* * *
Yöqotganim nedir?
Topganim nedir?
Osmon deb boşimga yopganim nedir?
Hamma quyoş bölib çaraqlaganda,
Men esa uzlatga botganim nedir?
Soviganim nedir?
Yonganim nedir?
Duşmanni taşvişga solganim nedir?
Xayyomga taqliddan boşlangan qusr,
Men esa baloga qolganim nedir?
Seni köp sevardim, parvoyi falak,
Endi men halakman, muhabbat halak.
Boşkiyimni olib öylab qarasak,
Endi seni yodga olganim nedir?..
Tongda joynamozga boşimni qöyib,
Tunda iymonimni sotganim nedir?
Yengillaşiş uçun şarob simirib,
Oğir xayollarga botganim nedir?
Onajon, men sizni taşlab ketganman,
Otajon, men sizdan ögirganman yuz…
Sizlarni öldirsa mehnat öldirar,
Meni esa görga tiqadi afsus!
Böşang bola edim, katta şaharda
Turtila-turtila qotganim nedir?
Çol-kampir munkillab tinib-tinçimas,
Men oyoq uzatib yotganim nedir?
Xudojon, men senga könglimni berdim,
Qismating bol deysan, totganim nedir?
Dunyoni Kuzatmiş yagona derdim,
Dunyoni kuzatib yotganim nedir?!
Ey!
Ey onamni yiğlatgan hayot,
Ey otamga pand bergan dunyo,
Ey quşlarni öldirgan sayyod,
Ey içimni bulğagan kimyo,
Ey ukamga yetvolgan ajal,
Ey bolamni bözlatgan firoq,
Ey darsligim qatida menga
Vatanimni anglatgan Şiroq!
Yomonligim bildirgan Yaxşi,
Kimligimni körsatgan Yomon,
Ey eng gözal sözga qorişib
çorlab turgan törttala tomon.
Içim dengiz atalsa agar,
rang-u röyi nomaʼlum Ğavvos.
Xirom aylab töy-tomoşada
tomirimni jöştirgan raqqos.
Ey samovar qoşida turib
yuzta-yuzta otgan amaki…
Kundan-kunga öpkamni böğib,
xayolga erk bergan tamaki.
Ey tunlari uyqusin buzib
bolasiga kökrak tutgan yor,
Ey bu damda oyoğin çözib
uxlayotgan xudbin-u aybdor!
Ey masjidga yöl olgan iymon,
Mayxonaga boşlab borgan ğar.
Ayni kuzda, çöpkari uydan
barakamni obketgan quşlar.
“Olib ketgin!” deya, yolvorib
muhabbatdan söz oçgan lablar,
Padariga ming laʼnat bölsin –
Insoniyat qöygan talablar!
Ey xulosa, ey yeçim topib
yakuniga yetgan fikrlar.
Dodlay desam, oğzimni yopib
kelayotgan ikir-çikirlar.
Umrim ötib ketarmi deyman,
“Ey”ni sanab bitirgunça to.
Keyin, keyin men nima deyman?
Nahot ölgan bölsam,
Ey Xudo!
Bek ALI
1992-yili tuğilgan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida