15 daqiqada öqiladi

86 marta körilgan

Ehtiroslar olovi içra arzi hol

Ibrohim Ğafurov

Farida AFRÖZning tört jildlik tanlangan asarlar töplamini öqib

Men bu maqolani arzi hol tariqasida yozmoqçiman. Keça – bugun qaysi va qanday kitoblar öqiyotganimning arzi holi – arzi hol deganimda bu yerda men iqrorlarim va izhorlarimni nazarda tutaman. Şunda “men” deb öz nomimdan, öz şaxsim buyurganlarini bayon qilişim tabiiyroq çiqsa kerak, deb öylayman. Men keça şoira va adiba Farida Afrözning tört yirik kitobdan iborat asarlarini birma-bir öqib çiqdim. Har bir kitobiga alohida-alohida nomlar berilgan: “Meni kuting…”, “Özimni soğinib…”, “Ölimi yöq hayot…” va “Pardani oçaylik…” Bu har bir nomdan keyin muallif atay uç nuqta qöyganiga eʼtibor berdim. Ular menga barça jildlarni birma-bir öqib bölgaç, oddiy köp nuqtalarday bölib tuyilmadi. Bu uç nuqtalar orqasida muallifning köngli tublarida saqlangan va juda sir tutilgan orzulari qulf urib turganday tuyildi. Bular “köngil orzulari fido öşanga” degan qay bir maşhur misrada saqlanib qolgan va har eslanganda, odamning yuragini bezovta qilib, allaqayoqlarga boşlab ketadigan “köngil orzulari”. Yana bu uç nuqtalarda kitoblarning har birining alohida tizim va kompozitsiyaga egaligiga nozik işora ham kiradi, yana bu uç nuqtalarga adabiyot va inson hissi­yotlarining tubsizligi va öz rang-u böylariga oluda ekanligi ham, sukun va sukunat rahmati ham aks etadi. Skeptik öquvçim: “Obbo, şunçalar maʼnolarga boy ekanmi bu köp nuqtalar, ular qaysi kitobni oçsangiz, hammasida tölib-toshib yotibdi-ku, lekin biz ulardan şunday ekzistensial maʼnolar uqişimiz kerakmi, yopirim-ey, bu şartmi?” – deydi, albatta. Lekin men barça köp nuqtalarning öz xos stilistik maʼnolari borligi va ular aslo bir-birla­ri­ga öxşamasligiga töla qanoat hosil qilganman. Bir sirni aytib ötay: “Köp nuqta” degan asar ham yozmoqçi bölganman. U köp nuqtalarning inson hayotida nihoyatda ramziy maʼnolarga töliqligi haqida yozilişi kerak edi. Lekin bu yerda hali ijodiy amalga kirmagan iş haqida çözilib ötirişning örni emas. Köpnuqtalar dunyoning aytilmay kelayotgan barça maʼno-mazmunlarini ifoda etişiga şak-şubha yöq… “Meni kutgil” degan dunyo şeʼriyatida juda maşhur şeʼrni bilmagan, eşitmagan va undan hayajonga tuşmagan odam yöq bölsa kerak. Lekin, mana, bizning zamondoş, safdoş (sal bölmasa, trafaret bölib qolgan “suyukli şoiramiz” deb yuboray debman) muallifimiz özining birinçi jildiga “Meni kuting…” deb nom qöygan va jildni xuddi mana şu nomdagi şeʼridan boşlagan: Meni kuting, Yengilib boryapman siz tomon, Tobeman, taslimman, mağlubman. Soğinçning laşkari beomon, Soğinçning qölida mahbusman.

Yopiray-ey! “Meni kuting…” nihoyatda oddiy va odmi qilib aytilgan sözdan söng unda hatto öquv­çi kutişi mumkin bölgan iltijo, yolvo­riş, noliş, vaʼdaning qatʼiyati ham yöq. Muallif haqiqatan juda odmi qilib “Meni ku­ting…” deyapti. Ammo bu jöngina murojaatdan keyin kelayotgan satrlar va har uçala band öta favqulodda, öta kutilmagan va öta heç tasavvurga siğmaydigan! “Meni kuting, Men nodon könglimga böysunmay, Öyladim, aqlda xatar yöq. Va bildim, bu jangda yöq maydon, Bildimki, sevgida zafar yöq!”

Yopiray-ey! Bandning uçinçi misrasidagi “bildim” bilan törtinçi yakunlovçi satrda­gi “bildimki”ning farqi bormi, yöqmi? Heç farq yöqqa öxşaydi. Ammo juda katta – çek bilan çeksizlik örtasidagi mavjud farqdan ortiqroq farq bor. Biz keyingi jildlardan örin olgan muallifning barça asarla­rini eʼtibor bilan öqisak, u özini “ biliş”ning “quli” darajasiga kötarganini köramiz. U “biliş”ni siğiniş darajasida sevadi. “Bi­liş” falsafa va falsafiy hol. Yuzaga kelganidan beri barça falsafalar va barça faylasuflar “bi­liş”ni tu­şuntirmoqçi böladi va barça çeksiz bahslarini unga bölgan qaraşlarning xilma-xilligi asosiga quradi. “Biliş” haqida muhokama yuritmagan va bahs qilmagan faylasuf faylasuf emas. Şoirlar (misol uçun, Abul Aʼlo al-Maaʼrriy) ularning dunyo tugagunça tugamaydigan bu bahslariga istehzoli tabassum bilan qarab turadilar va “biliş” borasidagi tasavvurlari ulardan aslo kam emasligini lab burib işora qiladilar va “bi­liş”da ular bilan xufyona raqobat qiladilar. Şoiramiz Farida Afröz ham öz asarlari barobarida şunday xufya raqobatlar ruhida fikr-bahslar yuritadi, ayniqsa, ğalati bir nom bilan jamlangan, atalgan “tasbehlar” degan şeʼriy turkumlarida va yana ayniqsa, tamomila erkin usulda yozilgan nasriy asarlarida. Muallif asarlarida bu holning turli daraja va yoyilmalarini, ögirmalarini gözal va ehtirosli bir tarzda har tomonlama namoyon qilib boradi. “Biliş” odamzod taraqqiyotida qaçondan boşlangan, qayerda tamom böladi? U hali bölmasdan ming, balki million yillar ilgari ham bor edi-ku. Odamlar million yillar ilgari, ayniqsa, hindlar vaqtlarni bölaklar, ming yilliklarga bölib, xuddi xorazmliklar kabi ularni “ovonlar” va yoki xuddi zardöştiylar kabi “qarnu aqronlar” deb atagan ham edilar-ku. Bulardan bu yoğiga minglagan yillar ötmasa, ular “aqron” va “ovonlar” bölarmidi? Fales, Pifagor, Orfeydan boşlangan deb yurganimiz “biliş”, balki bu yozuv çiqqandagi ilk yozuv­li “biliş”dir. Ilohiy bitiklarda haddi kamoliga yetganmi? Kantda tugaydimi, Şopengauerdami, Homerdami, Nitşedami, qaerda “biliş” tugaydi? Axir, hamma narsaning boşi va oxiri bor-ku. Biliş – falsafaning, adabiyot va sanʼatning heç tugamaydigan ibtidosi va mana şu bugungi özbek şoirasining olovli hissiyotlarida öquvçini lol qoldirib, davom etyapti. Farida Bötayeva “biliş”ga aslo befarq emas, aksinça, barça badiiy muhokamalari, ehtiroslarini şu “biliş” asosiga quradi. Keça Zulfiyaning bilişi, Muzayyana Alaviyaning bilişi va köngil sirlariga töla işi bor edi va mana bugun şu soat, şu daqiqalarda u Faridaning dunyo va odamlarga munosabatida davom etyapti va yangi oltin qirralarini namoyon qilyapti. Va bizni “sevgida zafar yöq”ligiga “maydon” yöqliggiga işontirib qaysidir massaget qiroliçasi kabi dov bilan lol qilmoqçi. Yopirim-ey, “Biliş” maʼrifati Faridaning barça asarlarini maʼrifatli bir nuqtaga olib çiqyapti, qaçonlardan beri yonimizda şunday haqiqiy maʼrifat egasi yonib-kuyib yurganligi va biz uning yonişlaridan goh xabardor, goh bexabar yurganligimizni maʼlum nişon etyapti. Doim titrab, kuyib, işq va mehr bilan (özi aytmoqçi) yozganligini har bir sözida isbotini keltiryapti. Uning hayot kitoblari, donişmandlardan, xalq, turmuş içida yurib bilganlari unga bugun muallif sifatida çeki yöq xazinaday xizmat qilmoqda. Uning donişmandlardan bilgani: “Umr asli bir kundir, Öşa kun – bugundir” (Muallifning punktuatsiyasini saqladik – I.Ğ.)

Mana şu fikr ehtimol “biliş”ning çöqqisidir (albatta, bilim va bilişda çöqqi bölmaydi, çöqqilar purviqor va ularga yetib boriş qiyin). Jomolungma çöqqisiga borişni orzu qilamiz, biroq borib köring-çi. Ammo “biliş” bu nonday aziz va odamzotga juda yaqin narsa, bilişsiz odamzot şunday behad ilm-fan, texnikaga erişarmidi, Oyga qadam ranjida qilarmidi, Mirrixning, Yupiterning sath suratlarini olarmidi! Yana bir çekkasi odamning purviqor bilimsizligidan esa çöqqilarning muzlari erib ketyapti, azal qutb­larimizda muz qatlamlari ozayib boryapti, ibo örnini ibosizlik egallayapti, odamzot ibtidoiy yalanğoç holiga omonsiz qaytyapti va eng muşkuli özini bunda haq va biz erkinmiz deb bilyapti. Faridaning: “Bolalikdan ketgim kelmadi, Ulğayişdan bezillar yurak”, – degani, axir, bu bir emas, ming emas, balki bugungi milliardlarning qörqinçli fojiasi-ku! Şunday fojiaga insoniyat yetib kelganligini şoira sodda, lekin Oyga uçgan Hindning raketasiday omonsiz qilib ifodalab beryapti. Zamona va zamon sözi şu-da özi. Faridaning fikri okeanlar tuğyonlarida “Biliş” teranliklarida misoli şoira ham emas, balki şoira-ğavvos. Uni okean, yaʼni hayot tubini bilişga misoli Iskandar payğom kabi havasi çeksiz. Yopirim-ey!

Faridaning şeʼrlarida biliş darajasi balandligiga köra “öylov” ham, “öylov” falsafasi ham nihoyatda rang-barang ifodalari va taşbehlarini topgan. Bu öylovlar uning şeʼrlaridagina emas, nasr namunalari, badiiy tarjimalarida ham juda ham taʼsirli ifodalarga boy. U xomxayollardan, befoyda nadomatlar, yozğirişlardan özini tortadi, bularga şeʼri va sözini giriftor qilib qöymaydi. Töla inson psixikasiga xos bugungi dunyoning özgarişlarini röy-rost, dadil, tantilik bilan bayon etib etib boradi. “Bugun esa, bugun esa… bolaman, heçman…” deydi va yana bir (qaysi hisobda!) fojiali zamon sentensiyasi şeʼr ifodasiga aylanadi. Faridaning barça asarlarida “biliş” va “öylov” dramatik, alamli mazmundorlik hamda hamohanglikka egadir. Bu ijodkorda juda qimmatli fazilatdir. Bu fazilat uning qahramoni, nasrdagi qahramonlariga va ayniqsa, Mirzakarim Norbekov, Alixontöra Soğuniy, Bahmanyor Soğuniy singari qahramonlariga ğoyatda tabiiy xos xislat. Va bulardan taşqari ham uning barça ğaroyib tole qutqularini yelkalab olgan qahramonlari (balki personajlardir, balki tarixiy iştirokçilar, balki drama-komediyalardagi kabi qatnaşuvçilardir) uçun ham fikrlaş dramasi xos xislat bölib körinadi (men atay xususiyat deb aytmayapman, şaxslarning xislatlarini nazarda tutyapman). Lekin “boş qahramon” bu – şoiraning özi! Boş qahramon barça hollarda Farida Bötayeva, u öziga Afröz deb taxallus ham olgan. “Qahramon” özi kim? U takrorlanmas qiyofaga ega. Unda teran xarakter şakllangan. Bu xarakterda davr, zamon ifodalangan. U universal yönaliş kasb etgan “biliş”, “öylov” muntazam badiiy ifodalanganiga köra! U özini qudratli deb sezadi, u özini benihoya kamtar deb his qiladi. Orfey bir zamonlar olamning ibtidosi efir (havo!) va xaos (mutlaq böşliq!) deb taʼlim qoldirgan edi. Faridaning badiiy qahramonida mana şu efir va xaosning birlaşişi natijasida dunyoga kelgan ehtiros va hissiyot hukmfarmodir. Bu juda katta gapga öxşaydi. Ammo tört jilddagi asarlarni öqisangiz, aslo ğayritabiiy tuyilmaydi. U ötmişdan qolgan parçalar. Parçalarning parçalari. Atomlarning çeksiz körinmas bölaklarga bölingan zarralari. Şuning uçun u Navoiyga payrovlik qilib odamning aqlini şoşiradigan “mensizlik” haqida fikrlaganda, öz “mensizligi”ni “Men” deb ataganda va şu “Men” nomidan voqealarni harakatga keltirganda, allaqanday suggestiv bir nimalar sahifalarning oppoq betiga qalqib çiqaveradi va boş qahramonni biliş va öylovga tamomila ğarq-u xarob qiladi. Yopirim-ey!

Farida Afröz ayrim asarlarida azaldan maʼlum gaplarni bir boşqaça, çiroyliroq qilib aytişni xöb maşqini ham olganligi közga taşlanadi. Ammo badiiy adabiyotda “biliş” bu oldingilarni mazmunan takrorlaş emas. Lekin “biliş” nima qilsin, özi takrorni, Çölponça aytganda, “takarrur”ni yaxşi köradi. Yuqorida andak tahlil qilingan şeʼrning qahramoni, kördikki, kutiş maşaqqati va intizorligi oldida oçiq taslim böldi. Barça sabot-matonatning qurol-aslahalarini taşladi. Sevgi zafar qozoniş emas, taslim böliş, bor ixtiyo­rini sevgi ixtiyoriga topşiriş, bu esa çeksiz azob va lazzat vaʼdalari… Sizga bu yerlarda yana öşa “mensizlik” namoyon bölayotgandek körinma­yaptimi?

* * *

Ikki jildni töla qamrab olgan şeʼrlarni öqib va uqişga harakat qilib borarkansiz, Farida Afröz qiyofasidagi qahramon öz-öziga tinimsiz iztiroblar, azob-u alamlar yasab boradi, gullagan boğlarni huvillagan ovloq, xilvat boğlarga aylantiradi. Qasr-u saroylarda yaşab turib xarobazorlarni qömsaydi, mozoratlarni soğinadi, ularda ötgan, yodi muqaddas abo-ajdodlar yodini öziga ohanrabodek tortadi. Özidan rozi bölmagan ruh töxtamay yöl bosib borayotganday, qadimiyat va qadimgilarning izlarini qidirayotganga öxşaydi. Ekzistensial hissiyotlar quyunlariga ğarq böladi. Çinqirib oqqan daryolarning girdoblariga özini otadi, halokatli muhitdan öziga najot qidiradi.

Bu faqat… şoirning köngli faqat… davosiz va notavon… najot qidiradi. Yura­gi zor-intizor titraydi, najot örniga esa boşqa narsa topadi: Dunyo safsataga tölgan-u, biroq Senga kerak sözni heç kim aytmaydi…

Şunda öz holi holatiga eng loyiq va ehtimol öziga eng manzur sözni tilga oladi: Allohim, ming yilki sörayman qaqşab, Dunyo qaridimi, yo men qaridim?!

Bunday Faridada tez-tez qaytalab turguvçi holatlarni men “hol hayajonlari” deb atayman. Faridaning bari yozganlari hammasi bular – “hol hayajonlari”dir. Bu Farida faqat öz yuragi bilan maşğul, degan yana bir xulosaga olib boradi. Töğrisiyam, şoir axir yana boşqa nima bilan maşğul bölsin?! Gap şu yerga kelgan ekan, endi qahramonning sirti va siyrati haqida gapiriş navbati kelganligini sezaman. Uning sirti siyratiga aslo öxşamaydi. Sirti siyratidan darak bermaydi. Balki u el közida boşqa va şoir könglida tamomila boşqadir. Sirti sokin, tölğin daryo, siyratida momaqaldiroq, bazmi nima bilan tugaşi nomaʼlum, xavotirga soladigan nohamvor osmondir balki. Surat va siyrat haqida garçi ança-munça gaplar yozilgandek körinsa-da, ular inson ruhiy hayotidan juda uzoq uzuq va yuluq parça-parça gaplardir. Zero, boyagi şeʼrdagi “qaqşamoq” suratda kuzatilyapti, u qahramonning iç ha­­yajonlariga ham organik köçib ötyapti: “Dunyo qaridimi, yo men qaridim?!” Bu öta ekspressiv gap. Boya belgilab ötganimiz çin “hayajonli hol”. Faridaning şeʼrlarida “sovuq” satr uçramaydi. Unga kerak sözni boşqalar aytmasa, yoki aytmagan bölsa, heçqisi yöq, bu sözni uning özi aytadi. Unda bunga matonat va iqtidor yetadi. Va olamni töldirgan safsatalar ustidan çaqmoq soçib ötadi. Ammo çaqmoq yolqinlarini siyratda tutib turiş naqadar qiyin! Biroq Höqandi latifning Xonxöja qişloğida tuğilgan, şeʼrlarida eslov köp bölgan (ota-ona, tuğişganlar, qavmi qardoşlar, yor-u birodarlar) köp ayriliq yozğirişlaridan yozadigan, nadomat va armon töfonlarini köp kötaradigan qizpoşşa ularni öz rasamadi bilan “mutmayin” tasvirlaş yöli va ep-tadorigini topadi.

Faridaning tört jild asarlarini öqib mana endi menga ham “yuqdi”, men ham “hol hayajonlari” bilan fikrlay boşladim. Yoşim taqozosiga köra men özimni bosiqlik va vazminlikka çaqiraman. Ammo azal ziddiyatni qarangkim, vazminlikni şeʼr kötarmaydi. Har qança uringani bilan adabiyot bosiqlikni kötarmaydi va hazm qilolmaydi. Unga doim ehtiroslar böronlari kerak. U böronlarda yaşagani maʼqul. Bunda aqlli amakimning peşvo ögitlari heç narsaga yaramaydi. Yonib yoz! – tamom-vassalom! Va yana eng muhimi, qiziq qilib yoz!

Hayot taʼlimi va şoir tomirning urişi

Bu bobni boşlay turib xayolimga Faridani öqiş taʼsirida bölsa kerak, bir misra şeʼr keldi: Oqar suvning böyida suvga zor ösgan çeçagim. Şu xolos. Men şu xuddi sözlardan iborat misrani taqriban yigirmadan ortiq variantda ifodalaş mumkinligini öylab ötirdim. Faridaning şeʼrlarida usul borligini öyladim. Balki uning şeʼrlarining ritmlarida doira usullaridan (ufor, saqil va hokazo, juda köp) allanarsa ohanglar mujassamini topayotganga öxşaydi. Özbek ayollarining bayram-u marosimlarda kiçkina doira çalib qöşiqlar, ölanlar, termalar kuylaşlari köz öngimga keladi. Men ularni tinglasam, yuragim toshib ketadi, közlarimdan duvillab yoş kela boşlaydi. Faridaning şeʼr ohanglarini ularga öxşataman. Urğulari, zarblari juda qoyilmaqom. Şu bilan birga, u yozgan “birlik”, “uçlik”larning barçasining ortida jonli hayot navolari yangrayotganday tuyiladi. Hissiyotlar orqasida şu hissiyotlarni voqealarga aylantirgan behad rang-barang hayot bor. Hayajonli taʼsirlanişlar köp zamonlar, ovonlarni qamrab oladi. Oşiqning köngli şunday latif va nozik böladiki, nozikligidan maʼşuqning diydoriga çiday olmaydi. Maʼşuqning tajalliysidan fano böliş xavfi tuğilar. Muso alayhisalom Haq taoloning diydorini istaganda, bu maqomda edi. Bu maqomda oşiq firoqdan köproq lazzat topadi… Faridaning qahramonlarida ham xuddi şunday visol-u firoq holatlarini kuzatamiz. Farida ular haqida mutlaqo ehtiyojsiz odamday yozadi. Ğaniylik va faqirlik unga misli barobarday tuyiladi. Ehtiyojsiz kimsada ularga muhtojlik yöq-da. Farida uçun axloqiy-taʼlimiy qaraşlar va ğoyalar muhim. Ehtiyojsiz bölgan odamga tama ham mutlaqo ortiqça-da. Navoiyning qitʼasi esimga tuşadi: “Ey Navoiy, olam ahlida tamasiz yöq kişi… Har kişida bu sifat yöqtur, anga bölğay şaraf. Sen agar tarki tama qilsang, uluq işdur bukim, Olam ahli barça bölğay bir taraf, sen bir taraf”. (“Badoe ul-vasat”, 43-qitʼa). Farida juda köp asarlarida şu fikrni turli qirralarini oçib rivojlantira boradi. Natijada, asarlarida gözal bir axloqiy muhit qulf urib oçiladi.

Köpnuqtalar orqasida…

Vaqtlar ötaveribdi, zamonlar özgaraveribdi, avlodlar almaşaveribdi, bir nasl ketidan boşqa rejali nasllar kelibdi. Közlari nurli, qalamqoş qizça – köhlik, tiyrak, aqli, farosati yetuk va pişiq Faridaga aylanibdi. Tarannumi şirin bir bulbul ne zamonlardan buyon adabiyotning mangu boğ-u böstonlarida xuşilhom qöşiqlar kuylar ekan-u, biz ğofillar bexabarday yurar ekanmiz, yopiray-ey! Ölçovsiz hissiyotlar, taassurotlar oğuşida qoldim Faridaning asarlarini öqigaç. Boşdan oxir tizginsizlik. Erkin havolar, erkin naqllar, erkin navolar! Bu yaxşimi, yomonmi, ijodiy erkinlik. Şeʼrlari erkin yozilganday, nasri ham tamomila erkin, xohlagan joyidan odam va olam qoşiga borib hikoyalarini boşlab ketaveradi. U insonlar taqdirlari haqida juda erkin hikoya qiladi. Zamonlar, rang-barang taqdirlar köz öngingizda na­moyon böladi. Maşhur tabobat olimi Mirzakarim Norbekovning şajarasini izlaydi. Nega u öz vatanida emas, özga yurtlarda şuhrat topganligining hayotiy sirlarini qadam-baqadam kuzatadi. Izlanişla­rida juda ajoyib odamlar – ularning favqulodda taqdirlariga duç keladi.

Bu öta qorişiq voqealar sizni ham banogoh “junun vodiylariga”, maʼyus, kimsasiz mozorotlarga ergaştirib ketayotganday böladi. Farida qahramonlarini juda sevib va favqulodda juda qiziqarli qilib tasvirlaydi. U taqdir egalarining özlarini söylatadi. Ular siymosida tarix, zamonlar tilga kirganday böladi. Zamona sarmast, beşafqat galdirlik zamonasi, telba, rahmsiz zamona. Hammasi azobgirlar tomonidan hikoya qilinayotgan vahm voqealar, faryod, nolalar va hammasini yozib olib birma-bir erkin tasviri va bayonini topib- topib yozayotgan Farida… Goh Mirzakarim, goh Soğuniy, goh uning nabirasi Bahmanyor tilga kiradi… Faryod, faryod! Farida! Men bularni öqirkanman, özimni tobora qölida singan sopol bilan xarobot içra kirib ketayotgan oşuftahol Navoiyni, uning behad mahzun sözlari va holatlarini tuşunib yetganday böldim. Oşuftahollik xayli meni tamomila qurşab oldi va bir oy davomida öz domidan çiqarmadi. Bu ekzaltatsiyalar, tub syurrealistik bayonlar oldida özimni oğir saqlab fikr yuritay desam, bu qölimdan kelmadi. Faridaning bayon oqimi meni öziga ergaştirib ketdi. Buning ustiga, Faridaning bir jild jahon, Şarq adabiyotlaridan qilgan badiiy tarjimalari boşqa original tomlarning ekzaltatsiyalari va tamomila syurrealistik oqimlariga oq daryo kök daryolarga qöşilganday qöşilib ketdi. Axmatovadan, Svetaevadan, Doğlarjadan, Suhrob Sipehriydan ajib tarjimalar. U Suhrob Sipehriyni qay yurak bilan tarjima qilib çiqarganidan lol qoldim. Eron modern adabiyotlarining ohangrabo ovoz­larini eşitganday taʼsirlandim.

Farida törtinçi jildga jamlagan tarjimalari bilan birga şeʼrlarning asl nusxalarini berib juda yaxşi qilgan. Qiyoslaş imkoni bor.

“Odatda, şoirdan hissiyot, samimiyat talab etiladi, şeʼrdan zavq, bilim kutiladi”, deb yozgan ekan maşhur olimamiz Muzayyana Alaviya. Bularning bari Farida Afröz jildlari­­da töla namoyondir. Men juda qiziqib öqidim va ketgan vaqtga açinmadim. Bir qiyomatlik döstim uluğ yoşning öziga xos sarhisoblari­­ni töla anglolmay yurgan paytimda mening oşufta holimni körib, menga Farida Afröz jildlarni öqişni tavsiya qildi. Bular boyaroq aytganimday, juda qiziq kitoblar ekan. Xuşhol böldim. Farida Bötayeva nimani yozmasin, qanday mavzuni kötarmasin, erkin va qiziq qilib yozadi. Uyqusiragan odamning közi yalt etib oçilib ketadi, zerikib qolgan odamning şavqlari qayta uyğonadi, huşyor tortadi. Töğrisiyam, qiziq qilib yozmasa, adabiyotning maʼnosi qoladimi? Muallif öquvçisini öziga hayot yöllarida hamroz eta olsa, asl muddaosiga yetadi, mehr qozonadi. Zerikarli yozilgan kitoblarning yöl örtasida yotgan toşdan aslo farqi yöq. Hammani qoqiltiradi. Çalğita­di. Isrofgarçiliklarni aytmaysizmi? Zerikarli kitoblar vaqtni öğirlaydi. Hozir çalğitayotgan kitoblar köp, juda köp. Farida bir tomondan xöb qiziq qilib yozsa va öquvçi eʼtiborini doimiy uşlab tursa, ikkinçi tomondan, ayniqsa, muallif obrazi köz öngimizda yorqin qiyofasi, yetuk inson, odamiyligi, axloq-odobi teranligi bilan ayriça maqomga kötariladi. Uning sözlarini eşitgan sari yana eşitgingiz keladi.

Yopiray-ey. Xayrli va qutluğ bölsin!

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Qahramoni

1937-yili Toşkent şahrida tuğilgan. 1961-yilda hozirgi Özbekiston Milliy universitetining Filologiya fakultetini bitirgan. “Döstlik” hamda “Mehnat şuhrati” ordenlari va “Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. “Gözallikning olmos qirralari”, “Joziba”, “Yonar söz”, “Yam-yaşil daraxt”, “Şeʼriyat izlaniş demak”, “Dil erkinligi”, “Hayo – xaloskor”, “Mangu latofat”, “Tarjimonlik mutaxassisligiga kiriş”, “Tarjima nazariyasi”, “Ayyub nidosi”, “Oltin qoziq” singari kitoblari naşr etilgan. Jahon adabiyotining yirik namoyandalari Ernest Xemingueyning “Çol va dengiz”, “Alvido, qurol”, Gi de Mopassanning “Azizim”, Fyodor Dostoyevskiyning “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Qimorboz”, “Iblislar”, “Aka-uka Karamazovlar”, “Ayrilmas er”, Çingiz Aytmatovning “Qiyomat”, “Çingizxonning oq buluti”, Gabriel Garsia Markesning “Buzrukning kuzi”, Jeyms Joysning “Uliss” kabi asarlarini özbek tiliga ögirgan.

 

2025/3

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)