19 daqiqada öqiladi

1 266 marta körilgan

Taʼlim va taraqqiyot

Omiljon Ahmadjonov

yoxud faxriy pedagogning öy-mulohazalari

TAHRIRIYATDAN: Barça sohalar kabi bugun mamlakatimiz taʼlim tizimida ham yangilanişlar jarayoni keçmoqda. Tabiiyki, bu jarayonda  har bir fuqaro, birinçi galda, tajribali öqituvçi-pedagoglar öz fikr-mulohazalari bilan iştirok etişni istaydi. Faxriy ustoz, pedagogika fanlari doktori Omiljon Ahmadjonovning katta samimiyat va kuyunçaklik bilan yozgan maqolasini şu maʼnoda çop etişga qaror qildik. Oçiği, maqola hajman ança salmoqli edi – jurnalimiz imkoniyatlaridan kelib çiqib qisqartirdik. Maqola söngidagi takliflarni esa yakuniy xulosa emas, fikrlaşga turtki sifatida qabul qilişingizni söraymiz. Maqsadimiz – mavzu böyiça keng jamoatçilikda fikr-mulohaza uyğotiş, hamyurtlarimizni muhokamaga çorlaş. Fikr almaşinuv jarayonida bundan-da jöyali taklif va taşabbuslar paydo bölsa, maqola muallifi faqat va faqat xursand bölişini bildirdi.  

Bir umrlik mehnat faoliyatim taʼlim tizimi bilan çambarças keçmoqda. Şu bois sohaga oid mulohazalarimni yarim asr davomidagi hayotiy kuzatuvlarimga asoslanib şarhlaşga harakat qilaman. Men maktabni tugatgan vaqtda (1956-yil) respublikamizdagi maktablarning bitiruvçilari (abituriyentlar) oliy öquv yurtlarining qabul rejasidan ozgina ziyodroq edi. Umumiy örta taʼlim muassasalarini yildan-yilga köproq öğil-qizlar bitirib çiqa boşladi va öz-özidan institut-universitetga öqişga kirolmaganlar, yaʼni konkursdan ötolmaganlar soni ham ortib boraverdi. Bu esa farzandlari oliy maʼlumotli mutaxassis bölişini xohlaydigan ota-onalarning faollaşuviga turtki berdi. Natijada tinib-tinçimagan odamlar qalovini topib, qorni ham yondirişga yeng şimardilar. Öşa paytdagi ibora bilan aytganda, tunnel qaziş illati kuçayib boraverdi. Bolalarini ğayriqonuniy yöllar bilan oliy öquv yurtiga kiritolgan ota-onalar öz xatti-harakatlaridan uyalmaydigan, hatto buni uddaburonlikka yöyib maqtanadigan bölişdi. Jamiyat bunga könikdi, zurriyotlarining kelajagini taʼminlayotgan epçillarga havas qiluvçilar ham köpayib boraverdi.
Orzu-havaslar girdobiga ğarq bölayotgan baʼzi amaldoru puldorlar orasida urfga aylanayotgan, lekin jamiyatimiz taraqqiyoti uçun öta zararli bölgan bu illat yoşlarga ham yuqa boşladi. Hamon esimda: öşa yillari başang kiyingan yigitça oğaynisining “Qaysi institutga kirmoqçisan?” degan savoliga dona-dona qilib “KPUga!” deb javob qaytargandi. Yölimda davom etayotib öylandim: “Agar U harfi universitet sözining boş harfi bölsa, K va P harflari-çi? ToşDU va SamDUni bilaman. KPU qayerda ekan?”. Keyinçalik eşitsam, KPU rusça “kuda papa ustroyet” birikmasining qisqartmasi ekan. Ha, yigitça uçun qaysi institut, qanday mutaxassislikda tahsil olişining ahamiyati yöq, otasi kirgizib qöysa böldi-da. Bunday açinarli dunyoqaraş bilan zaharlangan yoşlar soni ortib borardi. Brejnev epoxasi deb nom olgan davrda şunday illat urçib ketdi va lavozimi yoxud jamğarmasi katta bölgan odamning harakati tufayli oliy öquv yurtlarining eşiklari oçiladi, bilimning ahamiyati yöq mazmunidagi fikr yoşu qarilar orasida keng tarqaldi. Oliy öquv yurtlari pedagoglarining bir qismi bunday noxuş holatning odatiy tus olmasligiga harakat qilardilar, lekin barça saʼy-harakatlari qariyb besamar edi. Ikkinçi qismi – şaxsiy manfaatini jamiyat manfaatlaridan ustun qöyadigan epçillar esa davr kelsa, ur begim, davron ketsa, sur begim maqolini özlariga mos tarzda tavsif etib, vaziyatdan unumli foydalanardilar.
Pedagoglarning aksariyat qismi har doimdagidek befarqlik bilan kundalik vazifalarini ado etardilar. Oliy öquv yurtlari faoliyatini boşqariş va nazorat qilişga masʼul yuqori taşkilotlarning mutasaddilari esa noxuş vaziyatni yöqotişga harakat qilayotgandek bölardilar-u, lekin özlari qabul komissiyasi rahbarlariga talaba bölişi şart abituriyentlar röyxatini norasmiy tarzda tutqazardilar. Öquv yili boşlangaç, muammolar tağin qatorlaşardi. Tunnelçi talabalar öquv materialini özlaştirolmasdilar va birinçi imtihon sessiyadayoq bir neça fandan qarzdor bölib qolardilar. Şirin farzandlarining öqişini davom ettirtiriş uçun ota-onalar bellarini yangitdan boğlab, yana harakatga tuşardilar. Avval öğil-qizlarini “tunnelda yetaklagan” xaloskorlarga murojaat qilardilar. Xaloskorlarning baʼzilari şatakka olişni davom ettirardilar, boşqalari esa ahdlaşuvdagi vazifasi bajarib bölinganini bildirardilar. Bu holda yangi xaloskor izlanar va köpinça şu oliy öquv dargohi pedagoglari orasidan topilardi. Ular öqişi öngmagan talabaning jonkuyar toğasi tarzida xaloskorlik harakatini amalga oşirardi. “Nima uçun toğa? Amaki emas?” deb ajablanişingiz mumkin. Gap şundaki, omadsiz talaba va uning rostakam (haqiqiy) amakisining familiyalari bir xil, toğa va jiyanniki esa özgaça böladi. Bundan taşqari, anʼanalarimizga köra, toğa amakiga nisbatan mehribonroq keladi. Amaki dangasaligi uçun talabani jazolaşi (hatto quloğining tagida şavla qaynatişi) mumkin. Toğa esa jiyanining boşini silab yupatadi va jiyanimning muammosi – men uçun ham muammo, uni hal etiş – mening burçim degan fikrni dasturilamal qilib olgan holda astoydil işga kirişadi. Aks holda, keçqurun beçora opasi poççasidan “Lapaşang ukang yordam qilmabdi-ku!” degan daşnom eşitişi mumkin-da. Şuning uçun jonkuyar toğa jiyanini ergaştirib, qayta imtihon oladigan öqituvçini izlab topadi va omadi vaqtinça çopmagan jiyantoyiga ozgina yordamlaşib yuborişni, yaʼni bitta ozğingina uç qöyib berişni yolvorib iltimos qiladi. Erkatoy talabalar öz muvaffaqiyatsizligidan zarraça xijolat çekmaydilar, özaro suhbatlarda jonkuyar toğalarini tank deb ataydilar, özlarini esa imtihon oladigan öqituvçi istehkomini majaqlab bergan tank ortidan ğalaba bayroğini (yaʼni sinov daftarçasini) mardonavor kötarib borayotgan askarga qiyos qiladilar.
Toğalarning nozik iltimoslarini aksariyat öqituvçilar yöq demay bajarişardi. Buning birinçi sababi – hamkasbining yuzidan ötolmaslik. Ikkinçi sabab – oliy öquv yurtlarida hukm surayotgan asabiy vaziyat: masʼul rahbarlar imtihondan ötolmagan talabalar soni köpayib ketsa, öqituvçiga barça yiğinlarda daşnom beraverişardi. Ular mahorati past pedagoglar dars ötgan guruhlardagina özlaştiriş ham past böladi, degan haqoratomuz tanbehni takrorlayverişardi. Şu bois tank öqituvçi qayta imtihon olayotgan öqituvçidan iltimos qilişni “Özlaştirişni kötarişga yordam beriş uçun keldim” qabilidagi hazil ibora bilan boşlardi.
Iltimos yoxud masʼul rahbarlar daşnomini eʼtiborga olmaydigan qaysar öqituvçilar ham bölardi. Ularni tiz çöktiriş uçun turli çoralar körardilar, hatto fitna ham uyuştirardilar. Ğirrom olişuvlardan butun çiqqanlar esa juda oz qolardi.
Oliy öquv yurtlarida çalasavod talabalar bilan parallel ravişda çalasavod pedagoglar ham köpayib borayotgandi. Sababi – yuqorida bayon etilgan xizmatlari evaziga yiğilgan inʼomlarni baʼzi mutaxassislar ilmiy darajani tasdiqlovçi diplomlarni qölga kiritişga sarflayotgandilar. Şunday dissertantlardan biri “himoya spektakli” tugagaç, ilmiy rahbariga minnatdorlik bildiradi va: “Barça savollarga javobni boplab taşladim-a!” deb qöşib qöyadi. Ilmiy rahbar: “Durust, lekin uçinçi savolga törtinçi savol javobini va, aksinça, törtinçi savolga uçinçi savol javobini gapirib yubording”, deb fikrini tugallamasidanoq dissertant tutoqib: “Bu ahmoqlar savol beriş tartibini adaştirib yuborgan bölsa, men aybdor emasman-ku!” deydi. Ha, beçora dissertant qiynalib ketgan-da! Ğaroyib voqeadan xabardor hamkasblar uni uzoqdan körib qolişganida bir-biriga maʼnodor boqib miyiğida kulib qöyişardi, lekin yaqin kelganida qölini siqib odatiy salomlaşaverardilar. Bundaylarning nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyasi ğaroyib tarzda paydo bölgani, baʼzilarini öz ixtisosligi böyiça hatto oliy maʼlumotli deb ham hisoblaş bahstalab ekani töğrisida şivir-şivirlar bölardi-yu, biror mardum ovoz çiqarib ğing etmasdi.
Avvaliga yasama olimçalar qinğir qilmişlarini nihoyatda yaşirişardi, keyinçalik uyalmaydigan, hatto pul bölsa, çangalda şörva deya maqtanib yuradigan bölişdi. Açinarlisi şundaki, bunaqalarning aksariyati özi dars ötadigan fanning asoslaridan talabalarga beriladigan hajmdagi bilimga ham ega emasdilar. Bu esa astoydil öqiş iştiyoqidagi talabalarning tahsil olişi yölidagi jiddiy tösiq edi. Barça sohalar kabi taʼlim tizimidagi közböyamaçilik, qinğirlik va adolatsizliklar oqibatida şöro saltanati inqirozga yuz tutdi.
Mustaqil mamlakatimizda eski tuzumdan meros muammolarga barham beriş, taʼlim sohasini jahon standartlariga kötariş maqsadida izçil islohotlar amalga oşirila boşlandi. Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi qabul qilindi. Taʼlim tizimining strukturasi özgartirildi. Majburiy taʼlim muddati – 12 yil etib belgilandi, şundan 9 yili umumtaʼlim maktablarida, 3 yili esa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida ötaladigan böldi. Oliy taʼlim ikki bosqiçdan – tört yillik bakalavriat va ikki yillik magistraturadan taşkil topdi. Ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimida ham tub özgarişlar amalga oşirildi. Qarorlar amaliyotga joriy etildi. Xöş, natijalardan qoniqiş hosil qilyapmizmi? Litsey va kollej bitiruvçilarining bilim darajasi qanday? Oliy öquv yurtlari tayyorlayotgan bakalavr va magistrlarning malakasi bugungi kun talabiga töla javob beryaptimi? Savollar köp.
Har bir millatning har bir davrga mos dunyoqaraşi böladi. Xususan, şöro davrida barça muassasa va korxonalar davlat tasarrufida edi, markazlaştirilgan boşqaruv amalda edi. Kadrlar bölimi asosan xizmatçining lavozimi uning maʼlumotiga, yaʼni diplomiga (örtami, oliymi… mutaxassisligi, ixtisosligiga) monand bölişiga eʼtibor qilardi. Masalan, injener lavozimiga tayinlaniş uçun oliy texnikaviy maʼlumotga egaligi haqidagi diplom, kattaroq dökon rahbari böliş uçun esa savdo yoki iqtisod institutini tugatganligi haqida diplom lozim edi. Yanada yuqoriroq lavozimni egallaganlar orasida fan doktorlari köpayib borayotgandi. Qisqasi, odamlar zehniyatida durustroq lavozimga erişiş uçun diplom kerak, farzandingiz kelajagini taʼminlaş uçun unga diplom olib berişingiz şart, degan tuşunça örnaşib qolgandi.
Kommunistik mafkuradan xoli bölgan, yaʼni bozor munosabatlari hukmron jamiyatlardagi ahvolga nazar taşlaylik. Ularda işlab çiqariş korxonalariga yoxud xizmat körsatiş muassasalariga ayrim şaxslar yoki bir guruh şaxslar – aksiyadorlar egalik qiladi. Biror mahsulot işlab çiqariş (yoxud xizmat körsatiş) tanho bitta korxona (yoki muassasa) tasarrufida bölişiga yöl qöyilmaydi. Boşqaça aytganda, raqobat rağbatlantiriladi. Kuçli raqobat tufayli raqobatçilar sifatliroq va arzonroq mahsulot işlab çiqarişga, xizmat körsatiş muassasalari esa raqobatçilariga nisbatan yuqoriroq saviyada xizmat körsatişga intiladi. Şuning uçun bilimdon va yuqori mahoratli mutaxassislar qadrlanadi, yoşlar öquv maskanlariga uşbu taʼlim dargohini bitirganligi haqida beriladigan diplomga egalik qiliş iştiyoqida emas, balki soha sirlarini egallaş uçun kiradilar va çuqurroq bilim olişga tirişadilar. Taʼlim muassasalarining nufuzi esa bitiruvçilarining bilimdonligi, öz malakasini texnik va texnologik taraqqiyotga moslaştira olişi bilan aniqlanadi. Şunday fazilatli mutaxassislar korxonani modernizatsiyalaşga, natijada raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarib, kattaroq foyda olişga köproq hissa qöşadilar-da! Şuning uçun yirik aksiyadorlar ham çalasavodroq zurriyotlaridan köra begona bilimdonlarni işlatişni afzal köradilar.
Xulosa şuki, bozoriy munosabatlar hukmron bölgan jamiyatlarda diplom egalari bilimlariga monand ravişda qadrlanadi va obrö topadi, degan tuşunça boy va oligarxlarning ham, oddiy fuqarolarning ham zehniyatiga singib ketgan. Tantanali sanalarda yaqinlariga eng zamonaviy avtomaşina yoxud yaxta hadya etadigan milliarder farzandi osonroq yöl bilan diplom olişiga kömaklaşmaydi, bunday harakatni öğil-qizining ham, özining ham oyoğiga ataylab bolta uriş deb tuşunadi. Haqiqatan, barça sohalarda kuçli raqobat mavjud jamiyatda çalasavod farzand otasidan meros qolgan mulkni köpaytira olmaydi, hatto uni saqlab qolişga ham qodir bölmaydi-da!
Endi tabiiy ravişda tuğiladigan “Nima uçun hanuzgaça baʼzi yoşlar va ota-onalarining ğayriqonuniy usullar vositasida diplomga intilişi töxtamayapti?” mazmunidagi savolga javob axtaraylik.
Mustaqillik tufayli yurtimizda tadbirkorlikka keng yöl oçildi, fuqarolar orasida mulkdorlar  paydo böldi. Lekin bizning bu boylarimiz bilan kommunistik mafkura taʼsiriga uçramagan mamlakatlarning boylari orasida farq bor. Ular biror muammo vujudga kelganda “Nima uçun şunday böldi? Kelajakda yana takrorlanmasligi uçun nima qiliş kerak?” qabilidagi savollar ustida boş qotiradilar. Biznikilar esa qisqagina tarzda: “Qança bilan hal bölarkan?” deyişadi. U boylarning farzandlari taʼlim maskanlarida öqiş haqini tölaş uçun darsdan böş vaqtlarida turli yumuşlar bajarib (uyalmasdan!) pul jamğarişadi. Bizning boylarimizning ham, farzandlarining ham dunyoqaraşi özgaça. Baʼzi boyvaççalar: “Bitta oğaynim institutga yangi “inomarka” maşina minib kelyapti, men esa hanuzgaça “Neksiya”daman”, deb öksinadi. Mehribongina onasi keçqurun butun vujudi bilan açiniş alomatini namoyiş etgan holda: “Öğlingiz anavi oğaynisidan kammi? Heç bölmasa, özingizning obröngizni öylang-da…” deb erlarini yölga soliş jarayonida samarali natija beradigan usullarni qöllaydi. Boy ota taslim böladi. Axir, obrö kerak-da! Şavla ketsa ketsin, obrö ketmasin, degan maqol bor-ku! Bu faylasuflarning turmuş ongni belgilaydi iborasining amaldagi tasdiği. Açinişga molik mazkur holat ana şu kimsalar maʼnaviyati qay darajada ekanini namoyiş etadi.
Tasavvur qilaylik, bir ota taniş-bilişlariga iltimos qilib, farzandini oliy öquv yurtiga kiritdi. Öğli xursand, özi ham osuda hayotini davom ettiraveradi, çunki uning fikriça, öğirlik, aldamçilik, muttahamlik, xiyonatkorlik, riyokorlik… kabi illatlardan nafratlanib, ijobiy fazilatlarni eʼzozlab hayot keçiryapti-da! Iltimos – illatmi yoki fazilat? Bu savolga mehribon ota jöyali javob bera olmaydi, çunki u tanişidan “Öğlimga yordam berib yuboring”, deb qilgan iltimosining oqibati boşqa abituriyentlar hayotiga qanday taʼsir etişini öylab ham körmagan-da. Balki uning zehniyatida mazkur iltimos “Oğirroq buyumni avtomaşinam yukxonasiga joylaşga yordam berib yuboring”, deb yaqinidan ötib ketayotgan yölovçidan kömak söraşga öxşaşi mumkin.
Tabiat va jamiyatdagi hodisa va voqealarni yetarliça çuqur idrok etişga odatlangan boşqa ota esa quyidagiça fikr yuritadi: “Öğlimning institutga kirişiga yordam bering”, degan iltimosimni bajaruvçilar farzandimning bilimini haqiqiysidan yuqoriroq aks ettiriş yöllarini (noqonuniy tarzda) qöllaydilar. Natijada öğlimning familiyasi imtihon javoblari röyxatida haqiqiysidan balandroq qatordan joy oladi. Iltimos qilinmagan abituriyentlar familiyalari esa bir satr pastroqqa tuşadi. Menga öxşagan iltimosçilar köpaygan sari öz bilimiga işonib ariza topşirgan oddiy abituriyentlar familiyalari yanada quyilab ketaveradi. Keyin, öğlim ikkimiz öğirlik qilgan bölamiz. Ha, birovning hamyonini urgan odamni öğri deymiz. Bizning amalimiz esa kissavurnikidan beş battar illatdir, buni muttahamlik deb ataş joiz. Pulini oldirib qöygan insonning hamyoni keyinçalik töldirilişi mumkin. Iltimos qilinmagan beçora abituriyentning taqdiri-çi? Ular ham menga öxşaş otalarning sevimli farzandi-ku! Farqi şuki, ularning otalari iltimos qilişning uddasidan çiqa olmaganlar, xolos. Bundan taşqari, kissavur faqat bitta odamga, yaʼni hamyon egasiga ziyon yetkazadi. Iltimos tufayli talabalik martabasiga erişgan yigit oliy öquv yurtini bitirganligi haqida diplom olgaç, çalasavod mutaxassis sifatida jamiyatimizga, yurtimiz taraqqiyotiga zarar yetkazişi ehtimolini unutmaslik kerak…”
1992-yil bahori. Köçat bozorida bir qariya menga tikilib turdi-da: “Inim, keçirasiz, Siz televideniye orqali dars olib borardingiz-a?” deb söradi. Tasdiq javobini olgaç, biroz gurunglaşib qoldik. Suhbatdoşim teran fikrlaydigan, çuqur mantiqiy muşohada yurgizadigan xuşmuomala inson ekan. U kişining fikr-mulohazalarini umumlaştirib qisqaça bayon etaman: “Bir yarim asrlik istibdoddan söng bizga ham ozodlik nasib etdi. Endi mustaqillikni mustahkamlaşga har birimiz baholi qudrat hissa qöşişimiz kerak. Faqat şundagina Vatanimiz taraqqiy etadi. Umuman, mamlakat taraqqiyotini parvoz qilayotgan aeroplanga qiyos qilsak, uning bir qanotini fuqarolar soğliğini saqlaş, ikkinçi qanotini esa millatdoşlarimiz savodxonligini oşiriş deb hisoblaş lozim. Siz öqituvçilar sovet davridan qolgan salbiy meros – öquv dargohlaridagi poraxörlik, taniş-bilişçilik kabi illatlarga çek qöyişdek maʼsuliyatli vazifangizni unutmasligingiz kerak…”
Kuyunçak qariya bilan mazmunli suhbatimizni hanuzgaça xotirlab turaman va quyidagi fikrga kelaman: hanuzgaça öquv maskanlarida sodir bölayotgan salbiy xatti-harakatlarni tugatişning eng samarali usuli – fuqarolarimiz zehniyatida bunday noxuşliklarga nisbatan jirkaniş könikmasini şakllantirişdir. Darhaqiqat, köpçilik içadigan suv oqib turgan ariqqa axlat taşlaş, ota-onasiga baqiriş, birovning omonatiga xiyonat qiliş, boylik orttiriş ilinjida sotqinlikkaça boriş kabi amallar nomaqbul ekanligi asrlar davomida millatdoşlarimiz zehniyatiga singib ketgani bois bunday xatti-harakatga yöl qöyganlardan hazar qiliş hissiyoti vujudga kelgan-ku! Öquv maskanlarida baʼzan sodir bölayotgan qoidabuzarliklar esa ulardan ham tubanroq-ku!
Yurtimizdagi barça oliy öquv yurtlarida abituriyentlarni saralab oliş test asosida amalga oşirila boşlangani mazkur jarayonda adolatni taʼminlaş darajasini oşirdi. Birinçi yili barça abituriyentlar bitta variant topşiriq bilan sinaldi. Bölmadi, sababi – abituriyentlarning yonidagilar bilan maslahatlaşib gaplaşişlari va köçirmakaşlik. Şuning uçun ikki variantli, keyinçalik esa köp variantli testga ötildi, yaʼni guruhdagi har bir abituriyentga alohida topşiriq beriladigan böldi… Şunça saʼy-harakatlarga qaramay, ming afsuski, xalq orasida, bilimi yetarli bölmasa-da, “kerakli” abituriyentlar talabalikka qabul etilyapti, degan gaplarni eşitamiz. Bunga eʼtiroz bildiruvçilar: “Baʼzan anglaşilmovçiliklar bölyapti, abituriyent javoblardan birini tavakkaliga belgilasa ham, tasodifan töğri çiqib qolişi mumkin”, deyişadi.
Mazkur bahsga oid şaxsiy fikrlarimni bayon etaman. Abituriyent erişişi mumkin bölgan eng yuqori ball (yaʼni uçala fan böyiça berilgan 36 tadan topşiriqning barçasida töğri javob belgilansa),  36 x 3,1 +36 x 2,1 + 36 x 1,1 = 226,8 böladi. Har bir test savoliga törttadan javob varianti berilişini hisobga olsak, tavakkalçi abituriyent topşiriqlarning bir qismini, masalan, çoragini tasodifan töğri belgilab qöyişi ehtimoli mavjud. Bu esa atigi 60 ball deganidir. Yaʼni, abituriyent oliy öquv yurtiga kira olmaydi. Şu paytgaça harbiy imtiyoz uçun, qoidaga köra, 61,24 ball qöşib berilsa, 120 dan yuqori ball bilan biror institutga ilinişi mumkin edi. Yaqinda amalga oşirilgan özgariş – harbiy imtiyozga ega abituriyentga özi töplagan balning yarimini qöşimça tarzda qöşib beriş tartibi mazkur jarayonda adolatni taʼminlaş darajasini oşirdi. Şu örinda bir mulohaza: namunali xizmat qilgan askar yigitga faqat Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi kabi tizimlar tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga kirişda imtiyoz berilsa, yanada töğriroq bölardi.
Test haqidagi bahslar davom etyapti. Şu asnoda bir tanişim, aniqroği, öspirinlik davri Beşyoğoçda ötgan çapani maktabdoşimning daşnomlarini xotirlayman: “Omil, seni fizika öqitiş sohasidagi uslubiyotçi pedagog deb aytişadi. Köpçilik taniydigan bir fizik 1 soat davomida abituriyentlarga berilgan variantdagi fizikaga oid 36 topşiriqdan atigi 11 tasini yeça oldi. Uning aytişiça, topşiriqlar juda murakkab ekan. Test markazidagilar ataylab qiyin topşiriqlar tanlaşidan maqsadlari – ota-onalarni yalintirişdir. Bu sovet davrida savdo sohasidagi rahbarlarning xaridorgir tovarlar tanqisligini sunʼiy tarzda vujudga keltirişini eslatyapti-da! Kunimiz şunga qoldimi?”
Maktabdoşimning aççiq gaplari meni iztirobga soldi va könglimda tugun bölib yotgan fikrlarni çapaniga çapaniça javob tarzida quyidagiça oçiqladim: mehnat faoliyating savdo sohasi bilan boğliq bölgani bois savdoga oid tamoyillar qoningga singib ketgan. Maorif sohasining esa öziga xos qoidalari mavjud. Fanlar, xususan, fizika ham davlat taʼlim standartlarida qayd etilgan hajmda öqitiladi. Davlat test markazi bankidagi topşiriqlar majmui esa şu talablarga asoslanib tuzilgan. Sen ardoqlayotgan fizikning 36 savoldan faqatgina 11 tasiga töğri javob bera olganidan hayron qolmayman. Lekin uning test haqidagi safsatasi işkomdagi uzumga harçand urinsa-da yetolmagan tulkining “Bu meva aççiq, yeb bölmaydi”, deyişini eslatyapti. Davlat taʼlim standartlaridan çekinib, imtihon topşiriqlarini çalasavodlarning saviyasiga qadar tuşiriş mumkin. Bu holda özbegim jahon andozalariga mos bilim olişga qodirmas deb millatimizni haqoratlagan va yoşlar savodxonlik darajasining ösişiga bolta urgan bölamiz. Unutmaylik, bundan yuz yil muqaddam yoziş va öqişni biroz özlaştirgan odam savodli deb hisoblanardi. Hozir esa… Seni özing ham hozir eşak arava emas, haşamatli avtomaşina minyapsan-ku! Barça sohalar kabi bilim olişda ham zamon bilan hamqadam bölişimiz şart. Afsuski, millatdoşlarimizning senga öxşagan toifasi öşa fizikka öxşagan pedagoglarning kasbiy mahorati pastligini fahmlaşni ham xohlamaydilar, çunki sizlar öz zurriyotlaringiz bilimini ança yuqori baholaşga ularning kömaklaşganidan mamnun bölasizlar va bu epçil pedagoglarga homiylik hamyoningizni hotamtoylarça keng oçasizlar. Hamyon zurriyotlar bilimini oşiriş yölida oçilsa, foydali va savobli amal bölardi. Mening padari buzrukvorim, pul topa bilganga beş baho, pulni samarali xarjlaganga esa ön baho, deya köp takrorlardilar. Eh, birodari aziz! Senga öxşagan beli baquvvat otalarning öz farzandlarini bir amallab diplomga erişiş yöli böylab yetaklayotganiga açinaman. Keyinroq bolangizning bilim egallaş sohasidagi eng sermahsul davri besamar ötganini anglaysiz va afsuslanasiz. Xalqimizning “Keyingi puşaymon – özingga duşman” maqolini unutmang va farzandingizning taʼlim olişiga qançalik kömaklaşayotganingizni çuqurroq tahlil qilib köring. “Tunnel topa bildimki, öğlimni oliy öquv yurtiga kiritdim, hozirda hojatbaror xaloskorlar yordamida uning sinov daftarçasida imzolar töplanyapti, pirovardida nimaga erişamiz-u, nimalar yöqotamiz?” degan savolga ham xolisona javob qidiring. Erişadiganingiz – diplom deb ataladigan ikki varaq qoğoz, yöqotadiganingiz-çi? Savolning ikkinçi qismiga obyektivroq javob berişingiz uçun 30 kilogramm çamasidagi yukni harçand urinsa-da, avtomaşinasining yukxonasi sathigaça kötara olmayotgan jismonan zaifgina yigitçani tasavvur eting. Uning 100 kilogramm vaznli yukni bemalol kötaradi, degan qoğozi borligini ham unutmang.
Millatimiz uçun nihoyatda muhim va dolzarb bölgan muammo – savodxonlikni kötariş uçun yoşlar ham, ularning ota-onalari ham, ustoz va murabbiylar ham asl maqsadni, yaʼni öquv dargohlarida yetarliça çuqur bilim oliş kerakligini anglab yetişlari va unga amal qilişlari kerak. Şu maʼnoda hozirgi şart-şaroitni eʼtiborga olib taʼlim sohasiga özgartirişlar kiritiş maqsadga muvofiq, deb öylayman. Xususan, oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari mexanizmini yanada takomillaştiriş mumkin, nazarimda. Qay tarzda? Şaxsan men uşbu jarayonni quyidagiça taşkil etiş tarafdoriman:
Davlat test markazi 16 ta test ötkaziş zali (jumladan, Toşkentda 3 ta, Samarqandda 2 ta, boşqa viloyat markazlari va Nukus şahrida 1 tadan) taşkil etib, har birini 100 tadan kompyuter bilan jihozlaydi.
Taʼlim tizimi rahbarlari esa litsey va kollej bitiruvçilarini test ötkaziş zaliga olib keliş jadvalini tuzib, uni amalga oşirişni taşkil etadilar.
Öquv dargohlarining vakillari, taʼlim tizimi mutasaddilari test ötkaziş zaliga mutlaqo kiritilmaydi. Zalda tartibni saqlaş va boşqariş DTM tomonidan ajratilgan 10-12 nafar mutaxassis-nazoratçi zimmasiga yuklanadi.
Test ötkaziş zalidagi har bir kompyuter qarşisiga bir nafar bitiruvçi joylaşadi va matematika va fizikadan 20 tadan, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, ingliz tili, rus tilidan 10 tadan topşiriqni yeçadi.
Bitiruvçilarning ona tili va adabiyot böyiça bilimini test yoxud yozma iş usuli orqali baholaşni mutaxassislarga havola qilaylik. Lekin fikrini öz ona tilida yozma va oğzaki tarzda bayon qila oliş könikmasi, mumtoz va zamonaviy adabiyot durdonalaridan boxabarlik darajasi qoniqarli bölmagan insonni savodli deb hisoblaş bahstalab ekanini unutmaylik.
Agar örta maxsus taʼlim muassasalarining sönggi bosqiçida öqiş Navröz bayrami arafasida yakunlansa, 1 apreldan 31 iyulgaça respublika böyiça 16 ta test zalida yarim milliondan ortiq litsey va kollej bitiruvçilarini sinovdan ötkaziş mumkin.
Har bir topşiriq javobini töğri aniqlagan bitiruvçi 1 ball bilan taqdirlanadi, notöğri javob esa 0,25 ball bilan jazolanadi. Yiğilişi mumkin eng yuqori ball 100 ga teng böladi (ona tili va adabiyot böyiça baholaniş bunga kirmaydi). Topşiriqlarni bajariş uçun 2,5 soat beriladi. Şu vaqt tugagaç, kompyuter javoblarni qabul qilişni töxtatadi, barça axborotlarni xotirasida saqlab qoladi va bitiruvçi bajargan işning natijalarini monitorda körsatadi.
Maksimal ballning 50 foizi va undan ortiğini töplagan bitiruvçilarga oliy öquv yurtida öqiş huquqini beradigan attestat yoxud diplom taqdim etiladi.
50 foizdan kam ball töplagan bitiruvçilarga esa 3 yil davomida mazkur öquv dargohiga qatnaganligi haqida maʼlumotnoma beriladi. Ular mustaqil ravişda bilimini oşirib, 2 yildan söng yana sinovdan ötiş huquqiga ega böladilar. Bu sinovlar şu test zalida, lekin 1 oktyabrdan 31 yanvargaça ötkazilgani maʼqul.
Demak, taklif etilayotgan islohot tufayli örta maxsus taʼlim muassasalari  bitiruvçilarini davlat attestatsiyasidan ötkaziş va oliy öquv yurtlariga kiriş sinovlari bir kunda ötadigan bitta imtihonga almaştiriladi. Oxirgi yillarda oliy öquv yurtlarida öqişga daʼvogarlar soni yarim milliondan oşmoqda, yaʼni 20 ming guruhni taşkil etayotir. Har bir guruhga 2 nafardan nazoratçi kerak. 1-avgust kuni ötadigan testlarga faqat nazoratçilardan 40 ming nafari jalb etiladi. Bunday köp sonli nazoratçilarning özlarini nazorat qiliş amri mahol. Taklif etilayotgan islohot tufayli barça test ötkaziş zallarida faoliyat körsatadigan xodimlar 200 nafardan oşmaydi. Bu xodimlar test ötkaziş zallaridagi barça jarayonlar xolis va haqqoniy bölişini taʼminlaşlari lozim, albatta.
Taklif etilayotgan islohotdan közlangan yutuq ikkita. Birinçisi – oliy öquv yurtlari talabalarining safi bilimi yuqori bölgan yoşlar bilan töldiriladi. Ikkinçisi – jamiyatimizda öqiş-öqitiş sohasiga munosabat tubdan özgaradi: yoşlar oliy öquv yurtlariga kiriş uçun bilim zarurligini anglab yetadilar; ota-onalar farzandlarini astoydil bilim olişga undaydigan çora-tadbirlar köradilar, jumladan, öqituvçilarning pedagogik mahorati bilan qiziqa boşlaydilar; öqituvçilar esa talabga javob bera oliş uçun malakalarini oşirişga intiladilar.
Insonning biliş qobiliyati ikki komponentdan iborat. Birinçisi – ajdodlardan avlodlarga ötadigan irsiy qism. Ikkinçisi – taşqi şaroit va axborotlar taʼsirida, yaʼni taʼlim tufayli rivojlanib boruvçi qism. Millatdoşlarimizning irsiy biliş qobiliyati havas qilsa arziydigan darajada yuqori. Buning dalili – Turon zaminida dunyo tamadduniga ulkan hissa qöşgan allomalarning köp yetişib çiqqanidir. Ikkinçi jihatni ijobiy tomon siljitiş jamiyatimiz va uning ziyo taratuvçi peşqadam vakillari – pedagoglarning muqaddas burçidir.

Omiljon AHMADJONOV,
pedogogika fanlari doktori, professor.

1940-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning fizika fakultetini tamomlagan.
Öndan ortiq darslik va öquv-qöllanmalar muallifi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)