Taniqli şoir, “Şarq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari boş muharriri Sirojiddin RAUF bilan suhbat
– Sirojiddin aka, çin ziyolilar, xususan, şoirlar xalqqa eng yaqin insonlar hisoblanadi. Şu tufayli, bugun xalqimiz erişayotgan yutuqlar-u, ularni qiynayotgan muammo va dardlari haqida gaplaşsak…
– Nafaqat şoirlar, oydinlar, balki barça davrlarda ham uyğoq qalbli insonlar birinçi örinda xalqqa yaqin bölişga intiladi. Ular uçun yetuk jamiyatni köriş yoki uni qurişga ilmi, iqtidori bilan hissa qöşiş eng muhim vazifa sanaladi. Bu vazifani şoirlar misolida köradigan bölsak, birgina Alişer Navoiy asarlaridagi qaysiki yetakçi qahramon komil inson obrazi sifatida talqin etilmasin, hazrat bu qahramonlari orqali yetuk jamiyat barpo etiş ğoyasini ham ilgari surgan. Yoki Farobiyning “Fozil odamlar şahri” risolasida ham axloqan yuksak, ilmli, adolatli insonlardan iborat jamiyat yaratiş ğoyasi mufassal bayon qilingan. Çunki şarqona tafakkur tarzimiz, milliy maʼnaviyatimiz negizi şunday. Yetuklik va komillikka intiliş ğoyalari faqat mumtoz adabiyotimiz, Navoiy yoki Bobur baytlaridagina emas, xalq dostonlarida ham doimo yetakçi ğoya bölgan. Ajablanarlisi şundaki, barça ijodkorlar öz davri misolida alam bilan körsatib ötgani kabi, hamon odamlar öz nafsiga mağlub, haligaça uning qulidirlar. Lekin inson zoti borki, baribir özidan keyingi avlodlardan umidini uzmaydi. Ularning yanada komil, yanada yaxşi jamiyat barpo etişiga işonib yaşaydi. Xalqimiz tomonidan yaratilgan eng qadim ibratli ertaklar, matallarda ham bu kösti köp dunyoyi dunni kelgusi avlod, albatta, yaxşi tomonga özgartirişiga işonç böy körsatib turadi.
– U holda ajdodlar işonçi oqlanişi uçun nimalarga eʼtibor qiliş kerak?
– Töğrisini aytsam, kelgusi avlodlar ötmiş maʼnaviy kamçiliklari borasida töğri xulosa çiqarişi va butun jamiyatni yetuklik sari özgartira olişiga özim ham qattiq işonaman. Bunday işonç röyobi uçun, avvalo, özimiz – ota-onalar dunyoqaraşimizni özgartirişimiz kerak, deb hisoblayman. Negaki, farzand to kamolga yetgunça töliq ota-ona qaramoğida, izmida bölişidan taşqari, mavjud şarqona mentalitetimizga köra ota-ona öz farzandlarining maʼnaviy rahnomalari hamdir. Bu esa – maqtanişga arzigulik katta fazilat. Şu sababdan ham rahnamolik qançalar oğir masʼuliyat, tarbiyaning esa naqadar nozik masala ekanini ham unutmasligimiz lozim.
Biz ota-onalar köpinça özim şu darajaga yetgunça oğir maşaqqat çekdim, köngilxuşliklardan çetda böldim, endi bolam qiynalmasin deb, farzandlar uçun qöldan kelgan hamma narsani muhayyo etişga harakat qilamiz. Kimdir kamolga yetdi, deb hisoblagan bolasiga jamğarma oçsa, yana birov unga eng sönggi rusumdagi maşina yoki uy olib beradi, qisqasi, farzandiga yaxşilik tilaşda faqat moddiy taʼminotnigina birinçi öringa qöyib, uning ruhiy tarbiyasini unutadi. Baʼzan öziga masrur bölib, bolamning kelajakda qiynalmay yaşaşi uçun zör zamin yaratdim, şunga suyansa, sira qoqilmaydi, deb öylaydi. Afsuski, bu kabi moddiy asoslar qumdan tiklangan qasrday mört – bugun bor, ertaga yöq qalʼa kabi. Guvohi bölamizki, hamma davrda bolasining ruhiy tarbiyasiga eʼtibor qaratganlargina ğolibdirlar. Bular şunday ota-onalarki, bolasining öqişi, mukammal bilim olişini, joyi kelganda, qattiqqöllik bilan nazorat qilgan, bu yölda baʼzan ularni tengdoşlari qatori öyin-kulgidan çeklaşgan ham. Öşa qiyinçilik körib ulğaygan farzandlar vaqti kelib, rostdan ham olim böldi, yetuk böldi yoki ota-onasiga rahmat olib keliş darajasidagi oqillik, oriflikka erişa oldi.
Faqat moddiyat bilan çeklangan tasavvurlarimiz doirasida ulğaygan farzandlarga nimani uqtiriş mumkin? Ularga na har bir insonning jamiyat, millat oldida öz şaxsiy burçi, umuminsoniy missiyasi borligini, na insonni boşqa jonzotlardan uning ötmiş va kelajak oldidagi şu masʼulligi ajratib turişini tuşuntirişdan naf bölarmikin? Şunday ekan, biz bolalarimizga najot – faqat ilmda ekanini eslatişdan, singdirişdan çarçamasligimiz kerak.
– Ilm va maʼnaviy dunyoqaraşni şakllantirişdagi eng muhim omil – mutolaa. Nazarimda, hozir aynan kitobxonlik tarğibotiga eʼtibor avvalgidan köra ança kuçaygandek. Bu harakatlar öz natijasini körsatişi uçun yana nimalarga ahamiyat beriş kerak deb öylaysiz?
– Insonda mutolaa madaniyati, könikmasini şakllantirişning eng qulay payti bu – maktab davri hisoblanadi. Şunday ekan, umumtaʼlim maktablarida badiiy adabiyotlar mutolaasi ona tili va adabiyot fanlari negizidagina emas, balki alohida öquv materiali sifatida ham joriy qilinişi kerak. Buning uçun bolaning yoşiga mos, uning maʼnan yuksalişiga hissa qöşadigan badiiy adabiyotlar röyxati şakllantirilişi va bu röyxatdagi asarlar maktab taʼlimi davrida majburiy öqitilişi lozim. Çunki kişini komil şaxsga aylantirişda aynan yaxşi asarlarning roli katta. Badiiy asarlar jamiyatga munosabatni, inson nuqtayi nazarini şakllantiradi va bu borada hozirgaça adabiyotdan afzal vosita öylab topilganiça yöq. Oila va maktabdagi kitob öqişga bölgan oddiy majburiyatdan boşlanadigan mutolaa maşğulotlari bora-bora bolani biror manfaatsiz, zörma-zörakilikdan xoli, tuşunib, imkon qadar kitobni sevib öqişiga zamin yaratadi. Buning uçun ular nafaqat mumtoz adabiyot, balki özlari bilan zamondoş adiblar ijodi bilan ham tanişib borişlari zarur. Bu yölda esa eng maqbuli – “Ğunça”, “Gulxan”, “Yoşlik”, “Şarq yulduzi” kabi davriy va adabiy jurnallar – tayyor manbalardan unumli foydalaniş mumkin. Negaki, hozir kitob çop etiş osonlaşgan, ayrimlar istalgan narsani çop qilib, “kitob” deb atayotgan bir zamonda “Şarq yulduzi”, “Yoşlik” kabi naşrlarda yetuk olimlar, adabiyotşunoslar, qolaversa, taniqli ijodkorlardan iborat tahrir hayʼatlari eʼlon qilinadigan har bir ijod mahsulini, avvalo, özlari öqib, obdan saralab, şundan sönggina çop etişga tavsiya etişadi. Şu bois öquv muassasalarida bu kabi jurnallarga eʼtiborni kuçaytiriş zarur.
– Menimça, bolalarning adabiyotga qiziqişini oşiriş köproq badiiy asarlarni töğri tahlil qilib bera oladigan öqituvçilarga ham boğliq. Şunday emasmi?
– Bu haq gap. Öquvçilar öqimayapti, desak, hozir öqituvçilarning mutolaasi bilan ham maqtanolmaymiz. Yurtimizdagi ön mingdan ziyod maktablarimizning har birida tört-beş nafar ona tili va adabiyot öqituvçisi işlaydi, deb hisoblasak, bu fan öqituvçilari maktabga bitta kitob yo jurnal kötarib bormasa, özi öqimasa, bolalardan nimani talab qilamiz?
Hozir sizga şu gaplarni aytyapman-u, bolaligimizda uyimizga gazeta-jurnal keltirib beradigan poçta xizmatçisi köz oldimdan ötyapti. Öşa odam oyoq ulovi – velosipediga gazeta-jurnallar nomi yozilgan qoğozlarni yopiştirib, bir çiroyli bezab yurardi. Uning bu ğaroyib uloviga közi tuşgan borki, velosipedning poçta xizmatçisiga tegişli ekanini darrov anglardi. Bugun ona tili, adabiyot fanidan dars berayotgan öqituvçi maktabga körgazmali qurol sifatida bitta kitob yo jurnal kötarib bormasa yoki bir asarni öqib, öquvçilarga gapirib berolmasa, biz ularni “ustoz” deya olamizmi? Bolalar-çi?
– Siz özingiz bolalikda jurnal öqiganmisiz? Bunday yirik naşrlar, yaʼni adabiy jurnallar öşa paytlar maktablarga qay darajada yetib borgan?
– Oilada ön bir farzand ulğaydik, otam oddiy çorvador, onam uy bekasi edi. Ammo otam yil boşida, albatta, har birimizdan qanday jurnal yoki gazeta öqişimizni sörab çiqar, söng öşa naşrlarning barçasiga obuna bölişimiz uçun pul berar edi. Bu gazeta va jurnallar uyimizga kirib kelganida ham şunday turmas, qölma-qöl bölib öqilar edi. Hatto biz bolalar jurnal keladigan kunlarni intiq kutib, poçtaçining yöliga çiqib turardik… Bu holat faqat bizning oilaga tegişli emasdi. Öşa yillari har bir maktab kutubxonasi, har bir xonadonga “Şarq yulduzi”, “Yoşlik”, “Saodat”, “Fan va turmuş” kabi jurnallar aniq kirib borgan.
– Dunyoviy taʼlim dasturlarini örganyapmiz, amalda qöllayapmiz, maxsus maktablar, litseylar taşkil qilyapmiz… Lekin açinarlisi – baribir çetga, asosan, qora işçi jönatyapmiz. Nega şunday bölyapti deb öylaysiz? Yaʼni tarbiya yoki taʼlimda qanday xatolikka yöl qöymoqdamiz?
– Masalaning taʼlimga oid jihatlariga qisman töxtalib ötdik. Endi tarbiya va qonunlar borasida gapiradigan bölsak, yaşirişga ne hojat: dabdababozlikka öçmiz. Bu illat hatto milliy mentalitet darajasiga yetkazib qöyilgani undan ham açinarli. Çunki bolani öqitiş, ilm, hunar egasi qilişdan köra, dabdabali töy qiliş, haşamatli uy quriş, eng qimmat maşinalar oliş köpçilikning jamiyatdagi ijtimoiy örnini belgilaydigan jihatga aylanib qoldi. Özini bilgan odam, aslida, bu kabi moddiy tökislikni insoniy kamolot bilan hatto yonma-yon ham qöymaydi. Lekin afsuski, bolalardagi pulga ruju qöyiş, közi oçlik, qisqa qilib aytganda, hamma narsadan ham moddiyatni ustun köriş feʼli aynan oila muhitidan boşlanyapti. Bu tanganing bir tomoni. Ikkinçi tomondan, jamiyatda kitob öqiş, bilim oliş ehtiyojini oşiriş uçun ilmi baland, iqtidorli kadrlarga nisbatan munosabatni tubdan özgartiriş darkor. Şunday bölsinki, yoşlar puli emas, bilimi köp odam ustunligiga,
uning uçun barça eşiklar oçiqligi, aniq işga kirişi, jamiyatda öz nufuziga erişişi uçun qandaydir taniş-bilişçilik emas, faqat öz bilimi va salohiyatiga suyanişi mumkinligiga töliq işonsinlar. Buni birinçi navbatda qonunlarimiz taʼminlab qöysin!
Yuqorida “Najot – ilmda” degan hikmat bot-bot takrorlandi. Lekin bugungi vaziyatdan kelib çiqadigan bölsak, najot – qonunlarimizda ham, deya qöşimça qilgim keladi. Muammo şundaki: dunyo qonunçiligiga namuna böla oladigan qonunlarimiz bölsa-da, ularning ijrosi juda sust. Oddiy bir misol: mamlakatimizning qay burçiga bormang, muqaddas qadamjolar atrofida tilançilik qilib yurgan yoş bolalarni, keksalarni körasiz. Holbuki, bola voyaga yetgunga qadar ota-onasining qaramoğida bölişi yoki farzandlar qarovga muhtoj ota-onalariga ğamxörlik qilişlari lozimligi qonun bilan belgilab qöyilgan. Eng oğriqli jihati, juda köp sohalarda ana şunday sovuqqon munosabatga guvoh bölyapmiz.
Jamiyatda bu kabi kamçiliklar köp. Taʼkidlanganidek, ularning har birini bartaraf etişga tegişli taşkilotlar bor, masʼul şaxslar vazifador etib işga qöyilgan, barçasi katta-katta maoş olyapti! Kamçiliklar esa öz joyida turibdi. Maʼnaviyat ham şunga qarab istalgan özanga tuşib oqişda, açinarlisi, quyiga qarab oqişda davom etyapti. Bu holatdagi eng muhim yeçim – aholini fuqarolik haq-huquqlaridan öz vaqtida xabardor qilib boriş, ularning huquqiy madaniyatini şakllantirişdir. Biror qonun qabul qilindimi yoki şunday qonun böla turib, işlamayaptimi, demak endi uning tarğib-u taşviqotini öylaş lozim. Busiz fuqarolik jamiyati, fuqarolik institutlari faoliyati haqida gapiriş ortiqça.
– Negadir köpçilik ijodkorlar “Şarq yulduzi” jurnalida çiqiş qiyin, deb hisoblaydi. Haqiqatdan şundaymi?
– Bu savolingiz “Yaxşi asar yoziş haqiqatdan qiyinmi?” degan bilan barobar. Çunki yaxşi asar daragini eşitişimiz bilan naşrimiz nufuzini yanada kötariş uçun darrov unga egalik qilib, jurnal sahifalarida eʼlon qilişni istaymiz. Şuning uçun ijodkorlardan yaxşi asarlarni kutamiz, şunday asarlar bizga yetib kelganda, hayajonga tuşamiz. Axir, “Şarq yulduzi” – millat adabiyotining közgusi. U millatimizning badiiy saviyasini belgilab turadi.
Bemalol ayta olamanki, bugungi kunda jurnal sobiq ittifoq davridagidan köra yaxşiroq çiqyapti. Çunki ilgari adabiyot, jumladan, adabiy naşrlar ham mafkura bilan hisoblaşişga majbur, yozilgan asarlar ozmi-köpmi darajada öşa mafkura tarğiboti bilan suğorilgan, jurnal ham öz sahifalarida bir yoqlama mafkuraviy asarlarni köproq yoritgan. Bugungi kunga kelib “Şarq yulduzi”dagi yagona mezon – asarlar saviyasi. Faqat kamtarlik yetişmaydigan ayrim noprofessional, havaskor ijodkorlar borki, ana öşalar jonimizning egovi. Aytganingizdek, undaylar “Şarq yulduzi”da çiqiş qiyin, deb nolişadi.
Şu örinda Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri, ustoz Abdulla Oripovning bir fazilatiga töxtalib ötsam. Avvalo, aytmasam ham bilasiz: Abdulla Oripov – uluğ ijodkor. Lekin bu insonning şeʼriyatidan ham yuksak kamtarligiga özim köp bora guvoh bölganman. Davlat va jamoat arbobi, maşhur şoir bölişiga qaramay, şeʼrlarini davriy naşrlarga tez-tez çop ettirişdan qoçardi. Hatto oddiy törtlikni ham obdan işlab, sayqallab, har bitta sözning ohang, maʼno jihatdan örniga tuşganiga amin bölgandan keyingina biror joyga berardilar. Yozgan şeʼrlarini biz şogirdlariga öqitib, fikrimizni söragan paytlari ham köp bölgan. Biror söz örniga boşqa sinonimini aytib qolsak, öylab körardilar-da, maʼqul tuşsa, qalamni olib, şuni özing özgartirib qöygin, derdilar. Yaʼni bu odam boşqalar ijodiga ham, öziga ham mana şu darajada xolis baho bera olardi. Ustozning söz oldida his qiladigan masʼuliyati hammamizga, ayniqsa, yengil-yelpi asarlar yozib, “Şarq yulduzi” bosmadi”, deya gina qilib yuradiganlarga örnak bölişi kerak.
– “Zvezda Vostoka” jurnali nima uçun inglizça yo boşqa birorta tilda emas, aynan rusça?
– Avvalo, jurnallarimiz tarixi haqida qisqaça töxtalsam. “Şarq yulduzi” jurnalining birinçi soni 1931-yilda çop etilgan. Turli nomlar ostida çop etilib kelayotgan naşrga 1946-yili Oybek domla “Şarq yulduzi” deb nom qöyib bergan, yaʼni bu jurnal Şarq adabiyotining çinakam yulduzi bölsin, degan yaxşi niyatda. 1932-yildan “Zvezda Vostoka” jurnali rus tilida çop etila boşlanganiga kelsak, ötgan asrda yurtimizda yaşab ijod qilgan turli millat vakillari aynan şu tilda qalam tebratgan (bu anʼana bugun ham davom etib kelmoqda.) Qozoq, koreys, rus, özbek, ukrain, belorus va boşqa millat vakillari bölgan köplab adib va şoirlar, tadqiqotçi, munaqqidlar ijod namunalari rus tilida bosilgan jurnal yuz minglab nusxa atrofida naşr etilgan. Rusça naşrni bugun ham saqlab qolganimizning boisi, “Zvezda Vostoka” hamon nafaqat yurtimiz va rus tilida ijod qiluvçi özbekistonlik şoir, yozuvçi, adabiyot ixlosmandlari orasida, balki çet elda ham öziga xos nufuzga ega. Hozirga qadar ijodkorlar Rossiya, Yevropa, qardoş respublikalar va boşqa davlatlardan öz asarlarini “Zvezda Vostoka” jurnalida çop etiş uçun jönatadilar…
– Xizmat safarlari bilan viloyatlarga borganda çekka qişloq maktablarida ham bölsangiz kerak? Öşanda kutubxonalarga ham kirasizmi? Vaziyat qanday?
– Afsuski, askariyat maktab kutubxonalarida na adabiy naşrlar, na foydali kitoblar bor. Baʼzi maktablar kutubxonalari har öquv yilida tarqatiladigan darsliklar va javonlarni töldirib, zeb berib turiş uçungina tizilgan, lönda aytganda, tanlanmagan, ayrim kimsalarning özi yoki ota-bobolarining tarjimayi holi, hayot yöli bayon etilgan, hatto qati biror marta ham oçilmagan kitoblarga töla. Qisqasi, öquvçiga, uning yoşiga, dunyoqaraşiga mos bölmagan kitoblar.
Vaholanki, maktab kutubxonalari va u yerda saqlanadigan adabiyotlar sifat darajasini oşiriş böyiça tegişli qaror ham, bayonnomalar ham bor, hatto davlatimiz rahbarining özi bu haqda taʼkidlab turibdi, ammo ijro yöq yoki juda sust. Men aynan şu işga masʼul bölgan odamlar bilan köp bora gaplaşganman. Ular maktabimiz öquvçilari jurnallar faoliyati bilan taniş, faqat hozirgi yoşlar nimadir öqiş uçun elektron manbalarni tanlaşyapti, deb vaziyatdan çiqmoqçi bölişadi. Bir qaraşda bu gapda ham jon bordek. Lekin elektron manba baribir qoğoz kitoblar bera oladigan estetik zavqni ulaşa olmasligini, bir yirik asarni telefon yoki planşet orqali öqib çiqiş soğliqqa zararligi, qolaversa, ulardan olingan maʼlumotlar xotirada muqim örnaşmasligini bilamiz-ku! Bu haqda mutaxassislar ham bong urmoqda. Şunday ekan, nima uçun kitob, badiiy adabiyot maktablarda, heç bölmasa, körgazmali qurol sifatida saqlanmasligi, zamon bilan hamqadam çiqib turgan adabiy naşrlar maktab kutubxonalariga kirib bormasligi kerak? Axir, yoşlarni bugungi kunimizda yozilgan eng sara asarlarni çop etayotgan adabiy jurnallar yoki kitoblar bilan taniştirib borişda aynan maktab kutubxonalarining örni muhim-ku.
Ötgan yili “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan xorijga öqişga ketayotgan talabalarning maʼnaviy saviyasi, ularning tariximiz, milliy sanʼat va adabiyotimizdan xabardorlik darajasini tekşirişimizga töğri keldi. Bugunimizning oldi yoşlari, taʼbir joiz bölsa, maʼnaviyatimizning sara gullari bölgan bu yigit-qizlar, tabiiyki, şu darajaga erişgunça kitob öqişgan, tayyorgarlik körişgan, uç-törttalab til bilişiga aynan şu jihatlar sabab deb öylagandik. Lekin ularga bergan savollarimizga olgan javoblarimizdan maʼlum böldiki, bu navqiron, kelajagi yoruğ yoşlar zamondoş adiblar ijodidan deyarli bexabar. Hammasi sinov imtihonlari topşiriş uçungina özbek adabiyoti bilan qisman taniş. Buning uçun maktab darsliklarini yana bir bor varaqlab çiqişgan, xolos. Şoir va yozuvçi deganda, asosan, Hamid Olimjon, Ğafur Ğulom, Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ötkir Hoşimovlarni bilişadi. Davrimizning zabardast adib va şoirlari Erkin Aʼzam, Xayriddin Sulton, Abdulla Şer, Isajon Sulton, Aziz Said, Salim Aşur, Luqmon Börixon, Sobir Önar, Şoyim Bötayevlar haqida hatto eşitişmagan ham. Axir, öz davrining ilğor vakili qatoriga qöşilayotgan bu yoşlar adabiy asarlar orqali birinçi navbatda davr odamining zamonga munosabatini bilmasa, odam va olam haqida qanday qilib yuksak tuşunça va bilimga ega böladi?!
Tan olib aytişimiz mumkin: bugungi adabiyotimiz ilgarigi adabiyotdan aslo qolişmaydi! Bugungi adabiyot har jihatdan baland! Çunki yozuvçi-şoirlarimizning har biri dunyo adabiyotidan yaxşi xabardor, bu borada savodxon. Ular özining ijtimoiy vazifasiga haqqoniy yondaşadi, jahon adabiyotining murakkab uslublariga tayanib, insonni tahlil, taftiş qila oladi. Şaxsga, millatga umuminsoniy nuqtayi nazar bilan qaraydi. Lekin yoşlarimiz bu adabiyotdan bexabar, öqişmagan! Çunki köpçiligi adib deganda maktab yoki oliy öquv yurtlari adabiyot darsliklariga kiritilgan yozuvçi-şoirlarnigina bilişadi. Demak, yana takror aytamanki, aynan şuning uçun ham öquv muassasalariga adabiy jurnallar kirib borişi şart va zarur.
Adabiyot bizni birinçi örinda sözga masʼul bölişga, hayotda odillikka örgatadi. Sözga masʼullik, odillik munosabati esa nafaqat sözlaguvçida, balki tinglovçida ham bölişi kerak. Çunki ming yillik muammolarning haligaça öz yeçimini topolmayotganining asl sababi – sözlovçi emas, eşitib, töğri xulosa çiqaradigan tinglovçining yöqligidan deb öylayman. Tilagim, hammamiz sözga halol, adolatli bölaylik. Saviyasizlik ham, nafsga bandilik, jamiyatdagi muammolarga loqayd, befarqliklar ham faqat öşandagina barham topadi. Bir butun millat, xalq sifatida uluğlarimiz orzu qilgan komillik sari yuz buramiz.
Suhbatdoş: Hotam ĞAFUROV
2025/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


