Taniqli şoir Ikrom Otamurod şeʼriyatimizni özining xalqona anʼanalarga uyğun yozilgan dostonlari bilan boyitib kelayotir. Şoirning “Tağazzul”, “Xaritaga tuşmagan joy”, “Muqaddar”, “Doğ” singari dostonlari ketma-ket yaratildi.
Şoir eʼtirofiça, köklamning xuşhavo, yomğirli kunlaridan birida katta köça yoqalab tabiat ziyoratiga oşiqadi. Şunda nogahon bor-yöği bir kun umrguzaronlik qiladigan, dunyoning nozik xilqati – kapalakning endigina bir gulga qönayotganiga şohid böladi: “Şu mahal boğdagi qaysidir daraxtning egilgan novdasiga mix singari sançib tirnoğin, ançadan beri kapalakni sinçiklab, kuzatib turgan közlari olazarak, muğambir mayna hovliqib, kapalakka çang solib noxos va oğzin oçib, favqulodda yutib yubordi – jonsarak… Boğ öksindi…”. Bunda şoirning köngli naqadar çöng bir iztirobga eş tarzda tölqinlanadi. Ayni şu “hodislar sodiri” şoirning navbatdagi “Doğ” dostonining yaratilişiga törtki böladi.
Doston uşbu satrlar bilan boşlanadi:
… Qayer
qayergadir
talpinar?!….
………………………
Şoir nazdida, “hodis”lar – xoh moddiy böladimi, xoh maʼnaviy böladimi – albatta, öz yeçimini topişi joiz. Aslida, ularning, ayniqsa, botiniy jihatdan qay tomon, qay manzilga yönalişi, intilişi, talpinişi sabablari yolğiz xalloqi olamga ayon. Şunday bölsa-da, şoir ularning botiniy sirlarini anglaş va yeçimini topişga birmunça ruhan harakat qiladi. Va u endi özida öziga xos içki bir behudud ruhiy horğinlikni tuyadi va alhol xokisorlik bilan ularning botiniy yeçimini topişni köp nuqtalar orqali kelajak avlodga havola qiladi. Bu tarz, şubhasiz, şeʼrxon köngliga alohida bir zavq bağişlaydi va uni şeʼriyat olamiga tortadi.
Ikrom Otamurod satrma-satr doston zamiridagi botiniy maʼno kölamini kengaytira boradi. Unda şoir ruhiyatining aqlga böysunmaydigan evrilişlari-tovlanişlariyu qayroqi badiiy tafakkuri aks etadi:
Vaqt kalitin solib makon qulfiga
toğlarning bastini borar qulatib.
Qayranglarni taqib qirğoq zulfiga
dayrolarga törin yoyar –
tölatib.
Şoir bunda vaqt tuşunçasini ğoyatda sirli ifodalaydi. Illo, u keyinçalik bundan “Vaqt – tarozi. Vaqt – afsus. Vaqt – tasallo…” degan nihoyatda keng botiniy xulosalar çiqaradi-da.
…Qay vujudda mehr uzilar torday…
…Qay vujudda sabr novdaday sinar…
…Hayotda birgina manfaat borday,
manfaat egariga
manfaat minar…
Xolislik hamma davrlarda ham qadrlangan. Ammo uni köngil botinidan ötkazib his qiliş, unga rioya etiş hammaga ham nasib etavermaydigan bir hol. Illo, şoir dostonidagi eng asosiy xislatlardan biri bu – içki hissiyotning zörligidir. Zero, u hayot falsafasi kitobini qayta-qayta varaqlaydi. Ayni şu tarz şoir köngliga heç tinçlik bermaydi. Körinadiki, inson toki manfaatga qul ekan, u heç qaçon özlikni idrok etişda özida qurb topa olmaydi.
Mazkur dostondagi doğ poetik obraz zamirida mujassam bölgan. Bu söz dostonda “anduh”, "hasrat”, alam”, “hajr”, “jarohat”, “zaxm”, “belgi”, “asar”, “iz” , “nişon”, “naqş” singari maʼnolarda qöllaniladi. Bu doston xotimasigaça ana şunday obrazli tus va tarovat oladi hamda u dostonning butun botiniy mohiyati, mazmun-mundarijasini özida jo etadi:
…Doğ doğlagaydir doğni doğlantirib…
…Oh ohlagaydir ohini oğlantirib…
Yoki:
…Doğ botinda ösadi…
…Doğ –
botinda qaqragan vijdon.
…Doğ –
botinning çirqiragan umidi…
…Eh…
…Boğga termulaman…
….Kanglumda doğ…
Körinadiki, uning dostonida boğ va doğ sözlari berin-ketin qöllanadi, biroq mohiyatan betakror. Zero, doimo şeʼrda şakldan köra, mazmun ustuvor bölib kelgan. Çunki çin şoir heç vaqt şaklni közlab şeʼr yozmaydi. Zero, muayyan şoir eʼtiqodini anglaş uçun oddiy kişilar öqiydigan kitoblardan taşqari yana nimalarnidir öqiş va uqiş joiz. Ayni maʼnoda Hazrat Alişer Navoiy ham bejizga şunday yozmaganlar:
Safhayi husnungda haq sirrin körar könglum ayon, Tong emas bulbulğa musʼhaf örnida gul daftari.
Şoir öz xayolot olamida özini erkin his qilmas ekan, uning şeʼrlari bir muddatgina yaşab, axiyri, tanazzulga yuz tutmoği ayon haqiqat. Bu şoir öz ruhiy keçinmalarini maddohlik qilmay, yaltoqlanmay, bezamay-bejamay, oçiq-oydin – erkin ifodalaydi. Bu hol uning çinakam şoirligidan nişonadir. Qolaversa, ijodkor taxayyulida tiniqlik, sokinlik bölmas ekan, voqelikni ham teran his etişi mahol. Albatta, bularning zimnida, avvalo, poklik, halollik, eʼtiqod, ayni vijdon amri bilan iş yuritiş yotadi:
…Qay vujudda qadr yöqolib borar…
…Qay vujudda qalb yuradi yiğlab…
…Yolğonlar
Yolğonni yolğonga qorar,
EʼTIQOD ahdiga tiğini tiğlab…
Ikrom Otamurod dostonda asl muddaoga erişadi. Uning har bir şeʼriy misrasi çinakam köngil botinida sayqal topadi. Nazarimizda, şoirning bu dostoni ğoyat xarakterli. Çunki şoir hayot manzaralari botinidagi voqelik lavhalarini tasvirlaş asnosida köngil botiniga qanday nigoh taşlaş joizligini botiniy ramz-işoralar tilida bayon etadi.
Taniqli şoirimiz Ikrom Otamurodning uşbu dostoni öziga xos yösinda qalamga olingan bölib, zamonaviy dostonçiligimiz tadrijiga qöşilgan yana bir uluşdir. Eng muhimi, bu şoir inson ruhiyatiga gizli taʼsir etiş, uning gözal botiniy qaraşlarini östiriş, unga nihoyatda ehtiyotkorona munosabatta böliş kerakligini taʼkidlaydi. Zero, uning botiniy köngul sözi ana şu jihatlari bilan yanada qadrlidir.
Manzar ABDULXAYROV,
filologiya fanlari nomzodi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


