151 marta körilgan

Bola kulgusidan yorişsin dunyo!

Orif Töxtaş

Özbek millati haqida söz ketarkan, köplab gözal sifatu tasniflar tilga olinadi. Şulardan biri – “bolajon xalq”. Çindan ham, şoir aytganidek: “Dunyoda bolam deb yaşaydi özbek!” Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning tub mohiyatini ham ana şu qadriyat taşkil etayotgani quvonarlidir. Prezidentimizning “Farzandlarimiz bizdan kura kuçli, bilimli, dono va albatta baxtli bulişlari şart!” degan sözlarida butun xalqimizning xohiş-tilagi, orzu-istagi aks etgan. Biz nafaqat öz farzandlarimizning, balki butun dunyo bolalarining baxtli, bekamu köst bölişini xohlaymiz. Ming afsuski, bugun dunyoning turli olovli nuqtalarida avj olayotgan talotöpu xurujlarlarning qurboni bölayotgan norasida gödaklar, begunoh bolalarning son-sanoği yöq. Ularning yaqinlariga, ota-onalariga hamdard bölarkanmiz, ayni paytda yurtimizdagi osoyiştalik, xotirjamlikning qadriga yetişimiz, tinçlik uçun kuraşda har birimiz faol iştirok etişimiz lozimligini çuqurroq anglab yetamiz. Haqiqat qiyoslarda yuzaga çiqadi, deganlari şu bölsa kerak…

 

* * *

Sabo nafaslisan,

saboh yuzlisan,

Sen sohibjamolsan,

sen – sohibkamol.

Suvlar tovuşiday

ajib sözlisan,

Sen nonning isidan

terolasan bol,

Yursang, qadamingda

gullaydi çaqmoq,

Bahorlarni tuğar

senga deb boğlar,

Sen – askar şamollar

topingan bayroq,

Kiftin tutib turar

möysafid toğlar.

Şamolday erkinsan,

suvday halolsan,

Sut kabi azizsan,

jon kabi bolsan,

Sohibistiqbolsan,

sohibkamolsan…

Eşqobil Şukur

* * *

Aylon bolam, tur bolam,
Izladingmi nur, bolam?!
Şörlikkina boşingni –
Kel, köksimga ur, bolam.

Dunyolarni larzaga
Soldi sening surating.
Közlarimga mixlanib
Qoldi sening surating.

Öpib erkalay, desam,
Yuz-közlaring qum ekan.
Seni şu köyga solgan,
Körsat menga, kim ekan?!

Sen yotibsan, yuzingdan
Tölqin öpib qaytyapti.
Onang ummon ostidan
Senga alla aytyapti.

Hali zamon akang ham
Suvdan ğolib keladi.
Sevgan öyinçoğingni Topib, olib keladi.

Arazdasan, yurakçang
Iddaosi nimaydi?
Öyla-a-ab yotibsan göyo:
“… Muddaosi nimaydi?!”

Otang keladi albat,
Gar sözimga işonsang.
Yeçib taşla, höl böpti
Köylak, kovuş, iştonçang!

Jonim bolam – Aylonim,
Sohildagi jayronim.
Dunyo kirdikoriga –
Tuşunmagan hayronim.

Böldi bolam, tur endi,
Ana, otang körindi.
Osoyiş yurt istasang –
Biznikiga yur endi!

Tur bolam-a, tur bolam,
Peşonasi şör bolam!

 

Orif Töxtaş

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.