Hayotning har bir lahzasidan oqilona foydalaniş, undan havoyi lazzat emas, çinakam zavq, surur izlab yaşaş odamni kamolga yetkazadi. Ana şu oddiy haqiqatni anglab yetgan inson heç qaçon kam bölmaydi.
Ammo, afsuski, buni tuşunmagan, giyohvandlik, içkilikbozlik kabi maşʼum illatga duçor bölib, gulday umrini xazon qilayotgan insonlar ham bor. Eng yomoni, ularning katta qismini kelajak egalari bölmiş yoşlar taşkil qiladi. Narkomaniya va narkobiznesga qarşi kuraş xalqaro assotsiatsiyasining maʼlumotlariga qaraganda, bugungi kunda dunyodagi giyohvand erkaklarning örtaça yoşi 31, ayollarniki esa 28 ni taşkil qiladi. Ularning 77 foizi 39 yoşdan katta bölmagan şaxslar bölib, yarmidan köproği 15–19 yoşli ösmirlardir.
Bu raqamlar ortida turgan yoşlarning qismati haqida öylarkansiz, dahşatga tuşasiz. Axir, ön beş yoşdan ön töqqiz yoşgaça bölgan muddat umrning ayni bahori emasmi? Bu davrda yoş köngilda yoruğ orzular, nurafşon tilaklar çeçak yozmaydimi? Kelajakning umidbaxş kaşfiyotlari yoşlikning beğubor kurtaklariga jo bölgan-ku. Gulğunçalarning oçilmay turib xazonga aylanişidan ortiq baxtsizlik bormi?!
Şu örinda savol tuğiladi: ösmir yoşlarni giyohvandlikka yetaklovçi omillar nimalardan iborat? Avvalo, şuni aytiş kerakki, navqiron qalb egasi hali oq-qorani aniq farqlaydigan, hayot haqidagi tasavvuri yetarliça şakllangan şaxs bölmaydi. Qiziquvçanlik, ruhiy taʼsirçanlik ham ösmirlarga xos jihatlardir. Bundan taşqari, ular tezroq ulğayişni, tengdoşlaridan ajralib turişni, öz muammolarini mustaqil ravişda hal qilişni xohlaydilar. Ammo hali hayotiy tajribasi yetmagani tufayli möylabi endi sabza urgan yigitça yoki baloğat ostonasidagi qiz zararli odatlar muammolarni yeçişga emas, aksinça köpaytirişga xizmat qilişini idrok etmaydi. Bunday xavfli “ulğayiş”, oxir-oqibat, ösmir yigit-qiz uçun halokatga aylanadi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, yoşlarni giyohvandlik domiga tortadigan eng xavfli tuzoq – yolğon lazzatdir. Ilk bor bu lazzatni tuygan ösmir göyo özini sirli olamga tuşib qolganday his qiladi. Bu lazzat oniy va ötkinçiligi, sarob ekani tezda namoyon böladi-yu, unga boğlangan kişi yana öşa hissiyotlarni qömsayveradi. Natijada asta-sekin özini ajal çohiga sudraydigan baloga mute, tobe holatga keladi.
Tibbiyot xodimlarining tahliliga köra, giyohvandlik yuqori asab tizimini qözğatib, işdan çiqargaç, insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga putur yetkazadi. Şuningdek, organizmdagi moddalar almaşinuvi jarayoni buziladi va oxir-oqibat butun vujud zaharlanadi. Bora-bora inson organizmi bunday moddalarni isteʼmol qilmasa çiday olmaydigan bölib qoladi, qisman yoki butunlay işdan çiqadi.
Bu illatga yetaklaydigan yana bir omil – ösmirning giyohvand “döst”larga yöliqişidir. Ayniqsa, öz yaqinlari bilan muloqotda baʼzi muammolarga ega yoşlar bunday davralarda özlarini erkin sezişadi. Göyo giyohvand “döst”lari ularni yaxşi tuşunadiganday, oilada, boşqa joyda hal bölmagan muammolari şular davrasida oson yeçiladiganday tuyuladi. Aslida örgimçak töriga tuşgan kapalakning holi qanday bölsa, uniki bundan battarroq ekani xayoliga kelmaydi.
Yana bir omil – farzandning oilada öta tantiq, erka bölib ösişi, hayotni faqat kayf-safodan iborat, inson bu dunyoga faqat nafsoniy lazzatlaniş uçun keladi, deb tuşunişi ham sabab böladi. Bunday hol köproq öziga töq, moddiy farovon oilalarda kuzatiladi. Havoyi xayollar girdobidagi ösmir öziga öxşagan tantiq yoşlar davrasida yetakçi bölişni, ulardan ustunroq mavqe qozonişni istab, turli uslublarni qöllaydi. Jumladan, spirtli içimliklar içib, giyohvand moddalarni qabul qiliş ham göyo ularga ustunlik beradiganday tuyuladi. Tajribasiz köngil va ruhiyat ölim bilan öyin boşlaganini va bu öyinda aksariyat hollarda ajal ğolib kelişini idrok etolmaydi.
Eng yomoni, asrlar mobaynida ezgulik, gözallikni tarğib qilib kelgan adabiyot va sanʼatning ayrim namunalari bugun dunyoda maʼnaviy buzuqlikni, tubanlikka yetaklovçi har xil illatlarni, jumladan, giyohvandlikni ham tarğib qilayotgani kişini öylantirib qöyadi. Baʼzi xorijiy kinofilmlar, badiiy asarlarda giyohvandlikning “sehrli” olami rangin böyoqlarda, ilhom bilan tasvirlanadiki, qiziquvçan, fikri hali qatʼiy şakllanmagan yoşlar beixtiyor özlarini asar qahramonlari örnida tasavvur qilib körişadi. Öz-özidan savol tuğiladi: xöş, bunday “asar”larni yaratişdan muddao nima? Sanʼatning beqiyos sehru jozibasi orqali yoşlarning ongosti dunyosidagi nozik hissiyotlarni qitiqlab, ularni zalolat botqoğiga, zavol çohiga yetaklab borişmi? Agar şunday bölsa, bundan kim manfaatdor? Savolning javobi maʼlum: manfaatdor qatlam – bu jirkanç biznes boşida turgan yovuz kuçlar. Ular özlarining qabih savdosini gullatiş uçun eng zamonaviy vositalardan unumli foydalanişmoqda. Jumladan, internetning butun dunyoni qamrab olgan törlari ham şular jumlasidandir. Bugun çet ellarda giyohvand moddalarni tarğib qiluvçi, ularning savdosini uyuştiruvçi saytlarning borligi odamni öyga toldiradi. Sevgan farzandimizning qöliga keng imkoniyatga ega aloqa vositalarini berarkanmiz, ayni paytda uni qanday xavf bilan yuzma-yuz qoldirayotganimizni ham öylab körişimiz kerak.
– Gulday bolamni “oq ajal” öz domiga tortib ketdi, – deydi Şohsanam opa köziga yoş olib. – Biz uning bu baloga qanday duçor bölganini payqamay ham qolibmiz. Bolam avvaliga uyqusizlikka yöliqdi. Keyin iştahasi yöqolib, quvvatsizlana boşladi, ozib ketdi. Böğimlari zirqirab oğrir, tirişib qolardi. Döxtirga körsatay desam, könmasdi. Uydan buyumlar yöqola boşlaganini payqab qoldim. Şundan könglim bir nimani sezib, bolamni kuzatişga tuşdim. Afsuski, unga eʼtibor bera boşlaganimda, keç bölgandi. U giyohvandlik kasaliga yöliqib bölgan ekan. Davolatay desam, könmadi. Endi uydagilar bilan janjal qilib, buyumlarni oşkora olib çiqib sotişga ötdi. “Öşandan topib bermasanglar, ölib qolaman”, deb dodlar edi. Vaziyat şu darajaga yetdiki, öz bolam bölsa-da, hatto uning ölimiga rozi bölib qoldim. Ota-onalarga maslahatim, heç qaçon bolasining tarbiyasiga, xatti-harakatlariga eʼtiborsiz bölmasinlar, keyin men kabi yer muştlab qolmasinlar.
Afsuski, mana şunday bağri qonga tölgan onalar, umri xazon bölgan yoşlar, nogiron tuğilib, umr böyi aziyat çekib yaşagan bolalar, baxti boylangan qizlarni köra-bila turib, nafs ilinjida “ajal oğusi” oldi-sotdisi bilan şuğullanayotgan, arzimagan pul evaziga uni yaşirinça çegaradan olib ötişga urinayotgan vijdonsiz kimsalar bor. Yer yuzida giyohvandlik vositalarining katta miqdorda yetiştirilayotgani va sayyoramiz böylab şiddat bilan tarqalayotgani öz kelajagi uçun qayğuradigan har bir millatni taşvişga solişi şubhasiz. Yurtimizda bu illatga qarşi keskin kuraş olib borilyapti. Ammo bir narsani heç qaçon esdan çiqarmaslik zarur: bu kuraş faqat huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining emas, keng jamoatçilikning, har birimizning muhim vazifamizdir. Şu bois yoşlarimizda giyohvand moddalarga qiziqişning ilk belgilari (masalan, farzandimizning bizdan bekitib sigareta çekişi) sezildimi, darrov uning oldini olişga harakat qilişimiz, dilbandlarimizga kerak payti ğamxör sirdoş, kerak payti qattiqqöl nigohbon bölib, ularning kelajagini har xil xavf-xatarlardan himoya qilişimiz zarur. Zero, bizning baxtimiz, eng avvalo, farzandlarimizning baxti bilan çambarças boğliqdir.
Qumri Taştanova,
Yangiyöl tuman 6-son davlat notarial idorasi notariusi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


