* * *
“Mehribonim, men sizni topdim”
Rauf Parfi
“Mehribonim, men sizni topdim”,
Xazonrez boğlarning kuzli, ayozli,
Huvildoq tunlari yomğir, şamolli,
Xörlikdan ivigan umidlar içra
men sizni topdim.
Topdim, derazamga kakliklar qöndi,
Sayradi, sayradim jon çiqar qadar.
Döl yoqqan qahraton yolğiz keçalar
Bebahor gulladim, barg yozdim samar,
men sizni topdim.
Mehribonim, bu ne körgilikdir, bu qanday savdo,
Bu şirin jonimdan ökinmay tondim.
Bu ne saodatdir, bu neçuk ğavğo,
Öz qonimni özim içdim-da, qondim,
men sizni topdim.
Topmasam, közlarim yölga tökardim,
Har zarra tuproqni sizlab öpardim,
Bu yoruğ dunyoda nursiz, benavo
Izillab-izillab, izlab ötardim,
Mahrami asrorim,
Mahrami jonim,
Men sizni topdim, Şeʼriyat!
* * *
Içingga
dunyolar çökkani sayin,
Yelkalaring oğir, qöllaring oğir…
Qadamlar oğirdir, alamlar oğir,
Xatarlar oğirdir, xabarlar oğir…
Içingga
in qursa ayriliq quşi,
Bahorlar oğirdir, çamanlar oğir…
Hijrondan har çeçak qovjirab tursa,
Vodiylar oğirdir, vohalar oğir…
Içingda
özingni yöqotib qöysang,
Joningni topmasang izlab, izillab.
Isming ham hattoki, tanimay tursa,
Jismlar oğirdir, ilmlar oğir…
Içingda
bir qizça tursa jilmayib,
Yillar ötaversa unga qaramay.
Qarişlar oğirdir, qaytişlar oğir,
Sevişlar oğirdir, seviliş oğir!..
* * *
Uzooq yaşaging keladi,
Özing ekkan daraxtlardan ham,
Uzooq yaşaging keladi,
Özing aytgan qöşiqlardan ham,
Uzooq yaşaging keladi,
Özing qurgan binolaringdan,
Ammo,
aslo va aslo,
uzooq yaşaging kelmaydi,
Özing tuqqan bolalaringdan!
* * *
Dösting bölsa,
Beilinj kelsa,
Heç narsalar haqida gaplaşsang töyib…
Anhorning oqişi,
Olovning yonişi yoqsa unga ham,
Birga termulsang…
Dösting bölsa,
Diydoring uçun
Kipriging doriga özini ossa…
Dösting bölsa,
Toşlarni birga çaynasang,
Birga tersang
Tovoningga sançilgan tikanlarni…
Gul bargidan kapalar tiksang,
Oy nuridan pardalar tutsang,
Nurlansang, nurlasang…
Dösting bölsa,
Qorişib ketsang,
Tanimay qolsang özingni umi yoki sen.
Ajratolmay tursang közing közidan,
Barmoqlaring çirmaşsa
Va unib çiqsa bir daraxt!
Şoxlari gullasa, şoxlari kulsa,
Örtangdan ötolmasa hatto şamollar…
Dösting bölsa,
Ismi ehtiyoj bölsa,
Suv kabi, non kabi
Yesang,
Töymasang!..
Bir dösting bölsa,
Yelkasiga kapalakdek qönsang,
Söng uxlab qolsang manguga unda…
Jannatda birga uyğonsang…
* * *
Içimdan…
içimdan…
içimdan bir tovuş kelmoqda…
bir tovuş kelmoqda, guldirak misol,
Sel oliş xavfi bor,
toğ-u toşlarni….
Yiğlagim kelyapti…
Ha, demak,
Ha, demak,
ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!
Yöldan qoçing, PÖŞT-PÖŞT!
Içimga…
içimga…
içimga zilzila kiryapti,
zilzila kiryapti, titroq beayov…
Vulqonning xavfi bor bor,
bemavrid, bejo,
Bir toşqin kelyapti…
Ha, demak,
Ha, demak,
ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!
Yöldan qoçing, PÖŞT-PÖŞT!
Içimda…
içimda…
içimda bir olov yonyapti
bir olov yonyapti quyoşga egiz…
Yonğinning xavfi bor,
odamzorlarda.
Çöğ bölgim kelyapti…
Ha, demak,
Ha, demak,
ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!
Yöldan qoçing, PÖŞT-PÖŞT!
Içimga…
içimga…
içimga osmondan oy tuşdi,
osmondan oy tuşdi, işqday muloyim,
Tugamoq xavfi bor
yerlik ğamlarni,
O, orom kelyapti…
Ha, demak,
Ha, demak,
ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!
Yöldan qoçing, PÖŞT-PÖŞT!
Içimning…
içimning…
içimning hududi kengayar
hududi kengayar, dunyo kaftimda,
Nurlaniş xavfi bor,
jonsiz tanlarni,
Tirilgim kelyapti…
Ha, demak,
Ha, demak,
ŞЕʼR kelyapti, PÖŞT-PÖŞT!
Yöldan qoçing, PÖŞT-PÖŞT!
Farida Afröz
1956-yili Farğona viloyatida tuğilgan. Qöqon davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Şoiraning “Qirq kokilligim”, “Iztirob köylagi”, “Tunlar isyoni”, “Közim manim…”, “Özimdan özimgaça”, “Uşşoq”, “Tasbih”, “Öşa kun bugundir” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Şuhrat” medali, “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
2024 / 3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida