10 daqiqada öqiladi

131 marta körilgan

Hermann Hesse yurgan yöllarda…

Hermann Hesse

Şu yilning 21-23-iyun kunlari ançadan beri rejalaştirilgan Germaniyaning Baden-Vyurttemberg fede­ral yerida maşhur yozuvçi, Nobel mukofoti  sohibi Hermann Hesse (1877–1962) yaşagan, ijod qilgan şaharlarda bölib, adib yurgan yöllardan, köçalardan yurib, yozuv­çining hayot va ijod yöliga nazar solişga muvaffaq böldim. Bir lahza bölsa-da, yozuvçi yaşagan muhitga tuşişga, asarlarida tasvirlangan holatlarni tuşunişga harakat qildim.

Safarimizni Hermann Hesse tuğilgan Kalv şahridan boşladik. Şvarsvald örmonlarining şimoliy qismida, Nagold daryosining böyida joylaşgan bu şahar özining gözal tabiati, tarixiy, sinç devorli uylari bilan nafaqat Germaniyada, balki Yevropada alohida örin tutadigan şaharlardan bölgani uçun YuNESKOning Jahon madaniy merosiga kiritilgan. Qolaversa, şahar XX asr 40-yillarining oxiriga qadar umuman rad etilgan hamda adabiyot ixlosmandlariga tavsiya etilmagan yozuvçi­ning tuğilgan şahri sifatida ham eʼtiborga va eʼtirofga loyiqdir. Yana bir narsani alohida taʼkidlab ötiş joizki, Hermann Hesse Kalv şahrida dunyoga kelgan bölsa-da, uning oilasi asli bu yerlik bölmagani uçun kalvlik oila sifatida umuman qabul qilinmagan. Hermann Hesse 1946-yil Nobel mukofotini olgandan söng, şahar ahli adibni rasman qabul qiladi va yozuvçi bilan faxrlanişni boşlaydi. Hatto şahar nomi yoziladigan taxtaçaga ham Hermann-Hesse şahri Kalv deb yozilgan.

Şaharga yetib kelişimiz bilan şunçalik darajada sabrsizlikdan mehmonxonaga ham joylaşmasdan, birinçi Hesse tuğilgan uyni tezroq körişga oşiqdik.

Marktplats (Bozor maydoni) köçasi 6-uy manzilidagi uşbu bino 1692-yil Yohann Konrad Moseter tomonidan bunyod etilgan. 1697-yilda esa bu binoni Kristof Mayer sotib olib, birinçi qavatda dastlabki attorlik mollari savdo dökonini oçdi va şundan beri bu yerda savdo tarmoği rivoj topmoq­da. Bino bir neçta savdogarlar tomonidan sotib olinib va yana qayta sotib yuborilaveradi. 1984-yil 1-yanvardan beri uşbu bino mohir tikuvçi Hermann Şaber oilasiga qaraşli bölib, 1984-yil 4-fevral kuni bu yerda Şaber modalar dökoni öz faoliyatini boşladi. Aynan mana şu dökon joylaşgan binoning yuqori qavatida 1874-yildan 1881-yilga qadar Hesselar oilasi ijarada turgan. 1877-yil 2-iyul kuni mana şu yerda Yohannes va Marie Hesselar nikohidan, bölajak yozuvçi Hermann Hesse dunyoga keladi. Safarimiz davomida bizni iliq kutib olgan janob Piet Şaber katta quvonç bilan özi yaşab turgan uyning tarixiy ahamiyati haqida alohida hikoya qilib berdi. Ayniqsa, Hermann Hesse tuğilgan uyning old qismi 1994-yil tarixiy namunalar böyiça qayta tiklanganini alohida taʼkidladi. 2001-yil esa Hermann Hesse tavalludining 125 yilligi munosabati bilan töliq restavratsiya qi­linganiga ham töxtalib ötdi.

Bundan taşqari Şaberlar oilasi savdodan katta daromad körib işlaşiga qaramasdan, Hermann Hesse ijodiga bölgan hurmat va ada­biyot ixlosmandlarining doimiy taşriflarini rad etmaslik uçun ixtiyoriy ravişda mehmonlarni qabul qiladi hamda bino bilan taniştiradi. 2014-yil aprel oyida keng kölamli restavratsiya işlaridan söng Hermann Hesse tuğilgan xona asl holatiga qaytarildi. Bugungi kunda bu xonada Hesse oilasiga tegişli bölgan baʼzi eks­ponatlar hamda Hermann Hesse tomonidan va adib haqida yozilgan kitoblar, vaqtli matbuot materiallaridan iborat kiçkina körgazma mavjud. Yana eʼtiborli jihati şundaki, bu binoga Hermann Hesse jamiyatining stipendiyasini olib, tarjima va tadqiqot bilan şuğullanuvçilar uçun alohida xonalar ajratilgan. Kalv şahri joylaşuviga köra, juda tinç va ijod qiliş uçun juda qulay şaroitlar taklif qiladigan göşa.

Hermann Hesse tuğilgan xona, oilaviy ötiriladigan joy va yotoqxona hamda Hermann Hesse jamiyati tomonidan beriladigan stipendiyalarni olib, Kalvga taşrif buyuruvçi tarjimon hamda tadqiqotçilar uçun ajratilgan ijodxonalar bilan ham yaqindan tanişdik. Faxriy mehmonlar kitobiga esdalik uçun Hermann Hessening özbekistonlik muxlislari nomidan minnatdorçilik bitigini yozib qoldirdik va şundan söng Ryossle (Rössle) mehmonxonasiga yöl oldik.

Ryossle mehmonxonasining öziga xos tomoni şundaki, yozuvçi Hermann Hesse ham Şveytsariyada yaşagan paytlari özi tuğilgan şaharga taşrif buyurganda mana şu mehmonxonada qolar ekan. Yozuvçiga hurmat yuzasidan mehmonxonaning qavatlarida adibning asarlari bilan ataladigan xonalar ham bor.

Ertasi kuni Kalv şahrining Hermann Hesse va uning oilasi bilan boğliq bölgan barça diqqatga sazovor joylarini, köçalarini, Nagold daryosi böyidagi bir qator uylar, binolarni tomoşa qildik, ayniqsa, adibning bolaligi ötgan, örtoqlari bilan birga qatnagan hamda “tarbiyasi oğir” bolalar qatorida haydalgan çerkov qoşidagi öğil bolalar maktabiga ham taşrif buyurdik.

Aka-ukalari orasida yoş Hermann öz dunyoqaraşi va mukammallikka moyilligi bilan alohida ajralib turgan. Uning beqiyos qobiliyat sohibi bölişi juda erta namoyon böldiki, u bu qobiliyatini özi çizgan suratlarda aks ettirdi. 1881-yil 2-avgustda onasi turmuş örtoği Yohannes Hessega xat yöllab, şunday yozadi: “…Bolamiz tört yoş bölişiga qaramasdan, yoşiga nisbatan köp narsani anglaşini namoyiş etmoqdaki, undan boşqaça inson çiqişi ehtimoldan xoli emas. Bu bola hayotga bölgan talabçanligi bilan alohida ajralib turibdi. Yaratgan bu mağrur odamçani şunday şakllantirsinki, uning timsolida biz eng toza, eng nafis, eng bebaho qalb egasini köramiz. Ammo men öz orzularimdan titrab ketmoq­daman va qörqmoqdaman, biz uni tarbiya qila olamizmi? Uning his-tuyğularini yuzaga çiqara olarmikinmiz?”

1891-yilga kelib, Hesse Maulbronndagi yevangeliya çerkov seminariga stipendiat sifatida qabul qilinadi, ammo u yerdagi tartib va tizim unga yoqmaydi. Şuning uçun u bu seminarni tark etadi va öz oldiga “yo yozuvçi bölaman yo heç kim” degan aniq maqsadni qöyadi.

1895-yildan boşlab Nekar daryosi böyida joylaşgan gözal Tyubingen şahrida kitob sotuvçisi kursiga tanlov eʼlon qilinadi. Tanlovda iştirok etgan Hermann Hesse suhbatlardan muvaffaqiyatli ötib, öqişni boşlaydi. Bir vaqtning özida Xekkenxauer antikvar kitoblar dökonida sotuvçiga şogird sifatida ham iş boşlaydi. Uşbu dökon Tyubingen şahrining qoq markazidagi Xolsmarkt köçasi 5-uyda joylaşgan. Hozirda bu yerda alohida xona ajratilib, Hesse kabineti deb yuritiladi.

1895–1899-yillar Tyubingenda yaşab, işlab, ijod qilib yurgan davrdan boşlab Hessening qoralamalari dunyoga kela boşlaydi. 1898-yil Hessening birinçi şeʼriy töplami “Romantik qöşiqlar” çop etiladi. 1899-yil esa u özining “Yarim tundan sönggi bir soat” nomi ostida nasriy dramalarini çop ettiradi.

Aynan mana şu kabinetda Hermann Hesse jamiyatining Prezidenti, Tyubingendagi Eberxardt va Karl universitetida Hermann Hesse, Bertold Brext va Rayner Maria Rilke ijodida diniy bağrikenglik masalasi böyiça professor, filologiya fanlari doktori Karl-Yozef Kuşel janoblari bilan uçraşdik. Ikki soatlik suhbat davomida professor Kuşel, eng avvalo jahon adabiyoti durdona asarlarida millatlar örtasidagi totuvlik, diniy bağrikeng­lik ma­salalariga eʼtibor qaratdi. Şuningdek, Hermann Hesse asarlarining Özbekistondagi retsepsiyasi, yozuvçining şaxs sifatida tadqiq qilinişi, özbek tiliga qilingan tarjimalarning sifati, tarjimonlar salohiyati haqida fikr yuritildi. Ayniqsa, Hermann Hesse jamiyatining aʼzosi, tarjimon Mirzaali Akbarov tarjima qilgan “Çöl börisi” romani va “Böri” hikoyalarining tarjimalari haqida alohida fikr bildirildi.

Bundan taşqari, Hermann Hesse asarlari qaysi tillarga tarjima qilingan bölsa, öşa davlatlar bilan hamkorlikda “Hesse asarlari jahon böylab” ruknida ilmiy anjumanlar ötkazilişi rejalari haqida ham batafsil fikr almaşildi. Kelgusida Hermann Hesse jamiyati bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universitetlari örtasida imkon qadar il­miy hamkorlik yölga qöyilişi istiqbollari ham suhbat jarayonida tilga olindi.

Tyubingendagi suhbatni yakunlab Bodenzee dengizi böyida joylaşgan Gayenhofen şahriga qarab yöl oldik. Gayenhofen şahri yaqinidagi Radolfsell şaharçasiga yetib bordik. Ertasi kuni Hermann Hesse 1904-yildan 1912-yilgaça erkin ijodkor sifatida yaşagan Hyori yarim orolida joylaşgan Gayenhofen şahriga keldik. Hermann Hesse bu şaharda özining birinçi şaxsiy uyini sotib olgan. Bu vaqtgaça Hermann Hesse 1899–1903-yillar Bazelda kitob sotuvçi va antikvar bölib işlaydi. Biroz tanaffusdan söng 1904-yil uning “Peter Kaminsind” nomli romani naşrdan çiqadi va şu yili 2-avgust kuni Hermann Hesse bazellik fotograf Maria Bernoulli xonimga uylanadi. Ular Gayenhofen şahrida uç öğil köradilar. 1906-yil özining maktabdagi keçinmalarini aks ettirgan “Ğildiraklar ostida” hikoyasini yozadi.  1907–1912-yillar bir qator adiblar bilan birga “März“ (Mart) jur­nalini çiqaradi. U badiiy adabiyot bölimini boşqaradi. 1907-yilda “Bu dunyo” hikoyalar töplamini, 1908-yilda “Qöşnilar” hikoyalar jamlanmasini, 1910-yilda “Gertrud”, 1911-yilda “Yölda” şeʼrlar töplamlarini eʼlon qildi. 1911-yil rassom Hans Ştursenegger bilan birga seylon, Singapur va Sumatraga sayohat qiladi. Bu sayohat uning keyingi ijodiga keskin taʼsir körsatadi. Qolaversa, Gayenhofen şahrida Mia (Maria) va Hermann Hesse özlarining boğ-uylarini ham barpo qilişdi. Ijoddan böş paytlarida, oilasi davrasida vaqt ötkazişni istagan yozuvçi Hermann Hesse mana şu boğ-uyga borardi. Hesse yaşagan birinçi uy muzeyga aylantirilgan va bu yerda Hessening asarlariga, ijodiga, şaxsiy hayotiga qiziqqan ixslosmandlar yiğiladilar. Aynan mana şu muzeyda hesseşunoslar qizğin munozaralar ötkazadilar. Eng qiziği, muzeyga taşrif buyuruvçilar Hessening özi tomonidan öqilgan şeʼrlarni eşitiş imkoniga ega böladilar.

Safarimiz aynan mana şu joyda tugagan bölsa-da, adabiyot ixlosmandlari uçun Hermann Hessening Şveytsariyadagi hayot yölini ham imkon qadar yoritişga harakat qildik.

1912-yil oilasi bilan Şveytsariyaning Bern şahriga köçib ötadi. 1914-yil birinçi jahon uruşi boşlanişi munosabati bilan uruşga borişga qaror qiladi, ammo köriş qobiliyati sustligi bois, uni uruş asirlari bilan işlaş bölimiga yuborişadi. Bu yerda işlaş barobarida Hesse uruşni madh etuvçi vatanparvar şeʼriyatga qarşi fikr bildiradi va uni bir qator yozuvçilar vatan xoiniga çiqarib qöyadilar. Şunda Hesseda  Şveytsariya fuqaroligini qabul qiliş istagi uyğonadi.

1916-yildan boşlab esa, otasining ölimi, öğli Martinning tösatdan oğir kasal bölişi va turmuş örtoğining şizofreniya kasalligiga yöliqişi, qolaversa, sanʼat va fan ahlining uruş tufayli siquvga olinişi Hessega katta zarba böldi. Aynan ana şu keçinmalari
uning “Demian” romanida öz aksini topdi.

1919-yil Hermann Hesse yolğiz özi Montagnolaga köçib ötdi. Bu yerdan turib, Hesse öz öquvçilariga Germaniyani maʼrifiy jihatdan yangilaşga va navbatdagi uruşlarga yöl qöymaslikka undab murojaatlar yozdi.

1922-yil 1911-yilgi Hindiston safaridan ilhomlanib yozilgan “Sitharta” romani naşr qilindi. Bu asarda Hesse braxman öğli Sithart­haning hayot falsafasi oldida lol bölganligini bayon etadi: “Men içimdagi “men”dan-da kuçli sirni angladim”, deydi Hindistonda din peşvolari va diniy hayot bilan töqnaş kelgan Hesse. 1923-yil Hesse Şveytsariya fuqaroligini oladi.1927-yil esa uning “Çöl börisi” romani dunyoga keladi.

1931-yil “Şişali marvarid öyini” (“Biser öyini” deb ham yuritiladi – A.Q.) romani ustida iş boşlaydi va 1943-yil romanni çop ettiradi. Uşbu romanni adib magistr Ludi Iosif Knext hayoti va u qoldirgan qölyozmalarni tasvirlaş uçun uriniş deya taʼriflaydi. Qolaversa, Hesse 1955-yilning yanvarida dösti Pannvisga yozgan xatida şunday deydi: “Men aslida asarim orqali insonlarda mavjud ong va ruhning körinmas qudratini tasvirlaşni niyat qilgandim. Xayolimda bölsa-da kelajak tasvirini gavdalantirişga urindim. Va men özim kutmagan baxtga erişdim”. Bu asar dunyo yuzini körgaç, Hessening köriş qobiliyati ança yomonlaşdi va uning ijodida biroz sustlik vujudga keldi.

1933–1945-yillar Hesse natsistlar tomonidan taʼqib qilinmagan bölsa-da, uning faşizmga bölgan nafrati har bir satrda öz aksini topdi.

1946-yil Mayn daryosi böyidagi Frankfurt şahrining Gyote unvonini va hayotni tarannum etuvçi asarlari uçun Nobel mukofotini oldi.

1947-yil esa unga Bern universiteti faxriy doktori unvoni berildi.

1962-yil 9-avgustda Hermann Hesse Montagnolada vafot etdi.

Hermann Hesse murakkab va serqirra şaxs ekanligi hammamizga maʼlum. Garçi, jahon adabiyoti yozuvçini keçroq eʼtirof etgan bölsa ham, yozuvçidagi şijoat bir lahza sekinlaşmadi. Bor kuç-quvvati bilan ijod qildi. Buni qarangki, XX asrning 50-yillari oxiri Hermann Hesse özi tuğilib ösgan Kalv şahriga taşrif buyuradi. Şunda butun Kalv şahri adibning istiqboliga oşiqadi, ammo yozuvçi bolalik çoğlarida oilasini tan olmagan şahar ahlini körişni istamaydi va mehmonxonadan taşqariga çiqmaydi. Adibning birgina orzusi hali közi oçiqligida özi dunyoga kelgan şaharni tomoşa qiliş, şahar bilan xayrlaşiş edi. Adib vafotidan keyin bir qator şaharlarda, xususan, yozuvçi tuğilgan Kalv şahrida ham yodgorlik sifatida haykal örnatiladi.

2001-yil 8-iyun kuni Kalv şahridagi 1400-yilda barpo etilgan, adib hayotligida sevib sayr qiladigan Nikolaus köprigi ustiga Hermann Hesse tavalludining 125 yilligi munosabati bilan haykaltaroş Kurt Tassotti tomonidan 55 yoşli adib timsolini aks ettirgan bronzadan yasalgan haykal örnatildi. Köprik­ning uzunligi 150-200 metr bölib, haykal köprikning qoq örtasiga joylaşgan. Haykal xarajatlari uçun Kalv şahrida yaşovçilar pul töplab berişdi. Haykaltaroş haykalga “Qoliş va ketiş örtasida” (“Zwischen Verweilen und Aufbruç”) deb nom beradi. Haykalni tomoşa qilgan kişi adibning holatiga turli baho berişi tabiiy. Şaxsan özim haykalga qarab turib, göyo Hermann Hesse özi tuğilgan şaharni oxirgi marta köriş niyatida ortga burilib, vidolaşayotgandek, özi sevgan bozor maydoniga qarab qolgandek, “ikkala oyoği öz ona zaminiga mahkam örnaşgan, lekin ayni paytda qölida şlyapa bilan yurişga tayyor” holatda tasvirlangan, degan xulosaga keldim.

Hermann Hesseni va uning asarlarini his qiliş, tuşuniş, anglaş uçun yozuvçi yoki sanʼatkor böliş şart emas, oddiygina inson bölişning özi yetarlidir. Zero, adabiyot insonşunoslik fanidir.

Abdulaziz Qosimov,

filologiya fanlari böyiça falsafa doktori

 

“Yoşlik” / 2024 / 6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)