Yozuvçi Şahzod Şomansurovga maktub
Assalomu alaykum, Şahzod aka.
Yangi kitobingiz çop etilgani va öqilayotgani bilan tabriklayman!
Turgan gap, bu jahon ayvonida yana bir muxlis orttirganingizni sezmagansiz. Men esa özim uçun yangi yozuvçini kaşf qilganimdan baxtiyorman. Hali siyohi qurimagan “Kungaboqar” nomli hikoyalar töplamini öqigaç, baʼzi mulohazalarni yozişga qaror qildim. “Maqsad ne edi jahona kelding, Kayfiyating bayon etib ket” (Nodirabegim). Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda ham izoh qoldirsam bölardi. Lekin oq varaqqa yozişning öz nashʼasi, öz andişasi bor. Manzilingizni bilmayman, xatni esa “Yoşlik” jurnali poçtasida qoldiraman.
* * *
Yaqin-yaqingaça yoşlarning kitoblarini bepul çiqariş va tarğib qiliş Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida qolib ketgandi. Endi esa “Akademnaşr” “Izlam”, “Yangi asr avlodi” “Aks” loyihalari orqali uşbu xayrli işga boş qöşdi. Aks holda, turli yillarda çiqqan bosma naşrlarda, internet tarmoqlarida soçilib yotgan hikoyalaringizni bir muqova ostida öqiy olarmidik? Noşirlarga rahmat, baraka topişsin!
Darvoqe, kitobingiz muqovasi noodatiy. Undagi qizil rang öziga tortuvçi va sirli sarguzaştlar vaʼda qiladi. Markazdagi muallif suratida aks etgan boş qismining içidan yana bir boşning çiqib kelişi ong va ongosti munosabatlari haqidagi bilimlarni esga soldi. “Özgalar hayotidagi ruhşunos öz hayotida allaqaçon telbaga aylangan böladi”, degan iqtibos esa suratni töldirgan.
Orqa muqovada esa bugun köp ham eʼtibor berilmaydigan jihat inobatga olinganidan xursand böldim. Yaʼni muallif haqida maʼlumot keltirilgan. Baʼzida bunday bölmaydi, xuddi uni hamma taniydiganday yoki tanişi şartday, muallif haqida ikki satr ham yozib qöyişmaydi.
“Şahzod Şomansurov 1986-yili Toşkentda tuğilgan”. Bir kam qirq. Bu yoş qonunçilikka köra yoşlar safidan çiqaradi sizni. Milliy qadriyatlar esa yigitning qirçillama yoşligini qirqqaça çözadi. Muqaddas islom dinida bu yoşga kamolot davri sifatida qaraladi. Adabiyotda, ayniqsa, nasrda qirq yoş qiyomga yetiş pallasi.
“Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Jurnalist va fotograf…” Oliy maʼlumotli, öz kasbiga ega odamsiz. Demak, adabiyot siz uçun boyiş yoki karyera qiliş manbasi emas. Azbaroyi köngil mayli bilan qalam tebratadigan yozuvçi ekaningizga umid qilib mutolaaga kirişdim.
* * *
25 ta hikoyani bir nafasda öqib çiqdim, desam, yolğon böladi. Ammo şavq bilan öqiganim rost. Taqlid degan öydan xoli aytişim kerakki, yozganlaringizda Mixail Bulgakov, Xulio Kortasar, Edgar Allan Po, Agata Kristi, Oskar Uayld asarlari nafasini sezdim. Kitob annotatsiyasida yozilganiday, qahramonlaringiz özbek xarakteri va qiyofasiga köp-da mos tuşavermaydi. Agar kitobingizni “Milliylikni aks ettirgan eng yaxşi asar” nominatsiyasiga topşirmasangiz, buning ahamiyati yöq, nazarimda. Umuman, özbek yozuvçisining qahramonlari özbek bölişi şartmi, muhimi, inson bölsin.
Sönggi vaqtlarda adabiyotimizda şahar manzaralari va şaharliklar obrazining örni ğaribligi haqida öylayapman. Asosiy voqealar jöğrofiyasi uçun toğ-u toşlar, daşt-u dalalar, çöllar, qişloq va ovullar tanlanadi. Agar qahramon şaharlik bölsa, asar voqealari qişloqda keçadi. Agar voqea şaharda bölsa, qahramon qişloqdan kelgan. Nega şunday? Şaharliklarda köngil yöqmi? Ularning hayotini kim qalamga oladi?
“Moskva közyoşlarga işonmaydi, “Rim taʼtillari” filmlari, “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” (V.Gyugo), “Qörqinçli Tehron” (M.Kozimiy), “Istanbul fojiasi” (E.Vohidov) kabi sanʼat namunalari aynan poytaxtlar havosidan ilhomlanib yaratilmaganmidi? Töğri, XX asrda Ötkir Hoşimov, Olim Otaxonov, Xayriddin Sulton, Erkin Aʼzamning qissa va hikoyalarida şahar mavzusiga nisbatan keng örin ajratildi. Keyin esa yana daşt oralab toğlarga çiqib ketdik. Qişloqlarimiz ham bor bölsin.
Hikoyalaringiz orqali ana şu şahar köçalari va şaharliklar içki olamiga sayohat qildim. Balki bunga Toşkenti azimda tuğilib, ösganingiz turtki bölgandir.
* * *
Hikoyalarni teranroq anglaş uçun uç guruhga bölib oldim.
Ötkir psixologik hikoyalar: “Liza”, “Töqqizinçi palata kundaligi”, “Baliq ovi”, “Qadrdonim”, “Bodroq”, “Yakudza”.
Detektiv-sarguzaşt hikoyalar: “Kungaboqar”, “Tiğ”, “Javdarzor”, “Timsoh”, “Fransuz buldogi”, “Tabletka”, “Sotuvdagi uy”, “Şartnoma”.
Timsolli hikoyalar: “Qismat manzarasi”, “Janob Stounga maktub”, “Jallod”, “Qahva”, “It”, “Örindiq”, “Soniya”, “Aks”, “Tarjimayi hol”, “Boğdagi toş”, “Uç çöçqaça”.
Baʼzi hikoyalarda realizm va mistika şu qadar bir-biriga omuxta bölib, örinlari şu qadar bilimsiz almaşadiki, salgina eʼtiborsizlik qilgan öquvçi boşidan öqişga töğri keladi. Qolaversa, hikoyalaringiz satira va yumordan xoli emas. Qahramonlar kulgisi ortida aççiq istehzo ham tiş körsatib turibdi.
* * *
Şahzod aka, yoziş uslubingiz çiroyli, syujetlar öquvçini zeriktirmaydi, hikoya tugagunga qadar yakun haqida bir qarorga keliş ilojsiz. Garçi matn orasida butun-butun falsafiy monologlar uçrasa ham, voqealar rivojidagi keskin burilişlar şoşirib qöysa ham, timsollaringiz çuqur öyga toldirsa ham, heç biri adabiyotdan zavqlanişga xalaqit bermaydi. Öquvçilarningizni butun boşli labirintdan olib ötasiz kitob böylab. Bunda ulardan aql, tajriba, tayyorgarlik, xuşyorlik va farosat talab etiladi, albatta. Hazil bilan aytganda, aqlni işlatiş kerak, axir, u tugab qolmaydi.
Ayrim tengdoşlaringizdan farqli ravişda murakkab ifoda uslubi, özbek tiliga xos bölmagan gap qurilişi, faqat mutaxassislar tuşunadigan timsollarning yöqligi men uçun ayni muddao böldi. Negaki, badiiy asar va ilmiy asar örtasidagi farqni topolmay qolgan baʼzi mualliflarimiz öquvçisini qomuslar, luğatlar sari yetaklaydi. Ular badiyatni unutib rebus yeçişga ötib ketadi. Ular özbek tilidagi hikoyani emas, Şampolyon kabi Misr ierogliflarini öqiydi xuddi…
Körinib turibdiki, sizda din, tarix, psixologiya, falsafa, tibbiyot, huquq va harbiy bilim bor. Bunga fotograflik iqtidori va könikmasi ham qöşiladi. Hayotiy tajribani ham unutmaymiz. Bularning barçasi Xudo bergan yozuvçilik talanti közgusida aks etadi va yaxlit kompozitsiya yaratadi.
* * *
Asosiy qahramonlaringiz – yigitlar. Ularni haqiqiy erkak sifatida tasvirlagansiz. Spirtli içimliklar içişi, sigaret çekişi, ayollarga işqibozligi uçun emas. Mardligi, qörqmasligi, mehnatkaşligi, tinmasligi, qiyinçiliklarga bardoşliligi, oğir vaziyatlarda özini yöqotib qöymasligi, vijdoni oldida özini hisobga tortişi va boşqa jihatlar ularga nisbatan hurmat uyğotişi şubhasiz. Garçi ular jinoyatçi, qotil, öğri, ayş-işratga öç bölsa ham.
Bu yigitlar uylanmagan, lekin ayol zotini ipidan ignasigaça yaxşi biladi, deyarli har biri muayyan sohaning mutaxassisi, şunga qaramay, özi loyiq bölgan iş örnida emas, barçasining atrofi töla odam, ammo nihoyatda yolğiz. Erix Mariya Remarkning “yöqotilgan avlod”i hikoyalaringizda yaşayotanday. Yolğiz, unutilgan va boy berilgan.
* * *
Şahzod aka, hikoyalardagi baʼzi masalalar böyiça andişalarimni ham bayon etsam.
Qahramonlaringiz oila qurmagan. Garçi hikoyalarda söqqaboşlik tarğib qilinmagan bölsa-da, oila qurmasdan ham yaşab yuraveriş mumkin ekan, degan tuşunça çiqib qolyapti.
Har holda, özbekmiz. “Janob Stounga maktub” hikoyasidagi kabi xalajoy va unga oid sahnalar juda oçiq va köngilni aynitar darajada aniq tasvirlangan hayotni barça jirkançliklari bilan körsatiş şart emas, nazarimda. Agar şunday ehtiyoj tuğilsa ham, sizday yozuvçi boşqaça, pardaliroq yöl topa olişiga işonaman.
Özimizning Toşkentni köraylik. Xatimiz avvalida şahar va poytaxt hayotini qalamga olganingizni alqagan böldik. Endi tom maʼnodagi Toşkent manzaralari va toşkentliklar haqida öqisak, qanday bölar ekan? Öylaymanki, poytaxtimizda ham qalamga olişga arzigulik voqealar yetarliça topiladi.
* * *
Şahzod aka, hayotning qora va kulrang tomonlarini köp yozgan bölsangiz ham, şaxsiy hayotingizda oqlik va yoruğlik tilayman.
Hikoyalaringiz siyoğidan körinib turibdiki, qissa va romanlarga ham bemalol qöl ura olasiz. Balki yozib ham qöygandirsiz. Ijodingizga omad tilayman!
Yozganingiz uçun rahmat. Çunki siz kabi isteʼdodlarning yozmay qöyişi adabiyot uçun, adabiy did uçun katta yöqotiş bölişi mumkin.
Yangi kitoblaringiz va asarlaringizda körişgunça.
Otabek BAKIROV
2001-yili Toşkent viloyati Angren şahrida tuğilgan.
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.
“Umid” nomli maqolalar töplami çop etilgan (2023).
Badiiy publitsistika böyiça Respublika yoş ijodkorlar Zomin seminari iştirokçisi (2019).
“Yoşlar kundaligi” jurnali boş muharriri.
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


