3 daqiqada öqiladi

107 marta körilgan

Şovqinli sukunat

Assalomu alaykum, “Yoşlik” öquvçilari! Sizlarning qatoringizda men ham jurnalning 6–7-sonlarida yozuvçi Şuhrat Matkarimning “Maqar” qissasini öqidim.

Öşa kunlardan buyon köz oldimda rahmatli otam surati jonlandi. Yozuvçi xuddi mening otamni yaqindan tanigan-bilgandek, bir ajoyib qissa yozibdi. Qissani öqib otam bilan suhbatlaşgandek, u kişini yana bir bor körgandek bir olam taassurot oldim.

Şu bois, tahririyatga uşbu maktubni yöllaşga jurʼat qildim.

Qissaning boş qahramoni keksa baliqçi Maqarning hayot yöli, köngil keçinmalari sodda va samimiy ifodalab berilgan.

Baliqçi Maqar bizga tanişdek tuyilsa-da, uni sal keçikibroq adabiy qatlamga kirib kelganini anglab yetamiz. Uning ibratli va tölqinlantiruvçi beğubor xarakteri qalbimdan çuqur joy oldi. Bunday bölişi, albatta, yozuvçining mahoratidan bölsa kerak. Öquvçi sifatida diqqatimni tortgan eng muhim jihatlardan yana biri Maqarning şovqinli sukunati bölsa ajab emas. Bu şunday bir şovqinki, uni sukunatga quloq tutib, qahramonlarning qalbini tinglab, köngil boğiga razm solib eşitiş mumkin.

Qissada adib keskin ziddiyatlarsiz, açinarli bir oila hayotini jimjimador ifodalarsiz, rassomona badiiy böyoqlar orqali zamonaviy kitobxon didiga havola etadi. Asar ulkan polotnoga çizilgan oila surati kabi tomoşa qiliş uçun taqdim qilinadi. Yangi ötmiş hikmatlarini öziga singdirgan Maqar yangi asrga heç qanday ozorsiz kirib kelganini anglab yetiş mumkin. Asar sehrli surat kabi bir oila hayot tarzini yoritib, unga xulosa çiqariş hukmini kitobxonga erkin qöyib beradi.

Bu asar tom ma’noda, ibrat vazifasini bajaradi.

Maqar suratidagi sofköngillik, haddan ortiq soddalik xuddi farzandlari dunyoqaraşi-yu tarbiyasiga taʼsir qilmagandek tuyiladi. Nega şunday, degan savol butun asar davomida kitobxon qalbida saqlanib turadi.

Aslida oilada otaning örni doimo bir poğona yuqori bölişi, jamiyatda soğlom muhit yaralişiga ustun böladi. Maqar xuddi tarixiy şaxs, özimiz bilan birga yaşayotgan inson kabi qissadagi boşqa qahramonlardan hayotiyligi bilan ajralib turadi.

Qissadagi “Maqar” Xorazmning olis bir qişloğida yaşaydigan kişidek emas, xuddi barçamizga qadrdon bölgan “ota”ni eslatadi.

Sof Xorazm şevasidagi baʼzi dialoglar, ortiqça jimjimadorliklarsiz bugungi adabiy tilimizga izohlar bilan berilganiga qaramay, öşa bir paytlar biz unutgan “yangiligimizni” eslatadi. Nazarimizda badiiy tilimizning boyişi adabiy tilimiz rivojiga xizmat qiladi. Muallifning yutuği ham şunda bölsa kerak. Şevaga oid sözlar qissaga Xiva minoralariga berilgan bezak kabi yaraşganligi har bir ziyrak öquvçining xayolidan ötgan bölsa, ajab emas. Maqarning, ayniqsa, tabiatga, hayvonlarga özgaça mehr berganligi, ular bilan suhbatlaşişi asarga sokin haybat va jöşqin kayfiyat baxş etadi. It bilan xuddi bir-birini tuşungandek dardlaşişi, insoniylikning qançalar bağri keng qudratga egaligini, hayvonlar va insonlar aro mehr-muhabbatni anglatadi. Bu sahnalar öquvçini taʼsirlantirmay qolmaydi, albatta.

Maqar özi oddiy şofyor bölişi barobarida kitob ixlosmandi ekani, hayotdagi ziddiyat va muammolarni kenglik, yaʼni sukunat bilan yengişi goh qalblarni ğamga botiradi, goh alamini uyğotadi. U şunisi bilan ham donişmand edi-da, uning tabiatiga tortişiş, urişiş, mijğovlaniş kabi munozarali xislatlar umuman yot, axir. U kam sözlab, köp mehnat qiladi. Maqar öşa kamgapligi, sokinligi bilan xotirada qoladi va yuraklarni zabt etadi.

Qissa boş qahramonining köl bilan, qumlik bilan, it bilan suhbat qurişi orqali yozuvçi bizga tuproqqa qançalik yaqin ekanimizni, yana tuproqqa qaytişimizni, Maqar bilan tabiat orasi bir qadam ekanini oçib bergan. Maqar – sokin inson, diplomsiz donişmand. U köp tortişuv, bahslarda sukut saqlab, özini ham özgani ham yenggan.

Buyuk faylasuf, donişmand Şams Tabriziy aytganidek: “Çiroyli sukut saqlaş odobida ham jimlikning, ham jöyali javob qaytarişning siri yaşirin”.

Uşbu asar adibning öziga xos adibona kuzatuvçanligi va yorqin isteʼdodi mahsuli, desak yanglişmagan bölamiz. Yurtimiz yoşlari, nafaqat ularning, balki yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan zamondoşlarimizning sevimli jurnali bölmiş “Yoşlik”da mazkur asarning yoyinlangani bilan barça adabiyot şaydolarini, kitobxonlar va muallifni muborakbod etaman.

Zumrad JUMAMURODOVA

 

Urganç davlat universiteti Boşlanğiç taʼlim fakulteti talabasi.

“Pari ilhomi” nomli kitobi çop etilgan.

 

2023/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)