga majbur böladi.
Asar yakuni esa bir qadar kutilmagan. Boş qahramon mehr qöyib kuzatib kelayotgan asosiy qahramon Faroğat voqealar rivojida negadir syujetdan çiqib ketadi va yakunda çiqindi terib kun köradigan xarob ayol holida bir köriniş berib, Muniraning himmati bilan ayollik holiga qaytadi. Töğrisini aytsam, men Faroğatning qismat zarbalariga qarşi kuraş uçun kuç va matonat topgan, irodasi mustahkam ayol bölib qaytişini kutgan edim, uning bu alfozdagi qaytişi hafsalamni biroz pir qildi. Bu borada qahramonni jinday ayasangiz, uning azoblarini ham imkon qadar nafis şaklda öquvçining köz oldiga keltiriş haqida öylab körsangiz, yaxşi bölar edi, nazdimda.
Asar qahramonlari butun syujet davomida qismatida otadigan tongni kutib yaşaydi. Ular bilan yonma-yon kitobxon ham öşa tong kelişini intiq kutadi, ammo bu tong otmaydi. Fotima butun umrini şu tongni kutib, xörlanib ötkazadi, biroq u tongga yetolmaydi. Fotimaning qizi Faroğat ham, Faroğatning qizi Bahora ham şunday. Asarning sönggi ikki sahifasidagi yakunni esa men tong deb bilmadim. Bu tong emas. Şunçaki, qahramonlar suyana oladigan, himoyasiga oladigan Javdat bilan topişişi bu muammolar yeçildi degani emas.
Bu tong qaçon otadi? Qaçonki, butun jamiyatda ayol zoti poyida jannat turgan zot sifatida körilsa, ayolga zaifa, ojiza deb emas, millat tarbiyalovçisi, qalbi ham özi kabi nafis gözallik timsoli deb qaralsa. Ana undan keyingina qahramonlar kutgan “tongotar” keladi. Tilagim, bu tongotar şunday bölsinki, jamiyatdagi har bir inson asar qahramonlari kabi ayollarning erkini toptagan zulm gurzisini töxtatib qolmoqqa kuç va iroda topsin, bu tong şunday tong bölsinki, har bir ayol qoronği tunning ortida zulmatni nurlarga töldirguvçi quyoşning çiqişini rostakamiga körsin, dil-dilidan sezsin, bu kitob şunday bölsinki, Fotima, Faroğat, Farida, Muniraga öxşagan ayollar uni öqiganda öşa tongga yetadigan kuçni, irodani özida topa olsin.
Iroda ZOKIR qizi
2001-yili Samarqand viloyati Nurobod tumanida tuğilgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistranti. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2021). “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida “Şuʼla” nomli qissasi çop etilgan.
“Yoşlik” / 2025 / 7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


