11 daqiqada öqiladi

159 marta körilgan

Suronlarda keçgan bolalik. (Qissa)

Erpölat Baxt

Deboça yoxud taqdir tomidan tomgan çakkalar

Qiş arafasi. Öziyam taşviş va iztiroblarim rosa bolaladi-da. Oilada tönğiç farzandman. Şu bois barça kam-köstlarni töldiriş mening zimmamda. Dadamning yöqligini bildirmay sakkiz yoşli singlim va oyijonimning suyanç toği bölişim kerak. Novvoy Qöşjon toğaning u-bu işiga qaraşib, beş-olti söm pul topib turganimdan oyim ham xursand. Ammo mendek bolapaqir qançalik yelib-yugurmasin, baribir oilaning boş ustuni – otaning örnini bosolmas ekan. Keç kuzakning yoğin-soçinli kunlari bu haqiqatni anglab yetişimga sabab bölayotir.

Tuni bilan goh şiğalab, goh seldek yoğgan yomğir tufayli tomdan çakka öta boşlagani çatoq böldi. “Tip-tip” etib şiftdan tomayotgan tomçi uyquning beliga tepdi. Ustiga ustak, elektr markazdan uzib qöyilibdi. Oyim allaqaçon uyğonib, şam yoqib, çakka ötayotgan joyga toğora qöyayotgan ekan. Tomçilar toğoraga tomiboq, xonada jaz orkestrining “darang-during”idek ovoz hosil qilib quloqni qomatga keltirib yuboradi. Taşqarida esa momoqaldiroq qattiq gumburlar, çaqmoq çaqib, atrof tuyqusdan yorişib ketar edi. Bundan singlimning ham uyqusi sob böldi. Közlarini uqalagança oyimning yoniga borib, pinjiga tiqildi. Katda ötirgan oyim uni bağriga bosar va soçlarini silagança dalda berar edi:

– Qörqma, oppoğim, momoqaldiroq osmonda-ku. Biz esa yerda. U bizga heç narsa qilolmaydi.

– Oyi, rostdan ham momoqaldiroq juda olisdami? – deya bidillagança savol beradi singlim.

– Momoqaldiroq osmonda bulutlarning şunçaki töqnaşuvidir, qizim. Osmon esa uzoq…

– Nargizning buvisi esa osmonda alvastilar uruş qilsa, momoqaldiroq gumburlaydi deydi-ku.

– Dugonangning buvisi şunçaki hazillaşibdi. U – sen öylagan narsa emas. Ana, akangga qara, hayiqmasdan derazadan taşqariga qarab turibdi, – deydi oyim. – Xuddi Alpomişdek dovyurak.

Oyimning bu gaplaridan bir olam faxr hissini tuysam-da, yuragimni allaqanday ğaşlik kemirayotgandek edi. Men ayni lahzalarda dadam haqida çuqur öyga tolgandim. Eh, qani edi, dadajonim uyda bölganlarida, tomning teşik-tirqişini binoyidek yamab qöyarmidi. Tuni bilan tomçilar “simfoniyasi”ni deb şirin uyquni badarğa ham qilmasdik. Vaqtida dam olib, erta bilan aʼlo kayfiyatda maktabga yöl olardim.

“Eh, dadajon! Qayerlardasiz? Nega bir oğiz “Men yaxşiman!” degan xabar jönatmaysiz? Jillaqursa, oyda bir marotaba qönğiroq qilib, hol-ahvol sörasangiz böladi-ku?! Çet elga işlagani ketganingizga ham, mana, beş yil bölyapti, sizdan esa xat-xabar yöq. Oyim ham qayğu-iztiroblarda ozib-tözib ketdi. Beçora menga sir boy bermaydi, iç-içidan qattiq kuyinyapti. Axir, toğni ursa talqon qilgudek oilaboşi “işga ketdim” deb dom-daraksiz yöq bölib ketsa, qaysi ayol iç-etini yemaydi?!

Mana, 7-sinfda öqiy boşlaganimga ham ikki oydan oşmoqda. Siz darvoza oldida meni mahkam quçoqlagança: “Öğlim, yaxşi öqi. Oying va singlingga köz-quloq böl. Endi sen katta bölib qolding!” – deganingizça mahallaning bir guruh erkaklari bilan maşinaga ötirib jönab ketganingiz hamon köz öngimda. Öşanda ikkinçi sinfda öqiyotgan edim. Hozir esa… haqiqiy katta yigitga aylanib boryapman. Hademay norğul yigit bölaman. Biroq otasining na öligi, na tirigidan darak bölmagan mardning köksi kerilarmikan?!

Dadajon! Siz uyda bölganingizda edi, maktabda öqişdan ortdim degunça hadeb Qöşjon toğanikiga yuguravermasdan, köp-köp kitob öqigan bölardim. Singlimga ham qiziq-qiziq ertaklar öqib berardim. Dasturxon atrofiga örnaşganingizda darhol orqangizga yostiq qöyardim. Kun böyi tikka işlab çarçagan oyoqlaringizni uqalab, duongizni olardim…

Qayerdasiz, dadajon? Nega biror xabar bermaysiz? Siz bilan işga ketgan qöşnilar, qaysidir şaharda bizdan ajrab, boşqa quriliş brigadasiga ötib ketgan edi, deyişadi. Soğ-omonmisiz? Yoki şimolning qor-qirovli va  izğirinli kunlarida şamollab yotib qoldingizmi?..”

Miyamda yikçi[1]ning çarxidek çir aylanayotgan fikrlardan beixtiyor közlarimga yoş qalqdi. Ovozimni salgina kötarib: “Xudoyjonim, bizga dadamizni salomat qaytar!”, deb yuborganimni özim ham bilmay qoldim. Birrov xayollarga tolgança közlarimdan yoş tomçilayotganini körgan oyim yonimga kelib boşimni siladi.

– Qöy, öğlim, siqilma! Hali hammasi yaxşi böladi, – dedi çuqur xörsingança.

Şu alfozda ojizligimni  foş qilib qöygandek uyalib ketdim va vaziyatdan çiqib ketiş uçun:

– Novvoyxonaga borib Qöşjon toğaga biroz qaraşib kelaman, – dedim hovliqib.

– Hali yarim tun-ku, sal tong yorişsin, bolam, – dedi oyim.

– Zarari yöq. Çoşgohgaça qaraşsam, keyin maktabgayam ulguraman, – dedim-u, yomğirpöşni olgança köçaga çiqib ketdim.

 

Himmat sohiblariga taşakkur!

Qöşjon toğa mahallaning qoq markazidagi guzarda novvoylik qiladi. Taniş va notaniş yoşlarga “jiyan-jiyan” deyaverganidan hamma unga “toğa” deb murojaat qiladi. Yoşi yetmişlarni qoralab qolgan bölsa-da, hali ança tetik va barvasta. Yetti puşti novvoy bölgan bu odam yopgan nonlarni neʼmat emas, göyoki sanʼat asari deysiz. Qip-qizarib pişgan barkaşdek nonlarining naqşinkorligi közni quvnatadi-ya. Mazasini aytmaysizmi, oğzingizga solsangiz, rohat qilasiz. Bir burdasini tatiboq, xuştaʼm va şirinligini körib, oddiy undan tayyorlanganiga aqlingiz bovar qilmaydi. Şu boisdan ham olis-yaqin yetti mahalla odamlari uning şirmoy nonlarining xaridori. Öziyam nonlarga mehrini qöşib tayyorlaydi-da. Xamir qorib, muştlaganida “Yo pirim hazrati Luqmon!” kalimasini qöşiqdek takrorlaydi. Aytişlariça, novvoyxonada xamir qoradigan uskunalar ham qalaşib yotgan emiş. Lekin Qöşjon toğa, jonsiz jihoz qorgan nonda maza bölmaydi, deb xamirni öz qöllari bilan tayyorlab, obdan qizigan tandirga boş suqib, “guppa-gup” yopaveradi. Men esa ğizillab ötin taşiyman, tandirga olov yoqaman. Qip-qizarib pişgan nonlarni savatlarga taxlab turaman. Bu arzimas mehnatlarim evaziga novvoy toğa menga törtta non va öttiz-qirq ming söm pul beradi.

Gap, aslida, Qöşjon toğaning menga beradigan pulida emas, balki qalbining ohanrabosida. Hozir huzuriga kirib borganim zahoti hol-ahvol söraşadi-da, juda qiziq gurunglarni boşlaydi. Qöli işda, tili rivoyat-u hikoyatlarni sözlaş bilan maşğul. Uning bu qobiliyatiga qoyil qolaman.

Toğaning gurunglari şunçaki zerikmaslikning çorasi emas, balki mening könglimni kötariş uçun aytilayotganini ham iç-içimdan his qilib turaman. U sabr-toqat, irodali va çidamli böliş zarurligi haqidagi rivoyatlarni köp aytadi. Baʼzan özining Ikkinçi jahon uruşidan keyingi tiklaniş davrida keçgan ayançli bolaligi haqida ham hikoya qila turib, közlariga ğirra yoş ham olib qöyadi. Otasining uruşda faşistlarga asir tuşgani uçun yurtga qaytib kelgaç, uzoq yilga qamalgani, ukalarining oçlik va yetar-yetmaslikdan kasal bölib vafot etganini aytganida, mening ham vujudim titrab ketadi.

Novvoy toğa biram alomat odam. Zap dovudiy ovozi bor-da öziyam. Xamirni muştlayotganida öz işiga şu darajada ilhom bilan kirişib ketadiki, bexosdan bor ovozda qöşiq xirgoyi ham qilib yuboradi:

 

Har yigitning aslin bilay desangiz,

Maʼrakada ötirib-turişin köring.

Birov bilan oşno bölay desangiz,

Avval vaʼdasinda turişin köring,

Oldin iqrorinda turişin köring…

Maxtumqulining tez-tez eşitaverib yod bölib ketgan bu şeʼrini Qöşjon toğa xirgoyi qilganida unga şogirdlari Davron va Mardon oğalar ham jörovoz bölib qöşilişadi. Mardon oğa böş toğoralardan birini doiradek daranglatib çalib ham qöyadi. Butun novvoyxonani mehnat şavqi-sururidan fayz topgan bu köngli oçiq hamqişloqlarimning ovozi tutib ketadi…

Novvoyxonaga kirib borganimda Qöşjon toğa şam yoruğida qaysidir aşulani xirgoyi qilganiça ikki nafar şogirdi bilan qorilgan xamirni muştlab pişitişga kirişgan ekan. Ostonadan hatlaganim zahoti:

– Höv, Ğayratjon, nima balo, uyqungning dumi kalta ekanmi, tutqazmadimi? – dedi kulimsiragança birzum öz işidan töxtab.

Salom berarkanman, tomdan ötayotgan çakka sabab uxlolmaganimni aytdim. Şu zahoti novvoy toğa işdan taqqa töxtab yonidagi ikki şogirdiga “Ketdik!” degan maʼnoda boş irğadi. Ulardan biri – Davron oğa “Xamir-çi, nima qilamiz?” degandek hayron bölib angraygança goh ustoziga, goh toğoraga qaradi. Qöşjon toğa:

– Şunça muştlangani yetar, örab qöyinglar, – dedi-da, şitob bilan narigi xonaga kirib ketdi. Birdan söng döppaygan qopni orqalab çiqdi. Qopning oğzidan çiqib turgan bir bölak matodan uning palatka ekanligi şundoq körinib turardi. Ha, esladim, novvoylar yozning issiq kunlarida uni novvoyxona hovlisiga yoyişib, yuvilgan buğdoyni quritişardi.

– Manavi palatkani vaqtinça tomga yoyib qöyamiz. Erta-indin esa tunuka bilan özim taʼmirlab beraman, – dedi Qöşjon toğa menga tasalli berişga urinib.

Osmon yiğiga usta xotindek köz yoşini tiymayapti. Taşqarida yomğir kuçaygandan-kuçaymoqda. Qöşjon toğa qopni pana qilgança balandroq kötardi. Mening yomğirpöşim bor. Ikki şogird bölsa ustozidan biror tanbeh eşitişidan çöçib darhol böş toğoralardan olib boşlariga qöndirib olişdi.

Uyga yetib kelganimizda oyim çakkadan tölgan idişni almaştiriş bilan ovora ekan. Singlim Nafisa katda mudrab ötirardi.

Qöşjon toğa oyim bilan hol-ahvol söraşgaç, tomga vaqtinça palatka yoyib qöyiş zarurligini tuşuntira boşladi. U uyda arqon bor-yöqligini söradi. Men darhol oğilxonadan arqon topib keldim.  Toğa uni palatkaning törtala uçiga boğlab çiqdi va şogirdlari bilan tomga kötarildi.

Yomğir kuçaygandan-kuçayar, osmonni tars ikkiga yorib yuborguday çaqmoq çaqib qöyardi. Çaqmoqdan bağri tilingan osmon qattiq gumburlab, öz ovozi bilan vahima pardasini yoyişga urinayotgan sarkardaga öxşab ketardi.

Qöşjon toğa ikkala şogirdi bilan şalabbo bölganlariça çaqqonlik bilan palatkani tomga yoya boşladi. Söngra matoning törtala tomoniga mix qoqib çiqdi va arqonlarni unga mahkam qilib boğladi. Bu işdan şunçalar xursand böldikki, qanday minnatdorlik izhor qilişni bilolmay hayajonda edik.

Qöşjon toğa uyga kirgaç, qöl telefonining çiroğini yoqib şiftga sinçiklab razm soldi. U qöllagan tadbir öz samarasini bergan edi: çakka deyarli töxtab, yoqimsiz “tip-tip” tovuşidan asar ham qolmagandi.

Çin dildan alqab, duo qilayotgan oyim ularni qayta-qayta dasturxonga taklif qildi. Qöşjon toğa rahmat aytarkan, hozirça sabr qilib turişimizni, erta-indin tomni taʼmirlab berişini aytib, xayr-maʼzur qildi. Ular ortidan ergaşganimda eşik ostonasida taqqa töxtab:

– Sen qayoqqa? – dedi Qöşjon toğa.

– Sizlarga qaraşgani, – dedim men ularning bu yaxşiligiga munosib javob beriş maqsadida.

– Tonggaça damingni ol. Keyin maktabingga borgin. Peşinda böş bölsang, birpas qaraşsang ham böladi, – dedi toğa.

Indamaygina ularni kuzatib qoldim.

Inşoga tökilgan iztiroblarim

Ertalab uyqudan közimni oçiboq derazadan taşqariga qaradim. Yomğir tinib, osmon biroz yorişibdi. Lekin kök toqining u yer-bu yerida, kigizfuruş tözğitgan yungdek, bulutlar suzib yuribdi.

Yuvinib, nari-beri nonuşta qilgança maktabga otlandim. Oyim yaxşi tilaklar bilan kuzatib qoldi.

Maktabda birinçi dars – ona tili. Qora atlasning tanda iplaridek soçlariga oq oralagan öqituvçimiz Salima opani örnimizdan turgança kutib oldik. U baravariga berilgan salomimizga tabassum bilan alik olgaç, bugun inşo yozişimizni aytarkan, qora taxtaga mavzuni yozdi: “Mening qadrdon oilam”.

Mavzu qora taxtaga yozilgan çoğdayoq, yuragim daraxtdan uzilajak yaproqdek, titray boşladim. Sinfdoşlarim boş kötarmasdan öz oilasi haqida yozişga kirişib ketişdi. Biroz öylanib ötirdim. Gapni nimadan boşlaşni bilolmay ança qiynaldim. Axiyri,  miyamga dadamga maktub yoziş fikri keldi.

“Assalomu alaykum, dadajonim! Biz hozir ona tili darsida “Mening qadrdon oilam” mavzusida inşo yozyapmiz. Qarayman, sinfdoşlarim öz oilasi haqida tölib-toshib nimalarnidir qoralamoqda. Sekin köz qirimni taşladim, partadoşim Komil dadasining fermer ekani, yap-yangi maşina olib, ularni Xivaga sayohatga olib borgani haqida faxrlanib yozyapti. Narigi qatordagi partada ötirgan Muqaddas esa ota-onasining yaqinda dökon oçişganini yozayotgani aniq. Men oyim va singlim Nafisa haqida qançalik tölib-toshib yozsam ham, könglimning kemtik qismi tölmasligi aniq. Çunki… mana, beş yildan oşyaptiki… Agar Siz uyda bölganingizda, mayli, fermer yoki dökondor bölmasangiz ham, özimni juda baxtiyor his qilgan bölardim. Axir, Sizning yonimizda borligingiz biz uçun – katta davlat, ulkan baxt.

…Tuni böyi uyimizning tomidan çakka ötdi. Çakkaning paydar-pay “tip-tip”i boşni oğritib yubordi.

Dadajon, bu çakka qurğurga-yu, uning yoqimsiz “tip”illaşlariga ham çidasa böladi. Lekin oyimning közlaridan oqayotgan “çakka”lar yuragimni tars yorib yuborgandek böladi. Beçora ezilib har keça yuzlarini yostiqqa bosganiça yum-yum yiğlaydi. Bizlarga bildirmaslikka urinsalar-da, men buni sezaman. Şu bois doimo könglini kötarişga, muşkulini oson qilişga harakat qilaman.

Singlim Nafisa qattiq şamollab yotib qolganida uni davolatişga pul yöqligidan rosa qiynaldik. Oyimning uyma-uy yurib qarz söramagan odami qolmadi. Baʼzi birovlar oçiqçasiga: “Tayinli işi, boşida eri bölmagan ayolga qarz berib böladimi?” – deb könglini ranjitibdi. Yaxşiyamki, Qöşjon toğa bor ekan, şifokor keliniga qattiq tayinlab, Nafisani davolatdi.

Ha, aytgança, Siz mahallaning guli deb yuradigan öşa novvoy toğa tomning teşik joyiga buğdoy yuvib quritadigan palatkasini yoyib ketdi. Erta-indin tunuka olib, taʼmirlab berişini ham aytdi. Qarang, çakka qurğur binoyidek non yopib yurgan odamni ovora qildi.

Özimning dadajonim! Agar Siz bölgani­­n­gizda edi, men böş vaqtlarimda faqat kitob öqiş bilan maşğul bölardim. Hozir esa maktabdan çiqa solib novvoylarga qaraşgani çopaman. Beş-olti söm pul bölsin deyman-da.

Özimning dadajonim! Agar Siz bölganingizda, har haftada voleybol, boks tögaraklariga qatnarmidim. Keyingi paytlarda yuguriş musobaqalarida ham omadim çopmayapti. Jöralarimdan orqada qolmasam-da, marragaça yetib keliş juda oğir işdek tuyilyapti. Bilasiz-ku, oldinlari juda çaqqon va epçil edim. Hozir yarim tungaça novvoyxonada işlayman. Saharmardonda yana dökonlarga non taşişaman. Töyib uxlamagaç, oyoqlaring ham çaqqongina bölolmas ekan.

Özimning dadajonim! Agar Siz bölganingizda…”

Inşomning şu joyiga kelganimda “Ğayratjon, senga nima böldi?” – degan ovozdan seskanib ketdim. Qarasam, öqituvçimiz Salima opa xiyol egilganiça boşimni silab turibdi.

– Nega yiğlayapsan? Yo tobing qoçdimi? – dedi muallima mehr bilan kaftini peşonamga qöyarkan.

Ana öşanda men inşo yozayotib yuragimni ezğilayotgan dard-iztirobga çiday olmay piqillab yiğlab yuborganimni tuşundim. Közyoşlarim daftar sahifalariga tomaverib, yozuvlarni çaplaştirib taşlaganini ham sezmabman.

Ona tili öqituvçimiz daftarimga birrov köz yugurtirdi-da: “Yur, Ğayratjon, toza havoga çiqamiz”, – dedi va papkamni olib maktab hovlisiga olib çiqdi. Serviqor gujum ostidagi örindiqda birpas ötirdik. Salima opa:

– Ğayratjon, endi sen kap-katta yigitsan. Hayot har doim biz öylaganimizdek bölavermaydi. Uning sinovli kunlari ham köp. Albatta, sabrli va matonatli bölişing kerak. Ismingga yaraşa ğayratli böl! Özingni ojiz körsatib, onang va singlingning könglini çöktirma! – deya nasihat qildi.

Men inşo yozayotib xayolga berilib ketganimdan yiğlab yuborganimni aytib, bunga soğinç sabab bölganini tuşuntirmoqçi böldim. Salima muallim esa murğak qalbim iztiroblarini körib turgandek dalda berişga urinardi. U hali dadam ham soğ-omon kelib qolişi, oilamiz yana qayta fayzga tölişiga işonçi komilligini aytarkan, ezgulikka umid bilan talpinib yaşaş zarurligini qayta-qayta taʼkidlardi.

Maktabdan qaytarkanman, ona tili öqituvçimizning “Ismingga yaraşa ğayratli böl!” degan sözlari xayolimdan sira ketmadi. Yöl böyi öz-özimga juda irodali, çidamli va jasur yigit bölişga söz berib kelardim.

(Davomini jurnalning 2024-yil 1-2-sonlarda öqiysiz)

Erpölat BAXT

1971-yili tuğilgan.

ToşDU (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning Jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

“Quyoşning tabassumi“ nomli kitobi çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…