Şoira Guljamol Asqarovaga maktub
Men kuyimni yöqotib qöygan edim. Uni jild-jild kitoblardan qidirdim, ming bir maqomlarda nola qiluvçi sozlardan axtardim, osmon-u falaklarga termulib izladim, ammo dom-daraksiz edi. Şunday lahzada köngil eşigining oldida şeʼrlaringizga töqnaşib ketdim.
Biz şeʼrlaringiz bilan Siz haqingizda gaplaşdik, ular hammasini aytib berdi. Men könglimdan çiqmay, dunyoni könglimga moslab yaşab yurgan ekanman va unda Xudo bitta degan aqida sobit turardi. Şu bilan nuqta. Yöq, unday emas ekan, aslida.
Men angladim: butun dunyoda
Xudo bitta, Vatan bittadir!..
Haqrost, bu dunyoda, butun dunyoda Xudo bitta bölgani kabi, Vatan ham bitta, Vatan ham yagona. Qarangki, bir odamga haqiqat sajdasiga uriş uçun manglay ham bitta ato etilgan:
Aytarlar, istasang, hamma yurt Vatan,
Makon aylaş mumkin har ne çamanni.
Yöq! Men Xudoyimdan sörab olganman,
Bitta peşonamga bitta Vatanni!
Şunday deysiz-u, Siz mana şu yagona Vatandan uzr söraysiz.
Men ham seni yaşnataman deb,
Boşqalardek söz berdim, keçir…
Kimlar senga iftixor berdi,
Şon keltirdi, şaraf-şon berdi.
Men mağrur boş berdim va yana
Çökkalagan tiz berdim, keçir…
Vatan! Seni yaşnatmoq uçun…
Uzr demang, Guljamol opa. Zinhor-bazinhor uzr demang. Bilasiz, dunyoda rizq degan tuşunça bor. Rizqimiz tugagan joyda safar ham nihoyalanadi va öşa rizq – noz-u neʼmatimiz, mol-u davlatimiz, nafasimiz kaftimiz bilan özaro boğliqligiga işonaman. Bir öylang, tamşanib turgan odam kaftidan ziyodroq yo kaftidan ozroq suv tuta oladimi?!
Bu Vatanning mard va jasur askarlari köp, olim-u allomalari, öqituvçi-yu şifokorlari, haydovçi-yu quruvçilari, dehqon-u hunarmandlari köp. Aytsam bölsa kerakki, şoirlari ham oz emas. Aytmoqçi bölganim, yaxşi-yaxşi kadrlar, malakali mutaxassislar serob. Endi bu Vatanda yaxşi odamlar ham köproq bölişi kerak. Navoiy bobo aytmoqçi, odamlarning naqşi böladigan yaxşi odamlar köproq kerak. Umuman, dunyo bugun yaxşilarga har qaçongidan ham köproq muhtoj emasmi? Inçunin, ona Vatanni yaxşi körmoqlik uçun ikki çaqnoq köz berib turgan ayol keçirim söramasligi kerak!
Yaxşiki, köngil sarhadidan taşqarilagan ekanman. Zotan, unda kuyingiz menga yöldoş böla boşladi.
Bilasizmi, onamning bağrini tez-tez guldastaga töldirib turardim. Ötkinçi dunyoning ötkinçi taşvişlari, “bu talotöp, quv-quv, çop-çop içinda” şu odatimni kanda qilib qöydim. Esimda, birinçi marta besabab – odatiy kunlarning birida onamga gul tutganimda “Munisim, muşfiqim, rangparginam, sölimim, çiroylim, dilbarginam” xotira daftarini varaqlab taqvimdagi sanalarga qaray ketgan edi. Na tuğilgan kuni bölmasa, na biror bayram… Ammo öşanda mening bayramim edi. Men dunyodagi eng aziz neʼmat ona nigohi ekanini anglab yetgan edim va bu rizq mening kaftimda turgan edi. Ayting, Guljamol opa, azaliy dunyoning abadiy haqiqatiga peşvoz çiqqan kunni nişonlamay böladimi?! Axir, Abdulla Oripov yozmoqçi, yomon nazarlardan toliqib, Ona nigohini körmoqlik uçun hazrati Xizrga yöliqişni iltijo qilayotgan onasizlar ozmi?..
Men şu haqiqatdan yiroqlaşib ketayotgan kunlarimning birida Siz bong urdingiz:
Yöl bering onasin soğinganlarga!
Gul bering onasin soğinganlarga!
Bu daʼvat öz qobiğiga öranib olgan va hanuz mudrab yurgan könglimni uyğotib yubordi. Şu uyğoq köngil bilan yana şeʼrlaringiz suhbatga çorlaydi va… jismi pardekkina munisalarni, ruhi kapalak qanoti yangliğ nafisalar, Xudoning dunyosida risoladagidek yaşab ötayotgan risolatlarni, zamin çehrasini ozoda saqlovçi, Arşning farroşlari sanalmiş onalarni asraş ilmini örgatdi menga.
Bu şeʼrlarda şunday saboqlar bor, bu kitob şunday darsxona ekan.
Opa, yangi kitobingizni öqib amin böldimki, işq va isyondan kuç olib, asov daryoday qirğoqlarni buzgan şeʼriyatingiz keyingi ön yilda teranlik kasb etibdi. Bu daryoning çuqurlaşganidan, bağrida xazinalar yiğilganidan darak beradi. Ijodingizda tasavvuf ohanglarining taʼsiri kuçaygani sezildi. Barmoq vaznidan köra oq şeʼrga moyillik ortgani körindi. Şaklga köp ham eʼtibor beraveriş kerak emas, nazdimda. Axir, sadaf qanday bölmasin, dur bermasa – qiymati oz-ku. “Taslim”ning bağri esa dur-u javohirlarga töla.
Guljamol opa, çoy höplab, qofiyalarni çaqirib yozilgan şeʼrlarni yomon köraman. Ularning sunʼiy intellekt yozib çiqqan matndan farqi yöq. “Töğrisi, şeʼrda holat yaratiş – aqlning işi emas. U keladi, xuddi tutqanoqday keladi va tökiladi-yu, ğoyib böladi. Şu asnoda bejirim, tiniq holat bunyod böladi”, deb yozgan edi atoqli va ardoqli şoiramiz Halima Ahmedova. Agar vujudda ruh bölmasa, u murdadan boşqa narsa emas-ku. Şeʼr ruhsiz bölsa, dodimizni kimga aytaylik?..
Şeʼrni asil darddan yaraladi, dedik. Biroq bu dard şeʼrxonni ezib qöyişi töğrimi? Şoir öz muhibiga, söz muhibiga hayotsevarlikni hadya etişi kerak emasmi, aslida? Şoir tiriklik qöşiğini kuylaşi lozim emasmi, Guljamol opa? Hayotning zarbalariga şoir ham öz dardlarini qöşib, bir şeʼrxonga uloqtirsa, uning yelkalari bu yukni kötara oladimi? Ha, Guljamol opa, sözdan sözning farqi bölganidek, işqdan işqning farqi bölganidek, darddan dardning ham farqi bor ekan.
Hayot va ölimning qirğoqlarida
Bong urar ruhining qönğiroqlari.
Men könglimning özgargan kuyi bilan sarmast yölimda davom etmoqdaman. Siz esa, Guljamol opa, “Taslim”ga onalik qilgan ruhingizni yöqotib qöymang. Zotan, “Taslim”ning umumiy kayfiyati aytib turibdiki, bir neça bor tuşkunlikka tuşib, umidsizlik va alam söqmoqlarini kezibsiz. Ammo bu ortda qolgan. Bugun Siz yana katta yöldasiz! “Özingni yerdan ol, Guljamol” deya yangi parvozga şaylanmoqdasiz. Meni ham Vatan içra safarga, Köngil mulki ziyoratiga çorlamoqdasiz.
Qalamingiz yuragi doimo urib tursin, Guljamol opa!
Otabek ISROILOV
1999-yili tuğilgan. Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil olgan.
“Birinçi kitobim” loyihasida “Ona laylak parvozi” nomli publitsistik kitobi çop etilgan.
“Yoşlik” / 2025 / 8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


