3 daqiqada öqiladi

1 462 marta körilgan

Muhammadxon Yusupov. Qisqa hikoyalar

UMID

“… Biz boşqa heç qaçon uçraşmaymiz! Boşqa heç qaçon töqnaş kelmaymiz! Boşqa heç qaçon közlarimiz közlarimizga tuşmaydi…

Körişgunça…”

PAYMONA

Jonimga tegdi bunaqa yaşaş! Doim bir hil!

Şuyam hayotmi?

Sabr kosam töldi!

Tezroq qutulsaydim şularning baridan…

Tezroq tuğilaqolsaydim…

BEMOR

– Mening ismim Humoyun. Doktor, bilasizmi, mening közimga aslida yöq narsalar körinyapti, yöq odamlar menga röbarö bölyapti. Ular bilan gaplaşmaslikka urinyapman. Agar gaplaşsam atrofdagilar meni jinniga çiqarib qöyişyapti… Men kim haqiqiy, kim sarob ekanini ajrata olmayapman. Yordam bering!…

Taşqaridan hamşiraning ovozi eşitildi:

– Doktor, Humoyun yana öziga öziga gapirişni boşladi…

SIMYOĞOÇDAGI EʼLON

“Oyijonimni qidiryapman…

Oyim dunyodagi eng gözal ayol!

Alohida belgilari: közim kasal derdilar – yoşlanib ketaveradi. Şu sabab uxlaşga ham qiynalardilar. Keyin bir marta bilaklaridagi tomirlarini kesib olgandilar, şuning izi bor.

Oyimni körganlar ularni soğinganimni, qidirayotganimni aytinglar. Dadam ham qidiryaptilar. Har kuni topib keldim deydilar, lekin u boşqa oyi böladi…

Oyijon, qayting! Endi heçam aravaçamdan tuşib olmayman…”

SUNʼIY ONG

– Neçta tilni bilasan?

– Uçta

– IQ darajang qança?

– 116

– Adaşmasam, ijod qilişga ham qodirsan, şundaymi?

– Albatta.

– Ha, men öylaganimdan ança mukammalroq ekansan, odamzot…

OPTIMIST

– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qöşimça boğiçga ega bölişimni öylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinçi poy haqida esa öylamaslikka urinaman…

ERK

– Allo?

– Allo, qalaysan? Töyga çiqasanmi? Senga qarab turibmiz-ku!

– Iye, oğayni, uyga mehmon kelişi kerak. Men…

– Eee, mehmon seni körgani kelarmidi? Böl, çiqaqol!

– Darslarim ham köp…

– Yarim kunda nimani ham qoyillatib örganarding? Ertaga yetkazib olarsan?!

– Boşim ham oğriyapti…

– Ana, töyga çiqsang yozilib ketadi. Böl endi! Çiqasanmi özi, yöqmi?

– Istamayman!

– Şunaqa demaysanmi?! Böpti, gaplaşamiz…

XATO

– Bizning kasbda xato qilişga haqqimiz yöq. Ammo boşqa hamma kasb xato qila-qila örganiladi-ku, töğrimi? – kuyinib söradi sapyor.

– Töğri, – deb javob berdi jarroh…

MAHALLIY DÖKON

– Amaki, mana! Şu pulga qança sigareta keladi?

– Hmm, olti quti. Ammo men yoş bolalarga sigareta sotmayman.

– Men sotib olmoqçi emasman. Dadam sigareta sörab kirsalar, olti safar yöq deb ayting! Iltimos…

ROBIYA

– Ey, Xudoyim, yaqinda tuğiladigan ukam ham qiz bölişini xohlardim. Öşanda biz buvijonim bilan birga yaşardik…

IZHOR

– Siz nega meni sevişingizni heç aytmaysiz, dil izhor qilmaysiz? Buni onda-sonda aytib turiş şunçalik qiyinmi?

– Yaxşi, aytaman. Unda yana köp narsalarni aytib yurişimga töğri keladi: quyoş nur soçadi, yulduzlar keçasi körinadi, qişdan söng bahor keladi…

HAVAS

– Bilasizmi, sizlar dunyodagi eng baxtli kişilarsiz! Odamlar nima deyişsa ham, siz haqingizda qanday öyga borişsa ham, eʼtibor bermang. Köpçilik özlarining böğizlarigaça yetgan muammolari sizlarda bitta ham yöq ekanini körolmaganlari sabab buni tan olmaydilar. Lekin siz menga işoning, çunki sizlarga hatto mening ham havasim keladi! Biz orzularimiz ortida yillarni ötkazib yuboramiz. Sizlarda esa orzu va uning röyobi – bir qadam. Naqadar baxtlisiz! Qaniydi buni men bilayotgançalik bilsangiz…

Mayli, dori içadigan vaqtingiz böldi. Faqat bu safar til tagiga yaşirişlar bölmasin!

NEGA YIĞLAYSAN?

– Axir, bolam, bu qanaqasi?! Tört muçang soğ bölsa! Tengdoşlaringdan heç bir kaming yöq… Yemay yedirib, kiymay kiydirsak, topganimizni seniki desak… Şundoq ekan, yana nega yiğlaysan, yetim qözim?…

QARZ

– Dada, esingizdami bundan tört yarim oy burun – singlimnikidagi töy oldidan mendan 350 ming olgan edingiz?

– Ha-ya, albatta, hozir…

– Yöq-yöq, bu nima qilganingiz? Uni talab qilayotganim yöq. Otaga berilgan pulni ham söralarkanmi? Ammo bu narsa farzandning gardanida qolib ketmasligi kerak! Ötgan oyda sizdan qança olgandim?

– Qaydam?… Esimda yöq…

Muhammadxon Yusupov – 1995-yili Namangan tumanida tuğilgan. 2014-yilda Iqtisodiyot kollejini tamomlagan.

Maşqlari matbuot naşrlarida çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Abdurahimova Şalola

    Assalamu alaykum va rahmatulloh . Subhan Allah . Yoşinggizga nisabatan dardlaringgiz yoşi katta ekan . Şu yoşda şunça dard qaydan olgansiz

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…