Ikki nuqtai nazar

0
110
marta ko‘rilgan.

Bir mashhur poyabzal firmasi mahsulotlarini issiq iqlimli o‘lkalardan biriga sotish bo‘yicha loyiha qabul qildi. Ikki xodim bozorni o‘rganish uchun ushbu mamlakatga jo‘nadi. Ular alohida holda viloyatlarga yo‘l oldi. Mahalliy bozor va istiqboldagi xarid imkoniyatini o‘rgana boshlashdi.
Bir necha kun o‘tdi va tahlilchilardan biri qaytib keldi:
– U yerda hech kim poyabzal kiymas ekan. Bu bozorni egallayman deb behuda vaqt sarflamaslik kerak!
Ikkinchi tahlilchi haliyam viloyatlarni kezib yurar, sherigining xulosasidan bexabar edi. Biroz vaqt o‘tib firmaga undan faks-xabar keldi:
– Do‘stlar! Mo‘ljaldagi ekport hajmini uch barobarga ko‘paytirish kerak. Bu joylarda hali hech kim oyoqkiyim kiymas ekan!
Bir vaziyat kimgadir yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lib ko‘rinsa, kimgadir beqiyos imkoniyatlar eshigi vazifasini o‘taydi. Hayotda imkonlarni ilg‘ab, ulardan foydalana olganlargina yutadi.

Orif Tolib

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.