2 daqiqada öqiladi

188 marta körilgan

“Tilingdan avval qalbingni tarbiya qil…”

Gulrang Ubayeva

Bir neça kundan beri tanamda qolgan bor hafsalamni yiğib Mahmud Koşğariyning “Devoni luğotit-turk” asarini öqiyapman. Şunday öqiyapmanki, şu vaqtgaça bearmon gapirib yurganim asar haqida aslida heç narsani bilmasligimni bilib öqiyapman… Endiki, bu asar haqida oğiz oçişim ança qiyin ke­çişini tuşunib öqiyapman. Qizarib-bözarib, böğilib öqiyapman.

Kitobni öqirkanman, qaysi bir qiziq kinoda körganim “jinni qahramon” tez-tez yodimga tuşadigan böldi. Uning jinniligi – allaqança telba-teskarilik, hangomalardan keyin oldindan öziniki bölgan narsalarini zörğa tanib olar, “Iya, özimniki ekan!” deya yana dunyoni unu­tardi.

Ayni dam öşa qahramon bilan sira farqim yöqligini ham tuşunib qoldim. Negaki men kunora eslab qolişga urinib, tilim ke­lişmay yurgan sözlarning köpçiligi “özimniki” bölib çiqayotgandi. Qiziği, şakli biroz qiyşaygan bu sözlardagi gözal turkiy maʼno deyarli özgarmay qolgan. Eng ajoyibi, “Devoni luğotit-turk”da yöq söz va maʼnoning özi yöq edi!

Şunday mukammal merosimiz, ulkan boyligimiz böla turib, allaqanday ajnabiy sözlarni qarzga olib yurişimiz, ulardan “bezak” uçun, qay bir maʼnoda dabdaba (aslida, şarmandalik) uçun foydalanişimiz ğalati.

Hamma uçun taniqli bölgan boyvaççaning köçada tilançilik qilib turişi qançalik kulgili bölsa, bugun avj olgan til borasidagi qilğiliklarimiz ham tirnoqça bölsin undan qolişmaydi.

Bir darsimizda ustoz aytib qoldilar: Yaponiyada bozor-öçarda nimadir xarid qilgunça yapon tilida söramasangiz, sotib ötirişmas ekan. Buni eşitib “Devoni luğotit-turk” asaridagi şu jumlalar yodimga tuşdi: “Turkiy­lar, agar ularning tilida gapirsang, gunohkor bölsang, gunohingdan ötadilar, bandi bölsang ozod etadilar…’’ Bugungi kunda avra-astarigaça ajnabiy sözlar bilan qurşab taşlaganimiz “turkiy” tilimiz bizga qaraganda ançayin “ibtidoiy” yaşagan ajdodlarimiz davrida bunçalar uluğlanganiga qoyil qolasan kişi!.. Öşa odamlar şunçalik nozik his qila olgan masala bugunimizda çindan ham mavjudmi özi? Yaponiya rivojlanişiga, ulardagi izçillikka taqlid qilişga urinamiz-u, allaqaçon yaponlarning özi qiyomini keltirib taqlid qilayotgan bobolarimiz amalini bajara olmaymiz. Unutganmiz!

Mavlono Rumiy yozadilar: “Tilingdan avval qalbingni tarbiya qil. Çunki söz qalbdan kelib tildan çiqadi”. Ming afsuski, qalbdan kelayotgan izhorlarini ham öz ona tilida epaqaga solib ayta olmaydigan ziyolilari­mizni (aynan şu toifani) körganingda öylanib qolasan…

Rumiy aytmoqçi: Ijtimoiy hodisa, avvalo, qalbda yuz berişi kerak. Qalbda şakllanmagan “Ijtimoiy hodisa”ni söz qilib qonunga aylantiraveriş esa salla havoda muallaq qolib, tanani boşdan judo aylaşga öxşab qolyapti…

Köp gap eşakka yuk edi. Hozir esa gap berib ötirmasdan, şunçaki yozib qöya qolsangiz ham, zotdor otlardan tortib it-muşuklargaça ensasi qotadigan zamon. Şu sabab sözimiz oxirida Mavlono orzu qilgan öşa qalb tomon biroz yaqinlaşişga urindik. Zero, qalb – Allohniki, deyişgan. Alloh esa bizni turkiy qavm­da yaratganini unu­tib qöymaylik.

Gulrang UBAYEVA,

Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti

universiteti talabasi

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)