Onajon
Vaqt tezligi oşdi, onajon,
Hanuz sizga yetolmadim men.
Şahar közim oçdi, onajon,
Lek köz yumib ketolmadim men.
Hijron yöli bunçayam uzun,
Ötib borar yil ortidan yil.
Ketaylik deb yiğlaydi har kun
Sizni mendan köp soğingan dil.
Dunyosidan kim foyda körgan,
Ustun qöyib hoyu havasni.
Sizdan olis yurganim-yurgan,
Keçiring men orzuparastni.
Şukur, könglim könglingizdek oq,
Faqat sizga öxşayman endi.
Yuragimga berkingan qişloq,
Yuragimda yaşayman endi.
***
Maysaning joniga bermaydi orom
Tezroq yerni yorib çiqmoq istagi.
Garçi keng osmonga poyon yöq, poyon,
Manzilga şoşilar quşlar kökdagi.
Qarangki, ildizdan yulduzga qadar
Har jon tiriklikdan axtarar maʼni.
Mening hayratimni oşirar battar
Bemaqsad odamning yaşayotgani.
Men – Sen
Men haliyam orzuparastman,
Men haliyam xayolga bandi.
Bir kun kelib xuddi özingni
Köraman deb öylamagandim.
Menga bundan ortiği ortiq,
Huzuringda karaxtman, karaxt.
Sen – men uçun dahşatli şodlik,
Sen – men uçun qörqinçli baxt.
…ga
Vatanini qömsagan yurakday
Soğinaman sizni,
Onasiga içikkan gödakday
Soğinaman sizni,
Faqat soğiniş kerakday
Soğinaman sizni,
Siz-çi?
Men ketib boraman,
Siz jim qolasiz.
Ğurur otliğ yurtda hokim qolasiz,
Balki bundan baxtli yaşay olasiz,
Biz-çi?
Şaharda hamma yoq sayt, elektron,
Soğinç haqidagi qayd – elektron.
Qayğu – elektron, dard – elektron,
His-çi?
Qişloqda tuyğu bor, yana… siz borsiz,
Siz menga baquvvat daraxt misolsiz.
Daraxtin soğinib yiğlar majolsiz
Quşça…
Tilak
Özingizni ehtiyot qilmang,
Azoblaning, seving, soğining.
Hamma guli qirmizi, qonrang,
Yarmi tikon bu işq boğining.
Ruhingizga bedorlik darkor,
Yuragingiz bezovta ursin.
Qarang, hatto oyning doği bor,
O, dardsizlik, doğsizlik qursin.
Iztirobni muqaddas biling,
Baʼzan tölib, tökilib yiğlang.
Muhabbatni ehtiyot qiling,
Özingizni ehtiyot qilmang!
***
Faqat sözdir taskinu daldam,
Faqat sözdir tilloyu zarim.
Asrab qolgay qoronğulardan
Yop-yoruğ şeʼrlarim.
Avvallari tirik sözlarning
Tomoğidan xippa böğilgan.
Yörgaklaydi tong – doya ona
Şeʼrlarimni – yangi tuğilgan.
Endi erkin nafas ol, yurak,
Endi senga tugal baxt berar.
Ozodlikda dunyoga kelib,
Ozodlikda tuğilgan şeʼrlar.
Közingizni yumib turing
Yöllaringiz barno-barno gulga tölgan,
Mening esa köksim tölgan işqqa, raşkka.
Sizga töyib termulmoqçi bölaman-u,
Yurak qurğur betlamaydi tik qaraşga.
Bir lahzaga töxtab qolsin nafasimiz,
Izhorlarni dilingizga kömib turing.
Men ming yillar orzu qilgan yuzingizga
Qarab olay, közingizni yumib turing.
***
Men senga nokerak bölsam mabodo,
Yoningda qolişga rozi emasman.
Yoruğlik bor joyda, quyoş bor joyda
Şam bölib yonişga rozi emasman.
***
Bilmayman, ketyapman özi qayerga?
Nega kelganimni bilsaydim, koşki.
Garçi otlanganman uzo-oq safarga,
Heç narsa olmadim vijdondan boşqa.
Mehrinoz ABBOSOVA
1995-yili tuğilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tavsiyasi bilan “Men yoşlikman”, “Yulduzrang qöşiqlar” nomli kitoblari çop etilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.
Hozirda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olmoqda.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida