Ojiz işq
Hayotni sevadi yurak-yurakdan,
Dunyoni körişni orzu qilar u.
Sezadi, kutadi, bir kun falakdan
Közlariga hadya etilar yoğdu.
Quyoşni, samoni, quşlarni öylar,
Öziça tasvirlar tasavvurida.
Gohida halinçak uçgança kuylar,
Kimnidir asraydi qalbi qörida.
Ğurbatdan, zulmatdan, ölimdan qörqmas,
Benur yaşaşdan-da çöçimas aslo.
Ammo közlaringni körolmay ötiş,
Seni körolmaslik… Bundan mustasno!
Köngil közi oçiq,
Sezar har ohing,
Negadir sen bunday böla olmaysan.
Yetti sayyorani ilğar nigohing,
Faqat ojiz işqni köra olmaysan…
Qaniydi
Yelkangga yuragim suyab yiğlasam,
Köz yoşim köksingga yoğsa, qaniydi.
Söng aççiq azoblar sabrim yiqsa ham,
Közlaringga töyib boqsam, qaniydi…
Yuragim çirsillab yonmoqda, qara,
Sen desam köksimga tuşadi olov.
Qalbimda Laylidan qolgan bir yara,
Majnunga yov dunyo örtamizda ğov…
Könglimday yaqinsan, könglimday olis,
Könglimdan yaqinroq kelsang, qaniydi.
Dilimda umiddan qoldirib bir iz,
Söngra jonni tandan olsang, mayliydi…
Tun böyi yiğladim, töyib yiğladim,
Yiğlatdilar meni seni sevmaslar.
Yurakka siğmadim, özga siğmadim,
Ruhim sindirmoqqa urindi kaslar…
Qara, yaşayapman sen uçun yana,
Meni barça ötli hislar taniydi.
Men sari kelmasang, qilmasman taʼna,
Özingga yaqinroq olsang, qaniydi…
Yolğiz seni desam örtanib-kuyib,
Meni ham bir bora eslarmikansan?
Milyard odam aro nafasim tuyib,
Qayda deb, izlarim izlarmikansan?
Qurib ketsin azob, qurib ketsin jon,
Vaslingga termulib ölsam, mayliydi.
Senga yuragimni suyab, Xudojon,
Töygunça tökilib olsam, qaniydi…
Soğinç
Avtobusning tiniq oynasi
Meni ming manzilga eltadi.
Salqin sabolarga aylanib,
Xayol esa senga ketadi…
Şabnam közlaringday musaffo,
Dunyo senday kulib boqadi.
Kimga tortdim, bilmayman, ammo
Yurak mudom senga tortadi…
Bağri öyiq keksa daraxtlar,
Iymanib boş çayqagan maysa –
Barglarida şudring yaraqlar,
Seni yodga solar, jilmaysa…
Meni olib qoçdi şodumon
Daydi xayol va daydi orzu.
Yuragingni soğindim yomon,
Diydoringa töysaydim bir zum…
Har keç yana eslayman takror,
Öylayman-da, dunyo bir kamdir.
Senda ham barq urmoqda bahor,
Ayni çoğda qoş qoraygandir…
Tağin eslatadi bu oqşom,
Egam soğinçingdan qöymasin.
Seni, yodga solar, Andijon,
Avtobusning tiniq oynasi…
Ösmoqda
Dovonda bir toğ ösmoqda,
Köksimda bir boğ ösmoqda.
Boğimda alyor unadir,
Navodil har çoğ ösmoqda.
Lahza-lahza, tunga ayon,
Oy köksida doğ ösmoqda.
Suyganiga yeta olmay,
Dardi beadoğ ösmoqda.
Orom tözib, yurak ezib,
Çor tomon firoq ösmoqda.
Ösmay deydi ösma kabi,
Soğinçlar biroq ösmoqda.
Diydorlar yoningda turib,
Joningdan yiroq ösmoqda.
Bu ne sinoatdir degan
Javobsiz söroq ösmoqda.
Bulbullarni köra olmay,
Panalarda zoğ ösmoqda.
Savob bilan joy talaşib,
Kimözar gunoh ösmoqda.
Ey yor, körgin-a, men sari
Dovonda bir toğ ösmoqda.
Közlaringni körmoq uçun
Yulduzlar uyğoq ösmoqda…
Öçirğiç
Qanday yaşagan ekan
Qadimdagi odamlar,
Hali öçirğiç degan
Matoh bölmagan damlar?
Yozişgandir bexato,
Balki, barça öşa payt.
Soğinçdan bitmagan yo
Oşiqlar bezovta bayt?
Yöq! Asli azaldan işq
Har dilga soya taşlar.
Bunga guvohdir bağri
Öyilgan qoya toşlar.
Öşa bitiklar hanuz
Yöqolmagan, köçmagan.
Qança qor-yomğirlarning
Zabtidan ham öçmagan!..
Dunyo özgargan sayin,
Özgardi zamon.
Bugun hamma narsaga
Topiladi bir imkon.
Qoğoz qoralab tunlar
Qalb quşim uçiraman.
Şeʼr tökilar qalamdan,
Yoqmasa – öçiraman…
Şarob rangi ketadi,
Ketar siyoh doği ham.
Ketarmikin, oğajon,
Dilda doğ qoldirsa ğam?!
Ötmişda xatom bisyor,
Köksimda alam ğij-ğij.
Bormikan xotirani
Tozalovçi öçirğiç?..
Yulduz Örmonova
1995-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti talabasi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
Şeʼr va tarjimalari adabiy naşrlarda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida