Şeʼriyat peşvosi
Dillarni doimo çaroğon etgan,
Millatim deb doston, ğazallar bitgan,
Dovruği butun yurt, olamga yetgan,
Şeʼriyat peşvosi – Navoiy bobom.
Ğazallari ziyo bağişlagandir,
Jannat pok ruhini oğuşlagandir,
Bani başar uni olqişlagandir,
Şeʼriyat peşvosi – Navoiy bobom.
Siz mangu xotira, öçmas nur, izsiz,
Turkiyda, forsiyda quyoşday sözsiz,
Ğazal mulkining ham sultoni sizsiz,
Şeʼriyat peşvosi – Navoiy bobom.
Vatan
Dilda muhabbatim qilaymi xitob,
Izhorlarim bölur bir doston kitob,
Tunlari qalbimni yoritgan oftob,
Qanday bölsang şunday sevaman, vatan.
Ajdodlarim sözin yoqlayman bu kun,
Yurtboşim işonçin oqlayman bu kun,
Sen uçun ğururim saqlayman bu kun,
Qanday bölsang şunday sevaman, vatan.
Olis ötmişlardan kelsa sadolar,
Sen deb jon berganlar qança fidolar,
Qadring qaydan bilsin vatangadolar,
Qanday bölsang şunday sevaman, vatan.
Özbek qizi
Xorijdan kelgan mehmon yöqladi musavvirni:
“Bizga kerak çinakam özbek qizi tasviri”.
Özbek qizi maʼsuma, özbek qizi betakror,
Közlarida yorqin nur, yuragida ğurur bor.
Soçin örib taşlasa yerga tuşsa buralib,
Ibo-hayo turgaydir atlasiga öralib.
Rassom özbek qiz haqda şahar kezib öyladi,
Oxirgi dam umid-la qişloq sari böyladi.
Şukrkim, vatanimda asl qizlar bor ekan,
Köylaklari atlasdan, boşda döppi zar ekan.
Soçlar mayda örilgan, yuzlarida ibosi,
Uzukka köz qöygandek yaraşgaydir libosi.
Qizlarning nazokati Zulfiyani eslatur,
Nodira, Uvaysiy-u Tömarisni eslatur.
Xorijdan kelgan mehmon çeksiz havas aylaydi,
Qaytib yana kelişni yuragiga joylaydi…
Umida Ismoilova
2004-yili Navoiy viloyatida tuğilgan. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti talabasi.
“Yoşlik” / 2024 / 6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida