Aziz öquvçi, otam Habibullo Qodiriyning “Otam haqida” xotira kitobida bobom – özbek xalqining zahmatkaş farzandi Abdulla Qodiriy haqidagi kiçik xotiralaridan birini “Çiroqpoya” deb nomlagan. U budir: “Dadamning ijodxonalaridagi tokçalarga qator terilgan çinni va boşqa rözğor buyumlari uyimizni bezab turardi. Ayniqsa, undagi bir juft xitoyi köra va qöş lagan (bu köra va laganlarni dadam 1925–1926-yillarda xarid qilib keltirgan edilar) öz çiroyi bilan kişi diqqatini jalb etardi. Bir kun dadam boğimizda yer çopayotib, böyi yarim gazça keladigan sopol çiroqpoya topib oldilar. Çiroqpoya dastalik, sirlanmagan, oddiy bölib, tagiga gir aylantirib çiziq bilan işlangan kungirasini husnga qöşmaganda, qöpol, samovarga öxşar edi. Dadam: “Bu çiroqpoya taxminan yuz yil burun yasalgan. Bizda lampa rasm bölgunça, xalq şam yoki ziğirmoy yoqib kun keçirgan. Mana şu çiroqpoyaning ustiga moy quyib, paxta pilik yoqib, uy örtasiga qöyib, tevaragida davra qurib ötirişgan va “zab hikmat-da”, deb çiroqpoyani tomoşa qilişgan, yasagan ustasiga ofarin öqişgan…” dedilar kulib va uni yuvib-tozalab tokçaga – haligi xitoyi köralaganlar yoniga qöyib qöydilar. Dadamning bunday uy “yasatiş”lariga oyim:
– Bu besönaqay sopolni namunça aziz qilib, çinnilar yoniga qöşib qöymasangiz?! – deb eʼtiroz qildilar. Dadam “tuşunmaysan” degandek qöl silkib: – Çinnilar xitoyniki, bu sopol ota-bobolarimizdan qolgan, özimizniki! Har kimniki öziga, oy körinar köziga! – deb kulib qöydilar.
Xitoyi köra va boşqa köpgina buyumlar qatori, öşa çiroqpoya ham hozirgi paytda Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida, Abdulla Qodiriy xonasida saqlanadi”, deb bitilgan.
Bu xotirani öqiganimda xalqimizning bir naqli yodimga tuşadi: “Sababsiz qölga tikon kirmaydi”. Avvalo, muallifingizni ajablantirgani Abdulla bobom boğidan sopol çiroqpoya topib olganligida, qolaversa, uni çinnidan ustun bilganligi va bu voqeada şunday nuqta qöyganidadir.
Menimça, yuqorida keltirilgan parçada otamning pinhon orzusi yurtdoşlarimizga oşkor bölgandi. Bu orzu – Abdulla Qodiriy uy-muzeyini oçiş edi. Bu orzu nainki otamniki, balki, qodiriyşunos olimlar, ijodkor-ziyolilar va, albatta, yurtdoşlarimizning orzusi edi, desam, aslo mubolağa bölmaydi.
Uzoq yillik orzu-istak Prezident Şavkat Mirziyoyevning rahnamoligida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan amalga oşdi. Qolaversa, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oçilişi, bobomiz va u kişining safdoşlari bölgan uluğ maʼrifatparvarlar taşkil etgan “Turon” kutubxonasining taʼmirlanişi, Adiblar xiyoboniga muhtaşam haykalining örnatilişi, adib nomidagi madaniyat va istirohat boğining obodonlaştirilişi – hamma-hammasi bir mavsumda amalga oşdiki, biz Qodiriy avlodlarining bu kunlarni köp kutganimizdan közimizga yoş keldi.
Buni qarangki, hukumatning yoşlar, şu jumladan, talaba va öquvçilar örtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimizning ijodiy merosini keng tarğib qiliş, ularning adabiyotga qiziqişlarini yanada oşiriş, rağbatlantiriş, hamda Toşkent şahrida barpo etilgan Adiblar xiyobonidan samarali foydalaniş maqsadida qarori qabul qilindi.
Abdulla Qodiriy adabiy merosini keng tarğib qiliş, xususan, Toşkent davlat texnika universitetiga biriktirildi. Tan oliş kerakki, adib ijodini yanada ommalaştiriş borasida bir qator işlar universitet tomonidan izçillik bilan amalga oşirilyapti.
Bugun yozuvçi nomidagi uy-muzey, Adiblar xiyobonidagi muhtaşam haykal poyi har kuni Toşkent davlat texnika universitetining professor-öqituvçilari, talabalari va Abdulla Qodiriy ijodi ixlosmandlari bilan gavjum. bunda, albatta, universitet jamoasining xizmatlari katta.
Öylaymanki, bu saʼy-harakatlar yaqin yillarda Qodiriy boğida mevasini beradi.
Xondamir QODIRIY,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi
2022/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


