6 daqiqada öqiladi

691 marta körilgan

“Dunyoni kim qutqaradi?!” yoxud ulkan ramzlarni singdirolgan asar

“Çeksiz kenglik qarşisida qayiqda ötirgan odamning heç narsaga arzimasligini çol yaxşi bilardi. Lekin inson öylari bilan Dengizga va Osmonga tenglaşa oladi..”.

Din insoniyatning eng katta maʼnaviy tayançi hi­soblanadi. Biroq oxirzamon tuşunçasini faqatgina dinga boğlab tuşuniş şart emas, fikrimça. Yer yuzida zulm, fahş va yovuzlik mavjud ekan, insoniyat tasavvurida dözax va qiyomat haqidagi qörquv, qay bir körinişda bölmasin, mudom yaşayveradi. Faqatgina yaşayveradi emas, balki dunyo tubanlaşgani sayin, başariyat tanazzuli muqarrar ekanligi haqidagi hadik ham orta boradi. Ehtimol, şuning uçundir, jahon adabiyotining asrlar oşa unutilmasdan yaşab kelayotgan eng sara asarlari aynan mana şu ğoyani öz içiga singdirgan. Jumladan, dunyo miqyosidagi uluğ adib Çingiz Aytmatov ham özining “Sohil yoqalab çopayotgan Olapar” qissasida “Olamni tanazzuldan kim qutqaradi?”, “Qanday qutqaradi?”, “Insonning hayot oldidagi burçi nimalardan iborat?” kabi umrboqiy savollarga javob izlagan, taʼbir joiz bölsa, öz xulosasini ayta olgan.
Çingiz Aytmatov ijodining öziga xos jihatlaridan biri şundaki, adib özining har bitta asarida mif, afsona va rivoyatlardan unumli foydalana oladi. Adibning qaysi bir asari haqida gapirmaylik, undagi biror-bir afsona yo rivoyatni eslamaslikning iloji yöq. “Qiyomat” romanidagi börilar yoki monastirdagi qöşiq haqidagi afsona, “Asrga tatigulik kun”dagi “Ona bayit” yoki “Qora nor” rivoyati, “Qulayotgan toğlar”dagi qayliqlar yoki arxarlar haqidagi afsonalar bunga yetarliça misol bölişi mumkin. Adib özining bu uslubi bilan, bugungi madaniyat va qadriyatlar yemirilib, tobora axloqiy tanazzul yoqasiga yaqinlaşayotgan insoniyatni xalq tilidagi qadimiy afsona hamda rivoyatlar asrab qolişi mumkin, demoqçi bölganday göyo… “Sohil yoqalab çopayotgan Olapar” asarida ham yozuvçi özining mana şu uslubiga sodiq qolgan. Yanayam aniqroği − Oxota dengizi böyida yaşovçi kam sonli Nivix xalqi oğzaki ijodida yaşab kelayotgan tyulen ovlovçilari bilan boğliq kiçik bir afsonani asos qilib oladi. Bilişimça, asar şuning uçun Nivix xalqi yozuvçisi Vladimir Sangenga boğişlangan.
Ammo “Sohil yoqalab çopayotgan Olapar” Aytmatovning boşqa asarlaridan farq – adib özining boşqa asarlarida rivoyatlardan fabula − asarning faqat maʼlum bir qismi sifatidagina foydalansa, mazkur qissasini tölaligiça afsonaning ustiga qurgan.
Şu yerda men Aytmatovning uslubiga xos bölgan ikkita muhim jihatga eʼtibor qaratiş zarur deb hisoblayman. Bulardan birinçisi: avvalo, dengizda röy bergan voqea oddiy bir afsona edi, yozuvçi uni badiiy haqiqatga aylantirib, hayot haqiqati darajasiga kötaryapti. Ikkinçisi: adib uşbu afsona asosida özi ham bir rivoyat töqib, asar mağziga singdirib yuboryaptiki, bu – “Kök siçqonça” töğrisidagi rivoyatdir. Menimça, “Kök siçqonça” haqida gapirişdan oldin, asar voqealarini qisman şarhlab ötmoq joiz.
Asar Örxon bobo, Milxun, Emrayin hamda öspiringa yaqinlaşayotgan Kiriskning tyulen ovlaş uçun dengizga çiqişi bilan boşlanadi. Oydinlaştiriş lozim bölsa, Emrayin Kiriskning otasi, Milxun esa amakisi. Örxon bobo − ovçilar jamoasining boşliği hisoblanib, qarindoşlik jihatidan ularga begona. Bu yerda voqealarning aynan dengizda röy berişi, yaʼni odamzotning dengiz va osmon orasidagi hayot uçun kuraşi tasvirlanişi, şubhasiz, ramziy, albatta. Holbuki qissaning asosiy ğoyasi ham, insoniyatni yöqlik qaʼriga ğarq bölişdan nima asrab qolişi hamda buning uçun inson qanday usulda kuraş olib borişi kerakligini tuşuntirişdan iborat edi. Şunga qaramay, biz inson va dengiz voqeasini ramzlaştirmasdan, oddiy hayotiy voqelik sifatida qabul qilgan taqdirimizda ham, asar öz zimmasiga olgan yukini bemalol oqlagan bölardi.
Muallif juda köp örinlarda Örxon boboning xayolot olamiga, içki keçinmalariga murojaat etadi. Asar boşroğida uning özi kema yasagan daraxt bilan gaplaşgani keltirib ötilsa, örtaroğida Luvr ördak haqida, undan sal quyiroqda Suv parisi bilan boğliq ilohiy xayollari haqida aytiladi. Uning bunday xayollari esa öz-özidan yodimizga kema yasab, dunyoni halokatdan asrab qolişga uringan Nuh payğambar rivoyatini eslatib yuboradi…
Aslida, Örxon boboni har qanday timsolning örniga qöyib fikr yuritmoq mumkin. Diniy jihatdan olib qarasangiz, Örxon boboni Nuh alayhissalom, deydigan bölsak ğoyaviyligi bilan baribir muştarak. Rost emasmi, kema böron halokatiga uç­rab, yölovçilar jonini asraş uçun qolgan ozgina suvdan hamma içganida Örxon bobo içmay özining uluşini Kiriskka qoldiradi. U nega şunday qildi? Axir, bola unga qoni qöşilgan qarindoş emas edi-ku. Örxon boboni qanday masʼuliyat bunday qilişga majbur etoldi?.. Eʼtibor qilsak, u bu yerda faqat suvdan içmadigina emas, balki öz jasorati bilan insonning kelajak avlodi oldidagi burçini esga solib, Milxun hamda Emrayinlarning ham tasavvurini butkul özgartirib yuboradi. Öşanda Örxon bobo öz rizqidan keçib Kiriskka ilinmasdan, heç bölmaganda oğiz höllaganda edi, Milxun bilan Emrayin ham bu işni qilmagan va oqibatda insoniyatning avlodlari oldidagi mangu burçi bajarilmasdan qolgan bölardi. Mana şu sifatlari bilan Örxon bobo obrazi insoniyatni özgartiradigan, başariyat uçun özini javobgar hisoblagan va oxir-oqibat dunyoni halokat asrab qolişi mumkin bölgan buyuk inson timsolidir. Örxon boboni odam deb hisoblamasdan, öz farzandlari uçun heç narsasini ayamaydigan, farzandlari uçun mudom özini qurbon qilib kelayotgan Ona Tabiat, Borliq ramzi deb hisoblasak ham, asar ğoyasiga oid haqiqatlar özgarmasdan qoladi.
Mana, nihoyat asarning eng kulminatsion nuqtasi, Kirisk kasal bölib isitmalab qolganda onasi unga aytib bergan “Kök siçqonça” haqidagi rivoyatga ham yetib keldik. Rivoyat şunday boşlanadi: “Onasi yalinib-yolvorib, uni suv içişdan tiyar edi. Taşnalikka çidasang, kasallik sendan qoçadi, deb tuşuntirardi.
− Çidagin, jon bolam! – derdi u. – Içingda “Kök siçqonça, menga suv ber!.”. deb tinmay qaytaraver. Söragin jonim, kök siçqonçadan suv söra. U yugurib keladi va senga suv beradi… Faqat tinmasdan, çin dildan söra..”.
Öşanda isitma otaşida yonayotgan Kirisk onasi­ning aytganini qilib, kök siçqonçani çaqira boşlaydi. Sidqi dildan, komil işonç bilan “Kök siçqonça, suvingdan ber, kök siçqonça, suvingdan ber..”. deb tinmasdan yolvora boşlaydi. Şu usul bilan öz nafsini tiyib, butun bir qiynoqli keçani yengib ötadi. Keyinçalik dengizdagi taşnalikda ham onasi aytib bergan aynan öşa “Kök siçqonça”ning yugurib kelişi va unga suv berişiga bölgan işonç Kriskning bardoşiga bardoş qöşib, uni omon saqlaydi… Öqirman esga olsa, şunga öxşagan yana bir diniy rivoyat bor. Alqissa, haj safariga otlangan taqvodor bir odam yölda çöponning çaylasida tunab qolibdi. U saharda ibodat qiliş uçun uyğonsa, çöpon çaylaning bir burçagiga ötirib olib “Oq qöyning kallasi, qora qöyning kallasi… Menam Xudoning umidvor bir bandasi!” deb namoz öqib ötirgan emiş. Taqvodor odam­ning bundan juda jahli çiqibdi. Çöponni kufrda ayblab, şarta turib uning çaylasini tark etibdi… Ammo haj ziyoratiga yetib, Kaʼbani tavof qilayotgan paytda “Sen nega bir möminning qalbidagi ixlosini söndirding?” degan ovoz eşitiladi… Xuddi öşa çöponda bölganiday, “Kök siçqonça” ham bu yerda Nivix xalqining eʼtiqodi timsoli. Agar asar syujetidan kelib çiqib insoniyat Osmon bilan Dengiz, yaʼni Tiriklik bilan Ölim örtasida azaliy kuraş olib boradi va uni olislarda Saodat çöqqisi dengiz qirğoğidagi Olapar misoli çorlab turadi, deb bilsak, inson mana şu kuraşga bölgan kuç va bardoşni, matonatni eʼtiqoddan olişi mumkin, içida keçayotgan janglarni faqat eʼtiqod bilan bostirişi mumkin, deb tuşunmoq örinlidir. Lekin rivoyatning ahamiyat beriş şart bölgan yana bir qirrasi bor. Asarda aytilayotgan siçqonça oddiy emas, aynan Kök siçqonça. Har qalay, siçqonça­ning Kök ekaniga muallif alohida urğu beryapti. Xöş, siz Kök siçqonça haqidagi rivoyatni yana qayerda öqigan edingiz? Balki, bu maqola boşroğida ham biz eslab ötgan – dunyoni halokatdan qutqarmoqçi bölgan Nuh payğambarning kemasini teşgan öşa maşhur Kök siçqonçadir?! Ha, menimça şunday. Aytmatov özi töqigan mif-rivoyat misolida özi yaratgan paradoks bilan xalqlar eʼtiqodi örtasidagi çegarani ham buzib yubora­yapti…
Şunça ramz va simvollarni, şunça ulkan ğo­yalarni öz içiga siğdirolgan mazkur asar “Dunyoni kim qutqaradi?”, “Qanday qutqaradi?” kabi umumbaşariy savollarga xulosaviy yeçim bilan yakun topadi. Bu xulosa şundan iboratki: Dunyoni özgartiriş uçun qirğinbarot uruşlar olib boriş yoki olamşumul inqiloblarga homiylik qiliş şart emas. Odamzotda birgina Örxon boboning jasorati bölsa, bas, dunyo özgaradi, magaram har bitta insonning avlodlari oldidagi mangu burçi ham, aslida, şudir.

Bayram ALI

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)