10 daqiqada öqiladi

155 marta körilgan

Peredelkinoda qiş. Esse

Öç

Taqvim böyiça qiş allaqaçon tugagan, ammo hamon Moskvada sovuq hukmron, hamon qor, yaxmalak, izğirin, na yomğir, na bahorning yilt etgan nuri bor. 1933-yili Stalin buyruğiga binoan qurilgan qator daçalardan birining derazasidan möralayman, uzzukun qor yoğayotgan böladi, baʼzan quyoş bir körinib ötadi, izğirin tiğini kesiş uçun urinib körganday zarif şuʼlalarini qor kömgan yalang­liklar va örmon nuqsini eslatadigan arçazorlar uzra soçadi, ammo zum ötmay qayoqdandir mör-malaxday bostirib kelgan bulutlar oftob röyini tösib, qiş hukmining davomiyligini uqtirmoqçidek butun borliqni qamrab oladi.

Men quyoş va şamol, yomğir-u qor taʼsirida battar qorayib kunguralari olis-olislardan qadimiy va şu ila ğaribona körinadigan Peredelkino daçalari joylaşgan yozuvçilar şaharçasidagi qönoğimga burnoği yil kelib örnaşgandim. Ajib sokin şabadalarga ega yomğirli javzo edi öşanda. Yölning ikki yoqasi böylab tizilgan haddan taşqari köp va baland arçazorlar, quşlarning sayroqi, daraxtlarning şoxida lipillab çopib yurgan olmaxonlar, şoirlar qabristoni – u yerda qadrdonlarim Pasternak va Yevtuşenkoni ziyorat qilgandim; ijod boği – unda hamon eski davrlarning yorliqlari saqlangan; bir zamonlar haşamat va mahobat timsoli bölgan yozuvçilarning daçalari – ne tongki, endilikda ular tökilib, unniqib rangi öçgan va avvalgi kibor qiyofasini yöqotgan, ammo öşa suronli davrlarning soyasigina qolganini hamon eslatib tursa-da, yangi boyonlar, admirallar va generallarning relf va zamonaviy uslubdagi Yevropa meʼmor­çiligining avangard arxitekturasi haşamati va körki oldida salkam asr bölayozgan bu obidalar tarix qaʼriga çe­kingança munğayib turardi. Şunga qaramay, janubdan qora tortib bu yerga katta adabiyotni izlab kelgan haqir yozuvçiga bu ğaribliklar bir dunyo taassurot uyğotardi. Men ön tört yoşli ösmir şoir Andrey Voznesenskiyga Peredelkinodagi uyidan qönğiroq qilgan maşhur şoir Boris Pasternakning bir qismi yaşil tunuka devor bilan örab olingan, boşqa qismi esa uyning atrofidan ötayotganlar körişi uçun temir panjaralar bilan ihota qilingan uyi oldida bir muddat hayrat va xayolotga çökkança turib qolaman. U endilikda yöqlik olamiga ketgan şoirning uy-muzeyiga aylantirilgandi. Meni bu yerga ilk bor klassik yozuvçimiz Temur Pölatov yetaklab kelgandi. Keyinçalik kamina bu uyning oldidan deyarli har kun ötdim. Körganlarim allazamonlarda sönggi bor bezatilgan va ohori tökilib böyoqlari köçib tuşayozgan, munğaygan uy, boğdagi baland qarağaylar va ignabarg arçalarning şivirlaşi, quyoş fotonlarini yutayotgan yaproqlarning mahzun şitirlaşi, hamma-hammasi, Pasternaksiz juda ham ğalati edi. Men yöl böyidan ötib Serafimoviç köçasiga qayrilaman. Çap tarafimda uzundan uzoq ijod uyining daraxtlar ostidagi örindiqlari – ne tongki, biror yozuvçi körinmaydi; yozuvçilar mehmonxonasi – Odil Yoqubov bilan har gal Moskvaga kelsak, biz şu yerda turardik deb eslagandi Temur Pölatov menga bu haqda; ijod uyi direksiyasi – u yerda daçalarda turiş uçun 2000 dan ortiq yozuvçilar ariza berib navbat kutib yotibdi; çap qöl tarafimda esa yozuvçilar daçalari, yaşil-oq-qizil ranglar bilan bezalgan kutubxona – men doim şu yerga kelib kitob öqiyman, rus adabiy gazetalari va jaridalarini varaqlayman, ruhoniyati kuçli şoir va yozuv­çilarning ijod ummoniga şönğiyman. kutubxonaning şundoq yonida bolalar yozuv­çisi Korney Çukovskiyning uyi, endilikda uy-muzey joylaşgan, bu yerga Rossiyaga qaytgan maşhur yozuvçi Aleksandr Soljenitsin bir muddat yaşagan. Har gal şu joydan ötganimda keng peşonali közlari burgutnikidek çöqqisoqol Soljenitsinni ötgan-ketganlarni kuzatayotganligini xayolimdan ötkazaman. Uni qoralaş kompaniyasiga qatnaşgan maşhur yozuvçilar röyxatini Moskvadagi markaziy kutubxonalarning birida arxiv gazetalarni kuzatayotganimda közim tuşgandi. Isteʼdodlar­ning duşmani har jamiyatda har bir makon va zamonda bölar ekan-da. Peredelkinodagi yoz haş-paş degunça şunday ötib ketdi. Sen­­t­abr­ning sönggi zarif quyoşi atrof-bor­gohni qizdirişga har qança urinmasin, aççiq şamollar sekin-sekin tumonat tevarakni zabtiga ola boşladi. Yam-yaşil daraxtlar bir haftada sarğarib ketdi, albatta, arçalargina bundan mustasno. Peredelkinoda qisqa kuz kelgandi. Şamol daraxt­larning barglarini har kun va har oqşomda sovurib çiqardi. Men Moskvaga ke­lişdan oldin onamni ziyorat qilgani borganimda u özining nafaqa puliga olib bergan issiq jemferni kiydirdi. Ona, jemfer olib berganing uçun rahmat. Bu menga juda taʼsir qildi. Men safarga çiqayotganimda Brodskiyga bir dona xurmo va plaşini olib kelgan şoirning onasini esladim. Safarning dahşatini ham. U rus madaniya­tiga öxşamagan mutlaqo özga madaniyatga tuşdi va öşa yerda intiho topdi. Koronavirus pandemiyasi tarqab odamlar dahşatga tuşgan dastlabki payt­larda meni ham şunday hislar qamrab olgandi. Özga tuproqlarda nom-u ni­şonsiz, abadul-abadga qolib ketiş dahşati edi bu. Ammo yuragimdagi bu gardlarni Peredelkinoning simillagan yomğirlari yuvib yubordi. Öşa olatasir davrlarda Eduard Limonov vafot etdi, keyinroq Yuriy Bonderev ötdi. Agar istak bölganida, bu yozuvçilarni tirikligida köriş imkoni menda bor edi. Ammo men özi bilan özi ovora inson, yozişni eng muhim nişona deb bilgan yozuvçi yolğizlik mutolaasi va yaratiqlari bilan birga edim. Men naşriyotga, muzeylarga, kutubxonalarga borardim, kitob dökonlarini uzoq kezardim va özimga yoqadigan ajoyib kitob­larni xarid qilardim. Taşqariga çiqqanimda esa kuzning sovuq osmoni kelayotgan qişdan darak berardi. Darhaqiqat, bu qiş bizni köp kuttirmadi. Bu yil qiş qattiq böladi degan vahimalar tasdiği ölaroq ilk qor noyabrda böy körsatdi. Peredelkinoni oppoq qor qopladi. Men Voznesenskiyning uyini borib kördim. Yöq, uy-muzeyga aylanti­rilmagan ekan. Oktyabrda borib körganim Bulat Okudjava va avvalroq yozda ziyorat qilganim Yevgeniy Yevtuşenkoning uy-muzeylaridan farqli ölaroq Voznesenskiy uyi u vafot etgan 2010-yildan beri sukunat fasllariga ğarq bölgandi. Men uning xotirasiga şoir vafot etgan kunda, radiodan eşitgan xabar taʼsirida epitafiya bitgandim. Kanadada yaşovçi bir özbek şoiri men haqimda yozgan maqolasida “Şerzodning şu şeʼrini öqiganimda közimdan yoş çiqib ketdi” deb eslagandi. Darvoqe, neçukdir meni Voznesenskiy uyining şu ölik sukunati Peredelkino qişida közimga yoş aylanişiga sabab böldi. Menga bir yozuvçi, ismini aytmayman, Voznesenskiyning aççiq taqdirini aytib berdi. Bilmadim qançalik haqiqat bu gap. Umrining sönggi yillarida şoir bir ajoyib rus qizi bilan tanişib unga juda boğlanib qoladi. Butun umr birga yaşagan xotini ham köziga körinmaydi. Yozuvçi döstim­ning quloğimga şivirlab aytişiça, Andreyning xotini yahudiy millatiga mansub va özidan yoşi biroz katta bölgan. Voznesenskiy uydan ketmoqçi bölganda xotini butun yahudiylarni oyoqqa turğizadi. Unga jurnal tahririyatlaridan boş muharrirlar, yozuvçilar uyuşmasidan yana allaqanday çinovniklar telefon qilişardi. Hatto partiyadan qönğiroq qilib uni urişişadi. Beçora Andrey suvga tuşgan bölka­day böşaşib sevgisidan voz keçdi va xotini bilan qoldi, – deb nihoyatda muhim xabarni menga yetkazganday tomoq qirib meni zimdan kuzatdi u.

– Ha, şundaymi, hayotning işlari qiziq, – deyman men şoirimning böşaşgan qiyofasini xayolimda jonlantirgança. Andrey Voznesenskiyning munğaygan obrazi tarix qatiga singib ketayotgan va endilikda uning uyi ekanligi tobora yoddan kötarilayotgan maskan kabi xa­yolimdan faromuş böladi.

– Andreyning uyidagi ğaroyib kartinalarni öğirlab ketişdi, zim-ğoyib bölib heç topilmadi, deydi hamon xayoli Voznesenskiyda bölgan ta­nişim.

Men şunçaki boş silkiyman, ammo endi Peredelkinodagi boşqa manzillarga nigohimni qarataman.

Mana bu Bulat Okudjavaning uyi. Endilikda uy-muzey. Ötgan yili qiş boşlanganda Bulat Okudjava uy-muzeyiga meni işga çorlaşgandi. Maoşi oz adabiy maslahatçi lavozimi edi. Men kam maoşga işlaşni istamadimmi yo boşqa sababdanmi nimagadir adabiy maslahatçi bölişga könglim çopmadi. Şunga qaramay, ular­ning juda köp tadbirlarida qiş böyi qatnaşdim. Umuman, kuzatganim Okudjava muzeyi juda köp adabiy uçraşuvlar taşkil qilardi, milliy va xorij professorlarini adabiy maʼruzalar uçun taklif qi­lişardi, xullas, juda faol edi ular. Bularni kuzatiş va tinglaş qandaydir boşqaça, maroqli edi. Ruhning foriğlanişini his qilardi odam. Bunday pallalarda mayda odamlarni unutasan, lanj va sulloh adabiy davralardan vaqtida uzoqlaşga­ningga Yaratganga şukronalar aytasan. Men qorli kunlarni, sovuq ayozlarni yuragimdagi otaş tufayli his qilmasdim, ammo bir kuni dahşatli hodisa yuz berdi. Stalin davrida örnatilgan gaz peç kutilmaganda işdan çiqdi. Bu vaqtdagi harorat va his-tuyğularimni “Peredelkino kundaligi”da şunday eslaganman: “Çuqur melanxoliya meni tez-tez taʼqib qiladi. Muhitdagi holatlar, baʼzan kutilmagan omadsizlik ruhiyatim­ga qattiq zarba beradi. keça Peredelkinoda gazning “katyol”dan sizib çiqişi natijasida butun tunni sovuqroq xonada ötkazişga töğri keldi. Batareyalar muzlab qolmasligi uçun suvini tökdim. Bugun kun böyi ustalar yangi peçka örnatişdi, ammo hamon iş bitmadi. Yana bir sovuq tunni ötkazaman, şekilli. Harorat taşqarida – -7 daraja. Tokda isitadigan peçka bor, ammo hayhotday katta xonalarni qovurğasi kam peç ilita olmasligi tabiiy. Dam oliş kunlari rejalaştirilgan işlarni men kutmagan narsalarga sarf bölişini tamoşa qilib tuşkunlikka tuşaman. “Ikki kun va tun minus temperatura uyda ötirganimda qanday optimist böliş mumkin. Ammo yangi gaz peç uyni qizdira boşlaganida va keyinçalik taşqarida havo harorati -28 gradusga tuşib ketganida va boşqa tinimsiz yoqqan qorli tunlarda issiq uy tufayli bu hislardan begona böldim. Toşkentdalik vaqtimdayoq boşlab qöygan “Şimol yoğdusi” turkumiga kiruvçi köplab hikoyalarim ustidagi ijodiy işlarimga şönğib ketdim. Na taşqarining sovuği, na olis preferiyada ötirib olgan döstlarimning mayda gaplari endi menga çikora, ijodning ajabtovur va ğaroyib olamiga kirib ketarkanman, özim yaratayotgan qahramonlar hayotida yaşardim, yozuvçilikning sir-sinoatli uslublar dunyosida syorfingist kabi suzib yurar va yölimda duç ke­lişi mumkin bölgan oqim ğalayonla­ridan ustalik bilan ötib, yölda davom etardim. Qor hamon yoğar, atrofning oppoq ironiyasi onasi va qizini soğingan va şu his bot-bot qalbini timdalaydigan men kabi ğarib yozuvçini doim öylantirgani öylantirgandi; bu men bilgan öşa ğarib ijodkor edi, ammo yana bir şafqatsiz yozuvçi bor, uni adabiyot, falsafa va ijtimoiy antropologiyadan boşqa narsa qiziqtirmaydi. U kundaliklar yozadi, yaqin beş yildan beri biror nasriy asarini ommaga eʼlon qilmagan, köçirmaçilar va taqlidçilardan uslubini qizğongan va uslub jilolariga telbalarça berilgan va tinimsiz yozadigan, uyda ham, yölda ham, işda ham adabiyotdan boşqa narsani tan olmaydigan bir arxetip ölaroq omma nigohini tarjimalari va şeʼrlari bilan çalğitişga urinadi. Göyo ular uni nasr bilan şuğullanmayotganidan behuzurlik tuyişmasin, ha, şularni yozyapti ekan deb tinçlanişsin. Ammo bir kun böron qöpadi, suv ostida yaşiringan aysbergning asosiy qismi sayoz havzalarda ötirib qolgan kemalarni ham, ularga qöşib paroxodlar-u yelkanli qa­yiqçalargaça parçinlab taşlaydi.

Hozirça Peredelkinoda qor yoğyapti, şamol turgan emas, börondan darak yöq, ölik sukunat oppoq qor ostida tumşayib yotibdi. Mayli, bu yozuvçilarni qaysi biri tarix sahniga çiqadi, yo çiqmas, vaqt körsatadi barini. ammo hozir umr qumsoatlari qor kabi sovrilayotgan bu mudabbir kunlarda bahor qaçondir kelarmikan degan bir andişa könglim tubidan ötib borardi. bir kuni Temur Pölatov menga şunday dedi: Peredelkinodagi şu daçani olgan vaqtimda ikki dona olma olib kelib ekdim, juda kiçkina nihol edi, yigirma yillar böldi-yov, olti-yetti yil oldin bir nişona gul berdi, men xursand böldim endi olma mevaga kirar ekan deb, ammo qor yoğdi, gullar tökildi, olma esa boşqa gullamay qöydi. Men olmalarga qarayman. Ular hayhotday arçazorlar va qarağaylar atrofida ularga taqlid qilganday kökka böy çözib ketgan, tanasining qiyşiq kunguralarida qor parçalarini tutib turibdi.

Peredelkinoning oppoq qorli manzaralarini kezib yurarkanman baʼzan öylayman Peredelkino bahorini qaçondir köramanmi?! Bu yerlarga kelmasimdan oldin ötib ketgan yozuvçilar öşa bahorlarni körişgan, endi esa qiş, u yozuvçilar endi yöq. Men yaşayotgan uyning birinçi qavatida bir paytlar kavkazlik ajoyib yozuvçi Fozil Iskandar turgan. Temur Pölatov bilan yonma-yon qöşni bölgan. Öşa ğaroyib bahorda olmalar­ning nişona gullarini, balki, u ham körgandir, yana bahor kelarmikan, olmalar yana gullarmikan va öşa gullarni men ham köramanmi?! Yo yolğizlik hayotimning uzun qiş keçalarida bu bahorlar menga nasib etmaganmi?! Melanxoliya va pessimizm taʼqibi ostida lippillab turgan yozuv stolidagi çiroğimni öçirgança töşakka yetib boraman va tunning oğgan ozgina qismini uyquga tuhfa etaman. Tuşimda olmalar gullayotgan emiş, tongga yaqin xuşnud holda közimni oçaman va oynaga yuguraman, yöq, hamon martning örtasida bahorni keçiktirgança va bu ğaroyib keçmiş hayotimning ajib lahzalarida Peredelkinoda heç biri boşqa bir kristallga öxşamaydigan yi­rik-yirik laylakqor yoğayotgandi…

Şerzod Komil Xalil

 

1982-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy

universitetining Falsafa fakultetini tamomlagan.

Hikoyalari adabiy töplam va naşrlarda eʼlon qilingan.

2021/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…