3 daqiqada öqiladi

107 marta körilgan

Arzon “söz”lar

Özimning çoyçaqam

Ayni vaqti

Baland böyli, gavdali erkak bekatda odam liq töla avtobusga çiqişga harakat qilardi. U bor ovozi bilan baqirib, tiqilib, odamlarni itarib bir amallab tutqiçni uşladi va nihoyat, hammani siqib, ezib pastki zinapoyaga çiqişga muvaffaq böldi. Eşik bazör yopilib, avtobus yölida davom etdi. Birdan yangi yölovçi hammani hayratda qoldirib, “Bu neçançi avtobus?”, deb baqirdi.

Tepa zinapoyadagi yölovçi javob berdi:

– Neçançi avtobusmiş?.. Bir yuz sakkizinçi!

Pastki zinapoyadagi yölovçi:

– Bu yerdan şunaqasi ham ötadimi?

Tepa zinapoyadagi yölovçi:

– Bunaqalar hamma joydan ötadi.

Pastki zinapoyadagi yölovçi:

– Avtobus qabristonga boradimi?

Tepa zinapoyadagi yölovçi:

– Yöq, bu faqat jinnixonagaça boradi.

Pastki zinapoyadagi yölovçi:

– Voy! Men unda boşqa avtobusga çiqibman-ku!

Tepa zinapoyadagi yölovçi:

– Heçqisi yöq, okaxon, töppa-töğri çiqdingiz-da! Sizni qabristonga olib ketişlariga hali sal vaqt bor, çamamda, lekin jinnixonaga borişning ayni vaqti.

Arzon marketda

Sotuvçi:

– Keçirasiz! Nega hamma kiyimlarni titkilayapsiz, nima qidiryapsiz özi?

Xaridor:

– Men xuddi mana şunga öxşaş kofta qidiryapman. Faqat bu yerda yelkasi binafşa va bilaklari moviy ranglisi çiqyapti, menga esa buning aksi – yelkasi moviy va bilaklari binafşa rangi kerak.

Sotuvçi:

– Qidirib ovora bölmang, şuni olavering, bir marta toğoraga tuşgandan keyin xuddi özingiz xohlagan rangga kiradi.

Isbot

Sotuvçi:

– Asal oling, asal oling. Bozorning eng oldi asali!

Xaridor şubhalanib:

– Siz asalingizni bozordagi eng yaxşi asal ekanligini qayerdan bilasiz?

Sotuvçi:

– Juda oddiy. Yaxşilab qarang-çi: qayerda yana şunça paşşa va ari uçib yuribdi?

Guvohlik bermaymiz

Xaridor:

– Bu çoy uçun möljallangan idişlar töplami rostdan ham nemislarnikimi?

Sotuvçi:

– Yöq, xitoyniki.

Xaridor:

– Nega unda mana bu yeriga nemislarning mahsuloti, deb yozilgan?

Sotuvçi:

– Yozuvi bormikan?

Xaridor:

– “Made in Germani” deb yozib qöyilgan. Buni qanday tuşuniş mumkin?

Sotuvçi:

– Undan xitoylarning nemis tilida yozişni bilişlari tuşuniladi.

Xaridor:

– Bu yolğonni nega yozişgan?

Sotuvçi:

– Sizga öxşab öqiydiganlar uçun jörttaga yozib qöyişgan-da.

Xaridor (jahli çiqib):

– Unaqada haqiqatni qayerdan biliş mumkin?

Sotuvçi (faxr bilan):

– Biz sotuvçilarmiz, haqiqat uçun guvohlik bermaymiz, tuşundingizmi?

Gena ismli timsoh

Xaridor ayol:

– Mana bu yelim Buratino qança turadi?

Sotuvçi: (taʼkidlab):

– Bu Buratino emas, Çeburaşka. Buratinoning burni uzun böladi, Çeburaşka esa şalpangquloq. Farqlaşni biliş kerak.

Xaridor ayol (xafa bölib):

– Ha, uzr, şunaqami? Keçirasiz, mabodo, sizning ismingiz Gennadiy emasmi?

Uylanganman-da…

Xaridor:

– Aytingçi, bu oddiy şişami yoki billurmi?

Sotuvçi:

– Şişa, albatta.

Xaridor (ajablanib):

– Bularni qanday ajratiş mumkin?

Sotuvçi:

– Juda oson: şişa bu – şişa, billur esa billur.

Xaridor:

– Himm, men uçun hammasi bir xil.

Sotuvçi:

– Xöş… olasizmi?

Xaridor:

 – Yöq, nimalar deyapsiz! Bular billur emas ekan-ku!

Sotuvçi:

– Sizga nima farqi bor, baribir ajratolmasangiz!

Xaridor:

– Özingiz aytgandek, şişa – oddiy şişa, billur esa billur-da!

Sotuvçi:

– Lekin siz baribir farqiga bormayapsiz-ku. Keyin şişa ança arzon.

Xaridor (xörsinib):

– Bilaman, bilaman… menga umuman farqi yöq… lekin… men uylanganman-da.

Kafolat

Sotuvçi:

– Baliqlar bor! Baliqlar! Hozirgina tutilgan!

Dam oluvçi:

– Ayting-çi, baliqlaringiz rostdanam yangi tutilganmi?

Sotuvçi:

– Albatta.

Dam oluvçi:

– Negadir işongim kelmayapti.

Sotuvçi:

– Ikkilanmang, olavering – bular yap-yangi. Eskirib qolganlarni ertalab sotganmiz.

Nikolay ILYIN,

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

“Döstlik” ordeni sohibi.

 

1950-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.

 

Rus tilidan Dilfuza Qarşiboyeva tarjimasi

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Abdiraimova Fotima

    Zòr ekan hikoyalarga hozirgi kunda haqiqatga aylanib bormoqda

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Bu hayot…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…