***
Dunyo qayoqqa oğayotganini, adabiyot va sanʼat qay tarzda uni aks ettirişi lozimligini Parvardigor daholar köngliga soladi. Ular asar yaratişda şunday bir yöllardan boradilarki, bu yölning maʼnosi asrlardan keyin çaqiladi.
***
Umr – yugurik.
Hozir sen yaşayotgan lahza zum ötmay tarixga aylanadi. Uni qay darajada haqiqat közi bilan idrok etib, qoğozga tuşirsak, özimizni şunçalar hurmat qilgan, qadrlagan bölamiz. Yolğon yoziş, yolğon yozişga undaş, uni rağbatlantiriş, isteʼdodsizlikni qöllaş… xalq va Parvardigor oldidagi gunohi kabirdir.
***
Adabiyot, albatta, boyişda davom etadi.
Uni yangi bosqiçga daʼvogarlar emas, isteʼdodlar olib çiqadi.
*
Asl şeʼrning yakunida kitobxon hayratga tuşişi kerak, “Vah!”
deyişi kerak.
*
Jasorat va mardlik adabiyot odamining mudom yöldoşi bölişi lozim. Çunki adabiyot faqat şu fazilatlar asnosida dunyoga keladi.
*
Birovlarni vaqt ulğaytiradi. Meni, nazarimda, mutolaa ulğaytirgan edi.
*
Yana bir bor takrorlayman: özbek adabiyoti ham yanada beqiyos yutuqlarga erişadi. U Maşriq-u Mağribning yutuqlariga töyinadi va faqat özigagina xos – dunyo bir qaraşdan taniydigan Adabiyotga aylanadi. Masalan, Janubiy Amerika yoxud Yapon adabiyotini taniganday.
Ha, aytganday, şu örinda butun dunyoni maftun etgan XX asr ikkinçi yarmidagi Janubiy Amerika nasrining asosida xalq oğzaki ijodi yotganini yana bir bor eslab qöyiş joizdek.
*
Odamlarning madadisiz, odamlarning kömagisiz heç kim bölolmaysan. Men “men” degan bola edim, lekin keyin sezsam, şu “men”im şu odamlarning borligi bilan ekan!
*
Katta isteʼdod yangi yönalişdir.
*
Allaqanday “…izm” bilan çegaralaniş ijodning doirasini toraytirişdir. Ijod – hamişa çegaralarni buziş uçun yaralgan. Ijod erkinlikdir.
*
Adabiyot şaxsning butunligini xuş köradi. Masalan, munofiq kimsa yozuvçi sifatida ham şu tarzda qoladi. Feʼl-atvorining noqisligi sabab, bir qaraşda isteʼdodli körinsa ham, asl adabiyotga daxli bölmaydi.
*
Men özining asarlariga öxşamagan yozuvçini körmaganman. Yozilgan asar – adibning özi. Boşqaça bölişi mumkin emas. “Anna Karenina – men”, degan edi Lev Tolstoy. Yozuvçining hayotga, odamlar va jamiyatga munosabati uning asarlarida aks etadi.
*
Bir haqiqat tobora ayon bölib boryapti: faqat sözga köçgan narsagina reallikka aylanadi. Boşqasi tuş… Odamlar bu tuşlarni özlari bilan yöqlikka olib ketaveradilar! Söz esa yer, osmon, tuproq, olov kabi qoladi. Söz – dunyoning beşinçi unsuri.
*
U kim? Modernçi!.. O!..
Şu tarzda beçora modern, köp örinlarda, isteʼdodsizlikning qalqoni ham böldi. Birov “bu şeʼrlar ilhomsiz yozilgan sözbozlik” deb oçiq aytişga jurʼat qilolmadi. Haqiqiy modern nima, qanday bölişi haqida söz yuritilmadi. Adabiyotda hamma narsani isteʼdod hal qilişi-ku birovning esiga tuşmadi.
*
Asl adabiyot va sanʼat faqat ijodkorning emas, muxlisning ham qalb-u ruhini tozartiradi. U tufayli şaxs ösadi, millatning aqliy salohiyati rivoj topadi. Maʼnaviyat yuksaladi. Millatning şavkati oşadi.
*
Umrni baxş etmoqqa faqat bir narsa arzişini aniq sezaman – ADABIYOT.
*
Keçagi yovuzliklar vaqt ötgan sayin kiçrayib boraveradi.
Yaxşilik esa borgan sari ulkanlaşgani-ulkanlaşgan.
*
Dunyoning globallaşib boruvi milliylikdan yiroq adiblarni ham röyobga çiqaryapti. Hatto endi yozuvçilarning aʼmoli şunday bölişi lozimligidan başorat etayotganlar ham bor.
Ammo öz xalqining taqdiridan yiroqlik Parvardigori olamning ravişini rad etiş ekanini ular tuşunmaydilar…
*
Ijodkor mudom özini özi tuzatişi – rad etişi, qaraşlariga tahrir kirgazişdan erinmasligi, yozişining sifatini yaxşilaşga harakat qilişi, ijodini yangi-yangi poğonalarga kötarişga har lahza urinmoği lozim. Bunday harakat – öziga yuksak talabçanlik – içki ehtiyojning talabaning talabiga aylanganda, ruh qizğinligi va ijod dramatizmi yozuvçiga hamişa yor böladi.
Ijodiy erk uçun baʼzan ijodiy “erksizlik” juda zarur. Ijodkor öz isteʼdodini erkalatmasligi kerak. Uning oldiga turli – baʼzan udda etib bölmaydigan vazifalarni qöyib turmoği zarur. Isteʼdod şu tarzda çiniqadi. Isteʼdodda iroda paydo böladi. Ijod böşanglikni, salqilikni yoqtirmaydi.
*
Ğarb-u Şarq yaqinlaşuviga kelsak, demokratiya va inson huquqlari kabi masalalarga ming-ming yillarning sinovidan ötgan maʼnaviy-axloqiy mezonlarimiz asosida yondaşganimiz maʼqul. Biz erkinlik bilan behayolikni, haqiqiy ijodkorlik bilan didsizlikni farqlamoğimiz zarur. Ermakka bitilgan kitoblar, kinofilmlar, qöşiqlar çegara bilmay ongimizga, şuurimizga bostirib kiryapti. Ular özbekning maqom eşitib, Navoiy va Qodiriyni öqib yuksalgan didi ustidan oqova ağdarib, “ruhingizni sanʼatning pokiza suvi bilan suğordik”, deb işontirişga urinmoqda…
Usmon Azim,
Özbekiston xalq şoiri
2025/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


