Umr soatlari nimadir? U qaçondan boşlab sening-da hayotingda, yöllaringda, yuragingda, yozmişlaringda jaranglay boşlagan? Uni ilk bora kim tinglagan, kim tinglagani sayin tinglagisi kelgan, tinglay turib, Baxt sasini qalbiga tuygan?! Onang, onajoning muştipar! Uning vujudiga tilga kirayotgan ilk lahzadan tortib, bu yoruğ dunyoga kelgan oningga qadar onangdan boşqa heç kim uningçalik sevinmagan! Sen buni keyinçalik – özing ham onalik baxtiga muşarraf bölganingdan sönggina çuqur his etgansan. Endi esa öşa olis-yaqin bolalikka biroz qaytamiz…
BOLALIK XARITASI
Men tuğilgan uy – dunyodagi eng ulkan, eng gözal, eng aziz va mukarram uy. Bu uy Samarqand tuproğining Payariq tumani markazidagi Navoiy köçasida hali ham yaşnab, hayot nafasidan, havasidan, orzular böyidan yanada barq urib, yuksalib, közimga nur, yuragimga quvvat soladi. Men tuğilgan ota uyimga uzoq umr tilayman; bağrini, hidlarini, havolarini, otamning boğini, onam ötirgan ayvonlarni hamişa soğinaman…
Har bir mamlakatning öz xaritasi bor. Men bu haqda öylasam, köz oldimga otam, onam va uyimiz devorida osiğliq katta yaltiroq rangli “Dunyo xaritasi” keladi. Xarita hozir ham közlarimga katta körinadi. Men hamişa dengiz va toğlarni izlardim. Xayolimda moviy dengizlarga şönğib, hovuçlarimni marvarid çiğanoqlarga töldirib çiqaman. Çiğanoqlarni quloğimga tutsam – dengiz ğuvillaydi. Tuyğular tiniqlaşadi, orzular balandlaşadi. Soatlab dengizlarga tikilardim, qirğoqqa urilayotgan tölqinlar şovullaydi, zarrin-zarrin tomçilari kökka otiladi.
Osmon va yerning rangi qorişib ketadi. Oçiq dengiz. Kemada olis-olislarga yöl olaman, tört taraf suvlik. Dengizga tutaşib ketgan çeksiz ufq. Şamollar qanotidasan. Quyoş botayotganida suv ustida qalqib turgan qirmizi olmaga öxşaydi.
Men şunday lahzalarda vaqtni bir zumga bölsa-da töxtatsam deyman. Çunki quyoş dengizga çökib ketişini istamayman. Közimni yumaman. Qölida quyoş – olmani uşlab turgan bolaga aylanaman. Közimni oçaman – toğlarga kötarilaman. Çayqalib turgan dengiz böyida salobatli toğlar qad kerib turadi. Çöqqilar – çorlovday. Parqut bulutlar – uçar gilamlarim. Quyoşda erib ketmaydi, şamollar tözğitolmaydi. Ularga ötirib olaman-u, dunyoni aylanib çiqaman.
Dengiz şu qadar qudratli, toğlar viqorliki! Bolalik xaritasida bu suvratlar hamon öçmay turibdi – yuragimga çizib qöyganman. Ularni heç qaçon öçirmayman.
ILK ŞEʼRIM
Bolaligimdan kitob, daftar, qalam va ruçka, öquv qurollarini uyda – otamning qölida körganman. Otam kun böyi maktabda dars berib, uyga qaytganida, ertalab yana şular bilan maktabga ketayotganida barining hidlari dimoğimga urilib ketardi – kitobning, qalamning, daftarning hidlari… Otang keçasi bilan ertangi kunga – yangi darslarga tayyorlanadi, yozadi, öqiydi, kitob varaqlaydi, derdi onam. Öşa paytlardan boşlab, murğak yuragimda bilimga, mutolaaga, şeʼr yodlaşga, şu asnoda şeʼriyat, adabiyotga mehr qöyganimni şu kungaça, ayni paytlarda ham teran his etganman. Bu mehr, bu tuyğu umrimning söngiga qadar sobit qolişiga işonaman.
Tuman markazida yaşaganimiz uçun uyimizga yaqin, öşa davrda ham, bugungi kunda ham tumandagi eng old maktab – Puşkin nomidagi maktabda tahsil oldim. Ayni paytda 1-örta umumtaʼlim maktabi deb yuritiladi. Bu maktabda bir-biridan bilimdon, fidoyi va mehribon öqituvçilarimizdan taʼlim-tarbiya oldim. Ular haqiqatdan ham öz fanining bilimdoni edilar, öz kasbi bilan faxrlanar, sevar edilar. Bu xislat mening muallim, şuning barobarida uzoq yillar maktablarni boşqargan rahbar otamda ham mujassam edi.
Adabiyot, tarix, jöğrofiya va rus tiliga katta qiziqiş va muhabbat bilan qaradim. Öşa paytda ham, hozir ham tuman gazetasi binosi tuman rasmiy idoralari qatorida maktabimizga bir qadam joyda joylaşgan edi. Katta tanaffuslarda agar bitta şeʼr yozgan bölsam ham, sinfdoş qizlar bilan yugurib borib, tahririyatga taşlab kelardim. Bola bölganman-da, qiziqqanman!
– Xuddi mana şu yillar, – degan edi suhbatlarimizning birida töqson yoşni qoralayotgan tumanimizdagi muhtaram şoir ustozimiz Abdumurod ota Ismatov, – hozirgi “Payariq hayoti” gazetamiz qoşida oçilgan “Çaşma” şeʼriyat tögaragi öz içiga yoş va umidli şoir, şoiralarni qamrab oldi. Şu tögarakkka kelayotgan, qöşilayotgan ijodkorlar bizni ham quvontirar, oyda bir marotaba ularning ijodidan namunalarni sahifalarga töldirib, öquvçilarga taqdim etardik. Bu örinda, ayniqsa, eng yaqin döstim, ham şoir, ham dorişunos, bağrikeng va bilimdon inson rahmatli Ziyodulla Nurmatovning nomini alohida tilga olmoqçiman. Ziyodulla döstim tumandagi katta dorixonani boşqarsa ham, vaqt topib, albatta, tögarakka kelardi, keçikmasdi, kerak bölsa, tumanning uzoq-yaqin qişloqlaridan keladiganlarni kutib, keyin tögarakni boşlardik. Bizda intizom va içki madaniyat kuçli edi.
Ustozning sözlari meni olis va jöşqin damlarimga, öquvçilik davrimga yetakladi. Men şeʼrlarimni maktab partasida ötirib yoza boşlagan bölsam, onamga bağişlangan ilk şeʼrim şu gazetada 7-sinfda öqib yurgan paytlarimda çiqqan. Çindan ham tögarakka juda köplab qiziquvçilar öz maşqlari bilan kelişar, har kim hayajon bilan şeʼrlarini öqir, söngra fikr va mulohazalar bildirilar, maqtovni ham, kamçiliklarni ham diqqat va hurmat bilan tinglardik. Bir söz bilan aytganda, tögarak xonasi ijod ruhi bilan nafas olardi. Şu yerda köplab şoira va jurnalist döstlar orttirdim: Omonoy Rabbimova (marhuma), Jibak Ahadova, Saodat Donoboyeva, Kubarro Allayorova (marhuma), Saodat Umirova, Tamara Islomova, Marvarid Mardiyeva… Şu tögarakda ilk şeʼrlarim va maqolalarim öz bahosini oldi, çop etildi. Birinçi şeʼrim onamga bağişlangan bölsa, birinçi maqolam otam haqida söz edi…
ONAMNING MAKTUBLARI
Men sizni hamişa tirik deb öylayman, ona. Köz öngimdan ketmaydi – yetmişdan oşgan, sakson yoşga yaqinlaşgan umringiz quvonç-u azoblaridan ajin tortgan nurli çehrangiz, sakson yillik umr yöllarini yoritib turgan közlaringizdagi goho baxtli, goho mungli şuʼlalar… Ular şu damda qalamimdan emas, kiprigimdan tökiladi, oppoq qoğozlarga emas, yuragimning tubidagi dostonga aylanib boradi.
Sözlarim tugamaydi, tugatolmayman, onajon, jonim onam!.. Qölimda xatlaringiz. Siz ularni menga Moskvada Adabiyot institutida öqib yurgan kezlarim Samarqanddan Moskvaga (1980–1985 yillar) yöllagansiz. Men ularni avaylab-ardoqlab saqladim, hamon saqlab kelmoqdaman. Buni eşitib, qançalik quvonib: “Saqlab qöy. Yöqotma, meni soğinsang, öqib turarsan”, – derdingiz. Ularni siz yonimda, hayot paytingiz qölga oliş, öqiş quvonçi boşqa ekan-u, endi sizni yöqotganimda qölga oliş, yana öqiş, öqiganda ham har bir sözni bitta-bittalab öqiş armoni boşqa ekan. Buning azobiga kim yetsin, kim yetibdi, onajon!..
Maktublaringizdan qalbingiz qöri, közingiz nuri, qöllaringizning issiq tafti keladi. Şunça yillar ötsa hamki, qoğozlar, harflar, xatjildlar sarğaymabdi – toza va tiniq. Ularni közlarimga surtib-surtib, asta-asta, qayta-qayta, varaqma-varaqma öqişdan çarçamayman. Ularda sizni köraman, siz bilan suhbatlaşaman. Siz bilan birga yuraman. Ular – maktublaringiz menga sizning tirikligingizni aytişadi, men ularga işonaman, onajon!
Onajon, mehringiz tökilib turgan maktublaringiz bir umrga meniki, menga atalgan hayot tuhfasi, quvonçlari. Onaning farzandini sevişi, bu muhabbatni farzand ham har bir daqiqada his etib, sezib turişining özi hayot, hayotga muhabbat, baxt!
Sizning barça yaxşiliklaringiz bugungi kunda ham, bundan keyin ham yölimni yoritib turadi, albatta. Negaki, yaxşilikdan yaxşilik tuğiladi. Onalar bu dunyoda ham, u dunyoda ham farzandlariga, dunyodagi jamiki odamlarga faqat ezgulik istaydilar. Siz ham mening ezguligimsiz, onam, mehribon onajonim! Sizning maktublaringizga hali köp qaytaman, köp sözlar aytaman.
Ruhingiz hamişa şod, oxiratingiz obod bölsin, onajon!
OTAM HAQIDA SÖZ
Otamning oddiy va zahmatli, oğir va şarafli mehnati har qanday taʼrif, tahsin va minbarlardan uluğdir. Çunki otam singari fidoyi öqituvçilar ezgu yölda ter tökadilar. Xalq bolalarining qöliga qalam tutişni, ilmning ilk va eng zarur, maşaqqatli mehnati evaziga dunyoga keluvçi jarayonni boşidan ötkazadilar. Har bir öquvçining bilimi va bilimiga munosib qöyilgan har bir baho uçun maʼsuldirlar. Otam bosib ötgan qutluğ hayot yöliga nazar taşlar ekanman, dunyodagi eng mehnatkaş va halol, insonparvar xalq deganda öqituvçilar köz oldimga keladi. Negaki, ular özlarining çekayotgan zahmatlariga, uyqusiz tunlariga tama qilmaydilar. Unvonlar, nişonlar va mukofotlarning ortidan quvmaydilar. Aksinça, mana şu şaraf va eʼzoz ularni izlab topadi. Çunki ular har qanday şaroitda öz vazifalarini vijdonan bajaradilar. Şu sababdan ularni xalq har qanday joyda topib oladi. Xalq muallimlarni nişonsiz ham, unvonsiz ham sevadi va ardoqlaydi. Çunki şu öqituvçi uning közini oçdi va yoruğlik sari boşladi. Şuning uçun ham öqituvçilarga eng oliy mukofot – xalq mehri va hurmati nasib etgan.
Mening otam ham şunday öqituvçilardan biridir. Otam bosib ötgan nurli ilm va hayot yöliga nazar taşlasam, tumanimizning katta qismida uning nomini hurmat bilan tilga olişadi. Bular – otam bilan birga işlagan, öşa paytdagi yoş öqituvçilar, sobiq öquvçilari va hatto ularning farzandlari ham… Men har bir lahzada bu odamlarning otamga nisbatan ehtirom tuyğusini his etaman, inson uçun xalqning hurmatiga sazovor böliş, undan beminnat eʼtibor topişdan ham yuksak baxt bölmasligiga işonaman. Otam doimo halol va mehnatkaş bölişni örgatib keldi.
Oilamiz haqida söz ketsa, unda aziz onajonimning örni ulkandir. Çunki onajonim otamning köp yillik umri maktab ostonalarida ötganida hamnafas va kömakdoş böldi. Bir umr farzandlar tarbiyasi va oila taşvişlari, quvonçlari bilan yaşadi. Otam – Barot Suyundiqov va onam – Muxtasam Suyundiqovalar qirq yildan ziyod umr dovonlaridan birgalikda oşdilar.
Biz oilada olti nafar farzandmiz. Barçamiz otamiz va onamiz bergan tarbiya va taʼlimdan bir umrga minnatdormiz. Negaki, ular bizga mehr-muhabbatli, oqibatli, öz oilasi va farzandlariga sadoqatli böliş lozimligini uqtirdilar, oilani yanada mustahkamlaşda ota-onaning roli, vazifalarini anglatib keldilar, ularning hayot yöllari biz uçun hamişa katta maktab sanaladi.
Otajon, Siz umringizning qirq yildan oşiğini maktabga, maʼrifatga bağişladingiz. Imonim komilki, neça-neça avlodlar ongida siz yoqqan ilm çiroği öçmaydi va ular sizni doimo hurmat-ehtirom bilan ustoz degan muborak nom ila tilga oladilar. Öqituvçilik kasbi mening ham qonimda bor, bu – sizdan ötgan, ota. Şoirtabiatlik esa balkim onamdan yuqqandir… Çunki men bolaligim, yoşligimdan to bugungaça onamning ajoyib ötli xotiralarini, eslarida qolgan xalq qöşiqlari va şeʼrlarini hayajon bilan eslayman, ulardan olam-olam zavq va maʼno uqaman.
TALABALIK – KATTA MAKTAB
Maktabni bitirgan yilim (1974) hozirgi Özbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining kunduzgi bölimiga hujjatlarimni topşirganman, 1 ball yetmay, mandatdan ötolmaganman. Bilimimga şu qadar işonganmanki, meni Toşkentga olib kelib, yaqin döstining oilasinikida imtihonlarni topşirgunça turadi, deb kutgan otam qaytgaç, imtihon komissiyasiga kirganmiz, tekşirtirganmiz. Inşodan “4” olgan ekanman. Heç esimdan çiqmaydi – ikkita imlo xato çiqqan. Komissiyadagilar yöllanma beramiz, agar Toşkent töqimaçilik kombinatiga işga kirsa, keçki öqişga qabul qilamiz, deyişgan. Otam “Iş özimizdayam topiladi”, deb uyga, Payariqqa qaytganmiz.
Birinçi kasbim – matn teruvçilik bölgan. Otam meni örgansin deb tuman xalq bölimidagi ortiqça turgan maşinkalardan birini bir haftaga sörab olib kelib, uyda yozişni örgan, degan. Men nimani yozaman, desam, onam “Şeʼrlaringni köçir”, degan. Otam bir töplam arzon sariq qoğozdan sotib olib kelgan. Bir hafta deganda yozişni örganib, köçirganlarimni tuman gazetasiga özim olib borib berganman, viloyat va respublika naşrlariga poçta orqali jönatganman. Bu iş menga hozirga qadar yoqadi. Bugungi kunda ham matn köçiriş – sevimli maşğulotim.
Şunday qilib, ilk iş faoliyatimni tuman Xalq taʼlimi bölimida matn köçiruvçi sifatida boşlaganman. Ikkinçi yil ham yana öşa universitetga, öşa fakultetga imtihon topşirganman. Lekin yana mandatdan ötolmadim. Qattiq xafa böldim, ehtimol, bu yil ham meni Toşkentga yana özi olib kelgan otam oldida ovoz çiqarolmay, içimda yiğlagandirman…
Talabalar şaharçasidagi tamaddixonalarning birida ovqatlanib bölgaç, otam menga “Yur, bir joyni körsataman senga”, degan. Bu – universitetga yaqinroqda joylaşgan öşa paytdagi Toşkent madaniyat texnikumi ekan. U yerda ham öqişga qabul jarayonlari ketayotgan payt. Otam: “Şu yerga kutubxonaşunoslik bölimiga öqişga kirasan. Imtihon topşirişing şartmas. Universitet ballari, imtihonlari – tarix va adabiyot fanidan – yetarli, ötadi”, – degan.
Ikki yil davomida kitoblar, kutubxonalar bilan çambarças boğlandim. Öquv dargohini aʼlo darajada tugallab, şeʼrlarim ham respublika matbuotida tez-tez çiqa boşlagan kunlarning birida nutq madaniyati öqituvçimiz Mavjuda opa Valiyeva: “Oygul, Yozuvçilar uyuşmasiga olib boraman seni. Tadbirlarga qatnaşasan, u yerda katta şoir va şoiralar, yozuvçilar işlaydi. Şeʼrlaringni körsatamiz”, – deganlarida boşim köklarga yetgan. Metroning hozirgi Amir Temur maydoni bekatidan çiqqan joydagi Uyuşma binosiga olib borgan va Özbekiston xalq şoiri ustoz Turob Töla huzuriga kirganmiz. Mavjuda opa meni şoira öquvçim deb taniştirgan. Keyinçalik ustozning şeʼrlarim xususidagi fikrlari “Şarq yulduzi” jurnalida şeʼrlarim bilan birga berilgan.
Öqituvçim Mavjuda opa meni juda yaxşi körardi, adabiyotga, şeʼriyatga ixlosi baland edi. Bir kuni “Yana Uyuşmaga boramiz. Ajoyib, kutilmagan yangilik bor”, deb qoldi. Ustoz Turob Töla bilan suhbatga olib borgan edilar öşanda. Ustoz rus tilini qay darajada bilişimni söradilar. Men bu tilni boşqa fanlar singari öqituvçimiz Olga Zaxarovna Makarovadan qunt bilan örganganman. Bu tilda ravon öqiş, xatosiz yoziş, badiiy gapirişga harakat qilardim. Maktabni aʼlo baholarga muvaffaqiyatli tugalladim. Şu örinda onamning bir gapi – aslida, bu tarbiya edi, – sira yodimdan çiqmaydi: “Yaxşi öqinglar, aʼlo öqinglar. Bölmasa, otangiz ham öqituvçi, ham maktab direktori böla turib, boşqa bolalardan yaxşi öqişlari kerakligini qanday talab qila oladi?!” Şu bir oğiz gap menga maktabda ham, texnikumda ham, institutda ham dars bölgan. Onam aytganidek, men çinakam muallimning qizi edim!
Öşa paytda Uyuşma tomonidan yöllanma orqali Moskvaga, Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga yoş ijodkorlarning ijodlaridan namunalar özbek tilidan rus tiliga sözma-söz tarjima yoki badiiy tarjima tarzida yuborilar, öşa yilgi (1980) tanlovda mening ham şeʼrlarim yaxşi baholar olib, imtihon topşiriş uçun Moskvaga çaqirildim.
Universitetning jurnalistika fakulteti sirtqi bölimiga kiriş uçun (otamning sözini ikki qilolmay) imtihonga tayyorlanib turgan kezlarim bu xuşxabar meni osmonlarga çiqarib qöydi. Samarqandga, uyga uçdim! Otam ham, onam ham, butun oilamiz uçun bu xuşxabar bayramga aylanib ketdi.
Imtihon juda yengil va oddiy ötgan: diktant, rus adabiyotidan – Puşkinning “Men sizni sevardim” şeʼrini ifodali tarzda ham asliyatini, ham özbek tilidagi tarjimasini yoddan öqib berganman; tarixdan – Samarqand haqida bilganlarimni aytganman. Asosiy imtihon – ijodiy tanlov edi.
Beş yillik talabalik yillarim şeʼrlarimga, yurt soğinçiga, ilk kitoblarimga aylandi. Institutda katta va bilimdon, tajribali va ustoz şoir-yozuvçilardan yuksak saviyada bilim oldik. Biz – yoş ijodkorlar, şoiralar, yozuvçilar, dramaturglar, tarjimonlarning yuragida ulkan Adabiyot degan söz yaşardi, mana şu sözning qudrati bizni bir-birimizga, millatimizdan qatʼi nazar, döst etdi, şoir qildi, adib darajasiga yetkazdi.
Biz – kursdoşlar tez-tez maşhur va sevimli Yasnaya Polyana, Petrograd va Volga daryosi böylariga sayohatga çiqardik. Moskva-rekada sayr etiş maroqli edi, hayajonlantirardi. Ermitajni aylaniş – dunyoni aylaniş, anglaş, his etiş edi, aslida. Moskva teatrlari, muzeylar, kutubxonalardan imkon qadar bahra olib qolişga, zavqlanişga, örganişga intilardik. Institutda uluğ söz ustalari bilan ötkazilgan har bir adabiy keça, uçraşuv, suhbatlar hamon yodimda.
Örmonlar tabiatning har bir faslida şu qadar gözallaşar ediki, bu chiroyni faqat köriş, his etiş, şamollar, xayollar bilan birga keziş kerak edi. Bunday paytlarda qölimizdan faqat hayrat oğuşida şeʼrlar yoziş kelardi, xolos.
Ayniqsa, kaştanlar gullaganda Kiyev şahrining betakror gözalligi, sarxuş havosi barçamizni hayratga solgan. Uruş körgan joylar va yodgorliklarni ziyorat qilganmiz, Dnepr daryosida paroxodda suziş, tölqinlar mavjlari, şovullaşi unutilmas taassurotlar uyğotgan. Talabalik yillari unutilmasligining muhim jihati – u yoşliging bağrida keçadi. Yoşlik esa – umrning betakror va bebaho gulgun davri. Sen unga bolaligingdan dilbar orzular ila intilib yaşaysan. Umring ötgani sayin yoşlik soğinçi tiniqlaşib, ulkanlaşib, seni yoruğ xotiralar sari yetaklaydi, yuraging tölqinlanadi, tuyğular yolqinlanadi. Yoşligingni har bir lahzasi iç-içingdan kökdan tökilganday soçiladi, tovlanadi. Soğinç – hamişa gözal!
TARJIMA – BESARHAD SANʼAT VA IJOD
Men tarjima olami bilan institutda öqib yurgan birinçi kunlarim, birinçi yillarimdanoq tanişganman. Bugungi kunga kelib, tarjima men uçun ijod dunyosiga aylandi. Tarjima, aslida, kitob mutolaasidan tuğiladi. Öqiysan, uqiysan, ruhingda, qalbingda, qalamingda şunday olam yaraladiki, sen undan umrbod ayrila olmaysan. Bu menda şunday keçdi, hali-hanuz şunday keçmoqda.
Tahsil davrida institut kutubxonasidan Aleksandr Blok, Anna Axmatova, Marina Svetayeva, Nikolay Gumilyov kabi köplab kumuş asr şeʼriyatining asl namoyandalari olamiga kirib bordim. Ilk tarjimamda Aleksandr Blok şeʼrlariga qöl urganganman. Yuqorida tilga olganim – rus şoirlari qatorida Ariadna Efron (Marina Svetayevaning qizi), Örxon Pomuq, Leonardo da Vinçi, Ivan Bunin, Sergey Yesenin, Lev Tolstoy (bolalarga atalgan hikoyalari), Gogol maktublari, Mixail Prişvin, Avetik Isaakyan, Konstantin Paustovskiy, Aleksandr Kuprin singari juda köplab rus va jahon adabiyotidan qilgan va bugungi kunda ham davom etayotgan tarjimalarim “Jahon adabiyoti”, “Yoşlik”, Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Adabiyot ziyosi”, “Şarq yulduzi” kabi naşrlar, adabiy töplamlar va “Ufqlar yonganda” (1986), “Umr kuylari” (1986), “Eʼtiqod” (1990), “Zumrad tomçilar” (2013), “Könglim kengliklari” (2019), “Sevinç” (2021) kabi şeʼriy kitoblarimga kiritilgan. Ayniqsa, “Özbekiston” naşriyoti tomonidan çop etilgan “Rus adabiyoti durdonalari” seriyasidagi 100 jildlikning önga yaqin kitoblarida deyarli barça tarjimalarim (şeʼriy va nasriy) joy olgani men uçun şarafdir, quvonçdir.
Ehtimol, ummonning tubi bordir, yerning ham çegaralari mavjuddir, hatto osmonning ham oxiriga yetib borib bölar, lekin tarjima – besarhad sanʼat va ijod. Biz unda nafaqat boşqa mamlakat va xalq, qolaversa, ularning tabiat gözalliklari, tili, odamlar hayoti, tarixi, buguni bilan yuzlaşib, jozibasi va sehr-u sinoatlariga singib boramiz, balki, eng avvalo, özimizda yangidan-yangi ruhiyat kengliklarini kaşf etamiz.
Dunyoda yagona tarjima xaritasi mavjud emas. Çunki har bir millat va xalq öz imkoni, eʼtiqodi va isteʼdodi darajasida tarjima bilan şuğullanadi. Tarjima quvvatini aniqlaşda tarjimon qobiliyati, darajasi, saviyasi nihoyatda muhim örin egallaydi. Deylik, biron bir asar ikkinçi tilga asl nusxasiga nisbatan böşroq ağdarilgan bölsa, bu tilning yoki asarning qusuri emas, aksinça, tarjimonning uquvsizligidan darak beradi. Şu bois har bir tarjima asarining muvaffaqqiyati tarjimonning isteʼdodi bilan belgilanadi.
Badiiy tarjima badiiy ijoddir. Tarjimon mavjud asarga yangi hayot bağişlaydi. Asliyat bilan tarjima örtasida farq kamroq sezilganda, köringanda, agar maxsus körsatib, aytib ötilmasa, tarjima ekanligi bilinmaydigan asarlar jahon, xususan, özbek tarjimaçiligida köplab uçraydi. Bu tarjimondan katta mahorat talab etadi. Tarjimon ham şoir yoki adib, lekin u özga tildagi muallif asari bilan işlamoqda, töğriroği, u bilan birga yaşamoqda.
Tarjimon hamişa eng yaxşi kitobxon bölib qolişi zarur. Şundagina asliyat ham, tarjima asari ham birday ahamiyat kasb etadi, ular egizakdirlar; birini ikkinçisidan baland qöyib bölmaydi.
UMR YÖLI KITOBDIR
Umr yöli kitobdir, uning ijodkori ham, qahramoni ham, joni ham, qoni ham – özing. Har bir lahzang – Söz; sen bilgan har bir inson – tirik dunyo; şu insonlar bilan ötgan har daming va suhbatlaring – saboq. Sen tuğilib ösgan ota uying, oilang, farzandlaring – dunyoda bandan ortiq Baxtning özi yöq, izlama! Şu oilangda yaşa, uni tingla va sev, nasib etsa, uning, yaʼni oilangni ardoqlariga munosib böl. Mana şu hikmat ikki dunyo saodatiga olib boradi.
Uzoq yillar tumanimizdagi maktablardan birida öqituvçilik qilişimga ham otam sababçi bölgan. Men institutni bitirib kelgan yilim otam-onam roziligi bilan ularning könglidagiday oilaga kelin bölib tuşdim. Toşkentga borib yaşaş va işlaş rejalarim qolib ketdi… Heç bölmasa, tuman gazetasida işlay deb harakat qilayotganimda, otam-onam bilan qurgan suhbatlarimizda: “Qizim, gazetada işlaş – yaxşi, mutaxassisliging bor, ijodkorsan, şoirasan. Lekin uning maşaqqatlari bor. Endi oilalisan. Tuman katta. Jurnalist bölganingdan keyin olis-yaqin qişloqlar, xöjaliklarga borib, odamlar bilan uçraşib, maqolalar tayyorlaşing kerak. Yöllari seni çarçatib qöyadi, deb öylayapman. Qiynalasan. Transport ham hamişa önğay kelmaydi. Keç qolib ketsang, oilang ham xavotir oladimi, deyman-da… Uylaringning yonida, bir qadam joy, maktab bor, şu yerda dars bersang ham böladi…” – degandi otam. Onam ham otamni qöllab-quvvatlagan. Men ikkalasiga ham har tomonni öylab, eʼtiroz bildirolmadim. Otam töğri yölni körsatdi, deb qabul qildim va kelin bölib tuşgan joydagi maktabda rus tili va adabiyoti, özbek tili va adabiyoti fanlaridan öquvçilarga dars berdim. Ijodimni töxtatmadim. Tuman, viloyat, respublika matbuotida muntazam qatnaşib turdim, ijodkor öqituvçilarning Sirdaryo, Farğona va Toşkentda bölib ötgan anjumanlarida iştirok etdim; bu orada kitoblarim Toşkentda çop etildi.
1999-yili oilamiz bilan Toşkentga köçib kelganimizda hayotimning mazmuni va quvonçi – uç qizim tuğilib, voyaga yetişgan edi. Nafaqaga çiqqunga qadar “Saodat”, “Soğlom avlod uçun”, “Ğunça” jurnallari, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda, nafaqadan söng esa – Qibrayda hovli-joy qilib yaşab qolganimiz tufaylidir – “Qibray sadosi” gazetasida köp yillar faoliyat körsatdim. Toşkent adabiy muhiti menga Özbekiston xalq şoiri ustoz Oydin Hojiyeva bilan birga işlaş, saboqlarini tinglaş, Özbekiston xalk şoiri ustoz Halima Xudoyberdiyeva va Zulfiyaxonimning qizi olima Hulkar Olimjonovaning suhbatlarini oliş baxtini berdi.
Bolaligimdan to hozirga qadar otamday toğim, onamday boğim, sadoqatli döstlarim – kitoblarim bilan baxtliman. Otam davrida kitoblardan taşqari uy kutubxonamizda “Öqituvçi” gazetasi va “Fan va turmuş” jurnali taxlanib turardi. Bu naşrlarga otam nafaqaga çiqqanlaridan söng ham obuna bölardi. Biz ham ularni qiziqib öqirdik. Ehtimol, öşanda kitobga mehrim va hurmatim yuragim tubidan joy olgan, vaqti-soati kelib, özimning ham şaxsiy boy va juda katta kutubxonam bölişini orzulagandirman…
Boisi, kitob – quyoş! U hamişa şuurimizni yoritadi, könglimizni poklaydi, ruhiyatimizni kengaytiradi. Har bir söz va satrlarda yurak haroratlarini sezamiz, hayotga muhabbat, dunyoni köriş saodatiga muşarraf bölamiz. Yaratilgan va kelajakda yaratiladigan texnikaviy ğaroyibot va ajoyibotlarning onasi ham, otasi ham bilim va kitobdir. U bizning sadoqatli va sevimli döstimiz. Undan hamişa hayratlanamiz, örganamiz, mehriga taşnamiz. Çunki u bizga hayotning ilk aşulasi – alla kabi onamizning tillaridan umrimizga tökilgan. Biz uni farzandlarimiz, avlodlarimizga yetkazişdan ilhomlanib yaşayotirmiz. Kitoblar birinçi örgangan harfimizday ardoqli, şu harflarni örgatgan mukarram ustoz. U – aytib ado qilolmas ertagimizday gözal.
Talabalik va öqituvçilik davrimda köproq kitob yiqqanman, hozirgi kunda ham kutubxonamni boyitib boriş kundalik işim, ehtiyojim. Bir söz bilan aytganda, bolaligimdan menga kitoblar, qalam, şeʼriyat, ijod deb atalmiş neʼmat nasib etganiga benihoya şukronalar keltiraman. Xuddi şu şukronalik – çeksiz baxtim, umrim gözalligi.
Kitob ertangi kunimizning sahifalaridir. Ularni biz va avlodlarimiz yozayotir, yozajaklar. Bu taʼriflarning adoği körinmaydi. Şubhasiz, adabiyot sahni keng, ufqlari çeksiz, boğlari tarovatli, toğlari osmonöpar, daryolari şiddatkor, şamollari uçqur. Şunday olam aro olam-olam kitoblar yaratilayotgan ekan, ularning öquvçisiga aylanaylik. Kitob öqiylik, köproq va hamişa öqiylik!
Oygul SUYUNDIQOVA
1957-yili Samarqand viloyati Payariq tumanida tuğilgan. Moskvadagi Gorkiy nomli Adabiyot institutida tahsil olgan. Ufqlar yonganda”, “Umr kuylari”, “Eʼtiqod”, “Zumrad tomçilar”, “Könglim kengliklari”, “Sevinç” kabi şeʼriy kitoblari naşr etilgan. Aleksandr Blok, Anna Axmatova, Marina svetayeva, Nikolay Gumilyov, Ariadna Efron, Örxon Pomuq, Leonardo da Vinçi, Ivan Bunin, Sergey Yesenin, Lev Tolstoy, Gogol, Mixail Prişvin, Avetik Isaakyan, Konstantin Paustovskiy, Aleksandr Kuprin singari jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini özbek tiliga ögirgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi.
2025/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


