Iqtidor
Adabiyot, tarixga
Men muntazam örtoqman.
Lek tasviriy sanʼatda,
Tan olayin, nönoqman.
Axir surat çizmoqlik
Mening işim emasdir…
Lekin ayni mavzuda
Bir gap aytay, tutmay sir:
– Tan berasiz, işoning,
Eşitsangiz bu işni:
Muşkulsiz uddalagum
Quyon rasmin çizişni.
Qadriyat
(piyoz tilidan)
Işim şudir aslida –
Közdan oqizarman yoş.
Ayrimlar savol berar:
– Nega qalbing bunça toş?
Ayb mendamas, azizlar,
Qilmangiz zinhor taʼna.
Közdan yoşni oqiziş
Ajdodlardan anʼana.
Çin döst
Yaxşi suhbatdoş izlab,
Öylangandan söng uzoq
Döst bölibdi omborda
Piyoz bilan sarimsoq.
Örtada körib baham
Quvonç-u dardlarini,
Bajara boşlaşibdi
Döstlikning şartlarini.
Hatto ötirmasa ham
Boşqalarning didiga,
Ular qilmabdi parvo
Bir-birining hidiga.
Keçikiş
– Har doimgi vaqtingdan
Kelding bir soat ötib.
Öğlim, nega keç qolding?
Közim tört böldi kutib.
– Oyi, biroz yolğonga
Öxşayapti sözingiz.
Ikkisin kördim,
qani –
Qolgan ikki közingiz?!
* * *
Oğriq yöqlab kelganda
Doktorga tuşib işi
Yumronqoziq oğaynim
Oldirdi qoziq tişin.
Hayron böldi biz kabi
Va xayolga toldi u.
Qoziq tişin oldirib,
Yumron bölib qoldi u.
Hordiq
Qöqqisdan miyasiga
Ğoya keldi ajib, zör.
Buni döstlari bilan
Baham kördi pomidor:
– Keling, özimiz uçun
Bir kun yaşab köramiz.
Bugun dam oliş kuni
Qizarmasdan turamiz.
Jabrdiyda
– Amaki, sizdan keça
Olgan edim xörozqand.
Töymasimdan tugadi,
Berdi menga juda pand.
Xörozqandçi xolaga
Arzimni aytib bering.
Iloji bölsa agar,
Pulimni qaytib bering.
* * *
Ovqat pişiryotgan çoğ
Erinmasdan har doim,
Taom ta’min muntazam
Tekşirib turar oyim.
Oyimning bu işini
Dasturilamal qilyapman.
Har kun uç-tört mahaldan,
Asal ta’min bilyapman.
Avlodlar almaşinuvi
Uyimda ön beş yoşli
Muzlatgiçim bor, işon.
Siyosatni tuşunar,
U judayam bilimdon.
Ötgan yil nafaqaga,
Çiqdi öşa hotamtoy.
Sababi yoş avlodga,
Yaratdi yangi iş joy.
Sardor Saʼdullayev
2001-yili Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida tuğilgan.
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil olgan.
2025/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida