10 daqiqada öqiladi

979 marta körilgan

Inson qanday ulğayadi?

Baxtiyor Haydarov

Keksalarning xotiralarini tinglaganda, ularning yoşligida öt-ölanlar özgaça yam-yaşil, mevalar yanayam şirinroq, quyoş hozirgidan yorqinroq bölgandek tasavvur uyğonadi. Ötmişda odamlarning köpçiligi ham afsonaviy bahodir yoki salkam saxiy sehrgar bölişgandek tuyuladi. Haqiqatdan ham şundaymikan? Axir, borliq tabiat hamon öşa-öşa-ku. Qolaversa, ötgan asrning 30-40-yillari, umuman, yaqin ötmişda ham turmuş şaroitlari oğir edi.

Aslida atrof-muhit emas, keksaygaç, insonning borliqni qabul qilişi özgaradi. Qiziqiş doirasi va qadriyatlari özgaradi. Nega şunday böladi?

Sababi, bolalik çoğida voqealar inson uçun ilk bor yuz beradi. Ular butun umrga xotirada muhrlanib qoladi. Deylik, aksariyat bolalar uçun otasi yoki amakisi dunyodagi eng kuçli odam sanaladi. Birinçi sinfga qadam qöyiş, maktabni bitiruv hayajonlari, birinçi muhabbat, birinçi bösa – bularning barisi xotiraning eng ardoqli “mulk”i sifatida xuddi keçagidek yodda turadi.

Hatto bolalikda meva-çeva hamda taomlar mazasi özgaça tuyulişining boisi ham şunda. Masalan, bolalikdagi bodring yoki handalakning odamni mast qilgudek xuşböy hidini kamina hanuz eslaydi. Hozirgilari şaklan xuddi öşandayku-ya, lekin qadrdon hidiyu taʼmi olis bolalikda qolib ketgandek…

Otam toğli Nuriddin qiş­loğining betakror tabiati-yu, anvoyi mevalarini taʼriflab çarçamaydilar. Mening nazarimda esa, dunyodagi eng şirin mevalar faqat Darxon qişloğida yetişadi (bobolarimiz ötgan asrning 50-yillarida Nuriddindan bu yerga kelib joylaşişgan, biz şu joyda tuğilib, ulğayganmiz). Esni tanigaç, şu yerning mevalarini ilk bor tatib körganmiz-da.

Yillar ötgani sayin har bir inson özgarib boradi. Buni yaxşi bilamiz. Ammo bu yerda odam ulğayişi bilan yuz beruvçi fiziologik özgariş­lar, keksayiş, soçlar siyrak­laşib, oq tuşişi, közlardan nur va beldan quvvat ketişi nazarda tutilayotgani yöq. Gap beğubor bolalik, öziga işonç kuçli bölgan ösmirlik davri öz örnini baloğat pallasiga böşatişi haqida ketayotir. Dunyoqaraş, qadriyatlar va hayotiy tasavvurlarning özgarişi – şular jumlasidan. Aytiş kerakki, bu sirli jarayon har taraflama töliq örganilmagan, izohlab ham berilmagan.

Inson xotirasining ğaroyib sinoatlari köp. Ruhiyatşunoslar maxsus tadqiqot ötkazib, keksa yoşli insonlardan bolalik, yoşlik va undan keyingi davrlari haqida sözlab berişlarini söraşdi. Eng qiziği, keksalar yoşligida baʼzi kiygan kiyimlarigaça aniq-tiniq eslaganlari holda, hayotlarining ikkinçi yarmida (masalan, 40 yoşdan söng) yuz bergan bundan-da kattaroq voqealar töğrisida yaxşi eslay olişmadi.

Keksalarning xotiralarini tinglasangiz, ular bolalik yillari va 15–20 yoşlik paytlaridagi voqealarni eng mayda tafsilotlariga qadar yaxşi eslaşadi, 30, 40 va 50 yoşlardan keyingi davr esa “unçalik eʼtiborga molik bölmagan” umumiy xotiralar yiğindisiga öxşab ketadi.

Yoşlikda inson dunyoni suv bossa töpiğiga ham çiqmaydigandek bir işonçni tuyadi. Mağrur, qiziqqon va hatto isyonkorlik tuyğulari şu davrga xos. Yoş inson öziga yoqmagan narsani uzoq öylab ötirmasdan inkor qilişi, fik­rini töppa-töğri bildirişi, hamma işni yangidan boş­laşi mumkin. Taʼbir joiz bölsa, özini har qanday tösiqdan oşib ötişga qodir his etadi. Oldinda uzundan-uzoq, porloq hamda sarguzaştlarga töla yöllar va yillar turgandek böladi. Baland toğlardan oşiş, dengizda suzib, dunyoning narigi çekkasiga boriş ham muşkulga öxşamaydi…

Aslida insonning yoşi uning rasmiy hujjatlarida qayd etilgan sanaga unçalik boğliq emas ekan. Masalan, ayrimlar qirq yoşidayoq salobatli va nuroniy qiyofaga kirsa, baʼzi odamlar ellik-oltmişida ham “qirçillama” yigitdek şaxdam bölişadi. Qisqasi, odam taşqi körinişidan qanday bölsa – yoşi ham şunday, deyiş mumkin!  Asosiysi, donolar aytgani kabi: “Ey farzand, özing yoş bölsang-da, aqling qari bölsin!”.  

Ötgan kunini, ötmişdagi noçor ahvolini, deylik, tuğib-östirgan ota-onasini, keçagina öziga yaxşilik qilgan insonlarni unutgan odam heç kimda va heç qaçon ijobiy taassurot qoldirmaydi.

Kelajak (avlodlar) oldidagi masʼuliyatni unutib, faqatgina bugunini öylagan odam töğrisida ham xuddi şunday deyiş mumkin. Bugun biror tayinli işga qöl urmay turib, kelajakdan yaxşi natijani kutiş qiyin.

Şu tariqa, odam ulğaygani sari ijobiy yoki salbiy sifatlari ortib boraveradi. Binobarin, “Odamning umri avvalida qilgan işi umrining oxiridagi işlariga ham dalolatdir” (Mahmud Zamahşariy, “Nozik iboralar” asaridan). Bu, albatta, muhit va tarbiyaga boğliq jarayon.

“Ijobiy va salbiy sifatlar” deganimiz ham aslida insonga “çetdan qarab” berilgan nisbiy xulosadir. Çunki insonda öz-özini seviş tuyğusi Yaratgan tomonidan “maxsus dasturlangan”ga öxşaydi. Yöqsa, özining haqiqatan ham “yomon”ligini bilgan inson qanday yaşaşi mumkin? Şuningdek, unutiş xususiyatining inson uçun foyda-zarari ham deyarli teng – 50/50ni taşkil etadi. Oyning ön beşi qoronği bölsa, ön beşi yoruğ. Ğam-qayğular, noxuş voqea-hodisalarni xotirada “asraş”dan ne naf?

Yana bir gap: bolaga hadeb: “Özingdan kattalarni hurmat qil, ojizlarni ranjitma…” kabi çiroyli pand-nasihatlar öqiş kutilgan natijani bermasa – hayratlanmang. Tarbiyada nuqul odobnoma öqiyveriş juda kamlik qiladi. Bola kattalarni qançalik tinglasa, ularning xatti-harakatidan şunçalik aniq nusxa ham köçiradi. Deylik, ota öz farzandi huzurida xotinini bir martagina sökişi yoki yuziga şapaloq tuşirişi – şu zahotiyoq bola ongida öçmas bölib muhrlanişi uçun kifoya qiladi. Bu fikr farzandi oldida erini behurmat qilgan onaga ham tegiş­li, albatta. Şu bois farzandiga: “Sen bola, kimlarga öxşagan tarbiyasiz bölyapsan?” deyişdan avval har kim öz feʼl-atvori-yu, xatti-harakatlariga yaxşilab razm solsa, töğriroq böladi.

Tabiiyki, bola ulğayiş davomida köplab xatolarga yöl qöyadi. Ota-ona farzandini heç qaçon xato qilmaslikka örgatişga intilişi – behuda iş. Eng yaxşisi, xato qilişdan qörqmaslik va uni bartaraf etişga örgatmoq zarur. 

Bolalar tezroq ulğayişni istaşadi. “Katta bölsam, undoq qilaman, bundoq qilaman”, deya beğubor orzuga beriladilar. Ammo “umr çoşgohi”(örta yoş)dan oşgaç, aksinça, bolalik davrlarini qömsay boşlaydi.

Inson yoşi ulğaygan sari, bolalik va yoşlik çoğlarini eng baxtiyor kunlar sifatida esga oladigan böladi. Şu bois bolalikda tuygan taʼmni sezsa, yoşligi keçgan joylarga borsa, yoşlik davridagi kuy-ohanglarni tinglasa, juda özgaça, şirin iztirobni his etadi.

Inson na ötmiş va na kelajakdan voz keça oladi. Negaki, bugungi inson, ötmiş va kelajak oldida birdek masʼuliyatga ega. Şundayku-ya, lekin ötmiş xayoli yoki kelajak orzusiga qattiq boğlanib, bugungi kun qadrini unutiş ham aslo yaramaydi. Asotirlarda aytilişiça, ölim fariştasi har kuni insonga beş marta röbaru kelarkan. Lekin qaysi lahzada öşa insonning jonini olişini özi ham bilmas ekan. Bundan umrimizning har bir dami ğanimat ekanligi yaqqol anglaşiladi.

“Vaqt” degan körinmas tulporning naqadar uçqurligini yoş ötgan sayin tobora yaqqolroq his etaverasiz. Yoşga yoş qöşilişi va nihoyat keksayiş – tabiiy jarayon. Bunda heç qanday ğayritabiiy sinoat yöq. Agar Yaratgan umr bersa, keksayiş  muqarrar-da.

Ammo maʼnaviy jihatdan ulğayiş va yetuk şaxsga aylaniş – sanoqli insonlargagina nasib etadi. Binobarin, keksalik har doim ham yetuklik alomati sanalavermaydi.

“Haqiqiy yaşaş” bilan “kun köriş” (yoki şunçaki “mavjud böliş”) örtasida ulkan tafovut bor. Haqiqiy maʼnoda yaşaşi uçun insonda yoruğ orzu-niyatlar bölişi, hayotda öz maqsadlarini aniq bilişi va unga astoydil intilişi kerak.

Inson ulğaygani sari bolalik öyin­larini tark etadimi yoki ulğaygani sababli bolalarça öynamay qöyadimi? Har holda, bola-çaqali, hatto nabirali “bolalar” ham oz emas-ku? Hayotda yoşgina bölişiga qaramay bamaʼni, oğir-bosiq va sermulohaza ŞAXSlarni, aksinça, soç-soqoli oppoq “bola böp qolgan çollar”ni ham köriş – kamyob holat emas. Demak, şunçaki keksayiş uçun alohida isteʼdod yoki qobiliyatning zarurati yöq…

Özing va atrofdagilar uçun yangi-yangi imkoniyatlar kaşf etmoq, odamlarning oğirini yengil qilmoq, öz baxtini özgalar quvonçida köra oliş – buni YaŞAŞ desa bölar! Oqil insonlar bölib ötgan işlardan afsus çekiş befoydaligini yaxşi biladilar, ulgurilmagan yaxşi işlar uçungina afsuslaniş örinli. Ötgan umri nuqul afsus-nadomatlar bilan töla kimsalargina ölimdan juda qörqişadi.

Bugunning har bir daqiqasini qadrlaş, unumli foydalaniş orqaligina maroqli xotiralar (ötmiş) va yoruğ erta (kelajak)ka ega böliş mumkin. “Insonning kelajagi – uning bugunida aks etadi”, degan hikmat juda örinli. Deylik, bugun qilişingiz kerak bölgan muhim işni turli sabablarga köra (çarçoq, erinçoqlik va hokazo) bajarmasangiz, umr daftaridan bir kun tussiz va mavhum ötmişga aylanadi (biror ijobiy iş qilinmagan kun eslaşga ham arzimaydi). Sizni taşviş­li “erta” kutib oladi: çunki keçagi işni baribir bajarişingiz şart!

Ötmişdagi baxtli damlarni eslab, kelajak baxt-saodat haqida şirin xayollar surib ham “baxt zarralari”ni his etiş mumkin. Buning uçun ham bugunning har bir daqiqasidan foydalana oliş kerak!

Biz ötmişni özgartira olmaymiz. Kelajak rasmini çizganimiz bilan, u aynan tasavvurimizdagidek böladimi-yöqmi, bilmaymiz. Şunday ekan, bizga boğliq bölmagan narsaning hasratida yurişdan maʼno bormi? Şundayku-ya, lekin bu aslo odam beğam, beharakat va loqayd böliş kerak, degani emas!

Yoş ötgan sayin işlaringizda muayyan marom va tartib paydo böla boşlaydi. Bir xil faoliyat haftalar, oylar va yillarça davom etavergaç, öziga yaraşa tajriba va hayotiy xulosalarga ega bölasiz. Aslida, mana şular ham közga körinmas boylik, sarmoya deyiş mumkin. Bunga yana masʼuliyat hissi, xuşmuomalalik hamda vaziyatni töğri baholab iş tutiş könikmalari ham qöşilsa – nur ustiga nur!

Endi insonlarga boşqaça nazar bilan qaray boşlaysiz! Vazminlik, keçirimlilik, qay darajadadir keng feʼl namoyon böla boşlaydi. Baʼzan siz murosa qilgan holat uçun yoşlikda jiqqamuşt bölişingiz heç gap emasligini bilasiz. Endi siz yoş emassiz, yengiltaklik va qiziqqonlik sizga yaraşmaydi. Qolaversa, endi jismoniy imkoniyatlar ham hissiyot xohişiga doim ham mos bölavermaydi.

Inson hayoti davomida, istasa-istamasa, heç bölmaganda hayotiy ehtiyojlar tufayli ança-munça suratlarga tuşadi. Turli yillarda, har xil vaziyatlarda tuşgan suratlaringizga heç eʼtibor berganmisiz? Ösmirlik davridagi fotosuratlarga qarab, odamning kelajagi va şaxsiy hayotidagi yutuqlari haqida başorat qilsa bölarkan. Ruhiyatşunoslar, odamlarning maktab davridagi juda köplab fotosuratlarini sinçiklab örganib, ana şunday xulosaga kelişgan.

Suratlardagi ğamgin qiyofa kelgusida şaxsiy hayotdagi omadsizliklardan darak beradi. Fotosuratda xömrayib turgan ösmirlar ulğaygaç, öz juftlari bilan boşqalarga qaraganda beş marta köproq ajraşişarkan. “Odamlar göyoki öz taqdirlarini avvaldan sezişadi!” deya xulosa qilişdi olimlar. “Içimdagini top” xilidagi odamovi insonlarning atrofdagilar, ayniqsa, özga jins vakillari bilan muloqotga kirişişlari qiyin böladi. Bunday insonlar mojaroli vaziyatlarga köproq tuşişadi. Aksinça, xuşçaqçaq, oçiq yuzli ösmirlar kelgusida ham bahsli holatlardan oson çiqa oladilar.

Insonning yuz qiyofasi va tana tuzilişiga qarab feʼl-atvorini örganuvçi maxsus fan – fiziognomika (qiyofa ilmi) azaldan mavjud. Bu ilm, ayniqsa, Şarqda keng taraqqiy etgan. “Rang kör – hol sör” qabilidagi maqollar ham qiyofa ilmi xulosalarining mahsuli, deyiş mumkin. Işonmasangiz, suratlaringizni bir soliştirib köring…

Yuqorida “Keksayiş uçun alohida isteʼdod yoki qobiliyatning zaruriyati yöq”, dedik. Ammo “Munosib keksayiş – katta sanʼatdir”, desak, unçalik xato bölmas. Baʼzan salbiy odatlarini hanuz tark etmagan, hamma narsadan şikoyat qilaveradigan keksalarni körganda “Falonçi yaxşi qarimabdi” yoki “Qarib quyulmagan” kabi iboralar quloqqa çalinadi. Ana şunisi çatoq-da! “Keksayiş jarayoni insonning öz ixtiyori bilan yuz bermaganidek, qariganda yuzaga çiquvçi xastalik­lar ham xuddi şunday. Buning uçun odamni malomat qiliş adolatdanmi?” deyişingiz mumkin.  Qaniydi, şu daʼvo bilangina ayblar soqit bölsa!

Masalan, insonning özida uçta kuçli “oğriq qoldiruvçi” vosita (xususiyat, fazilat)lar mavjud. Bular – tabassum, sevgi va ijodiy faoliyat. Ana şu uç holatda odam organizmi endorfin degan gormon işlab çiqararkan. Bu insonga xuddi kuçli giyohvand modda singari taʼsir körsatadi: oğriqni qoldirib, kayfiyatni kötaradi.

Xöş, mana şu uç xususiyat kimning qölidan kelmaydi? Yoki bularni örganiş uçun oltmiş-yetmiş yoşlarni kutiş şart emas-ku?

Yoş ulğayib, hayotiy tajribalari orta borgani sari iymon-eʼtiqod, hayotning maʼnosi va yaşaşdan maqsad kabi savollar xususida köproq öylay boşlaysiz. Din – inson bu savollar ustida boş qotirib, özini ortiqça qiynab yurmasligi uçun tayyor vositadir. Har holda, yuqoridagi kabi qalb tuğyonlariga aniq javoblar bor. Masalan, aqidalarga köra, yaxşilik qiluvçi insonning maqomi fariştalardan ham yuqoriroq sanaladi. Çunki insonda savob yoki gunoh işga ixtiyor etiş, yaʼni tanlaş imkoniyati berilgan…

Şu bilan birga, olislarda qolib ketgan beğubor yoşlikni hanuz qömsaysiz. Möjiza yuz bersa, bolalikka qaytişni istaysizku-ya, lekin baribir özingiz boşdan keçirgan tarixni aynan qayta takrorlaşga aslo rozi bölmaysiz. Çunki har bir insonning taqdir yölida öziga yaraşa “oq va qora” yölaklar böladi. Hayotda baxt va baxtsizlik, omad va omadsizlik xuddi gavjum çorrahadagi piyodalar ötiş yölagi (oq-qora “zebra”) yangliğ, özaro örin almaşib kelaveradi-ketaveradi. Hatto baʼzan öşa qora çiziqlardan biri Siz uçun muvaffaqiyatlar sari uçiş yölagiga aylanişi ham mumkin…

Şuning uçun ham baʼzan tengdoşlar bir-birlariga: “Agar bolalikka qaytib qolsang, nima qilarding?” deya savol berişsa, javob köpinça mana bunday böladi: “Bolalikka qaytişni istayman, lekin hozirgi tajribalar va dunyoqaraşim bölsa-yu, özim bola bölib qolsam!” deya undan ham battar fantastik istakni aytişadi…

Bunday fikrlar endi siz butunlay BOŞQA ODAM bölib qolganingizni bildiradi. Töğri-da, jism (gavda) bolalikdagi soğlom va durkun tana emas. Fikrlar va dunyoqaraş ham deyarli “180 gradus”ga özgargan bölsa, siz qanday qilib “Men hamon öşa-öşaman!” deya olasiz?!

Şunga qaramay, baland-baland çöqqilarni zabt etişdek bolalikdagi sodda orzular köngilning bir çetida yaşayveradi. Jism qarigani bilan, köngil qarimaydi!

Baxtiyor Haydarov

1970-yili tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

“Sohibqironning qiliçi”, “Maʼnaviy qiyofa”, “Safar oldidan safar”, “Uluğlik mezoni”, “Insonnoma”, “Özbekçilik” kabi kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)