* * *
bugunga kelib şahar tasarrufiga kiritilgan Samarqand yaqinidagi qişloqlarning biri – Çordarada tuğilganman. Mana şu qişloqda ona tarafdan bobolarimning qörğoni bölgan. Bolaligimda öşa qörğonning izlari qolgan dalada mol boqib, futbol öynab, kitob öqib ulğayganman.
Ota-bobolarim haqida onamning hikoyalari orqali bilaman. Uning xotirasi kuçli edi. Bolaligimdayoq yetti ota-bobomning nomini sanar edim, lekin öşanda onam tez-tez takrorlaydigan “Biz Maxdumi Aʼzamning avlodimiz” degan sözlarning maʼnosini töliq anglamaganman. U paytlari onamning aytganlari bizga ertakday tuyulardi.
Maxdumi Aʼzam uluğ söfiy şayx bölganini keyinroq, şunday narsalar haqida öqiş va yoziş mumkin bölgan qayta quriş davrida bilganman.
Otam – Davron Hasanov, özbekning nayman uruğidan. Naymanlar – özbek, qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, nöğoy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan qabila uyuşmasi bölib, rus etnografi A. Grebenkinning XIX asrning 70-yillarida bergan maʼlumotiga köra, Zarafşon vodiysining 63 ta qişloğida istiqomat qilişgan. Ota uruğim yaşagan Naymanqişloq bobom qörğonining etagida edi. Bugungi Naymanqişloq Samarqand şahri tarkibidagi Kimyogarlar şaharçasiga yonma-yon joylaşgan.
Otam öz davrining savodli kişilaridan bölib, 1930-yillarda Samarqand pedagogika institutida tahsil olgan. Çordara qişloğidagi ilk maktab ham otamning harakati bilan qad kötargan. U kişi uzoq yillar şu maktabni boşqargan.
Mening ilk ustozlarim onam – Fuzallobegim bilan kitob bölgan, desam xato qilmayman. Onamning volidalari – biyim Latofatbibi ham xat-savodli bölgan. Bolaligimda onam xotiralarini sözlab berar ekan, har safar biyim aytib yuradigan biror-bir şeʼrni eslab qolardi. Bir gal “Bobosin taxtini sotgan amir Muzaffarga ming laʼnat…” deb boşlangan şeʼrni eslasa, boşqa safar “Sariq hökiz, sariq hökiz, kofirni (bizga) podşoh qilmağil” deb boşlangan şeʼrni aytib berardi. Şu sababdan keyinçalik ham qişloqqa har borganimda “Bu gal boşqa bir şeʼrni eslab qolsalar ajabmas”, degan öy bilan onamni gapirtirib, eşitib ötirardim. Eşitganimni yozib qöyardim. Ming afsuski, ijarama-ijara köçişlar paytida öşa daftarimni yöqotganman.
Ösmir yuragimda kitobga, mutolaaga, adabiyotga mehr uyğotgan inson – ona tili va adabiyot muallimasi bölmiş Subuha xolamning, qişloqda boşqa heç kimnikida bölmagan boyligi – bir tokçada taxlab qöyilgan kutubxonasi edi.
Bir donişmand: “Kömir yona turib, kitob esa mutolaa qilingandagina senga harorat beradi”, deganida ming karra haq bölgan.
* * *
Mutolaani tirik jarayon deb bilaman. Gap faqat varaqlangan kitob tabiatidagi daraxtning tirilişida emas. Mutolaa hamişa muloqot tarzida bölgani uçun ham tirikdir. Bu jarayon paytida asar muallifi bilangina emas, u yaratgan olam va unda yaşovçi insonlar bilan muloqot qilamiz, ularning nafasi yuzimizga urila boşlaydi. Hatto yuragimizning tub-tubida bekinib olgan “Men” bilan – özimiz bilan ham suhbatlaşiş imkoniyatiga muyassar bölamiz.
Mutolaa jarayonida kitob odamni bamisli bepoyon fazodagi quloğimiz ilğab ololmaydigan tebranişlar manbayi tomon burib, tarang tortib qöyilgan ziyrak tovuş tutgiçlari monand, ammo közga taşlanmas aloqa vositasiga aylanadi. Kitob sirli ravişda senda, sen esa kitobda yaşay boşlaysan. Jarayon tinimsiz ravişda özgarib, sen kitobdagi qahramonlarga aylanasan, asarda aks etgan zamon va makon hadsiz-hisobsiz aksi bilan tasavvuringni töldira boşlaşini gapirib ötirmasam böladi.
Garçi kitob öqiyotgan odam ham, uning köz öngidagi qoğozli buyum ham olamda mavjud bölgan hamma narsa singari moddiy ekanligi aniq-ravşan bölsa-da, bu ikki moddiyatni boğlagan mutolaa jarayoni ğaybiyligi bilan hayratlidir.
Balki, şuning uçun ham umrimning eng hayratli xotiralari, şak-şubhasiz, bolaligimda – baloğat mavsumida öqigan kitoblarim bilan boğliq. Balki, şuning uçun ham öşa olis kunlarni eslasam, tasavvurimda ota-onam bilan bab-barobar öşa kitoblar paydo böladi…
Bu dunyoda kitob mutolaasidan ortiq zavq bormikan özi? Nafs talab qilgan zavqlar, ehtiroslar bordir, ammo qalb va ruh istagan zavqlar dunyosida mutolaa maqomi yuksakdir. Mutolaa közning emas, yurak va idrokning işi.
Buyuk Hermann Hesse eʼtirof etganidek: “Biror foydasi bölmasa, öqişga vaqt sarflaş aqllilik belgisi emas, aksinça, koni ziyondir. Mutolaadan maqsad ruhingga kuç-ğayrat bağişlaş, özingni yaxşiroq tuşunmoqdan iborat. Agar har bir öqilgan kitob bizga quvonç yoki tasalli, ruhiy quvvat yoki ruhiy huzur bermasa, adabiyotni bilişdan maʼno yöq. Biz özimizni va turmuşimizni unutiş uçun emas, balki hayot jilovini yanada yuksak şuur bilan boşqara biliş uçun öqişimiz kerak”.
Agar biror-bir odam haqida töliq tasavvurga ega bölişni istasangiz, u qaysi kitoblarni öqiganini bilsangiz kifoya. Yaʼni sen qaysi kitoblarni öqiganingni aytsang, men sening kimligingni aytaman. Kimdir ovuniş uçun, kimdir qalb va ruh tarbiyasi uçun kitob öqiydi. Asl kitobxonning didi yuksak madaniyatga asoslanadi. Har qanday yuksak madaniyat şakllangan jamiyatda didi yuksak kitobxonlar mavjud böladi. Jamiyatning neçoğlik madaniyatlaşgani naşr etilayotgan kitoblarning soni bilan emas, yuksak mutolaa saviyasiga ega kitobxonlar soni bilan baholanmoği lozim, deb öylayman. Ayni şundan kelib çiqib, aytişim mumkinki, kitob dökonlarining neçoğlik gavjum bölişi emas, kutubxonalarga aʼzo kitobxonlar soni jamiyat darajasi haqida töliq maʼlumot beradi.
Yaşirmayman, men ham bolalikda keraksiz kitoblarni rosa öqiganman. Dastlab Subuha xolam töplagan kitoblarni, maktab kutubxonasida, keyinçalik kolxoz va undan keyin selsovet (qişloq kengaşi) kutubxonalarida qanday badiiy kitob bölsa, öqiyverganman. Faqat ösmir yoşimda kitobni tanlab öqiy boşlaganman. Öşa paytlarda Mirkarim Osimning “Ötror”i, Oybekning “Bolalik” qissasi sevimli asarim edi. Ayniqsa, “Ötror”ni takror-takror öqirdim. Samarqand va Mirkarim Osim tarixga bölgan ulkan muhabbatimni şakllantirgan, desam xato qilmayman.
Qanday kitoblarni öqişni tavsiya qiliş masalasiga kelsak, javobim bitta: zamonlar sinovi aslligini isbotlagan mumtoz adiblar kitoblarini öqiş kerak.
Takror öqiydigan kitoblarning eng birinçisi – “Boburnoma”. Tarixga muhabbatimning asosiy manbalaridan biri ham – “Boburnoma”. Mirzo Bobur haqida, uşbu buyuk şoirning hayoti va ijodi haqida “Samarqand xayoli” degan qissa, “Soğinç yoxud Boburşoh” degan pyesa, köplab maqola va esselar yozganman.
Bilasizmi, “Boburnoma”ni men qanday öqiganman? Birdaniga köz yugurtirib ketmaganman. Birinçi marta faqat tarixiy voqealar iştirokçilari bölgan şaxslar kimligini biliş uçun öqiganman. Boşqa kitoblarda öşa kişi ismi çiqib qolsa, öşa zahot maxsus daftarimga uni ham qöşib qöyaverganman. Şundan söng asarda qayd etilgan jöğrofiy joylar, ularning atamalari, bu atamalarning tarixiy ildizlarini anglaşni istab mutolaa qilganman. Bu atamalarni boşqa tarixiy qomus-u luğatlar, tarixiy asarlardan izlaganman. Vaqt ötib, “Boburnoma” asosida turkiy harb atamalari luğatini tuziş istagi tuğilgan. Şu istak tufayli bir neça daftar töldirganman.
* * *
Öylaşimça, özbek adabiyotining eng ojiz tomoni, avvalo, adabiy jarayon profesionallaşmaganida, yaʼni ijodkorlik asosiy hayot tarziga aylanmaganida, hamişa qandaydir ikkinçi örinda qolib ketganida. Ijod XX asr (bugun ham) özbek yozuvçisi uçun hamişa Turmuş degan oçofatdan keyingi örinda turgan. Söz oldidagi Burç va Masʼuliyat haqida adolatli va çiroyli gaplar aytib, bu holatdan köz yumiş mumkindir, ammo isitmasi oşkor qilaveradi.
Bizning tarixan şakllangan nazarimizda Şoir (Ijodkor) tuşunçasi hamişa qiyin şaroitda faqirona (tasavvufdagi faqrlik boşqa, albatta) yaşagan inson timsoli bilan boğliq. “Moyçiroğ-u lampaçiroq yoruğida şunday tengsiz satrlar yozilgan” deymiz. Uy-joysiz ijod qilgan Maşrab-u Muqimiyni misol qilib keltiramiz. Ammo muayyan maʼnoda farovon hayot keçirgan birgina Alişer Navoiy qoldirgan meros gap aynan ijodkor qanday şaroitda yaşagani bilan ham boğliqligini isbotlaydi.
Bugunga xos yana bir jiddiy kamçilik adabiy jarayonning “kölmak”ka aylanib borayotganida namoyon bölmoqda. Aytmoqçimanki, biz adabiyotga kirib kelgan yillarda adabiy jarayon yuksak toğdan şarqirab oqayotgan soyga öxşardi. Olayotgan nafasimiz ham şeʼr bilan, ijod bilan töyingan, yangi çiqqan kitobgina emas, gazetada bosilgan hikoya, hatto bittagina şeʼr yuz minglab yuraklarni hayajonga solganini körib, bilib, his qilib turardik. Muşoiralar öziga xos ijodiy musobaqa maqomida edi. Bir muşoirada Şavkat Rahmon yoki Usmon Azim uloqni olib ketsa, boşqalar “Keyingisida men eng zör şeʼrni öqişim kerak”, deb tarqalardi. Keyingi muşoirada Yöldoş Eşbek yoki Muhammad Rahmon eng köp olqiş olar va musobaqa davom etardi. Adabiy muhitda juda yuksak ruh hukmron edi. Bu ruh bizni tinimsiz izlanişga daʼvat etardi. Biror-bir yaxşi şeʼr yoki hikoya nazardan çetda qolmasdi. Bugun Toşkentda, qaysidir öquv yurti yotoqxonasida jaranglagan şeʼr ertagayoq Qöqon çoyxonasida, Xivadagi maktabda, Çiroqçidagi şiyponda aks sado berardi. Adabiy hayot daryoday hayqirib oqardi.
Bugun adabiyotimizda juda kuçli yozuvçi va şoirlar ijod qilyapti. Yangi dunyoqaraş, yangi tajribalar şakllanyapti. Ammo ularni idrok etiş, ularga munosib baho beriş zaif ahvolda. Adabiyot faqat adabiyot ahlining işi emas. Adabiyot milliy masaladir. Adabiyotni faqat oğir kunlarda eslab, undan faqat fojiali pallalarda yoki taşviqot quroli sifatida foydalaniş ğirt notöğri siyosatdir. Adabiyot har kuni, har lahza hayotimizda mavjud bölişi, xuddi tong saharlab novvoy non yopganidek, avtobuslar bizni işxonalarimizga eltganidek hayotimizda doimiy iştirok etişi kerak.
“Aqlli” gaplardan töxtab, bir-ikki oğiz sodda gaplarni ham aytgim keladi. Ijodkor yoşlar, eng avvalo, öz umrini qadrlaşni, har bir kunga maʼno baxş etişni unutmasliklari kerak. Har bir yoşini oşagan ijodkordan sörang, qançadan qança armoni bor. Aslida, armon emas, puşaymon desak töğri böladi. “Eh, yoşligimning qadriga yetmabman-da” – bu armon-puşaymon deyarli hamma ijodkor hayotida bor gap. Aslida, umrni sermazmun etişga intiliş – eng katta masʼuliyat. Ana şu masʼuliyat bor joyda ijod böladi, ravnaq böladi.
* * *
Millat va jamiyat taraqqiyotiga tösiq böladigan illatlarning barçasi fikrsizlikdan paydo böladi. Qayerdakim, maʼrifat-u maʼnaviyat haqida faqat oğizda aytilsa, faqatgina şiorlarda aks etsa, öşa yerda fikrsizlik urçiydi. Fikrsizlik urçigan joyda nodon-u zöravonlar hayotimiz jilovini qöliga oladi.
Maʼrifatning eng birinçi timsoli bölmiş Kitob avvalan fikrsizlikning duşmanidir. Mutolaa insonni zulmatdan xalos etadigan şuurli jarayondir. Ayni şu sababdan Prezidentning kitob bilan boğliq farmoyişini astoydil qöllab-quvvatlayman. Zero, maʼrifat manbayi bölmiş kitob seni nafaqat dunyodan, insoniyatdan, balki muntazam tarzda özingdan ham ogoh bölişga örgatadi. Hazrat aytganlaridek:
Erursan şoh – agar ogohsen sen,
Agar ogohsen – şohsen sen.
Men bu hikmatni faqat hukmdorga nisbatan aytilgan deb bilmayman, uni har birimizga qaratilgan nasihat tarzida qabul qilaman. Yaʼni “Ogoh bölsang, sen öz taqdiringga hukmdorsan”, deb ham bilaman.
Xullas, jamiyatda kitobxonlik madaniyati neçoğlik yuksak şakllantirilsa, ertaga millat va jamiyatda fahm-u farosatli insonlar şunça köp, madaniy yuksaliş şunçalik baland böladi. Madaniy-maʼrifiy yuksaliş bor joydagina boşqa: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va hokazo yuksalişlar yuzaga çiqadi.
* * *
Haqiqat sirlarini kaşf etiş, komillik sari eltguvçi tariqatlar köpdir, ammo manzil-u maqsad hamişa bittadir. Adabiyot söfiylik emas. Ammo u ham komillik istagan Inson yölidir. Bu yölda ham qalb, ham eʼtiqod uçun sinovlar bor. Çinakam ijodkor Simurğni izlagan quşlar kabi yetti sinov vodiysi orqali yagona maqsad sari – Buyuk haqiqatni anglaşga intiladi. U ijodning maşaqqatli dovonlaridan ötib, özligi tomon yöl qidiradi, MEN maʼnosini izlaydi. U özligini qidirib yetti qat osmon-u yetti iqlim orasida, ön sakkiz ming olam içra sargardon böladi. Oxir-oqibat Simurğni izlagan quşlar Özlik sari – Vahdat sari borib, Simurğ ularning özlari ekanligidan xabardor bölganlaridek, özligini Haqning uyi – Qalbidan topadi. MENning – Olami Sağirning darçasi yopilib, Olami Kubro eşiklari oçiladi.
Insonning, şu jumladan, qalam ahlining komillikka intilişi, eng avvalo, Mavlono hikmatini oçiqlagan Mir Alişer bobomiz nasihat qilganlaridek, “quşki yerdin yuqori uçqay, agarçi osmonga yetmagay, ammo tomdin yiroq bölğay”.
* * *
Asl şeʼr sahna yoki maydonga çiqib öqiladigan deklamatsiya, şiorlardan iborat matn emas. Bu yolğiz qolganingda, köngling nimalarnidir qömsaganda maʼnaviy quvvat va insoniy his bağişlaydigan bir möjiza. Asl şeʼr – Allohning neʼmati. Şuning uçun ham inson köpinça unutilgan tuyğularini soğinganda, ularni yana qaytadan qalbida uyğotişni istaganida yo qismat çigalliklariga javob izlaganda kitob titkilab yaxşi şeʼrlarni topib öqiydi. Şaxsan men bu singari şeʼrlarni köproq mumtoz adabiyotdan izlayman: Alişer Navoiy, Mirzo Bobur, Maşrab, Söfi Olloyor, Huvaydo, Çölpon, Usmon Nosir…
Haqiqatan ham, şeʼrni tuşuniş hammaga ham nasib qilavermaydi.
Şeʼriyat – maʼnaviy hayotimizning ajralmas ruhi, komil insonlarning yöldoşi. Şunday ekan, uni öqiş ham maʼnaviy insonning vazifasiga kiradi. Bundan endi hamma şeʼr öqişi şart degan maʼno kelib çiqmasligi kerak. Umrini maʼno bilan töldirişni istagan inson şeʼr öqiydi. Maʼnaviyat degani ham aslida umrni maʼno bilan töldiriş emasmi?
Şeʼr haqida tuşunça aksioma emas, uning nimaligini tuşuntirganlarning heç biri bu vazifani uddalay olmagan. Şeʼrning nimaligini qörqmay tuşuntiradiganlarning köpi – adabiyotşunoslar. Şoirlarning özi bu işga kamdan kam qöl uradi. Şaxsan men uçun, şeʼr, bu, eng avvalo, tuyğu, ğoyibdan paydo bölib, yurakni (şoir yuragini) junbişga solgan, yiğlatgan, şodlantirgan tuyğu. Ammo men bu gapimni nisbiy bir fikr sifatida qabul qilişlarini istardim. Çunki mening şeʼr haqidagi tuşunçam heç qaçon qotib qolgan emas, Astrobod havosidek özgarib turadi. Uni meni hayratga solgan har bir şeʼr özgartiradi.
Ustoz Asqad Muxtor yozganlaridek: “Şeʼrni tahlil qila boşlasalar, ğaşimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekşiriş mumkin. Ammo undan köra şunday kökrak tölatib nafas olgan yaxşiroq emasmi?”
* * *
Ayrim odamlar nazarida yozuvçi yoki şoir hamişa xalqning xizmatida bölişi kerak. Men bu tuşunça tarafdori emasman. Ijodkor millat tafakkuriga masʼul muallimdir.
Yer sayyorasini örab turgan ozon qatlami bor. Bu qatlam Yerni, insonni kosmosda mavjud balo-qazolardan asraydi. Bu qatlam bölmasa, hayot bölmaydi. Millat maʼnaviyatini, uning tirikligini asraguvçi qatlam esa adabiyot va sanʼat ahlidir. Ayni şu hikmatdan kelib çiqib har bir ijodkor öz hayot maslagini, faoliyat nizomini aniq belgilaşi kerak.
* * *
Ustozlarimga kelsak, adabiyotdagi uvaysiy ustozlarim deb Mirzo Bobur, Oybek va Usmon Nosirni tilga olganman. Dastlab 1976-yili “Guliston” jurnalida eʼlon qilingan şeʼrlarimga, keyinçalik ilk kitobim “Şahardagi olma daraxti”ga oq yöl yozib bergan ustozim Erkin Vohidov böladi. 1980-yili Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga tavsiya bergan Ozod Şarafiddinov, Ibrohim Ğafurov, Omon Matjonni ham ustozlarim deb bilaman. Umrim davomida menga maslahat-u yöriqlar bergan Rauf Parfi va Abdulla Oripov ham ustozlarimdir. Menga avloddoş bölgan Şavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Rahmon, Azim Suyun, Matnazar Abdulhakim, Şukur Qurbon, Yöldoş Eşbekni ham menga hamnafas bölgani uçun ustozlarimdek qadrlayman.
Men tilga olgan ustozlarimdan nimalarni örgandim? Mirzo Bobur hazratlaridan rostgöylikni, oğir xato qilganingda ham, tan olişni örgandim. Oybek domladan inja tuyğularni qanday ifoda etmakni, Usmon Nosirdan ham şeʼr, ham tarjima sanʼati sirlarini, Erkin Vohidovdan mumtoz adabiyotga muhabbatni, uni idrok etmakni, Abdulla Orifdan ötayotgan umrning har lahzasidan hikmat topmoqni, Rauf Parfidan qanday şeʼr yozmaslikni örgandim. Jöra ustozlarimning har biridan ham nimadir örgandim, hamon örganyapman.
Garçi adabiy ijod butunligiça individual jarayon bölsa-da, garçi yaxşi şeʼr yoki hikoya yozişni heç kim örgatolmasa-da, köhna Şarqda ustoz-şogirdlik anʼanasiga alohida eʼtibor berilgan. Bu anʼanada har ikki tomonning öz vazifasi, masʼuliyati bor. Ustoz şogirdining şeʼrini yozib bermaydi. U öz tajribalaridan xabardor qiladi, özi yozgan asari bilan şogirdiga saboq beradi va eng muhimi, unga har tomonlama maʼnaviy kömak beradi, lozim topganda maqtaydi yoki xatosini aytadi. Faqat maqtaydigan ustozdan naf yöq. Hadeb xatosini yuziga soliş ham ustozlik emas.
* * *
Nega adabiyotimiz dunyo tillariga tarjima qilinmayapti? Bu savolga osonlikça javob topiş qiyin. Bilasizmi, hatto sovetlar davridayam özbek adabiyoti sobiq ittifoqdagi boşqa xalqlar adabiyotiga nisbatan juda kam tarjima qilinardi. Kiçkinagina Gruziya yoki Armaniston vakillarining asarlari Moskva naşriyotlarida önlab çop etilganda özbek adabiyoti namunalari ikki-uçtadan oşmasdi. Holbuki, özbek şeʼriyati ittifoqdagi eng yuksak şeʼriyatlardan biri edi. Şukur Xolmirzaev, Toğay Murod prozasi har yili Moskvada kitobi çiqqan juda köp nosirlardan baland edi. Bunday munosabatning sabablarini, afsuski, tadqiq etmadik. Balki, şuning uçun bugun ham “Nega adabiyotimiz dunyo tillariga tarjima qilinmayapti?” degan savolga javob topolmayapmiz.
Bugungi dunyo bor-yöği yarim asr avvalgidan butunlay boşqaça. Birinçidan, agar ilgari dunyoni muayyan maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan umuminsoniy aqidalar boşqargan bölsa, bugun ularning örnini pul va savdo, yanayam aniqroq aytsam, biznes va reklama boşqarib turibdi. Globallaşuv jarayoni maʼnaviy qadriyatlar-u milliy aqidalarni tan olmaydi, ularga dunyoni yagona işlab çiqariş korxonasiga aylantirişdek maqsad yölidagi tösiqlar deb qaraydi.
Ikkinçidan, milliy adabiyotimizni jahon maydoniga olib çiqiş, bu faqatgina Yozuvçilar uyuşmasi yoki ijodkorning vazifasi emas. Buning uçun davlat harakati va moliyaviy kömagi kerak. Afsuski, biz mustaqillik yillarida özbek futboli, boksi yoki kuraşini umumjahon maydoniga olib çiqişga zör berdig-u? adabiyotimiz va sanʼatimizni çegaradan olib çiqişni zarraça öylamadik. Agar futbol-u boksga sarflangan mablağning arzimas foizini özbek adabiyotini dunyo tillariga tarjima qilişga sarflaganimizda, yaʼni özimizning çalamulla tarjimonlarimizni çala-çulpa tarjimalari orqali emas, dunyoning yetakçi tillarida faoliyat yuritgan tajribali tarjimonlarni jalb etiş orqali iş yuritganimizda, şak-şubhasiz, maʼlum yutuqlarga erişgan bölardik.
Mustaqillikning boşlanğiç pallasida Özbekiston madhiyasini yozgan ustoz şoirga arzimas qalam haqi tölangan bölsa, xuddi öşa yili Qaşqadaryo vohasida ötkazilgan kuraş musobaqasi ğoliblarini avtomobil bilan taqdirlaşgani esimda. To şu bugungaça davom etib kelayotgan bunday qaraşni men mutlaqo notöğri va ğayrimilliy munosabat deb hisoblayman.
* * *
Biz jamiyat va adabiyot rivoji uçun tarjimaga katta eʼtibor qaratişimiz kerak. Tarjima millatning himoya qurolidir. Begona tildagi asar faqat tarjima qilingandagina millatimiz mulkiga aylanadi va millatimizga xizmat qila boşlaydi. Dunyoning salmoqli asarlarini tarjima qilsak, adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar böyini ölçaş imkoniyati paydo böladi. Yana eng muhim jihati şundaki, tarjima tilimizning boyişiga xizmat qiladi, uning badiiy tasvir imkoniyatlarini rivojlantiradi, yangiça tasavvur va timsollarga nom topişga örgatadi.
2022/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


