8 daqiqada öqiladi

497 marta körilgan

Yurak izmidagi ijodkor

Sobir Önar

Sobirni içimizda yuragi eng baquvvat, unça-bunça taşviş-paşvişni pisand qilib ötirmaydigan jigit hisoblardik. Töğri-da, kelbati “Yo pirim!” deya olişuv maydoniga salobat bilan çiqib kelayotgan polvonday, gurunglaşgan mahalingiz esa yuzida doim nurli, qandaydir bolalarga xos samimiy tabassum. Sal kuzatib tursangiz-ku, beixtiyor “Şu bolaning ham taşvişi bor ekanmi, a?” degan öylarga borişingiz ham tayin. Ammo… taşvişning bari şu “bola”da ekan, hayot deganlarining zangli sançqisi esa metinday mustahkam yuraklarni ham iç-içidan nuratib, ilviratib taşlarkan.

Dastlab, tanişuvimiz borasida.

Ötgan asr saksoninçi yillarining oxirlari. Dörmonda ötgan yoş ijodkorlar seminarida bir-ikki maşqlarim ustozlar nazaridan ötgaç, qölyozmalarimni yoş boşi bilan “Yoşlik”da işlayotgan Sobirning oldiga kötarib bordim.

U paytlar deng, iş zavodda, smena tugamasidan burun javob sörab çiqiş amrimahol. Işqilib, bir amallab soat beşlarga yaqin jurnalga yetib keldim. Bir dasta qölyozma kötargan Sobir xonasidan endi çiqayotgan ekan, meni körgaç:

– Ötirib turing, boş muharrirning oldiga kiryapman, beş-ön minutda qaytaman, – dedi.

Xonaga kirib, eng çekkadagi stulda ötirdim. Beş, ön, ön beş daqiqa ötdi. Bir mahal avval eşik ohista yopildi, söng… kalit buralib, qulflandi. To özimga kelib ulgurganimga qadar “şip-şip” uzoqlaşayotgan qadam tovuşlari eşitildi.

Nima qilişga hayronman. Bunisi nimasi tağin?

Qalin eman eşikni bir-ikki itarib kördim. Befoyda.

Yuragim siqilib, eşikni avval asta, söng jon alpozda qattiq ura boşladim.

Nihoyat, şoşib yaqinlaşayotgan qadam tovuşlari eşitildi, kalit buraldi

Maʼlum böldiki, eşikni qulflab ketayotgan farroş yölakda Sobirni körib qolibdi. Opaning qölidagi kalitlar şodasini körgan Sobir esa…

Söngroq, yaqin jöra bölib ketgan çoğlarimizda Sobir bilan öşa voqeani eslab, hazillaşib turardik: “Özi birinçi tanişganimizdayoq oramizdagi eşikni quflab ketişgan…”

Rosti, u paytlari kam sonli gazeta-jurnallar tahririyatlarida işlayotganlar közimga katta-katta, jiddiy-vazmin odamlar bölib körinişardi. Şungami, Sobirdan sal özimni tortib, andakkina hayiqib ham turardim. Buning ustiga deng, uning işi köp: qaçon kelsam, qoğozlarga kömilib ötirgani-ötirgan edi. Hatto u bir gal qöltiğimga bir quçoq qoğoz qistirdi: “Vaqtingiz bölganida mana bu “şedevr”larga bir köz taşlab bersangiz”. Uyga kelib qarasam… şeʼrlar.

E, yöq, bunaqasi ketmaydi. Qilmagan bir işim şu qoluvdi. Töğri, tuman gazetasida işlagan kezlarim oyda bir marta havaskor şoirlarning maşqlariga taqriz bitardik. Lekin bu markaziy jurnal bölsa…

Xullas, “şedevr”larning köpdan-köp, odamning ensasini qotirib yuboradigan darajadagi jön imlo xatolarini tuzatiş bilan kifoyalanib qöya qoldim. Keyingi hafta borsam, baxtimga Sobir yiğilişda ekan. Qölyozmalarni stolida qoldirib, uyda yozib kelgan sakkiz qator bir narsamni ularning ustiga qöyib ketdim:

“Sobirga

Men endi özim ham qoğoz qoralab,

Qalam zardobini totgandan keyin,

Kimningdir şeʼriga birrov köz taşlab,

Hukm çiqarmoğim qiyin, oh, qiyin.

 

Menga zörlik qilar hakamlik hissi,

Qöllarim köksimda, uzrim aytayin:

Mendan çiqsa çiqar bir şeʼr muxlisi,

Valekin muharrir çiqmasi tayin…”

Sobir ahvolimni tuşungan çoği, şundan keyin “şedevr”lar haqida boşqa oğiz oçmadi.

Oradan yillar ötdi, Sobir bilan “Yoşlik” jurnalida 15 yildan köproq birga işladik. Odamning kimligini biliş uçun yetib-ortadigan fursat, şunday emasmi?

Avvalo, men anglagan haqiqatlardan biri şu böldiki, Sobir tuğma muharrir edi. Axir, yodingizda bordir, töqsoninçi yillarning örtalari, iqtisodiy muammolar, çalajon jurnallar sariq gazeta qoğozida bosiladi; didli-saviyali naşrlar örnini “sariq matbuot” behayolik va surbetlik bilan egallaşga urinayotgan kezlar.

Ana şunday paytlari Sobirning favqulodda yetakçilik iqtidori namoyon böldi. Öziyam oqibatli taniş-bilişlari möl edi-da. Har yili, har yili kuz boşida jurnal xodimlarini ovora qilib ötirmasdan, viloyatlarni aylanib kelar, poytaxtdagi qandaydir taşkilot-idoralarga ham qatnab qolar, işqilib, jurnalning beş-olti ming dona yillik obunasini naqd qilib qöyardi. Yakka özi! Qoyil qolmasdan iloj yöq. Ana şundan söng biz iqtisodni öylab ötirmasdan, yil böyi xotirjam işlardik. Göyo aslida ham şunday bölişi kerakday, bu jurnal rahbarining vazifasiday, Sobirga bir oğiz “rahmat” deb qöymagan ekanmiz. Oson bölmagandir döstimizga allaqanday muassasalar-u hokimiyatlar eşigida sarğayib ötiriş, dimoğidan eşakqurt yoğadigan rahbarlar bilan gaplaşiş… Biroq Sobir buni aslo bildirmasdi, oddiygina xizmat safariga borib kelgan odamday nim jilmayib turaverardi, juda nari borsa “Epladik. Döstlar, akalar omon bölsin”, deb qöyardi.

Oçiği, birga işlagan kezlarimiz “Yoşlik” desa Sobirni, Sobir desa “Yoşlik”ni tuşunadigan bölib qolgandik. Haqiqatan ham şunday edi-da. Özim guvohman. Jurnal atrofida öralaşib yuradigan “işbilarmon” kimsalardan biri Sobirga: “Şunça bankir tanişlaringiz bor. Hadeb jurnalga yordam sörayvermasdan, özingizni ham öylang. Men kitobingizni çiqarib beraman, siz banklar orqali sottirib bersangiz bas”, deganida boş muharririmiz odatiga köra jilmayib qöygan, söng boş çayqagandi: “Kitob qoçib ketmaydi. Jurnal çiqişi kerak. Har oy…”

“Yoşlik” jurnali Sobir Önar hayoti, vujudi va qalbining ajralmas qismiga aylangandi göyo. Gurunglaşib qolgan kezlarimiz “Men “Mehnat daftaçasi”da bitta yozuv bilan pensiyaga çiqsam kerag-ov”, deb qöyardi. Biz ham şunday deb öylardik. Ammo şugina niyati ham amalga oşmay qoldi şörlik jöramning…

Ö, qanday rahbar edi-ya Sobir Önar deganlari…

Adabiy jurnalning işi maʼlum. Köpinça qalin qölyozmalarni uyga olib ketib öqiyman. Şunday mahallari Sobir iymanibgina qönğiroq qilib qoladi: “Ertaga soat ön birlarda işxonaga kelolasizmi? Falon muallifni çaqirmoqçi edim”. “Keling” yoki “kutaman” demaydi. Axir u rahbar. Talab qilişga ham haqli. Yöq, “Kelolasizmi?” deydi…

Hamkasb birodarlar, aytinglar, orangizda şunday rahbarlar bilan işlaganlar topiladimi?..

Tan olaylik, yoş ijodkorlar uçun belgilangan Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Sobir Önarning obröyi ham şunga yaraşa edi-da. Ustiga-ustak, uning yonida Ahmad aka, Sadriddin, Abduolim, Abdulla, Javlon kabi biri-biridan ajoyib, samimiy döst-birodarlari, aka-ukalari bor edi. Ularning barçasi Sobir Önarni benihoya hurmat qilişlari, taʼbir joiz bölsa, boşlariga kötarişlari şundoqqina körinib turardi. Sobirning yaqinlarini kuzata turib, köpinça özimga özim: “Bunday birodarlar bilan yuking yerda qolmaydi”, deb qöyardim. Biroq, taassufki, bora-bora Sobirning bağrikengligidan, soddaligidan, “katta”lar içida taniş-bilişi mölligidan foydalanişga iştiyoqmand, manfaatparast kimsalar bu davraga suqilib kira boşlaşdi. Ö, biz buni boplaymiz! Maqtab-maqtab işimizni bitirib olamiz, söng orqadan öşa işimizni bitirib bergan göl odamni mazax qilib yuramiz, kerak bölib qolganda esa şu oliyhimmat insonni sariq çaqaga sotamiz… Sobir sirtdan bamaylixotir köringani bilan öta sezgir, kuzatuvçan ijodkor edi. Bir gal uning şunday pasttarin xiyonatga duç kelganida naqadar larzaga tuşganiga guvoh bölganman. Toğni qarsillatib sindirib yuborişga qodirdek bunday alamli iztirob ijodkor insonning yuragini ne köylarga solgan ekan-a…

Sobir köngli Qöşrabot daştlariday keng yigit edi. Ayni paytda jurnal bilan boğliq köp masalalarda öta prinsipial, qöşrabotçasiga aytganda, “ölguday ölarmon” edi. Yana bir kiçik voqea. Bir öta isteʼdodsiz muallif yozganini olib kelaverib çarçamadi, biz qaytarib. Oxiri bezbet muallif kaminani yetaklagança boş muharrirning huzuriga kirib, yiğlab arzi hol ayladiki: “Yozganlarim jurnalda çiqsa… armonim şu… Bularingiz tuşunmayapti…” Sobir qölyozmani olib, köz oldimizda ikki sahifani öqib çiqdi, söng “Xafa bölmang-u, asaringizni qaytarib töğri qilişibdi. Buning nimasi adabiyot, bu axir aljiraş-ku”, dedi. Şunda muallif quvlik bilan: “Jurnalga bir million söm xayriya qilsam, şuni işlab, odam qilib bersalaringiz”, dedi. Ana öşanda kördim: Sobirning qoşlari çimirilib, közlari ğazabdan çaqnab ketdi. Söng şikoyatga örin qoldirmaydigan ohangda hukmini eʼlon qildi: “Ön million bersangiz ham bu yozganingiz “Yoşlik”da çiqmaydi!”

Ha, Sobir jurnalni mana şunday yaxşi körardi, ardoqlardi, yomon asarlardan qizğanardi…

Şunday yigit-a…

Eh-he, ön beş yildan köproq birga işlagan bölsak, bu davr içida ne-ne ajabtovur voqelig-u hodisotlarning guvohi bölmadik. Jöramizning yuragi – ijodkorning yuragi edi. Bunday yurak sal narsadan ozor çekadi, sal narsadan tuzalmas jarohat oladi; bora-bora iç-içidan nuray boşlaydi. Bu alamli jarayon taşqaridan sezilmas, illo, Sobir şunday paytlari ham xotirjam, vazmin va hattoki kulib yurişning uddasidan çiqardi. Biroq asl ijodkor öz yuragini boşqara olmaydi, yurak uni boşqaradi…

Öşa paytlari hatto Sobirni “Yoşlik”dan ayirmoqçi bölişdi. Sobir Önarni-ya?.. Qanaqasiga?.. Yöq, pörtana çoği kötarilgan xas-xaşaklar izdihomi biroz bosilgaç, Abdulla aka (Oripov) mardlik qilib, Sobirni yana “Yoşlik”ka rahbar etib qöydi.

Sobirga “Baribir “Mehnat daftarça”ngizda bitta yozuv bilan pensiyaga çiqadigan böldingiz”, deb hazillaşadigan böldik. Javob ham şunga yaraşa bölardi: “Peşona şu ekan…”

Sobir Önar zimmasiga yuklangan har qanday vazifani vijdonan bajaradigan, bugungi kunda kam uçraydigan imonli ijodkorlardan biri edi. Bundan bir yarim oy burun telefon qilib qoldi. Salom-alikdan söng kuyib-pişib: “Bir yoş yozuvçining töplami bor. Tezlikda öqib çiqib, taqriz yozib bermasangiz bölmaydi”, dedi… Hah, jöram-a, yoş yozuvçining kitobi deb şunçalik yelib-yugurib yuribsan-u, özingning çarçab-horigan yurakkinangni öylamabsan-da…

Afsus, ming afsus, şunday jöram hatto pensiya yoşiga yetmasdan, ellik sakkiz yoşida bu dunyoni tark etsa-ya…

Odamning işongisi kelmaydi. Biroq… yurak… yurak…

Şu kunlari Asqad Muxtorning bir şeʼrini qayta-qayta öqiyman:

“SOBIRMAN

Hammasiga sekin erişdim men,

Muhabbat ham keldi hayallab.

Bilim asta ortdi, aql kirdi şoşmay,

Tajriba ham keldi amallab.

 

Hamma narsa asta-sekin keldi,

U-bu işga endi qodirman.

Bardoşim bor, hamma narsani men

Sabr bilan kutdim. Sobirman.

 

Endi buyoği ham şunday bölaversin,

Odat bölib qoldi sekin-astalik.

Qarilik ham kelsin sekinroq,

Şoşmay qöyaqolsin xastalik.

 

Ölim qança imillasa, mayli,

Qança kutgin desa, hozirman.

Bir umr kutişga örgangan odam

Endi şoşarmidim? Sobirman!”

Oxirgi bandni öqiyotgan mahal közlarimdan yoş çiqib ketadi. Qayoqqa şoşding, sabrli Sobir jöram?.. Axir bir umr kutib yaşading, umid qilding, işonding. Nega unda oşiqding, jöram-a…

Böldi, bas, ortiq yozolmayman…

Abduqayum Yöldoşev

 1962-yili tuğilgan.Toşkent Politexnika instituti (hozirgi Texnika universiteti)ni bitirgan. “Qaro közim. Şayx ur-rais”, “Sunbulaning ilk şanbasi”, “Timsohning köz yoşlari”, “Parvoz”, “Bir tun va bir umr”, “Puankare” kabi kitoblari naşr etilgan.

2022/11-12-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)