Ular aka-uka edi. Ikkisi ham yoş bölişiga qaramay soç va möylab östirib olgan, nazarimda, kiçigi biroz olifta yoki sarkaşroq edi. Haftada bir-ikki kelişar, qişloq oralaganda xabari tez tarqalardi. Har bir xonadonga navbat yetganda bir-ikki singan yo katilgan rözğor buyumi topib qöyilgan bölardi.
Oilada ön bir jon edik. Aka-opalarim dalada – otamning yonida kun böyi işlardi. Albatta, maktabga boradiganlar tuşgaça oğir mehnatga jalb etilmas, mening çekimga esa ikki-uç qöy-qözini jodratiş tuşgandi.
Biz – bolalar aka-ukaning işini qiziqiş va hayrat aralaş tomoşa qilib, u uydan bunisiga ergaşib yurardik. Eski bonka idişlarda sariq, oq rangli suyuqliklar bölar, masalan, yaltiroq tunukadan çoynakka yasalgan çumakka aralaşma surkalib, qotirib qöyilar, çegaçilarning tayinlaşi böyiça yarim kun oftobda quritilardi. Ungaça aka-uka qişloqdan çiqib ketişardi. Qiziği, ular butlagan buyumlar ikki yo uç kunda tağin joyidan köçib tuşar, mustahkam örnaşib qolgani kam edi. Bundan akalarimning jahli çiqar, ota-onam bilan bahslaşar, çala ustalarning dodini berişga şaylanardi.
– Özi yeyişga zörğa non topsak, yangisini ololmay yamatib yotgan bölsak, uç yamaganining puliga butunini beradi-ku!..
Bunday eʼtirozlar köpinça çoynakning çömagi köçib, albastr aralaş qorişmasi bironta piyolaga tökilganda, oz-ozdan, avaylab berilgan şakar yoki oqqand solingan nimtatir çoydan mosuvo bölinganda yuzaga çiqardi.
– Heçqisi yöq, bolam. Özim tozalab beraman. Bölmasa almaşaylik…
Pirovardida ota-onam “yutib” çiqar, çegaçilar yana kelganda heç kim oşkora eʼtiroz bildirmasdi. Ota-onam, umuman, kattalar negadir ularning yonini olar, şunga hayron qolar edim. Ularning işini kuzatarkanman, kiçigining işlayotib, lab tişlaşi, oğzi qölining buralişiga monand qiyşayişi kulgimni qistardi. Aka yigirma yoşlar, uka undan ikki yoşlar kiçik edi. Ammo berilib işlaşardi, öziyam.
Bir safar ularning qişloq oralaganini eşitgan onam yamatişga idiş topolmay qoldi. Töğriroği, ötgan galgi çömagi köçgan çoynakni yana olib çiqib, çegaçilarni uyaltirişni istamadi çoği, sovora somon solişdan boşqasiga yaramaydigan teşik toğorani olib çiqib qöydi. Bundan akamning jahli çiqdi. Otam uyda yöqligi bois baqirib-çaqirib isyon qila boşladi. Onam uni tinçlantirişga urinardi.
– Baribir ularni uyga kirgizmayman, kelgindilar…
– Öçir ovozingni!.. – onam akamning yuziga şapaloqlab yubordi.
Akamning közi yoşga tölib, ökinç bilan onamga qaradi. Yiğladi.
– Kimingiz böladi ular, nega hadeb yonini olasizlar?
Onamning bağri ezildi. Akamni quçmoqçi böldi. Akam uning qölini siltab taşlab oğil tomon ötib ketdi. U yerda içiga qum solib osib qöyilgan “meşok” bor. Armiyaga ketadigan akam yasagan. Hozir şuni “döpposlayotgan” çiqar…
Çegaçilar uyimiz oldiga kelib, supaga ötirişdi. Onam yaxşi gaplar bilan ularga çalop suzib berdi. Teşik toğoraga kelganda aka boş çayqadi.
– Buni yamay olmaymiz, yangajon.
– Nega? – onamdan oldin ukasi eʼtiroz bildirdi.
– Şunga, jim tur, – akaning qovoği uyuldi. – Bergan tuzingizga rozi böling, yangajon…
– Men yamab beraman! – Ukasi böş kelmadi.
– Baloni yamaysan, qani, oldimga tuş, – kutilmaganda akasi qizişdi. Ukasini sudraguday qilib köça tomonga olib çiqib ketdi. Derazamiz oldida bir zumga töxtab, ukasining boşini nuqib çumagi yonida yotgan çoynakni körsatdi. Biz tuşunmaydigan tilda bir narsalar deb urişdi.
Onam ikkimiz hang-mang bölib qolaverdik. Şu-şu ular ança vaqtgaça qişloq oralamay qöydi. Bu orada men maktabga çiqdim. Birinçi sinf öquvçisiman. Endi har narsaga xarxaşa qilişim, yiğlaşim uyat böladi. Lekin bir kuni eşakni jildirayotib, Buxoroda öqiydigan akam taʼtilga kelayotganini körib qoldim va yugurib borib, quçoqlab yiğlab yubordim. Akam kuldi. Uyda payti meni urib, tergab turgani uçun uni soğinişimni özim ham kutmagandim. Akam uyga kirgaç, kiyimlarini almaştirib oldi. Şunda uning çap köksiga “Montana” deb yozilgan, çiziqlari turli rangdagi sport formasi judayam havasimni keltirdi.
– Mengayam olib kelib bering, – deb yubordim dabdurustdan.
– Nimani? – akam avvaliga tuşunmadi.
Men ust-boşiga işora qildim. U boşimni siladi va “xöp” deb qöydi.
Ammo akam ikki-uç kelganida ham olib kelavermadi. Aytişiça, qimmat emiş. Öziyam bir uç oylar yegan-içganidan qisinib olganmiş.
Sal ötgaç, öşa kiyimning kiçigini sinfdoşim Tursunboyning egnida körib, içimdagi olov yana alanga oldi. Uyatni ham esdan çiqarib, ota-onamga xarxaşa qiladigan böldim. Şunday kunlarning birida anavi aka-uka çegaçilar paydo böldi. Ikkita katta sumkasi bilan. Aytişlariça, savdo işiga kirişibdi. Sumkalarda mato, oyoq kiyim va… “Montana” bor ekan. Ayni menboplaridan. Qança xursand bölgan bölsam, onamning boş çayqaganini körib, şunça tez yiğlab yubordim. Otam uyda yöq edi. Onam iznsiz bir söm işlatmasdi. Yerga yotib yumalab yiğlaşlarim havoga uçdi. Savdogarlarning kiçigi darvozadan çiqayotib, sumkasidan biroz çiqib turgan “Montana”ni menga köz-köz qilib qöydi. Içimda olov yonardi. Uydagilardan qattiq arazladim. Keçqurun ovqat yemadim. Otam bölgan voqeani eşitgaç, onamga şu kiyimga yetadigan pul topib beribdi. Uç kunlik “firoq”dan keyin orzuyim uşalib, “Montana”li böldim.
Qöylarimizni ötlatiş uçun endi uydan sal uzoqroq joylarga haydab çiqadigan bölganimda, dala şiyponda uç-tört qizça, kampir, ayol va haligi aka-ukani körib qoldim. Ayol ariqdan suv olib kir yuvar, kampir öçoqboşida, qizçalar arğimçoq uçar, aka-uka endi boşqa bir maşğulot – televizor tuzatiş bilan band edi. Bundan çiqdi ular şiyponda yaşar ekan-da. Buni oşnalarimga tezroq yetkaziş uçun qöylarni ortga qaytardim. Ammo oşnalarim uçun bu gap yangilikmas ekan. Hatto Azamat biz tengi qizçaning otini ham bilarkan. Ularning kimligi va nega şiyponda yaşaşi haqida oşnalardan jöyali javob ololmadim. Otamdan söraşga ahd qildim. Oqşom çoği uyga kelib otamni qölida tayoq bilan, ğazabnok holda kördim. Savolim içimga tuşib ketdi. Sal narida armiyaga ketadigan akam yerga qarab turar, undan kiçigi yonida hiqillar, onam öçoqboşida kuymalanardi.
– Yana şularga qöl tekkizasanmi, a? – otam kiçik akamga döq qildi.
– Yöööq… – akam yana yiğlay boşladi.
– Sen-çi, kap-katta söloqmonday yigit, uyalmadingmi?
Otam armiyaga ketadigan akamga yuzlandi.
– Ikki kişilaşib edi. Şunga…
– Uyat… Uyat… Kim degan odam böldim endi?!
Keyinroq opamdan eşitişimça, voqea bunday bölibdi. Haligi men körgandagi aka-uka tuzatayotgan televizor bizniki bölib, buzilişiga sababçi bölgan kiçik akam ularning “usta”ligini bir neça bor körgan bölsa ham tağin gaplariga işonib olib borgan ekan. Keçki payt keltirib tokka ulaşi bilan televizor “portlab” ketibdi. Bundan jahli çiqib, şiyponga borib janjal boşlabdi. Ular ham qarab turişmabdi. Paxta terimidan qaytayotgan opam kelasolib bu akamga xabar beribdi. Tabiiyki, pahlavon akam bir zumda yetib borib janjalga aralaşgan va “usta”larning dodini bergan. Garçi opam akalarimdan ğururlanib gapirib bergan bölsa-da, meni otamning “endi kim degan odam böldim”, degan gapi öylantirib qöydi. Axir, akalarimning aybi nima, aldaşganidan keyin uradi-da. Bitta lampasi bölsayam kuyib, televizor buzildi. Akalarimning davralarda birovni yiqitgani yo qişloqda kim bilandir qiz talaşib yoqalaşganini eşitib ham indamay qöya qoladigan otam bu safar nega ğazablandi ekan…
Bu savolimga javobni keyinroq, bir safar otam bilan dala xirmonida qorovullik qilib yotganimizda olganman. Xuftondan keyin poylab yotib, otamning ketişiga şaylanib turib, eşakka mingaşib olgandim. Şiypon yonida otam eşakdan tuşib möylabli yigitlarning kattasini atab çaqirdi. Garçi janjalning ertasigayoq akalarimni olib borib keçirim sörab kelgan bölsa-da, hanuz xijil alfozda kampirdan hol söradi. Römolga tugilgan ikkita nonni uzatdi.
Paxta xirmoniga çiqib, ustida yumalab bir-ikki öynagaç, otamning oy yoruğida kitob öqimoqçi bölayotganini kördim. Yoniga kelib pinjiga tiqildim.
– Bu qanaqa kitob, ota?
– Rumiyning kitobi.
– Rumiy kim özi?
– Uluğlardan…
– Uluğlar qanday böladi?…
Savol-javoblar kelib şiyponda yaşayotgan anavi odamlarga taqaldi. Şunda otam ularning uruş tufayli qöşni yurtdan bu yerga kelib qolgani, yigitlarning otasidan ayrilgani, non topiş köyida özlarini har işga urib körayotgani haqida aytib berdi. Bir paytlar, otam şu yigitlarday çoğida qavmimiz notinçlik tufayli ularning yurtiga borib yaşagan, non-namak bölgan, keyinçalik yana bir-ikkita oila bölib qaytib kelişgan ekan. Şuning uçun ularga nisbatan bağrikeng va qöli oçiq bölişimiz lozim ekan. Yana otamning aytişiça, mana şu osoyişta, tökin-soçin yaşaşimiz katta bir neʼmat emiş.
Otam sekin va ravon gapirar, köz oldimdan endi otasini heç qaçon körolmaydigan anavi qizçalar, ajinlaridan mung tomadigan kampir, lotokdan suv olib har kuni kir yuvadigan qarimsiq ayol, akamning muştidan közosti hanuz qorayib yurgan aka, darvozadan çiqayotib “Montana”ni imo bilan maqtagan, biroz jizzaki, sarkaş bölib köringan uka bir-bir ötardi. Endi ularni akamlar singari yomon körmayotgandim. Ularga rahmim kelardi.
Otamni qattiqroq quçoqlab oldim. Eşakning pişqiriğidan qörqdi, deb öyladi, şekilli, izoh berdi. Men esa faqat nominigina biladiganim, uruş deb atalgan sovuq va beöxşov bir maxluqdan çöçigandim. Xirmonda ötgan tunda, otamning issiq va taftli bağrida uxlab tuş kördim. Heç bir asbob-uskunasiz çegaçilik qilayotganmişman. Otam ustozim emiş…
Abdulatif ABDULLAYEV
1984-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Qator hikoyalari matbuotda e’lon qilingan.
2021/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


