(Hikoya)
Qirqişloqning boşlanişidagi ming yillik çinorning tagida kiçkinagina toşsupa bor. Supaning egasi Rizamat ota. Tongotardan to kunbotarga tomon ötgan-ketganni gapi bilan savalab, gapini olmaganni tuvalab, ensa qotirganni quvalab ketadigan bu çoldan qişloğimizdagi hamma bezor, ayniqsa, men.
Çolning tanigan-tanimaganga dakki beraverişi boşqalar kabi mening ham ensamni qotiradi. Yoşi bir joyga borib qolgan bölsa, maza qilib kök çoyini içib, uyida ötirmaydimi? Beçora kampiri ham çolining “qiyomat”ligidan qazo qilib qutulgan bölsa, ajab emas. Har gapining yakunida “quloqsiz” degan tanbehni işlataverganidan qişloğimizdagilar bu çolga “Quloqsiz ota” deb laqab qöyişgan. Feʼli ğayri bu çolning körinişi-da bir ğalat: kelbati davangirday bölsa-da, yelkalari yerlaşgan, yuzi rangpar, ajinlari taram, qoşlari ösiq, quloqlari kesik, kamiga, barmoqlari ham bir ajabtovur.
Taassufki, kirarim ham, çiqarim ham şu köça, toşsupani çetlab ötolmayman… Kunda şu gurung! Qanday salom berişimdan tortib, nima kiyişimgaça kuzatib ötiradigan bu quv çol ertalabdan kayfiyatni yerparçin qiladi. Bir kunlik hayotim ana şunday boşlanadi…
Oldiga yaqinlaşişimdan oldin etagimni bir tortib, ikki yutinib, uç tayyorlanib, bazör “Assalomu alaykum, ota”, deyman.
Eşitilar-eşitilmas salomimdan köngli tölmagan ota bir tomoq qirib oladi-da, vaʼzini boşlaydi:
– Vaalaykum assalom! Maktabdagi maliming tuzuvroq salom berişdi örgatmaganma? Non yemagan baççaday şalvirab salom berasan… Köylagingdi yelkasiga matiryal yetmay qoldima yoki özing şamol kirib tursin deb bir parçasini öyib oldingma? Aşirmatti nevarasimiding? Katta otang (biz tomonlarda boboni şunday ataşadi) xöp binoyi odam böğiç edi. Şuytib yurganingdi körsa, sop bölaydi… Qiz degandi soçi taqimini öppayma? Şibirtkiga öxşatib soriğa böyaganingdi otang bilama yo biluvistonga ketganma, quloqsiz? Öqigan odamdi esi-dardi kitob bömayma? Buytib yurgan qizdi xayoli boşqa yerda bölaro-ov…
Tanam tandirday lovullaydi. Lekin lom-mim demay, “quloqsiz” otaning hamma daşnomini içimga yutaman, gapi tezroq tugaşini kutaman. Hamma qiziq şu çolga, hamma narsa qiziq: kim bolasini öqitadi, kim mol boqtiradi, kimning xotini arazda-yu, kimning onasi qarovsiz… Nima işi bor boşqalar bilan? Tergaşdan boşqasini bilmaydigan, köpni nazariga ilmaydigan bu çolgina feʼlidan topgan. Xudoyim farzanddan qisgan. Bolasiz odam bemehr böladi, degan gap ham şu çol uçun aytilgandir, ehtimol.
Yiğim yiğilib, tomoğimga tiqilib, tupugimga tugilib, toşköçadan şahd bilan uy tomon ketaman. Çolning gaplari nashʼa qilib, bösağada yiğlab ham olaman.
Şu ezma çolning eski gaplaridan bezor bölganimdan yelkasi yirtiq köylagimni qayta kiymas böldim, soçimni ortiq kesmas böldim. Tili tilingur otaning jaği tinsa-tinsin deb, naylayin, taqim öpar köylak kiyib, şokilali römol örar böldim. Şundayam maynaçaqdi, yuraksiqdi gaplaridan qutulolmadim:
– Aşirmatting qazo qilganiga qirq yil böğan bösa, endi aza oçdingma, nima buytib qop-qora rödapo kiyvolding? Yoş narsa qizil kiymayma, suyayi kiymayma, pistoqi kiymayma? Odmigina kiyinganing köp binoyi iş böpti, lekin qora-qura kiyganingdi boşqa körmayin! Juda kiyging kelayotgan bölsa, Rizamat otang ölganda kiyarsan… Gartak sabr qil, quloqsiz! Gapim senga gazak bömasin! Qiz bachça uyidan çiqib ketayotganda ota minan enaning, butun qişloğining şaʼnini yelkalab ketadi. Tuzuv yurib, tuzuv öqisang, elingdi olqişini olasan, yuzini yerga qaratsang, qarğişiga qolasan, quloqsiz qiz!
Obbo! Nima kiysang ham, nima desang ham, bir kamçilik topadi bu çol. Qora köylakni Rizamat ota ötgandan keyin kiyarmişman, demak, sandiqqa solib qöysam ham bölar… Yomonga ölim yöq, deydilar! Butun oilam va qişloğimning şaʼniga doğ tuşuradigan nima iş qilibman?! Hamma özi uçun javob bersin, qaysi zamonda yaşayapti bu çol?!
Avvalboşda otaning gaplari dilimni öqdek öyib ketardi. Keyin-keyin könikib ham ketdim. Agar ming yillik çinor ostidagi toşsupada quloqsiz otani körmay qolsam, hatto soğinadigan ham böldim. Turiş-turmuşimdan kamçilik topolmay qolsa, köz qirini bir taşlab, “Eh, quloqsiz”, deb qöyişlari hayotimning bir qismiga aylanib ulgurdi. Kun va tun almaşdi, haftalar oşdi, fasllar özgardi, lekin otaning örni almaşmadi, toşsupa özgarmadi.
Faqat bir narsa özgardi. Öqişni tamomlab, diplom olgan kunim qişloğimning qöriqçisi – Rizamat otani çinor ostidan topmadim. “Quloqsiz” otaning uyi oldida töplanib turgan tumonat odam esa könglimni qora qildi, qora köylagimni kiyiş vaqti yetganidan darak berdi.
Rizamat ota emas, öşa ming yillik çinorning tomiri qöpgandek, mustahkam toşsupa nuragandek böldi göyo… Öşa keç juda kuçli jala yoğdi, qişloğimizga asov sel keldi, qöylar qörasi bilan oqdi, saynoqlar soyga aylandi, qirliklar köçarga şaylandi. Qölimizga ilaşgan bir kaft tuz, suvi qoçgan ikki tişlam nonni oldig-u xurjunga joyladik. Ofatdan omon qolgan otlarga minib, tepalik tomonga qarab yörttirdik. Otamning aytişiga qaraganda, yaqin qirq yil içida qişloğimizga bunday katta sel kelmagan emiş.
Hamma yoqni huvillatib qişloqdan çiqib borar ekanmiz, Rizamat otaning toşsupasidan bir uşoq ham tökilmaganini körib, yoqamni tişladim. Butun boşli uylarni, zardevorlarni yuvib ketgan sel, nahotki, otaning supasini çetlab ötgan bölsa…
Qörğonidan ayrilgan odamning holini köring, xuddi hayot bilan ölim örtasida muallaq qolgan jondek miya bir dam işlaşdan, yurak esa urişdan töxtar ekan. Tomoğimdagi taxir yiğini tutib turolmadim. Sönib qolganimni, sölib qolganimni zimdan kuzatib ketayotgan otam uzun ötmiş hikoyalari bilan meni yanada lol qoldirdi.
– Rahmatli Rizamat otang butun qişloqning otasi edi, ori edi. Körmagan kuni, totmagan sitami qolmadi, bardoşli ekan, şunça dard bilan töqsonga töqnaşiş nasib qildi. Öspirinlik paytida frontda qon keçib, yurtini himoya qildi. Senlar “quloqsiz ota” deydigan öşa inson duşmanga asir tuşib, safdoşlarini sotmagani uçun ikki quloği, törtta barmoğidan ayrilgan. Joni çiqsa çiqdi, lekin tili çiqmadi, elini, elatini sotmadi. Uruşdan omon qaytdi. Juda qattiq öylovda qolib, ança paytgaça front azoblari-yu, qon isidan qutulolmay yurdi. Yoşi ötib oila qurdi. Kunning köpi, yilning yelvizagi ötib ketaverdi. Farzand sörab bormagan joyi qolmadi. Taqdirga tan berişgan joyida Xudoyim otani egiz bilan siyladi, otini Hasan qöydi, Husan qöydi. Rizamat otaning peşonasiga uruş degan söz tamğa qilib bitilgan ekanmi, bilmayman, tilab olganlari ham voyaga yetdi-yu, “Afğon”ga ketdi. Ketarida öşa sen bilgan toşsupani qurib berişgani yodimda. Yelkalari qirdek yigitlarni közini çirt yumib uruşning uyasiga jönatiş hamma ota-onaning ham qölidan kelavermaydi, qizim. Çolning umri ana şu supada ötdi, kun-u tun bolalarini kutdi. Qişloğimizdan egizlar bilan ketgan yigitlardan birining özi qaytdi, boşqasining tobuti. Ammo otaning öğillaridan na xat keldi, na darak. Körganiga işonadigan Rizamat ota Hasan-Husanlarning bir kuni qaytişini, qaytganida töy qilib, qöylar söyişini öttiz yildan kam kutmadi… Kampiri ham yiğlay-yiğlay ado böldi, armonda ketdi.
Sel uyimizni, qöyimizni oqizib ketdi, qişloqni vayron qildi. Oqim tugab, şamol yotgandan keyin uyni qursa, qöyni köpaytirsa böladi. Lekin Rizamat otadek oğir kunlarni boşdan ötkazgan qadrdon insonni yöqotiş – butun qirliklarning dilini vayron qildi, buni butlab bölarmidi, bolam… Şu insonning boriga işonib, heç birimiz bolamizning tarbiyasiga qattiq turmadik, şularki, heç biring egri qadam bosmadinglar, dakki bermasak-da, daydib ketmadinglar, otaning, enaning şaʼniga doğ tuşirmadinglar.
Eh qizim, sening yoşingdagilarning heç biri bu çolni xuşlamasdi, lekin qirliklarning tanti, töğrisöz bölişida Rizamat otaning hissasi juda katta. Hayiqsa, hurmat qiladi, deb özini uzgir körsatib, hammangga qattiq gapirgiç edi, lekin qavatiga ötirib gurungini olsang, bunday halim odam bilan gaplaşib töymasding…
“Taqdir…” çorasiz qolgan odamlarning suygan sözi, deb köp aytardi. Taqdiridan noligan kişining tengini berar edi. Töğri yaşaş uçun yaxşi maktab qoldirib ketgan ota uçun duoda böl! Quloqsiz otangning gaplarini quloğingdan çiqarma, qizim!
Içimdan bir baqiriqlar keldi-yey… Rizamat ota borasida öylagan siniq öylarimning barini şu yöllarda qoldirib, otimni qir tomonga qarab yeldirib ketdim…
Lobar QANDAHOROVA
1989-yili Qarşi şahrida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan.
“Yoşlik” / 2025 / 10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


