(Hikoya)
Şom. Quyuq örmon, köl böyidagi yoğoç uy. Quyuq sukunat yurakka vahm solayotir. Uzoq-uzoqlardan ukki ovozi eşitiladi. Kölda esa baqalar jör bölib vaqillagança quloqni qomatga keltiryapti. Sokin oqşomda ikki döst köl böyida baliq tutyapmiz. Eski yoğoçli uy eşigi şamolda asta ğiçirlaydi. Tevarak-atrof qandaydir qörqinçli sukunatga burkangan. Yerda esa bir juft piyola va uç-törtta tutilgan baliq.
Odatda, tavallud kunni oila, yaqinlar davrasida nişonlaşadi. Ajoyib tilaklar, qimmatbaho sovğalar, qadahlar kötariladi. Kamina bugun qirq yoşni qarşiladim. Faqat yaqinlar davrasida emas. Balki ğalati va omadsiz aktyor döstim bilan… Men uni şunçaki döst deyolmayman. U bilan qadrdonmiz. “Kiyimning yangisi, döstning eskisi yaxşi”, deyişgandek, u bilan juda inoqmiz. Nazarimda, taniganlarim içida faqat u hisobimdagi pul, qimmatbaho maşinalarimga qaramay, men bilan samimiy muomala qiladi. Balki şu sabab şahar şovqinidan uzoqda, turli davralardan holi joyda, mana şu köl böyida yolğiz u bilan tuğilgan kunimni nişonlayotgandirman. Şu paytgaça tavallud kunimni turli davralarda nişonlaganman. Lekin bu safar hammasi boşqaça bölişini istadim. Qirq yoş erkak kişi uçun ğaroyib palla. Kimdir bobo, kimdir ota böladi. Yana birov hamon qönğiroqsoç jononlar bağrida gullaşda davom etadi. Omadi çopgan erkak bu yoşda biror idorani rahbariga aylanadi, notavon esa bor-budidan ayriladi. Hamma narsaning öz vaqti bor! Kimdir öz işini boşlaydi, yana kimdir yer tagiga – mangu uyquga ketadi. Xullas, bu yoşda har bir erkakda yetarliça aql, bilim va tajriba böladi. Sizga aytsam, umrimda heç kimga havas qilmaganman. Erkak bölib birovdan aql örganmaganman, birovga maslahat ham bermaganman. Men şunaqa mustaqil, öziga işongan, hamma muammolarimni özim hal qila oladigan odamman.
Lekin hayotda almaşib bölmaydigan narsalar, qimmatli tuyğular va bebaho qadrdonlar böladi. Yana heç kimga aytilmaydigan içki sirlar böladi. Tun boşlangaç, baliq qarmoqqa ilinişi ham sekinlaşadi. Mudroq bosib, ovingiz baroridan kelmaydi. Keçki salqinda gulxan atrofida issiqqina qahvadan xöplaşga nima yetsin.
– Sen yöl böyi şu paytgaça boşingdan keçirgan sarguzaştlaring, maişatlaring, qaysi sohilda nima içganing haqida gapirib kelding, – deb birdan gap taşladi döstim.
– Xöş?
– Bir öylab kör, nima uçun yaşayapsan özi? – deb döstim menga yalt etib qaradi.
Bu pandavaqidan bunaqa jiddiy savol kutmagandim. Nega birdan u hayot haqida gapirib qoldi? Yo mendan norozimi? Oçiği, ayni damda unga tayinli bir gap ham aytolmasdim, savoliga ham javobim yöq edi.
– Bilmasam, – deb asta javob qaytardim. – Sen-çi? Bu haqda özing nima deysan? – deya savoliga savol bilan javob qaytara qoldim.
– Menmi? Men axir bir omadsiz odamman. Mana, ikkimiz ham qirqqa kirdik. Men bu savolga tayinli javob berolmayman. Çunki bunaqa narsalarni öylaşga hatto imkonim ham bölmagan, – dedi u.
– Nega özing haqingda bunaqa fikrdasan? Nazarimda, sen risoladagidek odamsan. Oilang, yaqinlaring, binoyidek işing bor, – dedim.
– Qöysang-çi… Senga öxşagan olğir, muvaffaqiyatli taniş-bilişlarim davrida bir çetda yaşab yurgan odamman. Mana, menga bir qara. Bayramlarda köçadagi tomoşalarda allaqanday ertak qahramonlari rolini ijro etib kun keçiraman. Qolgan payt esa teatrda dekoratorga yordamçiman. Bilasanmi, Yangi yilda heç qaçon Qorbobo yoki yalmoğiz obrazini ijro etmaganman. Bayramlarda kattalar tugul, bolalarniyam esida qoladigan birorta obrazim yöq! Ijodkorlar taʼbiri bilan aytganda, “heç bir roli bilan esda qoladigan” aktyormasman. Hayotda, yon-atrofimizda, hatto bizning teatrdayam men kabi notavon çala aktyorlar tiqilib yotibdi.
– Men unaqa deb öylamayman, – deb uning köngliga sal bölsa-da taskin berişga urindim.
– Gapimni bölma, men ham kim bilandir dildan gaplaşişim kerak-ku.
– Ha, albatta.
– Ayt-çi, biror orzung bormi? – deya yana savolga tutdi u.
– Orzu deysanmi?
Töğrisini aytsam, men uçun “orzu” – bolalikdagi erişib bölmas çöqqi, amalga oşmas istaklarday tuyiladi.
– Ha, men şunçalik ğalati narsalar haqida aytyapmanmi? – degança u savol nazari bilan menga qaradi.
– Yöq, ammo sendan bunaqa savol kutmagandim.
– Nega? Men fikrlaşim, hayot haqida mulohaza qilişim mumkin emasmi? Yoki kambağallar orzu qilmaydimi?
– Gap bundamas! Biz şunçaki köl böyiga baliq tutgani çiqqandik. Atrofga qara, manzarani kör. Salqin tuşyapti. Sen bölsang orzular, hayotiy maqsadlar haqida gapiryapsan. Bunaqada men nimayam derdim?
– Sen qanday tanişib, döstlaşganimizni eslolasanmi? – deb tağin savol berdi u.
Haqiqatdan ham, biz qanday tanişgan edik? Jin çalgur, xotiram şunçalik pand beradimi? Esimda bori şuki, döstim bilan birga tögarakka borardim. Adaşmasam, öşanda… – ötgan yillarni asta xotirlay boşladim.
– Eslolmayapsanmi? Bilaman, bu tabiiy hol. Bu voqeaga, çamasi, yigirma beş yildan oşgan. Sen faqat biz tögarakda tanişganimizni eslolasan, xolos.
– Ha-ya…
– Yöq, biz tögarakda tanişmaganmiz, – deb qatʼiy javob berdi u.
– Unda… – deb çaynalib döstim bilan ilk suhbatlarni eslaşga urindim.
– Ha, mayli. Yodingga kelmayotgan bölsa, özim aytib beraman. Men bilan kaltasoç, tabassumi çiroyli muallimamiz sabab tanişgansan. U odatda, yöl-yöl yubka kiyib yurardi. Öşanda sen ön beş, u esa yigirma ikki yoşda edi.
Döstim qarşimda işşayib, beixtiyor qahqahlab yubordi.
Men esa olis xayollar, şirin xotiralarga berila boşladim. Öşa qizni ön beş yoşimda sevib qolgandim. Muallimamiz soçlari orasidan bizga qarardi. Biz tögarak aʼzolari – yoş yigitçalar ösmirlarça unga yoqişga, eʼtiborini tortişga harakat qilardik. Nigohlari zora menga tuşib qolsa, degan ilinjda tun uzoği soçlarimni har tomonga tarab çiqardim. Öşa paytda yuzimdagi husnbuzarlarim, endi sabza ura boşlagan möylabim özimga biram yoqmasdiki. U esa nihoyatda malohatli edi.
– Xullas, döstim, – u şunday deya xayollarimni tutundek tarqatib yubordi: – öşa qiz qayerdaligini bilaman. Istasang, seni uning oldiga olib boraman.
– Sen…
– Ha, uni sevişingni bilardim. Juda qattiq sevarding. Buni heç kim bilmasayam, men anglab turardim. Axir, döstingman-ku.
Oraga ğalati sukunat çökdi. Men ham, qadrdon döstim ham jimgina sokin kölga termilib ötirardik. Bunaqa payt qarmoğingga baliq ilinmasligini bilsang ham, şunçaki sukut saqlab qarmoqni suvga taşlagança jimgina kölga qarab ötirganing maʼqul. Men döstimga bir dunyo savollar bergim, öşa malohatli muallimamiz haqida köp narsalar söragim kelardi. Oçiği, öşa qizning malohatini uzoq yillar barçadan qidirdim. Vaqt ötib omadim kuldi, jaraq-jaraq pul topa boşladim. Hayotimga ajoyib kunlar, bir-biridan gözal ayollar kirib keldi. Sevgim ham asta unutildi. Qimmatbaho maşinalar haydadim, sayohatlar, tongotargaça maişat-u bazmlar…
– Bilasanmi, bugun seni nega baliq oviga çaqirdim? – deb xayoldan çalğitib döstim yana savol berdi.
– Nega?
– Ertaga öğlim ön bir yoşga kiradi. Unga özim tutgan baliqlarni qovurib bermoqçiman! – dedi va hiringlab kuldi.
– Baliqlarni özing tutişing şartmidi? – deb söradim.
– Albatta! Erkak kişi – misli ovçi. Öz yemişini özi ovlaşi kerak. Mehnat qilib oilasini boqişi lozim.
Döstim bilan baliq ovlaş uçun tez-tez şu kölga kelamiz. Lekin bu safar u juda falsafiy fikrlar bildirar, gaplari ham ança dadil edi. Savollari ham ötkirgina. Şu zaylda yarim tungaça baliq tutib ötirdik. U gulxan yonida xurrak otgança bamaylixotir uxlab qoldi. Men esa yana xayol sura boşladim. Nazarimda, bu safar döstim men uçun juda qaltis savollar tayyorlab kelgandi. Uning savollarini birma-bir qayta yodga oldim. Hayotimdagi maqsad, orzu haqida öyladim. Menda özi orzu bormidi? Ha, bor edi. Ösmirligimda bir nimalarga intilar, orzularga berilar edim. Şu xayollar bilan ötirarkanman, birdan tögarakdagi muallimamiz – öşa sunbula soç, oyoqlari uzun gözal qizni esladim. Qiziq, hozir qayerda ekan? Balki hali ham öz gözalligi, köngilga ğulğula soladigan malohatini yöqotmagandir? Kölda tölin oyning aksi jilvalanar, atrofda baqalar betinim sayrar edi. Döstim esa yoş boladek ğujanak bölib xurrak otardi.
Tong otdi. Quyoşning zarrin nurlari betimni qizdirib yubordi. Közimni oçsam, döstim allaqaçon uyğongan, tutgan baliqlarimizni xaltaga joylar edi. Yotgan joyimda unga nazar soldim. Keçagi suhbatni, bergan savollarini esladim. Ha, oçiği, qadrdonim haqiqatdan omadsiz yigit. Bir oyoği kalta, maymoqlanib yuradi. Ustiga ustak, böyi past, semirib ketgan. Allaqaçon meşqorin amakiga aylangan. Tişlari ham söyloq, yuzlariga sepkil toşgan. Şu ahvolda qanday qilib aktyor bölib işlaşiga hayronman. Tağin özining omadsizligini ham biladi.
– Hoy, olifta, tur. “Şayton arava”ngni yurgiz. Uyga ketamiz, – deya tönğilladi.
Qimmatbaho maşinam unga bir qarasa “şayton arava”, bir qarasa şaloği çiqqan matoh bölib körinadi. Laş-luşlarimizni yiğiştirib, yölga tuşdik. Ikkimiz ham jim ketyapmiz. Qadrdonim uzoqlarga tikilgança bir nimalarni xayol surmoqda. Quyuq örmondan çiqib borarkanmiz, göyo sokinlik ham ortda qolayotgandek edi. Öylab qarasam, döstim asli yomon yigit emas. Risoladagidek ota, mehribon er, köngli toza odam. Mehnatkaş, muloyim, mulohazali, asosiysi – mard inson. Oçiği, mingta omadli, puldor tanişimdan köra şu qadrdonim menga afzal. Biz, odatda, oyning ikki şanbasida birga baliq oviga boramiz. Ovdan qaytişda u oilasiga turli mevalar oladi. Men esa şunçaki şaharga qaytaman.
– Şu yerdan çapga buril, – dedi u birdan.
– Çapga?
– Ha, çapga, seni bir joyga olib boraman. Haligi sen sevgan, bağringga bosmoqçi bölgan jononning oldiga. Sunbula soç, uzun oyoq bor edi-ku.
– U haliyam yolğizmi?
– Hozir yolğiz, avvalgi hayotidan esa xabarim yöq! – deb jiddiy javob berdi döstim.
Rul çambaragini çapga burdim. Uç-tört kilometr içkariga kirdik. Yöl deyarli tugadi.
– Şu yerda şaloği çiqqan aravangni töxtat, – dedi u.
Maşinadan tuşib, uzun yölka böylab örmonga öxşaş daraxtzorga kira boşladik. Boşimda ming xil xayol bilan, özgaça hayajonda odimlardim. Döstim şart töxtadi-da, ortga burilib menga qaradi.
– Aft-angoringni töğrilavol. Bundoq u yer-bu yeringgayam qara. Har holda, sevgiling oldiga kelyapmiz, – dedi u.
Yana daraxtzor oralab içkariga kirdik. Qarşimizdan eski qabriston çiqdi.
– U haligi… şunaqa joyda yaşaydimi? – deya tilim aylanmay qoldi.
– Sen nimani kutganding?
– …
– Tezroq yur, hali keç tuşmasidan şaharga, uyga qaytişimiz kerak. Meni uyda ziyofat kutmoqda.
Biz qabriston böylab yanada içkarilab ketdik. Nazarimda, qarşimizdagi uzun yölka qabristondan biror qişloqqa olib boradi va u yerda döstim bizni yana uçraştirib qöyadi. Yuragim hayajondan gupillab ketdi. Balki u ayol hamon gözaldir, yanada yoqimtoy xonimga aylangandir. Köpinça ayollar qirq yoşdan keyin yanada gözallaşadi. Hayotlarida yangi fasl boşlanadi. Balki yoşlikni eslab kulişarmiz. Döst bölib qolarmiz. Balki erga tegib, bir etak bola ham körgandir, şu qişloqda poliz ekinlarini ekib kun keçirar… Qabriston böylab borarkanman, xayolimda uçraşuvimiz taxminan qanday bölişini, unga aytadigan gaplarimni içimda öylab borardim.
– Ana…
Döstimni bu gapidan titrab ketdim. Biz yangi qabr qarşisida töxtagan edik. Ustimdan muzdek suv quyilgandek böldi. Xayollarim tutundek tarqab ketdi.
– Mana, uning oldiga keldik.
– …
– Nega qaqqayib qolding? Sen nimani kutganding? Quçoq oçib seni kutib olişinimi? Yoki söngsiz bösalarni, balki töşakda şamlar yoqib, seni bedor kutib olişini kutgandirsan? – U biroz tutaqib sözlardi.
Men jim edim. Xayollarim, hayotim, butun orzularim çalkaşib ketgandi. Döstim esa davom etdi:
– Agar şunaqa söqqaboş yuraversang, yaqinda seniyam uning oldiga olib kelamiz. Ha, aytgança, hozir u yolğiz yotibdi. Istasang, ölganingdan söng seniyam uning yoniga dafn etamiz. Qabrlaringga gullar ham ekib qöyamiz. Istasang, har baliq oviga kelganimda seni ziyorat ham qilib ketaman. Xöş, nima deysan?
– …
– Ayt-çi, oxirgi marta qaçon oynaga qarab, allaqaçon oqara boşlagan soçlaringni, şaftoliqoqiga aylanayotgan, burişayotgan yuzingni kuzatgansan? Sen abadiyman deb öylayolgandirsan-da, a? Zavq-u şavqqa töla hayoting, boyliging, omading, hamma sarguzaştlaring mana şu qabrga kirgaç bir pul böladi!
Şu gaplardan söng döstim menga heç nima demadi. Qabristondan çiqib şahar tomon yöl oldik. U yölda yuzini öng tomonga burgança arazlagan odamdek jimgina ketdi. U bekorga aktyorlik kasbini tanlamaganiga amin böldim. Rostdan ham u sözlari ötkir, inson qalbiga taʼsir qiladigan odam ekan. Yölda maşinani töxtatib salqin içimlik içdik. Ikkimiz ham öz xayollarimiz bilan band, jim edik. Şaharga kirarkanmiz, allaqaçon keç tuşgandi. Uzoq-uzoqlardan avtomobil çiroqlari şaharga özgaça fusunkorlik baxş etardi. Şahar çetidagi tumanlardan birida maşinamni töxtatdim. Döstim kölda özi tutgan baliqlarini oldi-da, sekin maşinadan tuşdi. U eşikni yoparkan, menga qaragança işşaydi.
– Ha, aytgança, tuğilgan kun, qirçillama davring – qirq yoşing muborak! – dedi-da, uyi tomon yönaldi.
Şahzod Şomansurov
1986-yili Toşkent viloyatida tuğilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. “Fotoolam”, “Kungaboqar” kitoblari naşr etilgan.
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


