7 daqiqada öqiladi

485 marta körilgan

“Tirik toş”ning içkarisida…

Ötgan asr boşlarida birinçi özbek professori Abdurauf Fitrat şeʼriyatga şunday taʼrif bergan edi: “Şeʼrda kişilarning qonini qaynatguvçi, singirlarini öynatguvçi, miyasini titratguvçi, sezgisini qözğatguvçi bir kuç, maʼnaviy bir kuç bor. Şunday kuçi bölmagan söz “vazn” va “qofiya”si bölsun, şeʼr böla olmaydur… Çin şeʼr yurak sezguvlarini körsatmakdir”. Darhaqiqat, şeʼr nafaqat vazni, qofiyasi va mazmuni bilan, balki maʼnaviy kuçi bilan şeʼrdir. Şunday ekan, qaysi bir özbek şoirining ijod namunasiga özbekona tiynat va milliy maʼnaviyat kuç bergan bölsa, u çinakam xalq mulkidir. Uni öqiguvçi, tinglaguvçi, baholaguvçi – şeʼrxoni bordir.

Bugun özbek şeʼriyatiga ovozini jaranglatib kirib kelayotgan, özi sokin, bosiq, lekin qalbi tuğyonli yoş şoirlarni könglimiz tölib sanaşimiz mumkin. Har birining öz qaraşlari, özigagina xos badiiy topilmalari, şeʼr ahliga xos dardlari bor. Odatda, ayrim yoşlar pişib yetilmagan, xom-xatala yozişmalarni kötarib ota-onasi yo bobo-buvisidan biri bilan boşlaşib, u yoq-bu yoqqa çopib yuradilar. Qofiyalaşib turgan qatorlarni şeʼr debgina qolmasdan, yozganlarini tezroq kitob qilib çiqarişni istaydilar. Ularni noörin daʼvolar-u hadahalar çalğitadi. “Kitobi çiqqan” degan nomni oliş qiziqtirib yuboradi. Afsuski, ayrim nomdor, isteʼdodli şoirlarimiz ham yomon körinib qolişni istamay, qalamkaşning yozganlariga baland baholar berib, “oq yöl” tilab taqrizmi, tavsiyami, yo şunga öxşaş bahosi baland, ammo özi yozilib bitilganiga puşaymon bölib turgandek tasavvur beradigan bir narsalarni yozib tavsiyatalabni xursand qilib yuboraveradilar. Bu bilan kitob nomiga nomunosib taxlamalarning köpayişiga sababçi böladilar. Yoşi katta bir ijodkor bilan şu masalada suhbatlaşganimizda u bir-ikki şoirning şeʼrlarini tanqid qilgani-yu, keyinçalik öşa şoir köplarning eʼtiborini qaratadigan şeʼrlar yozib, davralarda eʼtirof etila boşlagani, şundan keyin tanqidçini körolmaslikda ayblab, salom-alik qilmay yurganini sözlab berdi. “Heç bir adabiyotçi şoirni ijod maydonidan çiqariş uçun tanqid qilmaydi. U faqat sözning isrofiga befarq qarab turolmaydi. Tanqidgina şoirni şoir qiladi.. Balki öşa şoirning öz ustida işlaşiga men ham maʼlum darajada sabab bölgandirman. Buni esa u heç tan olmaydi”, deydi afsus bilan suhbatdoşim.

Aslida, yaxşi bölay-bölay deb bölolmagan asar, köp holda, aççiqqina tanqidga uçraydi. Tanqidçidan ranjiş zalvori ham oğir adabiyot oldida heç narsa emas. Eng yomoni, biz tanqid bor joydan qoçganimiz, tanqidni kötarmaganimiz, uni xatola­rimizni önglaş yoki özimizning ustimizda işlaşimiz uçun asos qila olmasligimiz, dastak sifatida anglamasligimizdir. Natijada uvol satrlar, uvol qoğozlar, uvol mehnatlar, mablağlar. Eng katta uvol esa şeʼr axtargan taşna köngillarning eʼtibori. Asar degan nomning qimmatini qançalik baland tutsak, qadrlasak, butun dunyoda ham öz qadrini, eʼtirofini topadigan badiiy adabiyotimiz maydonga kelardi”.

Biroq yaxşi şeʼrlar oq sahifalarda qorasini körsatibgina qolmay, kitobxonni öziga çorlab, yuraklarni titratib, nozik sezimlarini uyğotib, tebratib turibdi. Şunday isteʼdodlar borki, ularni hamişa ham matbuot sahifalarida, davralarda köravermaymiz. Jimgina, kamsuqumgina qalamini tebratib yuradi. Nogoh qayerdadir uning satrlarini öqib qolganda esa xuddi bir noyob gavharni topgandek sevinib ketadi odam.

Şeʼr zavqini istab möjaz kitobçaga köz yugurtirar ekansiz, bitguvçining köngliga tutilgan oynada aks etgan kabi tiniq, nur qaytarguvçi gavharlar közingizda jilvalanadi. Sözni his eta borib, kitobning muqovasiga yana bir nazar taşlaysiz. Kim edi bu?

Röyxatlar sözlaydi: 2011-yilda Dörmon semina­rida şeʼrga muxlis bölib bir yigit keldi. Köplar qatori. Dadaxon Muhammadiyev. Biroq birinçi kitobini çiqariş uçun çopmadi, yelmadi. Ustozlari söragan vaqtlarda, ustida işlayapman, tugatişim bilan boraman, deb javob berdi. Uning şeʼrlari ustida işlaşiga esa naq yetti yil vaqt ketibdi. Ehtimol, Zomin (Dörmon) seminarida katta şoirlar davrasida özining yozganlari bahosini özi bergandir. Talabçanlik bilan özga nigohlardan özini kuzatgandir.

Nihoyat, joriy yildagina “Birinçi kitobim” loyihasida yoş şoirning şeʼrlari çop etiladigan böldi: “Tirik toş”. Bilişimizça, öşa sakkiz yil oldin kitobga kiritiş uçun saralangan-u, özining “şu yil töxtab tura qolsin”, degan sözi bilan kitob qilinmagan şeʼrlaridan sanoqlisigina şu yil çiqayotgan töplamga kiritilibdi. Şoirning esa özidan birmunça köngli tölganday (Balki haliyam tölmagandir. Hali ham kitobini qöliga olsa, “Eh, bir oz şoşibman”, degan mulohazaga borar). Şunça vaqt şoşmaganidan mamnun. Lekin vaqt ham kutib turmaydi-da.Qançalar töğri qaror.

 

Yaşaşni istadim ölmaydiganday,

Çidadim sabrim heç tölmaydiganday.

Kulsam – çin köngildan kuldim. Yiğlasam –

Yiğladim heç qaçon kulmaydiganday.

Çin köngildan kimning könglini oldim,

Heç kimga yolğon söz aytmaydiganday.

Qayerga borsam ham borimça bordim,

Ketsam ham heç qaçon qaytmaydiganday.

Köngil, ehtimol, olamning özidagi manzaralar qadar badavlatdir. Dadaxonning iqrorlari tökilgan bu satrlar, aslida, hammaga ham tegişli. Yiğlagan çoğida, hademay yana kulaman-ku, deb öylarmidi odam? Yana yoş şoirning “qayerga borsa ham, boriça borgani”-çi? Bunday jurʼatda göyo yaşaş istagi ölmaslik işonçiga tenglaştirilgan. U borar yeri­ga boridan keçib bordi. Faqat şoirgina şunday şaxdni qiyos etişi mumkin. Xöş, nimalarga? Çin köngildan uringan işi ustida sira yolğon köçasidan ötmaslikka işonçi-yu, ketmoqda qaytmaslikka hozirligiga. Bunça ajab köngil deganlari – tizginsiz, jununvaş, mağrur, masrur…

Bir şeʼrida qalamkaşni ğoyat odamparvar köra boşlaydi kitobxon. Göyo u poyezdga keçikkan yölovçiga rahmdillik körsatayotir. Biroq yölovçi, aslida, uning özi. Xuddiki öziga özi sözlayotganday. Holi zabun. Darvoqe, iyhom deydilarmi buni, yaʼniki bir söz bilan ikki maʼno bera olişni. Şoirlar-ku, buning iyhomligini bilib ötirmay ğoyibdan kelgan satrlarni bitaveradilar-a, lekin axir bu ham sanʼat, buni ham nimadir deb atab qöyiş lozim bölgan-da. Xullasi, “qaytamiz” sözi bilan şoir deydi: Poyezd ketgan. Endi “qaytamiz” – “nima qilamiz” endi va yoki “qaytamiz-da” ortimizga…

Poyezd ketib böldi. Endi qaytamiz.

Keçikkan yölovçi, ne keçar holing?

Bitta çiptaçi-yu bir qorovuldan

Boşqa heç kimsaga kelmas maloling.

Banddan bandga ösib boradi xavotirlar. Poyezdga çipta olgan şörlik yölovçining nega keçikkani borasida öydan boşlangan xavotirlar ökinç otli tit­roqqa aylanadi. U yoği sözlaguvçining nima demoq­çiligiga qaratiladi. Şoir musofirni öz könglida mehmon eta turib, keçikiş va keçişni zid qöyadi. Keçikkaning – keçmaganing, keçikmaganing – keç­ganing. Mana, özini foş qila boşladi u. U keçib ketayotganmidi olislarga?..

Yölovçi, könglingdan nimalar keçdi?

Har musofir – mehmon, bizning aqida.

Qöşiqlar aytamiz, şeʼrlar aytamiz,

Keçikiş haqida, keçiş haqida…

Banddan bandga ötgunça şakli öxşaş sözlarni bir maqsadga böysundirgan şoirning mahoratiga çalğib ketadi şeʼrxon: köngildan keçdi, keçikiş, keçiş. Joziba rom etganida bir topilma huzurini tuyib olgaç, endi mazmun uçun şeʼrni yana boşdan öqib çiqiş kerak böladi.

Qadrini uni kuzatmoqlarida körişni istagan yölovçi – aynan şoir – sönggi bandda mungliğ bir qiyofada özini namoyon qiladi:

Poyezd ketib böldi. Endi qaytamiz.

Kel, endi, döstimmi, inimmi, oğam…

Heç kim kuzatgani kelmadi, tuşun,

Atay poyezdiga keçikkan odam!..

Darhaqiqat, şeʼr şunçaki söz qofiyasi emas. Şeʼr – nozik his-tuyğularning qoğozga çökkan quyuq çökmasi. Şeʼrni kimdir “köngil yaralariga eng toza malham” atasa, yöq, bu xato deb ayta olarmidik.

“Tirik toş” kitobi muallifini millat dardi tinç qöymasligi aniq. Qadriyatlar, tiynat xosliklari – barçasi köp millatdoşlarimiz qatori uning ham yelkasidan bosib turgani bor gap. Yöqsa, sadoqat, oqibat, mehr arzonlaşib borayotganidan xavotir, erlar erligidan, mardligidan qaytganidagi, ayollar yuzidan hayo pardasi qoçganidagi oğir damda böğziga kelgan bir hayqiriqni, bir çaqiriqni şoirona satrlarga jo qilarmidi?

Toğlar yölin toğ tösdi,

Muştga aylandi quloç.

Ayvoningni qor bosdi,

Akang qani, Qaldirğoç?

Bir mungliğ ovoz ötdi,

Çalinmagan soz ötdi,

Bahor ötdi, yoz ötdi,

Akang qani, Qaldirğoç?

Millat ruhi quvvatli bölsa, millat qöli baland kelsa, polvoni davradan şon olsa, millat kelgusining egalari alp öğlonlar toza qon bilan dunyoga kelsa, şoir suyunçiga jonini berişga hozir.

Polvoning davraga sol,

Polvonman deb yurganlar.

Suyunçiga jonim ol,

Alp öğlini körganlar.

 

El dardida yonib, könglida şijoati mahkam şoirgina şunday bitmoqqa hozir. U botirning öziga emas, uning nomusi, ori, ğururi, ruhini tik etuvçi şaʼniga, yaʼniki singlisiga murojaat qiladi. “Elda erlar qurib bitibdimiki, kuraş senga qolibdimi?” deganday göyo… Yoki “biz Alpomiş avlodlari hali bormiz, mangu bölajakmiz”, maʼnosida…

 

Eşikda osiq turar

Alp otining taqasi.

Yot ellarda qolmaydi

Mard singilning akasi.

Köngilga or soldimi –

Yot elda oqargan soç.

Kuraş senga qoldimi,

Akang qani, Qaldirğoç?

Uluğvor niyatlar, pokiza tilaklar Vatan dardi yölidadir. Vatangina muqaddas, Vatangina betakror, Vatangina bebadal. Alpomişlar, Barçinlarni elda aziz qilgan, dostonlarda kuylatgan ham şu muqaddas Vatan, şu qadim el dardidir. Vatan el bilan Vatandir. El Vatan bilan eldir. Elning şonini kötarişga hamişa Alpomişlar kerak. Buyuklik ham, buyuklikka intiliş ham el degan mardlar tufayli bunyod topadi.

Bu Vatanga şon kerak,

Jon berguvçi jon kerak.

Elga qahramon kerak,

Akang qani, Qaldirğoç?!

Har band söngida takror keluvçi satrlar göyo butun özbek yigitlari, elning orini qöldan bermaydigan mardlarga çaqiriqday jaranglaydi. Toki el mardlari zindonda yotmasin, yovuzlik ğolib kelmasin, or talaşi singillarga qolmasin. Har bek öz eliga töra bölsin.

Dadaxon bir törtligida şunday deydi:

 

Döstim,

Keling, sizni döstim deyman…

Keling, köngil uçun döst deyman sizni.

Çunki arzimaysiz ğanim bölişga…

Ha-da, ğanimlikka ham arziş lozim, arziy biliş kerak. Ğanimlik bilan ğayurlik ham farqli bölgaç, ğanim deb ataşga arzimagan kişining könglini olib qöyiş, döst deb ataş uçun kattagina yurak darkor odamga. “Tirik toş”dagi şeʼrlarining mazmuni toş bosaversin. Adabiyotimizdagi ölmas satrlar qatoridan örin olsin, deymiz.

Maʼmura Zohidova

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)