Yangi uçastkani qabul qilib olgan kunimning ertasi edi. Işni nimadan boşlaşni bilmay, aslida bilaman, axir şu sohada suyagim qotgan, ammo nima uçundir könglimni allaqanday ğaşlik, dilgirlik, kimdandir, nimadandir norozilik tuyğusi qamrab olganidan, qölim işga bormay, bitta-yarim bexosdan eşikdan boş suqquday bölsa, özimni band odamday körsatiş uçun atrofimga kerak-nokerak hujjatlarni soçib qöyib, stolga tirsaklarimni tiragança öyga çömib ötirganimda telefon jiringladi.
– Alo, eşitaman.
– Uçastkavoymisiz? – ayol kişining böğiq, şanği ovozi eşitildi.
– Ha.
– Yangi uçastkavoymisiz?!
– Ha, gapiring. Eşitaman.
– Men 76-domdan telefon qilyapman. Iloji bölsa, bir kelib ketsangiz.
– Tinçlikmi, nima gap?!
– Yonimizdagi domda…
– Neçançi dom?!
– 78-dom atrofida neça kundan buyon allaqanday erkak aylanib yuribdi… Menimça, birinçi kvartiradagi yangi qöşninikiga kelgan! Bolalarimizni köçaga öynagani çiqarişgayam qörqyapmiz. Odam bilib böladimi!.. Agar Siz fuqarolarning tinçligini qöriqlaydigan nozir bölsangiz, kelib holimizdan xabar olsangiz yaxşi bölardi! Yoki avvalgi uçastkavoyimizga öxşab…
Ayol mendan oldin işlagan sobiq nozir şaʼniga ança-munça hamiyatga tegadigan gaplarni gapirdi. Tuşunarli, işdan ketgan odamning ortidan har doim ham yaxşi gap aytilavermaydi. Köp yillardan buyon nozirlik işlarida işlab kelayotganim uçun bunday gap-sözlaru mojarolarga könikib ketganman. Mayli-da!..
– Xotirjam böling, bu işning tagiga yetaman.
– Hoziroq yetib kelsangiz yaxşi bölardi. Çunki öşa podyezdga hozirgina öşa kişi kirib ketdi! Ölay agar, öz közim bilan kördim….
78-uyda yaşovçi fuqarolarning kerakli hujjatlarini qölga olib, şoşilinç köz yugurtirdim, birinçi kvartirada ayol kişi röyxatda turibdi: Muslimova Raʼno Qodirovna.
Zudlik bilan papkamni qöltiqlagança xonadan çiqdim.
***
Mana, yetmiş sakkizinçi uy. Ikki tomonidan burama moşina yöli kesib ötgani uçun boşqa uylardan alohida ajralib qolgan yetim uy…
Qiziq, uylar ham bir-biriga öxşarkan, degan ğalati fikr xayolimdan ötdi. Çunki ança yillar oldin xuddi şunday uyda yaşagandim-da. Faqat şaharning narigi çekkasida. Biz yaşagan uy ham ikki tomonidan burama moşina yöli kesib ötgani uçun qöşni uylardan ajralib qolgan, beş qavatli, ikki xonaligu bir xonalik kvartiralardan iborat, lekin yaqinda qurib bitirilgani uçunmi, yangi va körimli edi. Devorlari silliq, böyoqlari yarqirardi. Ayniqsa, keçki paytlar botayotgan quyoşning olovrang şuʼlalari uyning yon devorlarida jilva qilganida bir boşqaça fayzli körinardi. Bu uy esa xuddi egalari taşlab ketganday ança ğarib va qarovsiz edi. Öşa paytlari qöşni bölgan tanişlarimiz beixtiyor esimga tuşdi: er-xotin öqituvçilar Mahbuba bilan Mirsaid… Ikki öğli bor beva mantipaz Maryam opoqi… Sohibjamol Raʼno… Borya aka bilan Lyuda opa…
Kasbimizga xos sovuqqonlik mening ham tabiatimni çetlab ötmagan bölsa-da, “peşona”siga qizil rangda yozilgan “78” raqami ança uniqib qolgan “dom” hovlisida turarkanman, negadir yuragim töliqdi.
Bir mahal yölning narigi tomonidagi uydan ellik beş-oltmiş yoşlar çamasi lorsillagan ayol çiqib, göyoki öz işi bilan ketayotgan odamday yonimdan ötarkan, öng tomondagi balkon derazasiga işora qildi-yu, şipillagança öz yölida davom etdi.
Ayol körsatgan derazaga qarab, bir vaqtlar özimizning yetim uyning birinçi qavatida yaşagan Raʼnoni – yanglişmadim, şekilli, uning ismi Raʼno edi-yov, e, nima farqi bor, Raʼnomi, boşqami, muhimi, u juda gözal edi, çiroyli narsalarga esa qanday nom berilmasin, baribir gözal bölib qolaveradi – qöşni juvonni esladim.
Töğrisini aytsam, birinçi marta uni körganimda hayratdan özimga kelolmaganman. Lekin keyin yoqtirmay qoldim. Köça-köyda, ayniqsa, qöni-qöşnilar oldida özini xokisor, köngli oçiq ayol sifatida körsatgani bilan axloq masalasida unçalik toza emasdi, şekilli. Hamişa tartib-qoidani, pokizalikni hamma narsadan ustun qöyuvçi nozirlar sulolasining vakili bölganim uçun ham uni jinim suymagan bölsa kerak, deb öylayman. Yanayam, kim bilsin… Lekin xotinimning unga havasi kelardi: “Yakka özi ikki xonali hay-hot-day uyda yaşaydi-ya… Ijarada bölsayam!”. Gapirsa gapiribdi-da, birovlar hayoti xotinlar uçun hamişa jannat bölib körinaveradi, deb öylasam ham, xotinimning qandaydir ayolning turiş-turmuşiga havas qilişi negadir ğaşimga tegardi, şuning uçun: “Qaydan bilasan, balki öşa xotinning senga havasi kelar, bir xonali bölsayam, öz uyimiz. Allaqanday ijaraxona emas!” deya uzib olardim har safar.
Balki gap na sulolada, na xotinimning unga havasi kelganida emasdir… Nima desam ekan… Nafsilamrni aytganda, öşa Raʼnoning çiroyli yuz-közlariga sinçiklab tikilgan odamni bir narsa hayratgami, taajjubgami solardi-da. Bu nima edi? Oçiği, bilmayman. Muloyim kibrmi yoki nafratmi… balki öz hayotidan norozilikmi… bilmayman, bilmayman… Balki menga duç kelganida uning yuz-közlariga şunaqa ifoda balqir? Axir, bizning işimizning kimlargadir noxuşlik, notinçlik keltiradigan tomonlariyam bor-da!
U vaqtlarda öşa uy joylaşgan mavze menga qaraşli emasdi, lekin yoş va qiziqqon, buning ustiga, öz kasbimni yaxşi körganimdan, har ehtimolga qarşi (xizmat yuzasidan deganday!), bilib qöysam yomon bölmasdi, degan fikrda qöşnilarimizning deyarli hammasi haqida ança-munça narsalardan xabardor edim. Raʼno haqida-ku allaqaçon köp narsalarni bilib olgandim.
Aytgança, birinçi marta uni uyimiz muyulişida uçratganman. Öşa kuni odatdagiday uydan vaqtli çiqqandim. Kutilmaganda qarşimdan çiqib qoldi. Menga közi tuşdi-yu, birdan yurişdan töxtadi, surma tortilgan qiyiq közlari bir lahza bezovtalik bilan boqdi, keyin yerga qaragança turib qoldi. Kulça yuzi oppoq, böynida puştirang şohi durraça yengil hilpirayotgan, kamsuqum, xuşbiçim, sohibjamol!
Biz kumuşrang tong pallasi gap-sözsiz, yöl örtasida turardik. Na u bir söz dedi, na men… Yonginamizdan birinçi avtobusning şuvillab ötişi va axlat çelagini böşatgani çiqqan Maryam opoqining ötkir nigohi ikkalamizni ham huşyor torttirdi. Biz mum tişlagança öz yölimizdan ketdik.
Keyingi safar uni teatrda körib qoldim.
Öşa vaqtlarda rosa şov-şuv bölgan tarixiy spektakl namoyişi ötayotgan edi. Tomoşabinlar suvday oqib kelayotgan, teatr xodimlari azbaroyi tinçlikni saqlaş maqsadida bizlardan kömak söragan, şuning uçun men bilan örtoğim qöşimça kuç sifatida navbatçilikka yuborilgandik. Örtoğim bundan norozi edi. U teatrni ham, tomoşalarni ham yoqtirmasdi. Menda esa aksinça. Nafosat va sanʼat hamişa qalbimni rom qilib kelgan. Ayniqsa, yerni qarsillatib tepib, raqsga tuşiş jonu-dilim edi. Uylanmasimdan oldin xonamga qamalib olib, şöx musiqaga xumordan çiqqunça raqsga tuşgan vaqtlarim bölgan…
Çetda turgança zalni kuzatarkanman, lojalardan birida ötirgan Raʼnoni körib qoldim. Egnida böğma yoqali köylak, jajji, puştirang quloqlarida tilla baldoqlar yaltiraydi. Yonida elliklarga borgan, soçlari oppoq, ammo öta başang kiyingan savlatli kişi u tomon xiyol engaşib bir nimalarni şivirlar, gap orasida Raʼnoning yelkasi uzra mavjlangan soçlarini silab qöyardi. Bu hol bir zumda Raʼnoning tasavvurimdagi nurli siymosini çilparçin qilib, siniqlarini har tomonga soçib yuborgandek böldi. Ijirğanib aftimni buriştirdim. Öşanda ilk bor iç-içimdan kuçli bir narsa kötarildi: Tangri taolo gözallikni yaratişdan oldin unga faqat va faqat yaxşilik hamda poklik ramzi bölsin, deya hukmi ilohiy eʼlon qilmagan ekan-da!
Ammo-lekin xayolan “oqsoç”ning gardaniga rosa muşt tuşirdim!
Şu vaqt orkestr mumtoz bir kuyni çala boşladi-yu, men uçun hamma narsa öz örnidan qözğalib, havoda muallaq qolganday böldi. Hamma-hammasini – xizmatda ekanligimni ham, Raʼnoni ham unutdim.
Spektakl yarimlaganda bexosdan özimga kelib, atrofimga huşyor nazar taşladim. Axir, men bu yerga tekin tomoşa köriş uçun yuborilmaganman-ku!
Bir zum içida nigohim butun zalni qamrab oldi. Va… Raʼnoda töxtadi. U haliyam öşa “oqsoç”ning yonida, töğriroği, undan özini tortibroq ötirardi.
Tomoşa tugab, odamlar zaldan çiqa boşlaganlarida Raʼno "oqsoç"ni qöltiqlagança issiq oqim aro yonimdan sirğalib ötib ketdi Nazarimda, u meni kördi, tanidi ham, lekin tanimaganga, körmaganga oldi. Birdan içimda nimadir lovullab ketdi. Nafrat bilan jinoyatçiga qaraganday ortidan qattiq tikilib qoldim.
Ertasi kuni qönğiroq qilib hamkasb nozirni huşyorlikka çorlab qöydim. Axir, bilib böladimi, bunaqa ayollar yaşaydigan xonadonlarda nimalar yuz berişini!
Hamkasb nozir – qirq beşlarga borgan, semizligidan hamma yoğini yoğ bosgan kişi – sergak tortiş örniga pixillab kuldi, keyin palağda ovozda dedi:
– U ayol nozik odamlardan biriga tegişli, tilingizga ehtiyot böling! Lekin “qizaloq” çakkimas-a!
“Tönka!”
***
Podyezdga kirib, u yerda heç kim yöqligini körgaç, qoramtir qizğiş dermatin qoplangan eşik qönğiroğini çaldim. Keyin yana ikki marta… Ammo heç kim eşikni oçmadi.
Podyezd tugul, uyda ham heç kim yöq-ku, degan xayolga bordim.
Qöni-qöşnilardan sörab-suriştirişga haqqim bor, ammo qaysarlik va jahl bilan taşqariga çiqib, birinçi qavatning balkoni ostidagi beton supaga borib ötirdim.
Atrofga zingil soldim. Hovli kimsasiz, zerikarli, atrofda bolalar maydonçalari va qöqqaygan domlaru daraxtlardan boşqa heç narsa yöq. Anavi yerda örindiq qöqqayib turibdi, lekin butun joyi yöq, bir tomonga qiyşayib qolgan. Na bir dökon, na bozor-öçar bor. Hatto pistaçilaram yöğ-a! Şunaqa xudo urgan joy ham böladimi?! Avvalgi işxonam bu yerdan ming marta yaxşiroq edi. Otçopar atrofidagi, odam ham, savdo-sotiq ham gavjum mavzeda işlaş boşqaça-da. Töğri, unaqa joylarda hamma ham işlayvermaydi. Nafaqat işni, balki odamlarni ham yaxşi biladigan, iloji boriça heç kimni, hatto muşukning ham hasadini keltirmaydigan puxta nozir bölmasa, u yerlarda tartib-qoidani uşlab turiş qiyin. Özi, tört-beş yildan keyin nafaqaga çiqaman deb turgandim, nega birdan bu yoqqa yuborişdi, hayronman?! Oddiy nozirning bir mavzedan boşqasiga ötişi köpçilikning diqqat-eʼtiborini tortmasligi mumkin, ammo öşa nozirning özini ming turli öy-xayollar ilon-çayon bölib çaqişi turgan gap!
“Anavi, mendan oldingi nozir qay gördagi saunaga borgan ekan? Har qalay, begona mavzega boş suqmagandir? U şöring qurğurning taqdiri ne keçadi endi? Umr böyi tartib-qoida sohasida işlagan odam boşqa joyda işlay olarmikin? Umuman, boşqa joyda uni qanday qabul qilişadi? – deya xayolimdan ötkazdim. Keyin betoqatlik bilan yana özim haqimda öyladim: – Odatda, bunaqa mavzelarga yoşlarni yuborişardi. Men ança-munça xizmat qilib qöygan odam bölsam. Obröyim ham yomon emasdi… Nega…”
Tavba, anavi sölğin qarağayning kimga keragi bor ekan? Kesib taşlaşsa bölmaydimi?! – beton ariqça böyida bir tomonga qiyşaygan daraxt negadir közimga şumşuk körindi. Esimda, beş yaşar öğlim yangi yil arafasida arça olib keling deb xarxaşa qilganida, uyimiz yonidagi mana şunga öxşaş qarağayning bir şoxini sindirib olib borgandim…
Xöp, alomat tentak bölgan ekanman-da!
Bir mahal nimadir taraqlagandek böldi. Deraza oçildimi, deb öylab ortimga qaradim. Yöq, deraza boz-boyagiday berk edi. Içkarida odam bor, şekilli, degan şubhaga borib, örnimdan turdim, avval öng tomondan, keyin çap tomondan aylanib, atrofni kuzatdim. Heç kim yöq. Kutişga qaror qildim. Balki kimdir ayyorlik qilayotgandir.
Xayolim yana Raʼnoga köçdi.
***
Qiş oqşomi edi. Keçki ovqatdan keyin oyoqni uzatib hordiq olayotgandim, kutilmaganda pastki qavatdagi xonadonlardan birida şovqin-suron eşitildi. Qiçqirib uyni boşiga kötarayotgan ayol kişi edi: “Keting! Hoziroq çiqib keting! Sizsiz ham yaşay olaman. Agar ketmasangiz, özimni derazadan taşlayman!”. Örnimdan sakrab turgan edim, xotinim yölimni tösdi.
– Aralaşmang, baribir derazadan özini taşlamaydi, – dedi u meni hayron qoldirarli vazminlik bilan.– Birinçi qavat-ku…
– Raʼnomi? – dedim ovozim böğilib. – Nimadir bölgan, şekilli…
– Şekilli emas, allaqaçon bölar iş bölib bölgan! – dedi xotinim endi andak zarda bilan. – Har doim uyiga kep turadigan kişi Raʼnoni ölguday yaxşi köradi!..
– Yaxşi körsa, uylansin! – deb yubordim beixtiyor.
– Xotinim negadir xörsinib qöydi, keyin davom etdi:
– Raʼno ham şuni istaydi, ammo xuştori negadir bu majburiyatni böyniga olgisi kelmaydi. Lekin, – xotinim qizişib ketdi. – Raʼnoni ham öz holiga qöymaydi. Mana şunaqa uruş-janjallardan keyin ikki oylab yöq bölib ketadi-da, yana paydo bölib qolaveradi.
– Haydab solsa bölmaydimi? – ovozim past çiqdi, özim zörğa eşitdim, lekin xotinim yaxşi anglagandi.
Menimça, Raʼno unga örganib qolgan.
“Har doim uyiga kep turadigan kişi Raʼnoni ölguday yaxşi köradi”miş. Raʼno-çi? Raʼno uni yaxşi köradimi-yöqmi? Mana bugun urişib qolişdi. Endi oqsoç ikki oy, balki undan ham köproq qorasini körsatmaydi. Öziça arazlaydi, göyo sensiz ham yaşay olaman, deganday, kim bilsin, balki çindan ham Raʼnoni körgisi kelmayotganiga, yoşi bir joyga borib qolganida yöldan ozganiga özini özi işontirmoqçi bölib vaqt ötkazar, buyam aslida uning yoşidagi odam hayotiga rahna solayotgan keksalik ojizliklaridan biri, menimça. Raʼno bölsa bu yoqda xun bölib yuraveradi. Lekin kutilmaganda yana oqsoç paydo bölib, Raʼnoning yölini tösadi. Şunda Raʼno heç narsa bölmaganday uni qabul qilaveradimi? – dilimni xunob qilayotgan çalkaş xayollar tonggaça orom bilmadi.
Ertalab zinadan tuşayotib Raʼnoning eşigi oldida ötirgan oqsoçga közim tuşdi. Fahmimça, keçasi Raʼno baribir uni haydab çiqargan, u esa ketişni istamay, zinada ötirib tong ottirgan! Qadam sasini eşitib oqsoç bezovtalandi, iztirob içida bir nimalar deb ğöldiragança örnidan turdi, köylagi yoqasida qiyşayib qolgan qimmatbaho galstugini töğriladi, tözğin soçlarini tuzatgan böldi, keyin göyo hozirgina kelgan kişiday eşik qönğiroğiga qöl çözdi.
Yonidan ötayotib köz qirim bilan oqsoçning gezargan, tirişgan yuziga razm soldim. Körinişidan bamaʼni, hatto ziyoli odamga öxşaydi. Nima balo jin urib bu köyga tuşgan ekan şörlik? Keçikkan muhabbatmi yoki hayotidan, oilasidan norozilik sabab bir çimdim halovat istab yurganlardanmikin? Balki butun umr omadning, obrö-eʼtiborning ortidan quvib, boriga qanoat qilib yurgan-u, kutilmaganda qarşisida benihoya sohibjamol paydo bölganida oqsoç es-huşini yöqotgan, öz obrösiga doğ tuşiradigan tavakkalga qöl urişga esa jurʼati yetmaydi…
Şu voqeadan keyin ikki oy ötib, keçki payt xotinim tösatdan:
– Ertaga işdan vaqtli kelasizmi? – deb sörab qoldi.
Nima gap, deganday savol nazari bilan qaradim.
– Raʼnoning tuğilgan kuni ekan. Qöşnilarni uyiga taklif qilgan.
– Nima böpti şunga? – dedim birdan avzoyim özgarib.
– Nima böpti, deganingiz nimasi? – dedi xotinim ohista, hayron bölganini bildirmay. – Ertaga Raʼnoning tuğilgan kuni! Beçorani şaharda yöqlaydigan heç kimi yöq. Otasi undan arazlagan, gaplaşmaydi, ögay onasi har zamonda bir keladi-yu, lekin birakay qilib, Raʼnoning topgan-tutganini olib ketadi. Hadesa, ögay ukalari yoşligini, bitta otasining topgani rözğorga yuq bölmayotganini rökaç qiladi. Şunga qöşnilar yiğilişib çiqmoqçimiz. Mehr-oqibat deganday…
– Buning menga dahli yöq! Qolaversa, ertaga xizmatda bölaman, – bahona qildim. – Xotinlar yiğilişib, çiqaveringlar…
– Hayronman, nega jahlingiz çiqyapti?
– Şuning uçunki, öşa ayol!.. – baqirib yubordim. – Nima qilasan, gapni çuvalatib!
Barça nozirlarning sabr-toqatli xotinlari kabi xotinimning darrov uni öçdi, faqat xudbin erining dastidan qalbi ozor çekkanday qovoğini solib, barmoqlariga tikilgança turib qoldi.
Men ham osonlikça xotinning oldiga tuşadigan erkaklardan emasligimni bildirib qöyiş uçun pinak buzmay, televizorga tikilib ötiraverdim.
Xotinim jahl bilan siltanib xonadan çiqdi, oradan beş daqiqa ötdi yo ötmadi, yuzlari böğriqqança qaytib kirdi.
– Özingiz öylang, – dedi u endi murosali ohangda. – Ikki bolali bölganimizda meni qişloqdan olib keldingiz. Şahar tugul, yaqin-atrofdagi bozorni ham haligaça tuzuk-quruq bilmayman. Mana şu xotin meni yetaklab yurib, qayerda bozor, qayerda poliklinika bor, hammasini körsatdi. Siz haftalab safarga ketgan kunlaringiz yo özim, yo bolalar kasal bölib qolganida mana şu Raʼno…
Men sovuqqonlik bilan xotinimning gapini çört kesdim:
– Bunçalik sodda bölmang, xonim. Bularning hammasi qöşnilarga yaxşi köriniş uçun!
Xotinim gap topolmay, bözarib ketdi.
Ammo tuğilgan kun mojarosi şu bilan tugamadi.
***
– Dadasi, hoziroq Raʼnonikiga çiqmasangiz bölmaydi, – dedi xotinim ertasi keçqurun şoşilib uyga kirib kelarkan. – Mirsaid aka bilan Borya aka çaqirişyapti. Çiqmasangiz, özlari kelib olib ketişarkan…
– Şunisi yetmay turuvdi!
Xotinim xafa bölganday yuzini burdi.
Na iloj! Er-xotin uzun-qisqa bölib Raʼnoxonning uyiga kirib borganimizda allaqaçon mehmonlar jamuljam bölgan ekan.
Xona ham, dasturxon ham did bilan bezatilgandi. Havoni rayhon, atir-upa va vino hidi tutib ketgan.
Stol atrofida Mirsaid aka bilan Borya aka öz xotinlari bilan ötirardi. Ularning yonlaridan joy olgan qöşni ayollar vafo va sadoqatning tirik timsollariday viqor bilan ötirişar, şu namoyişkorona körinişlarining özidanoq ularning Raʼnoga bepisand qaraşlari sezilib turardi.
Xiyol qisiq közlari va puştirang lablarida tabassum jilva qilsa-da, nigohlari ğamginlik bilan boqayotgan xonadon sohibasi bizni holi-jonimizga qöymay törga ötqazdi. Xotinim xijolatdan qizargan, men esa öz örnimni topganday gerdayibroq ötirardim. Hali söraşib ulgurmasimizdan eşik qönğiroği jirinladi, Raʼno uzr sörab, dik etib örnidan turdi va yölakka çiqib bir neça daqiqalik past ovozli ğişavalardan keyin oppoq dasturxonga öralgan toğora kötargan Maryam opoqi bilan bağriga anvoyi guldastani bosgança, qirq-qirq beşlarga borgan, baland böyli, ikki yonoği qip-qizil yuzida pöstakning yirtiğiday mitti közlari yiltillab turgan, baqaloq, buning ustiga tepakal bir kişini boşlab kirdi.
– Bu kişi… – yonoqlari qizargan Raʼnoxon biroz tutilinqirab yangi mehmonni taniştirdi. – Qöçqor aka…
Odatdagi tabriklaru maqtovlardan keyin Raʼnoxon muzika qöydi. Biroz ğamgin, lekin hayajonga, muhabbatga töla kuy. Avvaliga bu ayol har qanday ğam-taşvişni kuy-qöşiq, köngilxuşlik bilan yengadi, şekilli, degan xayolda, hammaga birday muloyimlik ila mehmonnavozlik qilayotgan Raʼnoning xatti-harakatlarini istehzo bilan kuzatib ötirgan bölsam-da, köp ötmay yo menga ham musiqa taʼsir qildimi, yo tanimni qizdirayotgan konʼyak yoğdusimi, bilmadim, birdan kayfiyatim kötarildi, özimni qandaydir ijaraxonada, noçor odamlar qurşovida emas, köp yillik qadrdonlarim orasida ötirganday his qila boşladim. Özi şunaqa, kayfim çoğ paytlarda atrofimdagilarga boşqaça köz bilan qaraşga, ularni tuşunişga harakat qilib qolaman, xizmatçilik esdan çiqadi.
Er-xotin koreyslar bir-birining pinjiga kirgança ohista raqs tuşişardi. Borya akaning koreyslarga xos keng yuzi va qiyiq közlarida benihoya mehr-sadoqat ufurardi. Lyuda opa esa jimgina uning köksiga boş qöygan, nazokat bilan xirom aylardi. Ular befarzand edilar. Er-xotinga havas bilan qarab ötirgan Raʼnoxon közimga allaqanday “oq qarğa” emas, oddiy, baxtsiz xotin bölib körindi. Beixtiyor uni oqlay boşladim: nima qilsin, onasi bolaligida olamdan ötgan, otasi boşqa ayolga uylangaç, uni ögay onasining jiyaniga turmuşga bermoqçi bölişgan, endi ön oltiga kirgan qizça buni xohlamaydi, şuning uçun şartta uyidan qoçib şaharga keladi. Bu yerda qandaydir sulloh bilan tanişib qoladi-yu hayoti izdan çiqadi… Balki bunga uning özi, ğörligi sabab bölgandir? Bilaman, nima bölganda ham, u boşqa hamma ayollar qatori baxtli bölişni istaydi. Lekin hayotini allaqaçon çilparçin bölgan, deb hisoblaydi, endi uni tiklaş ilojsiz, degan fikr miyasini kemiradi, şuning uçun ham oqsoçga yopişgan, maqsadi unga turmuşga çiqiş, şu yöl bilan badnom bölgan nomini oqlab oliş. Oqsoç esa hayotda öz örnini topgan, obröga ega odam. Misqollab yiqqan obrö-eʼtiborini köngilxuşi uçun qurbon qilgisi kelmay, ikkilanadi çoği. Kim bilsin, balki hayotning aççiq-çuçugini birga tatigan juftihalolidan, er yetgan farzandlaridan istihola qilar. Ammo yoş, navqiron juvonni ham qöldan çiqargisi kelmaydi!
Raʼno haqida nedir iliq söz aytiş ilinjida xotinimga qaradim, u bölsa halidan beri xonadagi jihozlarni hayrat bilan kuzatişdan çarçamayotgandi. “Raʼno rosa buyum yiğibdi-da! Hammasini anavi kişi obbergan. Raʼno bilan urişib qolganlarida yaraşiş uçun uni tillaga kömib taşlaydi! Endi bitta uy olvolsa böldi-da, a?” deya şipşib qöydi u. Jinim qözidi, javob bermadim. Bundan u xafa bölmadi, feʼlimga örganib qolgan-da. Ozğin, köz qaraşlari qattiq Mahbuba muallim eriga likopçadagi salatni körsatib, qança masalliq ketganini hisoblardi. Beçora Mirsaid muallimning sançqi tutgan qöli havoda muallaq qolgan, har bir sömni öylab işlatadigan, tejamkor xotinining sözlarini jon quloği bilan tinglardi. Raʼnoxon çoyni yangilab keliş uçun oşxonaga ketganida: “Raʼno tejaşni bilmaydigan xotin. Şuning uçun erkaklar unga jiddiy qaraşmaydi!” deya şipşib qöydi Mahbubaxon. Maryam opoqining ensasi qotdi va buni yaşirib ötirmadi:
– Mahbubaxonning öz falsafasi bor, ayollar va erkaklar borasida!
– Rözğor masalasida ham! – deya qöşib qöydi Mirsaid muallim kutilmaganda.
Yengil kulgu kötarildi.
Qöçqor aka taraddudlanib qoldi, örnidan turdi, ketişni möljalladi-yov. Maryam opoqi unga maʼnoli qarab, yengidan tortib qöydi. Fahmimça, ularning tuğilgan kundan boşqa maqsadlari ham bor-ov. Qöçqor aka qaytib joyiga ötirdi. Bu beçorayam xuştorlardan, şekilli, keyingi vaqtlarda uni uyimiz atrofida tez-tez körib qolardim. Aftidan, Raʼno uni xuşlamasdi, şörlik doim yo köça eşik oldida turgan böladi, yo quloğiga telefonini tutgança uy atrofini aylanib yurardi. Şu vaqt Raʼnoxon bir qölida çoynak, ikkinçisida patnis bilan içkariga kirdi-yu, Qöçqor aka haykalday qotdi-qoldi. Mitti közlari ğamgin bu kişi Raʼnoga möjizaga qaraganday hayrat bilan tikildi. Keyin birdan öziga kelib şoşa-pişa çöntagidan daströmolini olib, yaltiroq peşonasini arta boşladi. Şörlik öz uyida topmagan halavotni şu yerdan topişiga işonib kelgan… Bunaqalarning yuragi yonida yana bitta yuragi böladi, deyişadi hamkasblarim andak istehzo bilan! Rostiyam şu-da.
Maryam opoqining töla, keng yuziga yaraşmagan yupqa lablari asabiylik bilan piçirladi, aftidan, baqaloqqa dalda berdi.
– Sizlar uçun! Maxsus!
Raʼnoxon patnisni örtaga qöymoqçi böldi, lekin dasturxon şusiz ham tökin edi, antiqa natyurmort uçun joy topiş ança muşkul böldi.
– Voy-bö, Raʼno! Bu nimasi yana?! Özingizni körsatmoqçimisiz?! Şunça sarf-xarajatning nima keragi bor edi! – deb yubordi Mahbubaxon özini bosolmay.
Raʼno negadir qizarib ketdi.
– Sizlar uçun… ozib-yozib bir dasturxon yozsam nima böpti?.. – dedi u.
Maryam opoqi Mahbubaning sonidan çimçilab oldi, şekilli, muallima ilon çaqqanday bir sapçib tuşdi-yu, lekin şu zahoti özini qölga oldi. Davraga bir qur nazar soldi-da, keyin Raʼnoni eşitmaydi deb öyladi çoği, opoqining quloğiga sekin şivirladi:
– Şunça xarajat qiliş uçun beçora neçta hökiz bilan yotib çiqişiga töğri kelgan! Men unga açinganimdan…
Bunisi endi ortiqça edi! Muallima xonim ham tilim bor deb haddidan oşib ketdi…
Uning nima deganini ilğab qolgan, yuzi bözday oqargan Raʼno yölakka otildi. Köça eşik taraqlab yopildi.
Ayollar dahşat içida közlari çaqçaygança bir-birlariga qarab qolişdi.
– Tilim bor deb har narsani gapiraverasanmi?! – Mirsaid muallim xotiniga ğazab bilan qaradi. Uning tanbehidan köra qaraşlari qörqinçli edi. Muallima qölida sançqini tutgança bözrayib qoldi.
Qöçqor aka irğib örnidan turdi-da, indamay köça eşik tomon yönaldi. Podyezddan uning: “Raʼnoxon, töxtang!” degan yolvoruvçi ovozi eşitildi.
Ana tuğilgan kun-u, mana tuğilgan kun! Eh, ayollar!..
***
Oradan bir hafta ötdi.
Ğira-şirada işdan qaytayotib podyezd eşigi oldida turgan Maryam opoqi bilan Qöçqor akani körib qoldim. Ular nima haqdadir sekin-asta gaplaşib turişardi.
Salom berib yonlaridan ötib ketmoqçi edim, ammo opoqining öktam ovozini eşitib töxtadim.
– Sizdan bir masalada yordam sörasak böladimi?
– Yordam?!
– Bugun ertalab Raʼno heç kimga aytmasdan köçib ketdi domimizdan, bu kişi bölsa uni qidirib yuribdi, – dedi opoqi Qöçqor akaga işora qilib. – Qayerga ketganini bilib berolmaysizmi?
– Qayoqqa ketadi? Nega ketadi?! – dedim hayron bölib.
Maryam opoqi meni bir çetga tortib:
– Beçora nomusiga çidolmadi, şekilli,
– dedi past ovozda. – Bu kişi bölsa bir yildan buyon uning qölini söramoqçi bölib yuribdi…
Qöçqor akaga qaradim, göştdor böynini egib, pişillab turardi. Raʼno unga tegmasdi, degan ğalati fikr miyamga urdi. Bu okaxon şuni bilgan. Şuning uçun ham uning qölini söraşni keyinga surgan!..
– Niyatingiz jiddiy bölsa, nega bir yildan buyon qölini söramadingiz?!
Baqaloq baqa bölib qoldi. Rosa bopladim-da öziyam!
Maryam opoqi:
– Sizni heçam tuşunmayman, tilingiz bunça zahar bölmasa?! – dedi açitib.
Parvo qilmadim. Bunaqa suyuq erkaklarning taʼzirini beriş kerak, deganday tik qaradim unga. Opoqi yuzini çetga burdi.
Baqaloq lökillagança keta boşladi.
Nimagadir qasd qilganday uning ortidan bordim.
– Uçar yulduz yöldoş bölolmaydi, ovora bölmang! –dedim unga xayrixoh odamday.
Baqaloq bir zum qisiq közlarini menga tikib turdi-da, söng açitibroq dedi:
– Xuddi uni yuz yildan buyon biladigan odamday işonç bilan gapirayotganingizni tuşunmadim.
Men undan oşib tuşişga harakat qildim:
– Bilmasam gapirmayman. Nima, sizga isbot kerakmi?
– Bilaman, yöqni yöndiradiganlardansiz. Lekin menga heç qanday isbot-dalilning keragi yöq!
Birdan jim bölgan baqaloq yuzimga qattiq tikilib qoldi, aftidan, tarsaki tuşirişni öyladi, ammo kutilmaganda indamay keta boşladi. Nariroq borib negadir yurişdan töxtab, ortiga ögirildi, böğiq, xirqiragan ovozda dedi:
– Qolaversa, ikki kun oldin uning qölini söradim. Öylab körişga vaʼda bergandi!.. Vaʼda bergandi!..
Yöl çetidagi simyoğoçlarning soyasi ulkan şarpalarday qorayib turgan hovlida söppayib qoldim.
Maryam opoqi yonimga kelganini his qildim, ammo u tomonga qaramadim.
– Qöçqorvoyning ikki yil burun xotini olamdan ötgan ekan. Öziga qolsa, uylaniş niyati yöqmiş. Lekin qizlarining kattasi böy yetib qopti. Şunday vaqtda ularga ona kerak böladi-da… – Maryam opoqi bir zum jimib qoldi, keyin ginali ohangda davom etib dedi: – Meni nima jin urdi, bilmayman. Şu ikki köngli yarimning boşini qovuştirsam, savob böladi, deb örtaga tuşgandim. Odamni şarmanda qildi bu Raʼnosi tuşmagur!
– Balki unga köngli yöqdir?
– Nega köngli bölmaydi, tavba?! – ensasi qotdi opoqining. – Qöçqorvoy, har qalay, anavi qari görsöxtadan tuzukroq edi! Qolavursa, bir erkak beçora Raʼnoning qanaqa ayolligini bilib turib, uylanaman deb tursa-yu, u noz qiladimi? Bu ğirt ahmoqlik-ku!
Boşim ğuvillab, asabim çatnay boşlagan, opoqining tezroq daf bölişini istardim. Ammo u ketişni xayoliga ham keltirmay, labi-labiga tegmay javray ketdi:
– Hammasi anavi Mahbubani deb böldi. U topgan kuyovga Raʼno azza-bazza rad javob bergani uçun alami kelib, atay öyinbuzuqilik qildi. Pes-da, pes! Hali qölimga tuşsin, soçini bittalab yulaman. Muallim bölsa – öziga!
Özimni ortiq bosib turolmadim, portladim:
– Opoqi, Raʼno sizlardan öziga er toping deb iltimos qilganmidi? Nega odamlarning işiga burningizni tiqasiz? Yaxşisi, uyingizga kirib, bolalaringizga qarasangiz bölmaydimi? Beçoralar halidan buyon derazadan böylab turişibdi!
Opoqining közlari xunuk çaqçaydi.
Voy tavba, voy tavba… – opoqining yupqa lablari pirilladi. – Birovlarning işiga burningni tiqma, deydimi? Bu qanaqa odam, özi? Özidan boşqani öylamaydigan…
Opoqining diydiyosiga quloq solmay, uyning orqa tomoniga ötib ketdim. Negadir uyga kirgim kelmasdi, rost-da, özi katalakday bir narsa bölsa! Boşing aylansa, keting aylanmaydi…
Içgim keldi. Özi, kun böyi negadir içgim kelib yurgandi. Lekin xizmatçilik. Köp narsalardan mahrumlik baʼzida alam qiladi…
Çöntagimdan sigaret qutisini olib, unga tikilib qoldim. Men öşa daqiqalarda nozirdan köra öziga nasib etganiga qanoat qilmasdan, nasib etmagan narsalar haqida titrab-qaqşab öylaydigan, orzu qiladigan şakkok ruhoniyga öxşardim, çamasi.
“Ammo çekişim mumkin!” deya öylaşim bilan negadir yengil tortdim. Borliqqa allaqaçon oqşom tuşgan, gugurt qutisidek uyimizni köroydin qurşab olgandi. Şahar çiroqlarining qizğiş şuʼlasi ufqning bir çetini yoritib turar, lekin bu şuʼla bizning şahar çetida joylaşgan uyimizgaça yetib kelmasdi…
Darvoqe, Raʼno qayoqqa ketdiykin? Bir oğiz aytmasdan… hatto xayrlaşmasdan ketib qolgani-çi! Nima bölgandayam qöşni edik… Özi qandaydir bir ayol-ku… nomus qilganiga ölaymi?! Hozir qayerda ekan? Şu uyda yaşab turganida, har qalay, tinçroq bölarmidi? Boşqa joyda uni ayaşarmikin?..
Öşa voqealardan keyin ança suvlar oqib ötdi. Xizmat yuzasidan yana qança joylarda işladim. Lekin Raʼnoni boşqa uçratmadim. Boşqa kasbda işlaganimda, uni allaqaçon unutib yuborarmidim. Ammo…
Oddiy kunlarning birida Sayilgoh köçasida xizmat yuzasidan aylanib yurganimda, almisoqdan qolgan kresloda zerikib ötirgan yoş rassom yigitning qarşisida terilib turgan suratlar orasida taniş çehrani körganday böldim-u, allaqanday hayajon aralaş qiziqiş bilan unga yaqinlaşarkanman, uç-tört qadam naridagi örindiqda şu tomonga xayolçan tikilib ötirgan kişiga közim tuşdi. Bu öşa oqsoç! Hamon bir vaqtlardagiday başang kiyingan, xuddi oxirat öylariga böy bergisi kelmaydigan kiroyi qariyalarday viqorli, ammo yelkalari osilib, ança çökib qolgandi. Atrofida bir öğil va qiz bola çuğurlaşgança yugurib yurişardi.
– Suratdagi ayol kim? Tanişingizmi? – deb söradim rassomdan.
– Yöq. Notaniş, – beparvo tarzda qisqa javob berdi yigit. Mening indamay tikilib turganimni körgaç, istar-istamay izoh bera boşladi: – Bir kuni yoşgina juvon kelib, suratimni çizib bering, deb iltimos qildi. Çizdim. Surat tayyor bölganida, narxiga kelişolmay qoldik. U arzimagan şu surat uçun köp pul sörayapsiz, deydi. Mening jahlim çiqdi. Axir, bu özingizning suratingiz-ku, nega özingizni past baholayapsiz, dedim. Şunday deyişimni bilaman, ayol birdan yiğlab yubordi va ketib qoldi. Şundan buyon daragi yöq…
– Boşqa xaridor çiqsa, suratni sotarmidingiz? – dedim oqsoç tomonga zimdan qarab qöyib.
– Nega sotmayin?! – rassom birdan jonlanib, yelkasiga tuşgan soçlarini jahd bilan silkib, keyin suratni qöliga olib, göyo benihoya tabarruk siymoni silayotganday ayolning yuzini silay boşladi. – Aslida bu oddiy ayol emas, örta asr malikalaridan biri. Öşa surat buyurtma qilgan juvon malikaga sal-pal öxşab ketardi, xolos.
Suratga tikilgança xayolga berilib, orzuga aylangan ötmiş oğuşiga çulğanib ötirgan Oqsoç oromi buzilgandek bezovtalandi, hatto örnidan turib biz tomonga yurmoqçi böldi, şu vaqt yetmişlarga borgan, vazni naq töqson kilodan kam bölmagan bir ayol biqqi qöllarida törtta muzqaymoq kötargança harsillab kelib qoldi.
– Bu senga, bunisi singlingga, bunisi esa buvajonga! – Oqsoçga muzqaymoqlardan birini tutgan ayolning ovozi hayotidan mamnun odamlarning ovoziday jarangdor va mehrli edi.
Oqsoç örnidan turdi, puştirang muzqaymoqqa parişonlik bilan tikilib qoldi, ayol nimadir dedi, olmaysizmi, deb qistadi çoği. Oqsoç şirinlikka qöl çözib, bir nimalar deb minğirladi. Ayol uni qöltiqlab olarkan, baralla dedi: “Bo xudo, saratonda şuginaga ham tomoğingiz oğrisa-ya!”. Keyin allaqaçon muzqaymoqni iştaha bilan yalay boşlagan nabiralariga xitob qildi:
– Keç böp qoldi, yuraqolinglar, uyga ketamiz.
Xullas, suratni sotib oldim. Rassom bilan savdolaşib ötirmadim, aytgan pulini berdim. Rassom suratni yaxşilab örab-çirmayotganida ortimga ögirildim: oqsoç yerga qaragança ketib borar, yelkalari yanada bukçaygan, aftidan ehtiyot bölib muzqaymoq yalardi…
Öşa surat haliyam işxonamda turibdi. Qayerga işga borsam, özim bilan olib ketaman. Ayniqsa, “reyd”ga çiqqan vaqtlarimiz Raʼnoni köp bor eslar va könglim ğaş tortib qolardi. Şunday vaqtlarda Raʼnoning suratiga soatlab tikilib ötirardim. Içimda allanima boş kötarib, ötkir tikonlarini yuragimga sançib-sançib olayotgandek bölaverardi. Xayolan Raʼnoning siymosini qançalik kamsitmayin, qançalik xörlamayin, yuragimdagi ğaşlik heç tarqamasdi. Şuning uçun ham hali-hamon özimga özim tuşunolmasdim. Tabiatimda Raʼnoga nisbatan dilozorlik, nafrat kuçlimi yoki xayrixohlik. Balki ikkalasi ham mujassamdir-u, aynan şu nomuvofiqlik meni ikkiga ajratib, ikkita odamga aylantirib qöygandir?!
Xizmat telefonim jiringladi.
Boşliğimiz.
– Reyddaman, – deb javob berdim.
Ha, reyd bölmay, nima? Qöşnilar bekorga şikoyat qilişmagandir? Uyni öziniki qilib, rohat istagan kişilarning rohat manbaiga aylantirib olgandir-da! Yetar, şunça kutganim! Nima, men qorovulmanmi, uning eşigini poylab ötiradigan?
Şahd bilan örnimdan turgan ham edimki, röparadagi uylar oraliğidan ellik beş-oltmişlarga borgan kişi şu tomonga kela boşladi.
Qöçqor aka!
– Tanidingizmi? – yoşi qaytgan bölsa-da, hamon öşanday, bir tuki ham tökil… e, bir kilo ham vazn taşlamagan Qöçqor aka kulimsiradi. – Menam kördim-u, darrov tanidim. Şu tomondan uy oldingizmi yoki xizmatçilik…
– Xizmatçilik, – dedim va birinçi qavat balkoni tomon beixtiyor köz taşladim.
– Ikki yil böpti, şu uyni sotib olganiga, – dedi Qöçqor aka, men uning kim haqda gapirayotganini fahmladim. – Kiçikroq bölsayam, öz uying, boşpanang bölsin ekan, deydi.
– Siz buni qayerdan bilasiz?!
Men uni ança qidirdim. Lekin heç daragi çiqmagandi. Kutilmaganda bundan bir hafta avval tramvayda tasodifan körişib qoldik. Işdan qaytayotgan ekan.
– Eski döstlar topişibsizlar-da. Tabriklayman!
Qöçqor aka biror aybi bor-u, şundan xijolat bölganday tipirçilab qoldi. Terlab ketdi, çöntagidan daströmolini çiqarib, peşonasini artdi, oppoq, ajinsiz yuzi hozirgina tandirdan uzilgan nonday qizara boşladi.
– Hali topişganimiz yöq… – dedi keyin tutilinqirab. – Lekin endi topişib qolsak kerak degan umidda edim. Çunki körişganimizda… haliyam uni könglimdan çiqarolmaganimni aytdim. U bölsa: “Qizlaringiz uyli-joyli bölişdimi?” deb söradi. “Kattalari özlaridan tingan, kenjatoyim qoldi. Lekin u aqlli qiz, siz bilan murosa qilişiga işonaman!” dedim. “Yöq, gap bundamas, xudo haqqi, men özimni öylaganim yöq!.. Ha, mayli, gapingizni öylab köraman”, dedi şoşib, nimagadir közlari yoşlandi. Keyin “Şamollabman, ötib ketadi…” deb qöydi römolçasini köziga bosib. Ovozidan, özini tutişidan ança ulğayganini sezdim. Bugun uçraşişimiz, gapni bir yerga qöyişimiz lozim edi. Keldim, lekin u uyida yöq! – Baqaloq jimib qoldi, göyo biror iliq mujda kutganday yuzimga tikildi, men miq etmadim, aksinça, içimda jirtak çaldim: “Balki Raʼnoxon yana qoçib ketgandir, höv birdagiday?!”
Baqaloq mendan yoruğlik çiqmasligini sezdi, töğriroği, hali hamon qattiq oğritişi mumkin bölgan yarasini tirnab, azob berişimni istamadi, şekilli, öziga özi tasalli berganday xitob qildi:
– Balki u yoq-bu yoqqa çiqqandir, kep qolar…
Özi gumbazday bölgani bilan köngli beozor bu odamga açinib ketdim. Şu asnoda miyamga yarq etib bir fikr keldi.
– Kutib turing, hozir kelaman, – dedim Qöçqor akaga.
Tavba, u qayoqqa ketyapsiz, deb söramadi ham. Indamay, boş silkidi.
Ğir etib işxonaga kirib, qoğozga öralgan portretni olib çiqdim.
– Bu sizga, – dedim portretni Qöçqor akaning qöliga tutib. – Faqat Raʼnoga aytmang, mendan olganingizni, iltimos.
Qöçqor akaning sabri çidamadi, şekilli, şoşa-pişa qoğozni oça boşladi. Oçdi-yu, bir lahza unga tikilib qoldi. Keyin yoş yigitçaday quvonib:
– Çiroyli-ya! – deya xitob qildi hayajon bilan.
– Çiroyliyam gapmi, hurliqo-ku, hurliqo! – dedim kulib.
Bu rasmni qayoqdan oldingiz?
– Raʼnoxon çizdirib, olmay ketgan ekan. Bexosdan körib qolib, sotvolgandim. Sizga nasib qilgan ekan-da…
Baqaloqning xursandlikdan yoyilgan yuziga qarab samimiyatim yöqolayotganini sezib qoldim. Gapni qisqa qilib, u bilan xayrlaşişga şoşildim. Har qalay, topişişibdi-ku. Bu yoği – özlariga havola!
Hayajondan hamon özini bosolmayotgan Qöçqor aka esa xayrlaşişga şoşilmasdi.
– Aytgança, özingizning işlaringiz yaxşimi? Ösdingizmi? – deb söradi endi esiga tuşib qolganday.
– Körib turibsiz-ku, – dedim bir umr uçastka noziri bölib qolganimga işora qilib.
– Nima, ösişni istamadingizmi?
– Bizning işda çörtkesarroq bölsang, kelajaging porloq böladi.
– Ha, ha…
Qöçqor aka portretni bağriga bosdi.
Zimiston ustidan tantana qilganidan mağrurlangandek bahor quyoşi ayovsiz qizdirardi.
Biz, ikkala erkak hamon Raʼnoning eşigi oldida turardik.
Bir mahal yonimizga taksi kelib töxtadi. Undan qöllarida oğir sumka kötargan yoş er-xotin tuşdi, bizga eʼtiborsizlik bilan nari-beri salom berib, şoşilgança podyezdga kirişdi. Yigit oldinga ötib, birinçi kvartiraning eşigiga kalit solib, buray boşladi. Qöçqor aka menga, men unga qaradim. Yaşin çaqnagandek nigohlarimiz yolqinlandi, keyin yuragimiz naq böğzimizga tiqilib, ikkimiz ham jon holatda podyezdga qarab otildik.
– Uç kun böldi, şu uyni sotib olganimizga, – dedi yigit ketma-ket berilgan savollarning qay biriga javob berişni bilmay dovdirab, dam menga, dam Qöçqor akaga jovdirab qaragança. – Egasiga pul kerak bölib qolgan ekan, şunga ortiqça savdolaşib ham ötirmadi…
Qöçqor aka adoyi-tamom böldi.
Men nima qilişni bilmasdim. Xayolimda faqat bir öy çarx urardi: xotin zotini heç tuşunib bölmas ekan!..
Zulfiya QUROLBOY qizi
1966-yili tuğilgan. Jizzax pedagogika institutining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Turmuş”, “Yovuzlik fariştasi”, “Ölim heç narsa emas” hikoyalar töplamlari hamda “Armon asirasi”, “Maşaqqatlar girdobi” romanlari muallifi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


