Istiqlolning ilk kunlaridanoq yoşlarga oid davlat siyosati ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Mustaqillik davrida qabul qilingan ilk huquqiy hujjatlardan biri ham aynan “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi qonundir. 1991-yil 20 noyabrda kuçga kirgan uşbu qonun ötgan yillar davomida yoş avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalaş yölida amalga oşirilgan islohotlarga, yangi qonun va qonunosti hujjatlariga asos böldi.
Yaqinda qabul qilingan “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonun ana şu islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişi, yanada jadallaştirişi şubhasiz. Bir guruh yoşlar özlari va tengdoşlarining, ösib kelayotgan yoş avlodning kelajagiga daxldor uşbu muhim hujjat haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bu fikrlarda yurtimiz yoşlarining qaraşlari, kayfiyati aks etgan, desak, adaşmaymiz.
Rasul Kuşerbayev
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi aʼzosi
Rivojlaniş, özgariş bor joyda heç bir mezon takomillaşuvsiz turmaydi. Ayniqsa, dunyoda keçayotgan jarayonlarga mos ravişda yurtimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida bu masala ustuvor ahamiyatga ega.
Olib borilgan tahliliy örganişlar mamlakatimizda yoşlarga oid sohaning huquqiy asoslarini zamon ruhiga mos holda yanada takomillaştiriş zarurligini körsatdi. Oddiy aytganda, qariyb yigirma beş yil ilgari qabul qilingan “Yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi qonunni Özbekistonning bugungi zamonaviy qiyofasiga, keng imkoniyat va şaroitlarda kamol topayotgan yoşlarning hayotiy talab va istaklariga moslaştiriş zaruriyati paydo böldi.
Yangi tahrirda işlab çiqilib qabul qilingan “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonunda yoşlar böyiça davlat siyosatining maqsad va tamoyillari, yoşlarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi, taʼlim oliş, iqtidorli yoşlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş kabi masalalar qamrab olindi. Xususan, qonunda yoşlarga oid davlat siyosatining subyektlari sifatida davlat hokimiyati va boşqaruvi idoralari, yoşlar nomidan ularning jamoat birlaşmalari faoliyat körsatişi belgilab qöyildi. Qonunning 4-moddasi bilan yoşlarga oid davlat siyosatining oçiq va şaffofligi, yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda yoşlarning iştirok etişi, yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş, maʼnaviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi, yoşlarning kamsitilişiga yöl qöyilmasligi kabi masalalar asosiy prinsiplar qatorida mustahkamlab qöyilgan.
Qonunda “yoşlarga oid davlat siyosati”, “yoşlar (yoş fuqarolar)”, “yoş oila”, “yoş mutaxassis”, “yoşlar tadbirkorligi” tuşunçalarining mazmuni oçib berilgan hamda yoşlarning huquq va qonuniy manfaatlari mustahkamlangan. Jumladan, “yoşlar (yoş fuqarolar)” deganda, ön tört yoşga tölgan va öttiz yoşdan oşmagan şaxslar nazarda tutilmoqda. “Yoş oila” deganda, er xotinning ikkisi ham öttiz yoşdan oşmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan öttiz yoşdan oşmagan yolğiz otadan yoki yolğiz onadan iborat bölgan oila, şu jumladan, nikohdan ajralgan beva erkak yoki ayol tuşuniladi. Bu öz örnida yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş borasidagi normativ hujjatlarni amalda qöllaş böyiça yagona yondaşuvga asos böladi.
Eʼtiborli jihati şundaki, qonunning 21-moddasida yoşlar nodavlat notijorat taşkilotlarining huquqiy maqomi, şuningdek, ular faoliyatining davlat kafolatlari körsatilgan bölib, yoşlarning nodavlat notijorat taşkiloti jismoniy yoki yuridik şaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida taşkil etilgan, yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişni hamda himoya qilişni, yoşlarning ijtimoiy faolligini oşirişni asosiy maqsadlaridan biri deb biladigan, özini özi boşqaruvçi taşkilot ekanligi körsatib ötilgan.
Şuningdek, qonunning 25-moddasida iqtidorli va isteʼdodli yoşlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida ularni taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, şu jumladan, xorijda öqitiş, qayta tayyorlaş va amaliyotni ötaş dasturlaridan tanlov asosida foydalanişini taʼminlaş kabi köplab imtiyozlar öz aksini topgan. Bu kelajak egalarining jamiyat hayotida öz munosib örinlarini topişi yölida kafolatlab qöyilgan yana bir mustahkam huquqiy asos deyiş mumkin.
Yana bir muhim jihat, uşbu qonunni qabul qiliş jarayonida yoşlar tomonidan qonun loyihasini takomillaştiriş böyiça 500dan ortiq takliflar kelib tuşdi va ularning aksariyati qonunda aks ettirildi.
Bugun heç mubolağasiz aytiş mumkinki, mamlakatimizning faol yigit-qizlari iştirokida qabul qilingan uşbu muhim hujjat yoşlarning heç kimdan kam bölmagan şaroitda kamol topib, öz imkoniyat va salohiyatlarini namoyon etişiga va natijada buyuk ajdodlariga munosib avlod bölib kamol topişiga muhim asos bölib xizmat qiladi.
Musulmonbek Ibrohimov
“Kamolot” YOIH Markaziy Kengaşi matbuot xizmati bölimi mutaxassisi
Yurtimizda yoşlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvçi 20 dan ortiq qonun, 30 dan ortiq Prezident farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining 100 ga yaqin qarori qabul qilingan. Bularning barçasi yoşlarning huquq va erkinliklarini taʼminlaş, orzu-umidlarnini röyobga çiqarişda huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.
Şu yilning 12-avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati markaziy kengaşi tomonidan anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Istiqlol farzandlari” şiori ostidagi festivalda iştirok etgan yoşlardan bir guruhi Özbekiston tarixida birinçi marotaba qonun qabul qilinişida kuzatuvçi sifatida bevosita iştirok etdi. Mazkur qonunning quyi palata tomonidan qabul qilinişiga guvoh bölişdi.
“Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonunda yoşlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oşiriladigan hamda yoşlarni ijtimoiy jihatdan şakllantiriş va ularning intellektual, ijodiy va boşqa yönalişdagi salohiyatini kamol toptiriş uçun şart-şaroitlar yaratilişini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, taşkiliy va huquqiy çora-tadbirlar tizimi ekani alihida taʼkidlanadi.
Yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hamda ular uçun oçiq va sifatli taʼlimni taʼminlaş, hayoti va soğliğini saqlaş, maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topişiga kömaklaşiş, axloqiy negizlarni buzişga olib keladigan xatti-harakatlardan, illatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zöravonlik va şafqatsizlik ğoyalaridan himoya qiliş kabi bir qator muhim masalalar yoşlarga oid davlat siyosatining asosiy yönalişlari qilib belgilanganligi qonun bugungi globallaşuv jarayonlarini hisobga olib işlab çiqilganidan dalolat beradi.
Qonunning yana bir muhim jihatlaridan biri 27-moddasida öz aksini topgan: “Yoşlarni va yoş oilalarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida Özbekiston Respublikasida yoşlar ijtimoiy xizmati faoliyat körsatadi”. Bunda yoş fuqarolarga psixologik-pedagogik, yuridik yordam körsatiş va maslahatlar beriş, imkoniyati çeklangan yoş fuqarolarga, yoş oilalarga ijtimoiy yordam körsatiş, taʼlim va mehnat jamoalarida yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş kabi hayotiy va öta muhim masalalar kafolatlanadi.
Ön beş yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgan va yoşlarning qanotiga aylangan “Kamolot” YOIH mazkur qonunning “Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda nodavlat notijorat taşkilotlarining iştirok etişi” hamda “Yoşlarning nodavlat notijorat taşkilotlari” moddalarida nazarda tutilgan va boşqa tegişli moddalarda körsatib ötilgan tartibda öz işini olib boradi. Mazkur qonun “Kamolot” YOIHning fuqarolik jamiyatida yanada emin-erkin faoliyat yuritişi, kelajakdagi istiqbolining huquqiy asosi bölib xizmat qiladi.
Bir söz bilan aytganda, uşbu qonun har bir yoşning yanada faol bölişi va iqtidorini namoyon etişiga kuç va rağbat beradi.
Yoqutxon Xolbekova
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori
Men sportning yengil atletika yönalişida 2014-yili xalqaro “Gran-pri” musobaqasida 1-örinni egalladim va Osiyo rekordini yangiladim. Bu, albatta, öz-özidan bölgani yöq. Yetarli şaroit, imkoniyat yaratilgani, yoşlar, xususan, qizlar sportiga katta eʼtibor berilgani samarasi. Jonajon Vatanimiz Özbekiston – imkoniyatlar mamlakati.
Zamonaviy sport zallarida maşğulotlarni tamomlab, uyga qaytarkanman, menga hamişa kötarinki kayfiyat hamroh böladi. Sababi, tinç-osoyişta yurtda yaşayman, ota-onam yonimda, öqişim, sport bilan şuğullanişim uçun hamma narsa muhayyo.
Sportçi tengdoşlarim bilan viloyatlarga borganimda zamonaviy sport saroylarini, ularda maşq qilayotgan yoş sportçilarni körib xursand bölaman. Eʼtiborlisi, sport bilan oilaviy şuğullanayotganlar soni kundan-kun köpayib boryapti.
Yaqinda qabul qilingan “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonunda yoşlar sportiga alohida eʼtibor berilgani tengdoşlarim qatori meni ham behad quvontirdi. Jumladan, 5-moddada “yoşlar sportini ommaviy rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş” masalasiga alohida urğu berilgan. 12-moddada esa “yoşlar örtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini şakllantirişga bölgan intilişni va sportga qiziqişni rağbatlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş” taʼkidlangan. Demak, soha yanada rivojlanadi. Jahon va Osiyo çempionlari, Olimpiya öyinlari sovrindorlari, xalqaro musobaqalar ğoliblari soni bundan-da köpayadi.
Orifjon Madvaliyev
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


