Najmiddin Ermatov,
Özbekiston Milliy universiteti talabasi
Çalqança yiqilgan mağlub polvonday,
Tun zaminga yiqilib tuşib,
Yulduz sanab yotibdi endi.
Zindonga qulagan Alpomiş misol,
Qönglimga Işq quladi, qoldi.
Najot tilab yotibdi endi.
Tun bilan dardi bir, davosi bölak,
Keça köp totmaydi yerning taʼmini,
Turğizib yuborar saharlar uni.
Dunyodan keng zindon tubida,
Işq esa,
Işq esa,
Najot kutadi.
Boyçibordan darak yöq hali,
Kelganda ham dumi yetmaydi.
***
Qaro tun qaʼrida jimgina uxlab,
Nahorlar yotardi vaqtin unutib.
Qoronği keçani,
Molini haydab,
Otam ketar edi tongni uyğotib.
Osmonda sönardi yulduzlar bir-bir,
Hilol tun bağriga qöyar edi boş.
Saharlab erinmay onam öt yoqqan
Tandirdan erinib çiqardi quyoş.
Alibek ANVARIY,
Özbekiston Milliy universiteti talabasi
Soat 24. Qölimda bolğa,
Men tarixga mixlayapman bugunni.
Qani kel, yangi kun… ğildirak, olğa,
Közidan qörqmayman, sarhisob – tunning.
Onlarim moziyga urildi behad,
Vaqt uni nahangdek yutib bormoqda.
“Bugun” qaytmas endi abadulabad,
Foniylik umrimni sitib bormoqda.
Töxtat tasmalarni. Orqaga!.. Toki,
Töğrilik yuziga közim buraman.
Nima, qinğir qilib qoqdimmi yoki,
Har kuni qaytadan mix suğuraman?..
Yöq
Şodmonqul Salomga
Yer dardidan yaralganman,
Tuproqdan özga yörgak yöq.
Yakunim ham zamin erur,
Zamindan özga falak yöq.
Ruhim bir gulrux izmida,
Tanamdan özga halak yöq.
Olov öynar yuragimda –
Onamdan özga sergak yöq.
Sirqiratar qöhna oğriq,
Titroqdan özga söngak yöq.
Nur yöliga köz tutaman,
Zulmatdan özga darak yöq.
Qismat çalar oyoğimdan,
Özimdan özga tirgak yöq…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida